May 24, 2025

SAKURA GULLAGANDA

Odamlar bilan gavjum katta maydonga ega bozor. Bu oddiy xalq bozori boʻlib, past tabaqadagi insonlar ehtiyojini qondirishga xizmat qilardi. Atrofdagi rastalar turli xil buyumlar bilan toʻldirilgan, xalq esa oʻziga kerakli narsalarni sotib olish bilan ovora. Ammo bir insonning nigohlari faqatgina atrofdagi insonlarni kuzatish bilan band. Unga na biror buyum kerak, na boshqa narsa.

Bu — shahzoda Junseo. Koʻrinishidan oddiy bir fuqaroga oʻxshaydi. Ammo bu koʻrinish shunchaki koʻzga tashlanmaslik uchun edi xolos. Shahzodaning nigohlari sotuvchi va bozorda izgʻib yurgan insonlarga qaratilgan, quloqlari esa ularning suhbatiga.

Junseoning ortidan kelayotgan qoʻmondon Bayan u tomon yaqinlashib, past ovozda shivirladi:
— xalq sizning hukmronligingizdan norozi emas, shahzodam.
— buni oʻz quloqlarim bilan eshitish maqsadida shu yerdamiz, — dedi Junseo qoʻmondonga qaramay turib. Soʻngra yaqin atrofdagi rasta tomon yura boshladi.
Yetib kelgach esa oʻzini mutlaqo xotirjam tutib, savdogar erkak bilan suhbatni boshladi.
— bugun bozor ancha gavjumga oʻxshaydi. Savdo ham avjida shekilli?

Savdogar kichik jilmayish bilan Junseoga qarab:
— ha, koʻz tegmasin. Shahzoda Junseo soliqlarni kamaytirganidan buyon bozorda xaridorlar koʻp, — dedi. Shahzodaning yuzida tabbasum paydo boʻldi-yu, oʻzini qiynab kelayotgan savolni berdi savdogarga:
— shundaymi? Demak, shahzodaning siyosatidan norozi emassiz?
— aksincha, juda xursandman. Shahzoda oʻz xalqini oʻylab koʻp islohotlar oʻtkazdi. Bundan fuqarolar mamnun, — dedi savdogar jilmayib. Keyin esa qoʻli bilan ogʻzini berkitib, past ovozda gaplariga qoʻshimcha qildi:
— ayniqsa, soliqlar kamaytirilganidan.

Erkak soʻzlarini yakunlab keng tabassum qilar ekan beixtiyor shahzoda Junseo ham jilmaydi. Ayni damda u oʻziga nisbatan faxrlanish tuygʻusini his etib, koʻngli xotirjam boʻldi. U mayin tabassum bilan savdogarga "savdoyingizni bersin" degancha rastadan uzoqlashdi.

Bozor katta boʻlishiga qaramasdan shahzoda butun bozorni aylanib, bu yerdagi muhitni oʻrgandi. U kechga yaqin saroyga qaytdi. Egnida esa hamon oddiy hanbok. Bu holatni hech kim koʻrmasligi uchun orqa bogʻdan xonasiga kirishga qaror qilgan shahzoda katta va magʻrur qadamlarini boshqa tomonga burdi.

Junseo kichik yoʻlakchadan yurib ketar ekan uning nigohlari turfa rangdagi gullarga tushib, biroz jilmaydi. Uning onasiga, yaʼni Xoqon xonimga gullar juda yoqardi. Shuning uchun saroyning qaysi burchagida boʻlsa ham gullarni uchratish mumkin edi.

Shahzoda shu narsalar haqida oʻylab ketar ekan qulogʻiga chalingan yoqimli ovoz uni joyida toʻxtashga majbur etdi. Junseoning ichida qiziqish alangalab, uni eshitilayotgan ovoz tomon yurishga undadi. Yigit hech qanday tovush chiqarmagan holda oldinga odimladi.

Junseoning koʻzlari Sakura daraxti ostida oʻtirib yoqimli qoʻshiq kuylayotgan notanish qizga tushdi-yu, qadamlarini sekin-asta toʻxtatdi. Oʻzi ham yaqin atrofdagi daraxt ostiga borib, qizga teskari oʻtirdi. Shahzoda koʻzlarini yumib, butun vujudi bilan qizning qoʻshigʻini tinglay boshladi.

Shahzoda Junseo.

