ASHES OF MEMORY
Va biz hali yonib tugamadik.
Champ-de-Mars bog‘idagi qorongʻu kecha. Havoda yengil parfyum va yangi gullarning hidi. Osmon qora ipakday silliq, uning yonida Eyfel minorasi millionlab yulduzdek yaltiraydi. Quyosh oʻz oʻrnini allaqachon oy bilan almashgan, lekin Parij hanuz yorqin.
O‘rtada bezakli oq matoli romantik stol, atrofida issiq nur sochayotgan shamchiroqlar. Stolda ikkita kristall bokal va qimmatbaho fransuz ichimliklari.
Jungkookning qarshisida oʻtirgan qizning yuzi Eyfel minorasi tomon burilgan. U qirmizi, yelkasi ochiq va beliga mahkam yopishib turuvchi libos kiygan. Lablari ham libos rangiga mos toʻq qizil rangda, sochlari esa dengiz toʻlqinlari kabi yoyilgan.
Jungkook qizga qorongʻu — istak toʻla nigohlari bilan tikilgancha oʻrnidan turib, unga yaqinlashdi. Erkakning old tugmalaridan bir nechtasi ochiq. Bu esa uni yanada koʻrkamroq koʻrsatishga xizmat qilmoqda.
Jungkook qizning orqasidan quchib, uning boʻyni tomon egildi. Uning nam lablari qizning yonoqlariga bosilib, asta-sekin pastlab, boʻyniga yetdi.
Qiz hech nima demadi. Faqatgina ogʻir yutindi. Nafas olishi esa allaqachon tezlashib ulgurgan.
Shu payt Eyfel minorasi ustida qizning tasvirlari paydo boʻldi. Soʻngra "for my only love" yozuvi porladi. Qiz bularni kuzatar ekan yuragi gupirlab, hayajondan koʻzlari yoshlandi.
— bu.. bu menmi?
Jungkook qizning yoniga choʻkkalab, kaftini uning soniga qoʻydi. Keyinroq esa erkakning barmoqlari sekinlik bilan yuqoriga siljidi.
— seni goʻzalligingni butun shahar tomosha qilishini istadim, mushukcham, — dedi Jungkook qoʻlini qizning nozik nuqtasiga qadar yuqorilatib.
— Jungkook~ senga qanday rahmat aytishni ham bilmayapman. Ishon, bugun eng baxtli kunim boʻldi..
Jungkook uning yuzini kaftlari orasiga oldi-yu, bosh barmogʻi bilan lablari atrofini silashni boshladi.
— hech narsa dema. Shunchaki bu kecha ruxsat ber, — deya qizning lablari tomon egildi Jungkook.
Ularning lablari toʻqnashdi. Tobora chuqurlashayotgan boʻsa davomida Jungkook qizni oʻziga yaqinroq tortdi. Qoʻllari esa allaqachon uning tanasida kezmoqda.
Jungkook ohista harakatlar bilan qizni koʻtarib olgancha, stoldan biroz uzoqlikda qurilgan chodir tomon yurdi.
— bu tun ikkimiz uchun ham unutilmas boʻlishini taʼminlayman, mushukcham, — deya shivirladi Jungkook qizning qulogʻi atrofiga nam lablarini bosar ekan.
— menga yoqyapti, — deb oshkor qildi qiz Jungkook uning ustiga joylashayotgan payt.
— sakkiz raunddan keyin ham shu gapni ayta olasanmi?
Jungkookning gaplaridan soʻng qizning lablarida oʻynoqi tabassum paydo boʻldi-yu, sekinlik bilan qoʻllarini uning boʻynidan oʻradi va uni oʻziga yaqinlashtirdi.
Qaynoq lablar qayta birlashdi, oradagi masofa esa butkul yoʻqoldi. Holbuki, ular orasida hech qachon "masofa" boʻlmagan..
Soat millari toʻxtashni istamay, oldinga odimlaydi. Erkakning qoʻllari qizning boʻyin sohasidan sirgʻalib tushib, uning koʻkraklarida toʻxtadi. Ulkan kaftlar orasida ayovsiz ezilayotgan uncha kichik boʻlmagan nozik qism sabab qiz past ovozda ingrab qoʻydi.
