March 31, 2022

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida mavjud (vakant) lavozimlar bo‘yicha 4-sonli e’lon

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida mavjud (vakant) lavozimlar:

1.     Huquqshunoslik fanlari o‘qituvchisi–1 shtat o'rindosh (yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot)

2.     Umumta’lim fanlari o‘qituvchisi – 1 shtat; (Milliy go’ya, ma’naviyat asoslari va huquq yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot magistr, dotsent)

• ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba,yakshanba);

• munosib ish haqi - 4 mln so`mdan oshiq, bundan tashqari martaba daraja-unvon, ish staji, shaxsiy ustama vaboshqalar uchun qoʻshimcha toʻlovlar

• idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha afzalliklar:

• zamonaviy fikrlaydigan va axil jamoa;

• adliya xodimlari uchun beriladigan martaba-daraja va davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar 2022-yil 17-aprelga qadar belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma - ob’ektivka, pasport va diplom nusxasini yuridik texnikumining “Vacancy.adliya.uz” sayti orqali ro’yxatdan o’tib, yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 75. 223-22-39, +99891465-41-14 telegram nomer).

Ishga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi Buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagit xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Tanlov o‘tkaziladigan joy:

•Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi (Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 52-uy)