别让爱掉落
Bié ràng ài diào luò
(Sevgi so‘nib ketishiga yo‘l qo‘yma)

你是我的一个光
Nǐ shì wǒ de yī gè guāng
(Sen mening yagona nurimsan)

在黑暗中照亮
Zài hēi'àn zhōng zhào liàng
(Qorong‘ulikda porlaydigan)

曾经的温柔
Céngjīng de wēnróu
(Avvalgi mehribonlik)

已经变成伤
Yǐjīng biàn chéng shāng
(Endi esa og‘riqqa aylandi)

那些回忆
Nàxiē huíyì
(O‘sha xotiralar)

在心里辉煌
Zài xīnlǐ huīhuáng
(Yuragimda porlaydi)

你带走了我的幸福
Nǐ dài zǒu le wǒ de xìngfú
(Sen baxtimni olib ketding)

也带走了我的心
Yě dài zǒu le wǒ de xīn
(Yuragimni ham o‘zing bilan olib ketding)

在没有你的夜晚
Zài méiyǒu nǐ de yèwǎn
(Sensiz kechalar yana keldi)

我想忘了你
Wǒ xiǎng wàng le nǐ
(Seni unutmoqchiman)

但我还爱着你
Dàn wǒ hái ài zhe nǐ
(Ammo seni hanuz sevaman)

我的思念越来越深
Wǒ de sīniàn yuè lái yuè shēn
(Sog‘inchim tobora kuchaymoqda)

别让爱掉落
Bié ràng ài diào luò
(Sevgi so‘nib ketishiga yo‘l qo‘yma)

请再次把我抱住
Qǐng zàicì bǎ wǒ bào zhù
(Iltimos, yana meni quchoqlab ol)

不要觉得放手
Bù yào juéde fàngshǒu
(Qo‘llarimni hech qachon qo‘yib yuborma)

Qizning yoqimli ovozi tobora pasayib borib, soʻngra butkul toʻxtab qoldi. U sekinlik bilan boshini tizzalari ustiga qoʻydi. Bir necha soniya ichida esa qizning zaif yigʻi ovozi shahzodaning quloqlarini egallab oldi. Junseo u nima uchun bunday qilayotganini tushuna olmadi, shunchaki unga tikilib turdi xolos.

Qizning yoyilgan uzun sochlari shamolda uchib, shahzodaga uning yuzini koʻrsatmaslikka xizmat qilardi. Junseo qanchalik qizning yuzini koʻrishga harakat qilmasin buni eplay olmasdi. U axiyri oʻtirgan oʻrnidan turdi. Ammo bir qadam tashlamasdanoq oyogʻi ostida yotgan quruq barglarni bosib, shitirlagan ovoz chiqarib yubordi. Junseo beixtiyor daraxt ortiga berkinib oldi. Ammo keyinroq nima uchun bunday qilganini oʻzi ham tushunmadi.

Qiz esa tezlikda oʻrnidan turib, baland ovozda:
— kim bor bu yerda? — deb qichqirdi.

Shahzoda ikkilanish bilan daraxt ortidan chiqdi-yu, qizga qaradi. Shu lahzada Junseoning butun vujudida qandaydir titroq yoyildi. Uning yuragi tez urar, nafaslari ham ogʻir edi. Qiz esa undan koʻzlarini uzmas, yuz ifodasidan qandaydir bir jahl yaqqol sezilib turardi. U oʻsha ohangda savolini qaytardi.

Junseo qizning ovozini eshitgach, oʻziga kelgandek boʻldi. U koʻzlarini pirpiratib, tomoq qirib qoʻydi va nigohlarini boshqa tarafga qaratib:
— saroyga ketayotib ovozingni eshitib qoldim, — dedi pastroq ovozda.
— va sen meni tinglab oʻtirdingmi?! — deya jahl qildi qiz. Junseo esa lab chetida jilmayib qoʻyib, dedi:
— muammo bormi?
— voy bezbet! Ustingdan shikoyat qilaman!
— qiziq nima deb? — dedi Junseo qoshlarini yuqoriga koʻtarib. Qiz esa biroz oʻylanib, jim qoldi. Soʻngra yigitga tik qarab yolgʻon gapirdi:
— shahzodaning suyukli kanizagiga qoʻpollik qilganing uchun!

Junseo qizning gaplaridan bor ovozda kulib yubordi. Chunki u haligacha hech qanday kanizak bilan birga boʻlmagan edi. Xoqon xonim shahzodaning yotogʻiga koʻp qizlarni kiritgan boʻlsa-da, Junseo ularni barchasini qaytargan edi. Bu qiz esa shahzodaga tik qarab yolgʻon gapirdi. Albatta, uning shahzoda ekanligini bilmagani uchun. Yoʻqsa unga yolgʻon gapirish tugul tik qaramagan ham boʻlardi balki.