Ortiq sabri yetmasligini sezgan Jungkook ust kiyimini shoshgancha yechib, bir chetga uloqtirdi. Erkak qizni shirin oʻpichlari bilan aldayotgan bir mahalda uning qoʻllari qizning kiyimini yechish bilan band edi.
Qizning tanasi butunlay kiyimlardan ozod boʻlgach, Jungkookning koʻzlari ehtirosdan qisildi. Uning allaqachon qattiqlashganini* payqagan qiz esa keng tabassum qildi.
— yalang tanam seni chindan ham sakkiz raundgacha olib boradi, shunday emasmi?
— inkor etsam, katta gunoh boʻlar?
Istehzoli kulib qoʻygan Jungkook yana qizning lablarini asirlikka oldi.. Bu gal yumshoq emas, goʻyo yutib yuborishga tayyordek.
10.08.2025.
Seul markaziy shifoxonasi.
Ekranda koʻrinib turgan yashil chiziqlar erkakning tirik ekanidan dalolat berib turardi. Ammo shifokorlarda allaqachon uning uygʻonishiga boʻlgan zarracha umid ham yoʻqolib ulgurgan edi.
Shifokorlarning fikriga doim qarshi chiqadigan biri bor... U - Soolin. Jungkookning bolalikdagi doʻsti va eng boshidan buyon uni ich-ichidan sevib kelgan qiz. Soolin bir kuni albatta u koʻzlarini ochishiga ishonadi. Va Jungkook uygʻonganida birinchi boʻlib uni koʻrishi kerak. Shu sababli ham Soolin har kuni shifoxonada. Bir lahzaga boʻlsa-da, yigitni yolgʻiz qoldirmaydi.
Soolin kravat yonidagi stulda oʻtirar, koʻzlari yumilgan, qoʻllari esa Jungkookning qoʻlidan mahkam tutib turardi. U kaftlari orasidagi qoʻlni kichik bir qimirlashi sabab oʻrnidan uchib turdi-yu, Jungkookga yaqin keldi.
— Jungkook? S.sen meni eshityapsanmi?
Ammo javoban jimlik. Soolin "balki menga shunday tuyulgandir?" deb oʻyladi-yu, boshini yigitning koʻksiga qoʻyib, yigʻlab yubordi.
Bir necha soniya oʻtgach, Soolin yelkasiga qoʻyilgan qoʻl sabab boshini koʻtardi va Jungkookning nigohlari bilan toʻqnashdi. Soolin bir lahza qotib qoldi. U ayni damda buni tush deb oʻyladi. Yigirma olti kundan buyon koma holatida boʻlgan Jungkook koʻzlarini ochdi.. hatto shifokorlar ham umidini uzib boʻlishgan vaqtda.
Soolinning koʻzlaridan yosh oqib, erkakning koʻksiga tushdi. U Jungkookning yuzini kaftlari orasiga olib, qattiqroq yigʻlab yubordi va uni quchogʻiga otildi.
— tush emas, toʻgʻrimi? Sen koʻzlaringni ochding.. bu tush boʻlishi mumkin emas! — degancha Jungkookning koʻzlariga yosh toʻla koʻzlari bilan qaradi Soolin.
Jungkookning nigohlari hissiz va xorgʻin koʻrinardi. Soolin esa buni uzoq vaqt koma holatida boʻlganidan deb hisobladi. Qiz Jungkookning yuzlarini silab, bir necha daqiqa uning koʻzlariga tikilib turdi va keyin oʻrnidan turib, shifokorlarni chaqirish maqsadida xonadan yugurgancha chiqib ketdi.
Jungkook nigohlarini shiftga tikdi. Ayni damda uning hayollarida koʻplab javobsiz savollar mavjud edi.
