January 8, 2023

Custodial vs. Non-custodial hamyonlar: asosiy farqlari nimada?

Kriptohamyonlarni ikki xil guruhga bo'lish mumkin — non-custodial va custodial.

Custodial hamyon - bu hamyon egasining maxfiy kalitlarini uchinchi tomon saqlaydigan hamyon. Bunday hamyonning egasi to'lovlarni yuborishi va qabul qilishi mumkin, ammo hamyon kalitlarini boshqarmaydi (masalan, Binance va Coinbase kabi birjalar sizning kripto-aktivlaringiz ustidan nazoratga ega. Shuning uchun bunday birjalar foydalanuvchi mablag'larini himoya qilish uchun javobgardir).

Non-custodial hamyon manzil yaratuvchisi uchun ochiq va yopiq kalitlarni boshqarish, o'z mablag'larini to'liq nazorat qilishni saqlab qoladi, chunki u shaxsiy kalitlarini hech kimga o'tkazmaydi. Bunda siz xavfsizlik uchun to'liq javobgar bo'lasiz.

Kripto kalitlar? U yana nima?

Har bir kripto hamyonida bir yoki bir nechta juft "kalitlar" mavjud — biri ochiq, biri yopiq, ular odatda 25-36 belgidan iborat harf va sonlar ketma-ketligidir. Ochiq kalit bank hisob raqamiga o'xshaydi; u boshqalar bilan almashish uchun yaratilgan va unga ega bo'lgan har bir kishi tegishli hamyonga kripto valyutasini yuborishi mumkin. Biroq, yopiq kalit sizning debet kartangizning PIN-kodiga o'xshaydi, uni ehtiyotkorlik bilan himoya qilish kerak, chunki u hamyoningizdagi mablag'larga egalik qilgan imkonini beradi.

Kripto hamyoni sizning kredit kartalaringiz va naqd pulingizni saqlaydigan oddiy hamyonga o'xshamaydi. "Kripto-valyuta hamyonlari foydalanuvchining kripto-valyuta aktivlarini saqlaydi yoki o'z ichiga oladi" degan keng tarqalgan noto'g'ri tushuncha. Aslida, bu shunchaki foydalanuvchi o'z mablag'lariga blockchain orqali kirishi va kripto-valyuta operatsiyalarini boshlashi mumkin bo'lgan vositadir.

Custodial hamyon nima?

Afzalliklari:

  • Foydalanuvchilarning javobgarligi kamroq
  • Yangi foydalanuvchilar uchun oddiy va qulay
  • Parolni yo'qotib qo'ysangiz, qayta tiklash mumkin

Kamchiliklari:

  • Shaxsiy kalitlar uchinchi tomon tomonidan nazorat qilinadi
  • Bunday hamyonlar xakerlarga qarshi ancha himoyasiz
  • Hisob yaratish uchun deyarli har doim KYC va AML talab etiladi
  • Tajribali foydalanuvchilar uchun kamroq funksiyalar mavjud

Custodial hamyonlar deyarli har doim veb-interfeysga ega va odatda Binance kabi markazlashtirilgan kripto birjalari tomonidan taqdim etiladi. Ko'pgina birjalarning interfeyslari shunday yaratilganki, foydalanuvchilar hatto hamyonlari bilan bevosita aloqada bo'lishlari shart emas. Bu esa odatda yangi foydalanuvchilar tomonidan afzal ko'riladi, sababi - qulay.

Custodial hamyonlar, shuningdek, foydalanuvchilarga parolni yo'qotish yoki unutib qo'yishda hotirjamlik hissini beradi. Ko'pgina hollarda, provayderlar yoki birjalar bir nechta xavfsizlik savollarini berish orqali parolingizni qayta tiklashlari mumkin. Non-Custodial hamyon egasi shaxsiy kalitini yo'qotsa, uni qayta tiklay olmasligi mumkin.

Custodial hamyonlar bilan foydalanuvchi o'zi tanlagan platforma orqali operatsiyani boshlaydi va pul yubormoqchi bo'lgan hamyon manzilini tanlaydi. Shaxsiy kalit saqlovchisi, ya'ni bizning holatda birjaga, ularning to'g'ri bajarilishini ta'minlash uchun operatsiyalarni "imzolash" vazifasi yuklatilgan.

Custodial hamyonlar bilan bog'liq yana bir muammo - bu o'g'irlik. Birjalar mijozlarning shaxsiy kalitlarga egalik qilgan holda xizmatlari onlayn tarzda olib borishadi, bu esa ularni xakerlar uchun doimiy nishonga aylantiradi. Natijada, har yili kiber jinoyatchilar orqasidan milliardlab dollar yo'qotiladi. Mabodo shaxsiy kalitingiz saqlanadigan birja o'zini bankrot deb e'lon qilsa yoki qonunbuzarlik uchun davlat tomonidan musodara qilinsa, siz o'z mablag'ingizni yo'qotishingiz mumkin.

