August 4, 2025

ASHES OF MEMORY

Baʼzan sevgi eng soʻnggi hukmdir.

Champ-de-Mars bog‘idagi qorongʻu kecha. Havoda yengil parfyum va yangi gullarning hidi. Osmon qora ipakday silliq, uning yonida Eyfel minorasi millionlab yulduzdek yaltiraydi. Quyosh oʻz oʻrnini allaqachon oy bilan almashgan, lekin Parij hanuz yorqin.

O‘rtada bezakli oq matoli romantik stol, atrofida issiq nur sochayotgan shamchiroqlar. Stolda ikkita kristall bokal va qimmatbaho fransuz ichimliklari.

Bangchanning qarshisida oʻtirgan qizning yuzi Eyfel minorasi tomon burilgan. U qirmizi, yelkasi ochiq va beliga mahkam yopishib turuvchi libos kiygan. Lablari ham libos rangiga mos toʻq qizil rangda, sochlari esa dengiz toʻlqinlari kabi yoyilgan.

Bangchan qizga qorongʻu — istak toʻla nigohlari bilan tikilgancha oʻrnidan turib, unga yaqinlashdi. Erkakning old tugmalaridan bir nechtasi ochiq. Bu esa uni yanada koʻrkamroq koʻrsatishga xizmat qilmoqda.

Bangchan qizning orqasidan quchib, uning boʻyni tomon egildi. Erkakning nam lablari qizning yonoqlariga bosilib, asta-sekin pastlab, boʻyniga yetdi.

Qiz hech nima demadi. Faqatgina ogʻir yutindi. Nafas olishi esa allaqachon tezlashib ulgurgan.

Shu payt Eyfel minorasi ustida qizning tasvirlari paydo boʻldi. Soʻngra "for my only love" yozuvi porladi. Qiz bularni kuzatar ekan yuragi gupirlab, hayajondan koʻzlari yoshlandi.
— bu.. bu menmi?

Bangchan qizning yoniga choʻkkalab, kaftini uning soniga qoʻydi. Erkakning barmoqlari sekinlik bilan yuqoriga siljiydi.
— seni butun shahar tomosha qilishini istadim.
— Chan.. senga qanday rahmat aytishni ham bilmayapman.

Bangchan uning yuzini kaftlari orasiga olib, bosh barmogʻi bilan lablarini silashni boshladi.

— hech narsa dema. Shunchaki ruxsat ber, — deya qizning lablari tomon egildi Bangchan.

Ularning lablari toʻqnashdi. Tobora chuqurlashayotgan boʻsa davomida Bangchan qizni oʻziga yaqinroq tortdi. Qoʻllari esa allaqachon uning tanasida kezmoqda.

Bangchan ohista harakatlar bilan qizni koʻtarib, stoldan biroz uzoqlikda qurilgan chodir tomon yurdi.

— bu tun ikkimiz uchun ham unutilmas boʻlishini taʼminlayman, — deya shivirladi Bangchan qizning ustiga joylashish davomida.

Qizning lablarida oʻynoqi tabassum paydo boʻldi-yu, sekinlik bilan qoʻllarini erkakning boʻynidan oʻrab, uni oʻziga yaqinlashtirdi.

Qaynoq lablar qayta birlashdi, oradagi masofa esa butkul yoʻqoldi. Holbuki, ular orasida hech qachon "masofa" boʻlmagan..

Soat millari toʻxtashni istamay, oldinga odimlaydi. Erkakning qoʻllari qizning boʻyin sohasidan sirgʻalib tushib, uning koʻkraklarida toʻxtadi. Ulkan kaftlar orasida ayovsiz ezilayotgan uncha kichik boʻlmagan nozik qism sabab qiz past ovozda ingrab qoʻydi.

Ortiq sabri yetmasligini sezgan Bangchan ust kiyimini shoshgancha yechib bir chetga uloqtirdi. Erkak qizni shirin oʻpichlari bilan aldayotgan bir mahalda uning qoʻllari qizning kiyimini yechish bilan band edi..

04.08.2025.
Seul markaziy shifoxonasi.

Ekranda koʻrinib turgan yashil chiziqlar erkakning tirik ekanidan dalolat berib turardi. Ammo shifokorlarda allaqachon uning uygʻonishiga boʻlgan zarracha umid ham yoʻqolib ulgurgan edi.

Shifokorlarning fikriga doim qarshi chiqadigan biri bor... U - Kawase. Bangchanning bolalikdagi doʻsti va eng boshidan buyon uni ich-ichidan sevib kelgan qiz. Kawase bir kuni albatta u koʻzlarini ochishiga ishonadi. Va Bangchan uygʻonganida birinchi boʻlib uni koʻrishi kerak. Shu sababli ham Kawase har kuni shifoxonada. Bir lahzaga boʻlsa-da, yigitni yolgʻiz qoldirmaydi.

Kawase kravat yonidagi stulda oʻtirar, koʻzlari yumilgan, qoʻllari esa Bangchanning qoʻlidan mahkam tutib turardi. U kaftlari orasidagi qoʻlni kichik bir qimirlashi sabab oʻrnidan uchib turdi-yu, Bangchanga yaqin keldi.
— Chan? S.sen meni eshityapsanmi?