U chuqur nafas oldi-yu, koʻzlarini yumdi. Shu lahzada uning koʻz oldida bir necha daqiqa oldin koʻrgan tushi qayta gavdalandi. Tushida koʻrgan qiz.. u kim? Jungkook qizning yuzini eslashga urina boshladi. Ammo birdan quloqlarini kuchli chiyillash egallab, boshida qattiq ogʻriq turdi. Erkakning koʻz oldi xiralashib, nafas olishi ogʻirlashib ketdi..
Jungkook boshini qoʻllari bilan changallab, ogʻriqni toʻxtatishga harakat qildi. Ammo yoʻq. Ogʻriq battar kuchaya bordi. Shu lahzada xonaga Soolin bilan birga shifokorlar kirib kelishdi. Ular Jungkookning bu kabi holatini koʻrishdi-yu, tezda unga tinchlantiruvchi ukol qilishdi.
Jungkook sekinlik bilan tinchlandi, quloqlarini egallab olgan chiyillash ham, boshidagi kuchli ogʻriq ham yoʻqoldi.
— unga nima boʻldi? — deya bosh shifokordan soʻradi Soolin pastroq ovozda. Ammo bu savolga javob unda ham yoʻq edi hozircha..
— janobni tekshiruvdan oʻtkazishimiz lozim. Shunda hammasi ayon boʻladi. Hozircha dam olsin, bir necha soatdan soʻng tekshiruvlarni boshlaymiz.
Bosh shifokor gaplarini yakunlagach, xonada faqatgina Soolin va Jungkook qolishdi. Soolin ohistalik bilan stulga oʻtirib, Jungkookning qoʻlidan tutdi va mehr bilan pichirladi:
— dam ol, men doim shu yerdaman.
Koʻp qavatli binoning tom qismida oʻtirgan juftlikning nigohlari shahar koʻchalaridagi yorqin chiroqlarga qaratilgandi. Ular maydalab yogʻayotgan yomgʻirga ham sira eʼtibor berishmas, bor diqqati ayni hozirgi baxtli lahzalarga qaratilgan edi.
Erkak oʻtkir ichimlikdan qadahga quyib, qiz tomon uzatdi. Oʻzi esa Parij koʻchalarini tomosha qilishda davom etdi.
— viski aynan men uchun yaratilgandek, — deya qadahdagi ichimlikni soʻnggi tomchisiga qadar simirib, jilmayib qoʻydi qiz.
Erkak lab chetida kulib, qizning iyagidan tutdi va uning ichimlik taʼsirida nam boʻlgan lablarini tili bilan yalab oldi. Qizdan bir necha santimetrga uzoqlashgan erkak past ovozda shivirladi:
— mazali..
Qizning lablarida tabassum oʻynadi. Soʻngra u yuzini yuqoriga — yulduzlar bilan toʻla osmonga qaratdi. Shu lahzada yorqin bir yulduz uchganiga guvoh boʻldi u.
— yo xudoyim! Yulduz uchdi! Koʻrdingmi? Yulduz uchdi! — deb quvonchdan qichqira boshladi qiz bir yonidagi erkakga, bir osmonga qarab.
— har doim yulduz uchganida meni esla, — dedi erkak qizning qoʻli ustiga oʻzining nisbatan ancha yirik qoʻlini joylar ekan.
— yoʻq.. sababi har yulduz uchganida yonimda boʻlishingni istayman.
Qizning gaplari sabab erkakning lablari yanada keng yoyildi. U sevgilisining qoʻlini mahkamroq tutishi davomida qizning lablari tomon sekinlik bilan yaqinlasha bordi va soʻnggida ularning lablari qayta birlashdi.
Erkak bir necha soniya uchun qizning lablaridan uzildi-yu, "seni sevaman, mushukcham" degach, takror uning lablari ustidan egalik qildi.
Koʻrayotgan tushi sabab yotogʻida sovuq terga botgan Amora ilk bora koʻzlarini qoʻrquv bilan ochdi. U qurib ketgan lablari orasidan "tush ekan" deya taʼkidlab, oʻrnidan turdi va yuvinish xonasiga kirib, muzdek suv bilan yuzini qayta-qayta yuvdi.