Custodial hamyondan foydalanish birjaga katta ishonchni talab qiladi. Birja qonunan ishlashi, sizning shaxsiy kalitlaringiz xavfsizligini ta'minlashi va biror kor-hol bo'lsa, sug'urta qila olishi muhimdir.

Non-custodial hamyon nima?

Afzalliklari:

  • Kalitlaringiz va seed iborani o'zingiz nazorat qilasiz
  • Yangi hamyonlarni yaratish tez va oson
  • Birja buzilgan taqdirda mablag'lar zarar ko'rmaydi
  • Yaratish / saqlash KYC yoki AML jarayonini talab qilmaydi
  • Custodial xizmatlarga qaraganda ancha rivojlangan xususiyatlar va imkoniyatlar mavjud.

Kamchiliklari:

  • Agar foydalanuvchi shaxsiy kalitlarni va/yoki seed iboralarini yo'qotsa, raqamli aktivlarni tiklash mumkin emas
  • Kengaytirilgan xususiyatlardan foydalanish uchun ko'proq texnik nou-xau talab qilinadi

Kripto-valyuta olamida "kalit kimniki, kripto-valyuta o'shaniki" degan eski ibora bor, bu aslida shaxsiy kalitga ega bo'lgan kishi tegishli hamyondagi mablag'larning yagona haqiqiy va tekshirilishi mumkin bo'lgan egasi ekanligini anglatadi.

Non-custodial hamyonlari bilan foydalanuvchi o'zining shaxsiy kaliti va mablag'lari ustidan to'liq nazoratga ega. Non-custodial hamyonlari texnik jihatdan custodial hamyonlariga qaraganda biroz murakkabroq bo'ladi, shuning uchun ular ilg'or kripto-foydalanuvchilar uchun afzalroqdir.

Non-Custodial hamyon turlari

Umuman olganda, Non-Custodial hamyonlarning uch turi mavjud.

  • Dasturiy ta'minot hamyonlari. Ushbu hamyonlar veb-portal, kompyuter yoki mobil qurilma orqali kirishingiz mumkin bo'lgan dasturdir. Dasturiy ta'minot hamyonlari sizning shaxsiy kalitlaringizni har doim Internetga ulangan interfeysda saqlaydi. Bu ushbu hamyonlarga kirishni osonlashtiradi, lekin shaxsiy kalitlaringiz har doim onlayn va xakerlarga qarshi himoyasiz bo'lishini anglatadi. Non-Custodial dasturiy ta'minot hamyonlariga Metamask, Trust Wallet-ni misol qilish mumkin.
  • Apparat hamyonlari. Oddiy fleshka ko'rinishiga ega uskuna hamyonlari - internetga ulanmagan holda (oflayn rejimda) sizning shaxsiy kalitlaringizni saqlaydi. U odatda kompyuteringizga ulanadigan ko'chma qurilmadir. Uskuna hamyonlariga misol sifatida Ledger, Trezor и KeepKey-ni keltirish mumkin.
  • Qog'oz hamyonlari. Qog'oz hamyonlar shaxsiy kalitlaringizni oflayn rejimda saqlaydi. Bu sizning shaxsiy kalitlaringiz va QR kodlaringizni o'z ichiga olgan oddiy varaq. Bunday hamyonga mablag' qabul qilish uchun siz ochiq kalitni jo'natuvchiga berishingiz kerak. Kriptovalyutani yuborish uchun esa dasturiy ta'minot hamyoniga shaxsiy kalitni kiritishingiz va operatsiya (tranzaksiya)ni yaratishingiz kerak. Ushbu ikkala harakat ham QR kodlari yordamida osonlashadi. Qog'oz hamyonlar hozirgi kunda kripto aktivlarni saqlashning eng xavfsiz usuli hisoblanadi. Biroq, undan kam foydalaniladi, chunki qog'oz bardoshli material emas.

Endi Seed ibora haqida ma'lumot bersam.

Ko'pgina non-custodial hamyon provayderlari foydalanuvchilarga seed iborasini yoki "tiklash" iborasini taqdim etadilar. Ushbu ibora 12-24 ta tasodifiy so'zlardan iborat va hamyon yo'qolgan, o'g'irlatilgan yoki tiklab bo'lmas darajada shikastlangan taqdirda ham parolni qayta tiklashning zaxira usuli bo'lib xizmat qiladi. Ammo bu iborani siz shaxsiy kalitingiz kabi ehtiyotkorlik bilan himoyalashingiz kerak, chunki Seed iborasiga ega bo'lgan har bir kishi hamyonga kirishi mumkin. Bu non-custodial hamyonlarning eng katta kamchiligidir. Mabodo shaxsiy kalit yoki Seed iborangizni yo'qotib qo'ysangiz, mablag'ingizni tiklash imkoniga ega bo'lmaysiz.

KauperNick

Telegram | Twitter