Ammo javoban jimlik. Kawase "balki menga shunday tuyulgandir?" deb oʻyladi-yu, boshini yigitning koʻksiga qoʻyib, yigʻlab yubordi.

Bir necha soniya oʻtgach, Kawase yelkasiga qoʻyilgan qoʻl sabab boshini koʻtardi va Bangchanning nigohlari bilan toʻqnashdi. Kawase bir lahza qotib qoldi. U ayni damda buni tush deb oʻyladi. Yigirma olti kundan buyon koma holatida boʻlgan Bangchan koʻzlarini ochdi.. hatto shifokorlar ham umidini uzib boʻlishgan vaqtda.

Kawasening koʻzlaridan yosh oqib, erkakning koʻksiga tushdi. U Bangchanning yuzini kaftlari orasiga olib, qattiqroq yigʻlab yubordi va uni quchogʻiga otildi.
— tush emas, toʻgʻrimi? Sen koʻzlaringni ochding.. bu tush boʻlishi mumkin emas! — degancha yigitning koʻzlariga yosh toʻla koʻzlari bilan qaradi Kawase.

Bangchanning nigohlari hissiz va xorgʻin koʻrinardi. Kawase esa buni uzoq vaqt koma holatida boʻlganidan deb hisobladi. Qiz Bangchanning yuzlarini silab, bir necha daqiqa uning koʻzlariga tikilib turdi va keyin oʻrnidan turib, shifokorlarni chaqirish maqsadida xonadan yugurgancha chiqib ketdi.

Bangchan nigohlarini shiftga tikdi. Ayni damda uning hayollarida koʻplab javobsiz savollar mavjud edi.

Bangchan chuqur nafas oldi-yu, koʻzlarini yumdi. Shu lahzada uning koʻz oldida bir necha daqiqa oldin koʻrgan tushi qayta gavdalandi. Tushida koʻrgan qiz.. u kim? Bangchan qizning yuzini eslashga urina boshladi. Ammo birdan quloqlarini kuchli chiyillash egallab, boshida qattiq ogʻriq turdi. Erkakning koʻz oldi xiralashib, nafas olishi ogʻirlashib ketdi..

Bangchan boshini qoʻllari bilan changallab, ogʻriqni toʻxtatishga harakat qildi. Ammo yoʻq. Ogʻriq battar kuchaya bordi. Shu lahzada xonaga Kawase bilan birga shifokorlar kirib kelishdi. Ular Bangchanning bu kabi holatini koʻrishdi-yu, tezda unga tinchlantiruvchi ukol qilishdi.

Bangchan sekinlik bilan tinchlandi, quloqlarini egallab olgan chiyillash ham, boshidagi kuchli ogʻriq ham yoʻqoldi.

— unga nima boʻldi? — deya bosh shifokordan soʻradi Kawase pastroq ovozda. Ammo bu savolga javob unda ham yoʻq edi hozircha..
— janobni tekshiruvdan oʻtkazishimiz lozim. Shunda hammasi ayon boʻladi. Hozircha dam olsin, bir necha soatdan soʻng tekshiruvlarni boshlaymiz.

Bosh shifokor gaplarini yakunlagach, xonada faqatgina Kawase va Bangchan qolishdi. Kawase ohistalik bilan stulga oʻtirib, Bangchanning qoʻlidan tutdi va mehr bilan pichirladi:
— dam ol, men doim shu yerdaman.

Kawase

Fransiya — Parij.

Koʻp qavatli binoning tom qismida oʻtirgan juftlikning nigohlari shahar koʻchalaridagi yorqin chiroqlarga qaratilgandi. Ular maydalab yogʻayotgan yomgʻirga ham sira eʼtibor berishmas, bor diqqati ayni hozirgi baxtli lahzalarga qaratilgan edi.

Yigit oʻtkir ichimlikdan qadahga quyib, qiz tomon uzatdi. Oʻzi esa Parij koʻchalarini tomosha qilishda davom etdi.
— viski aynan men uchun yaratilgandek, — deya qadahdagi ichimlikni soʻnggi tomchisiga qadar simirib, jilmayib qoʻydi qiz.

Yigit lab chetida kulib, qizning iyagidan tutdi va uning ichimlik taʼsirida nam boʻlgan lablarini tili bilan yalab oldi. Qizdan bir necha santimetrga uzoqlashgan yigit past ovozda shivirladi:
— mazali..

Qizning lablarida tabassum oʻynadi. Soʻngra u yuzini yuqoriga — yulduzlar bilan toʻla osmonga qaratdi. Shu lahzada yorqin bir yulduz uchganiga guvoh boʻldi u.
— yo xudoyim! Yulduz uchdi! Koʻrdingmi? Yulduz uchdi! — deb quvonchdan qichqira boshladi qiz bir yonidagi yigitga, bir osmonga qarab.