Amora yotogʻiga qaytib kelar ekan uning nigohlari javon ustidagi soatga tushdi: 03:21. Tong otishiga vaqt bor. U oʻzini holsizgina kravatiga tashlab, koʻzlarini shiftga qaratdi. Amoraning hayolida faqatgina bir soʻz aylanar edi:
— har yulduz uchganida meni esla...
Qizning koʻzlari beixtiyor yoshga toʻlar ekan u yigʻlab yubormaslik uchun koʻzlarini pirpirata boshladi. Nega shuncha vaqt oʻtgach uni tushida koʻrganini Amoraning oʻzi ham tushuna olmadi. Ammo u yuragi qattiq ogʻriyotganini his qildi.
Amora oʻrnidan turib, ayvonga chiqdi. U qoʻllarini ayvon panjaralariga tirab, yoshli koʻzlari bilan osmonga tikildi. Amora porlab turgan yulduzlarga qarab, oʻziga-oʻzi shivirladi:
— meni kechir...
Eshik ohista ikki-uch bora taqilladi. Xonadan "kiring" soʻzi eshitilgach, Soolin sekingina ichkariga kirdi. Shifokor qizni koʻrib, qoʻli bilan stulga oʻtirishga ishora qildi.
— tahlil natijalari yaxshimi, janob? — deb soʻradi Soolin stulga oʻtirish davomida.
— rosti qanday aytishni ham bilmayman.. oʻq uning xotirani boshqarib turuvchi miyasiga zarar yetkazgan. Shu sabab janob Jeon maʼlum muddatlik xotirasini yoʻqotgan. Xotira qaytishi yoki umuman qaytmasligi ham mumkin. Aslida uni oʻzi tirik qolgani katta bir moʻjiza edi, shunday emasmi?
Shifokorning gaplarini eshitib turgan qizning koʻzlari beixtiyor yoshga toʻldi. U shifokorning oxirgi gaplarini tasdiqlash uchun shunchaki bosh irgʻab qoʻydi va keyin ikkilanish bilan xonadan chiqib ketdi.
Soolin shifoxona koridoriga chiqqach, oʻsha yerdagi stullardan biriga joylashdi. U boshini yerga qaratib, ovozsiz yigʻlay boshladi.
— yigʻlsmasangchi, axir uning ahvoli yaxshi-ku.. — dedi Soolin goʻyo oʻzini-oʻzi ovutmoqchi boʻlgandek.
Soolin bir necha daqiqa shu holatda oʻtirgach, yuzini kaftlari bilan artib tashladi. Chunki hayolida "Jungkook yigʻlaganimni koʻrsa, xafa boʻladi" degan fikr bor edi..
Soolin Jungkookning palatasiga yetib kelgach, eshik qarshisida biroz vaqt turib qoldi. Soʻngra chuqur nafas chiqardi-yu, biroz jilmayish bilan ichkariga kirdi.
— Jungkook, hozir qaysi yil? — deb soʻradi Soolin dabdurustdan.
— nega soʻrayapsan buni? — dedi Jungkook kulib. Uning hayolida Soolin yilni unutib qoʻygandek edi.
— shunchaki oʻzim..
— mendan xavotir olma, ahvolim juda yaxshi. Yaʼni hozir qaysi yil ekanligini bilmaydigan darajada yomon emas. Hozir 2023-yil iyun oyi.
Jungkookning bergan javobidan soʻng Soolinning koʻzlaridan yosh oqib tushdi. U koʻzlarini yigitdan olib qochib, pirpirata boshladi.
— nega yigʻlayapsan? — deya qizning qoʻlidan tutib, uni oʻzi tomonga burmoqchi boʻldi Jungkook. Ammo Soolin koʻz yoshlarini koʻrsatmaslik uchun yuzini boshqa tomonga burib oldi.
Soolin koʻz yoshlarini shoshqaloqlik bilan artib tashladi-yu, telefoni ekranini yoqdi va Jungkookga qaratdi.
— Jungkook, hozir.. 2025-yil avgust, — dedi Soolin zoʻrgʻa...