Junseoning kulishi qizning jahlini qizil chiziqqa olib kelishga xizmat qildi. Qiz qoshlarini bir tekis chimirib, yanada balandroq ovozda soʻradi:
— nega kulyapsan?!
— yolgʻon gapirishga usta ekansan.

Qiz oʻzini goʻllikka solib dedi:
— qanday yolgʻon haqida gapiryapsan?

Junseo jilmayish bilan qiz tomon yaqinlashdi. Orada qisqa masofa qoldi. U qizning yuzi tomon egilib, koʻzlariga tikilib gapirishni boshladi:
— sen hatto shahzodani bir marotaba boʻlsa-da koʻrmagansan. Haa, balki tushlariga kirib "suyukli kanizak" boʻlib olgandursan-a?

Qiz jim turdi. Koʻzlari esa pirpirab, uni sotib qoʻyayotgan edi. Soʻngra u past ovozda yigitdan koʻzlarini uzmay dedi:
— jin ursin seni!
— balki bu yolgʻoning uchun seni ustingdan shikoyat qilish kerakdir? — deya keng tabassum qildi Junseo xuddi qizni mazax qilgandek.

Oʻsha qiz.

— yaramas! — dedi qiz past ovozda. Soʻngra yigitga ensa qotirib, bir necha daqiqa oldin oʻtirgan oʻrniga qaytdi. U boshini daraxtga suyab, hamon unga tikilib turgan yigitga jahl bilan dedi:
— nima qarab turaverasanmi?! Yoʻqol koʻzimdan!

Junseo esa atayin borib qizning yoniga oʻtirib oldi. Qiz unga qarab koʻzlarini hafsala bilan chirt yumib, ortiq gapirmaslikni toʻgʻri deb oʻyladi. Orada jimlik choʻkdi. Faqatgina ikki qalbning shiddat bilan urishi eshitilmoqda edi. Ammo shahzoda sukut saqlashni emas, qiz bilan suhbatlashishni istardi.
— ovozing yoqimli edi. Balki shahzodaga kuylab bersang suyukli kanizak boʻlarsan? — dedi Junseo kulib. Qiz esa chuqur nafas chiqarib, yuzini osmonga qaratdi.
— kesatishni bas qil.
— nima uchun yigʻlading? — deb soʻradi shahzoda qiziqib. Ammo u javob sifatida qizning chimirilgan qoshlarini oldi xolos.
— xizmatchimisan? — dedi qiz gapni burishga urinib. Junseo kulib, shahzoda ekanligini aytmoqchi boʻldi. Ammo nimadir uni toʻxtatdi. Balki buni aytgan taqdirda ham qiz ishonmagan boʻlardi. Chunki egnidagi libos Junseoni oddiy yigit qilib koʻrsatmoqda edi. Shuning uchun u "ha" deb qoʻya qoldi.
— nima qilasan? Masalan, men nima buyurishsa qilishga majburman. Kir yuvish, xonalarni tozalash va hatto shahzodaga xizmat qilishim ham mumkin, — deb jilmaydi qiz.
— bundan xursandmisan?

Qizning nigohlari yerga qaratildi. Yuzi bir zumda soʻlgʻinlashib, past ovozda javob berdi:
— kim ham qul boʻlib tugʻilganidan xursand boʻlardi?! Ammo nolimayman. Koʻchada och oʻlib ketgandan koʻra saroydagi hayotim yaxshiroq.. Hoy sen oʻzing haqingda aytmading?
— menmi..? Men ham sendek! Buyurilgan vazifani bajaraman. Masalan, bogʻdagi ishlar va.. qurollarni tozalash, — deya gaplari yakunida ahmoqona tirjaydi Junseo. Bu harakatlari qizda shubha uygʻotsa-da qiz shunchaki bosh irgʻab qoʻydi.

Orada yana oʻsha sovuq jimlik. Junseo qiz bilan gaplashish uchun nima toʻgʻrisida gapirishni ham bilmasdi. Ammo hayoliga hamon u bilan tanishmagani keldi-yu, undan ismini soʻrashga qaror qildi.
— isming nima?
— Miizumi. Senikichi?
— J.. Jeongin! Ha, Jeongin, — deb yana gʻalati tirjaydi yigit. U qizga asl ismini aytmadi. Chunki shahzoda ekanligini bilmasligi uchun. Ammo nima sababdan bunday qilayotganini oʻzi ham bilmasdi.

Teginmay, shunchaki qarab turibdi deb tasavvur qilamiz🌝

#davomi_bor

Yoqimli mutolaa. Fikr va reaksiyalar kutaman!

Muallif: #Kawase