— har doim yulduz uchganida meni esla, — dedi yigit qizning qoʻli ustiga oʻzining nisbatan ancha yirik qoʻlini joylar ekan.
— yoʻq, sababi.. har yulduz uchganida yonimda boʻlishingni istayman.

Qizning gaplari sabab yigitning lablari yanada keng yoyildi. U sevgilisining qoʻlini mahkamroq tutishi davomida qizning lablari tomon sekinlik bilan yaqinlasha bordi va soʻnggida ularning lablari qayta birlashdi.

Yigit bir necha soniya uchun qizning lablaridan uzildi-yu, "seni sevaman" degach, takror uning lablari ustidan egalik qildi.

Koʻrayotgan tushi sabab yotogʻida sovuq terga botgan Amora ilk bora koʻzlarini qoʻrquv bilan ochdi. U qurib ketgan lablari orasidan "tush ekan" deya taʼkidlab, oʻrnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib, muzdek suv bilan yuzini qayta-qayta yuvdi.

Amora yotogʻiga qaytib kelar ekan uning nigohlari javon ustidagi soatga tushdi: 03:21. Tong otishiga vaqt bor. U oʻzini holsizgina kravatiga tashlab, koʻzlarini shiftga qaratdi. Amoraning hayolida faqatgina bir soʻz aylanar edi:
— har yulduz uchganida meni esla...

Qizning koʻzlari beixtiyor yoshga toʻlar ekan u yigʻlab yubormaslik uchun koʻzlarini pirpirata boshladi. Nega shuncha vaqt oʻtgach uni tushida koʻrganini Amoraning oʻzi ham tushuna olmadi. Ammo u yuragi qattiq ogʻriyotganini his qildi.

Amora oʻrnidan turib, ayvonga chiqdi. U qoʻllarini ayvon panjaralariga tirab, yoshli koʻzlari bilan osmonga tikildi. Amora porlab turgan yulduzlarga qarab, oʻziga-oʻzi shivirladi:
— meni kechir...

Amora

Eshik ohista ikki-uch bora taqilladi. Xonadan "kiring" soʻzi eshitilgach, Kawase sekingina ichkariga kirdi. Shifokor qizni koʻrib, qoʻli bilan stulga oʻtirishga ishora qildi.
— tahlil natijalari yaxshimi, janob? — deb soʻradi Kawase stulga oʻtirish davomida.
— rosti qanday aytishni ham bilmayman.. oʻq uning xotirani boshqarib turuvchi miyasiga zarar yetkazgan. Shu sabab Bangchan maʼlum muddatlik xotirasini yoʻqotgan. Xotira qaytishi yoki umuman qaytmasligi ham mumkin. Aslida uni oʻzi tirik qolgani katta bir moʻjiza edi, shunday emasmi?

Shifokorning gaplarini eshitib turgan qizning koʻzlari beixtiyor yoshga toʻldi. U shifokorning oxirgi gaplarini tasdiqlash uchun shunchaki bosh irgʻab qoʻydi va keyin ikkilanish bilan xonadan chiqib ketdi.

Kawase shifoxona koridoriga chiqqach, oʻsha yerdagi stullardan biriga joylashdi. U boshini yerga qaratib, ovozsiz yigʻlay boshladi.
— yigʻlsmasangchi, axir uning ahvoli yaxshi-ku.. — dedi Kawase goʻyo oʻzini-oʻzi ovutmoqchi boʻlgandek.

Kawase bir necha daqiqa shu holatda oʻtirgach, yuzini kaftlari bilan artib tashladi. Chunki hayolida "Bangchan yigʻlaganimni koʻrsa, xafa boʻladi" degan fikr bor edi..

Kawase Bangchanning palatasiga yetib kelgach, eshik qarshisida biroz vaqt turib qoldi. Soʻngra chuqur nafas chiqardi-yu, biroz jilmayish bilan ichkariga kirdi.
— Bangchan, hozir qaysi yil? — deb soʻradi Kawase dabdurustdan.
— nega soʻrayapsan buni? — dedi Bangchan kulib. Uning hayolida Kawase yilni unutib qoʻygandek edi.
— shunchaki oʻzim..
— mendan xavotir olma, ahvolim juda yaxshi. Yaʼni hozir qaysi yil ekanligini bilmaydigan darajada yomon emas. Hozir 2023-yil iyun oyi.

Bangchanning bergan javobidan soʻng Kawasening koʻzlaridan yosh oqib tushdi. U koʻzlarini yigitdan olib qochib, pirpirata boshladi.
— nega yigʻlayapsan? — deya qizning qoʻlidan tutib, uni oʻzi tomonga burmoqchi boʻldi Bangchan. Ammo Kawase koʻz yoshlarini koʻrsatmaslik uchun yuzini boshqa tomonga burib oldi.

Kawase koʻz yoshlarini shoshqaloqlik bilan artib tashladi-yu, telefoni ekranini yoqdi va Bangchanga qaratdi.
— Chan, hozir.. 2025-yil avgust, — dedi Kawase zoʻrgʻa...

Kawase

#davomi_bor
Muallif: #Kawase