May 1, 2025

GANGSTERʼS WIFE

GANGSTERNING RAFIQASI

Doktorlar Serafinani tekshiruv xonasiga olib kirishdi va ehtiyotkorlik bilan turli savollar bera boshlashdi. Ammo qiz ularning savollariga deyarli javob bermas, nigohlari derazadan tashqariga — ozodlik tomonga qaratilgandi. Shifoxona Serafina uchun goʻyo qamoqxonadek edi.

Josh esa bu paytda koridor boʻylab yurar, qoʻllarini mahkam musht tugib, oʻzini bosishga harakat qilardi. Koʻp oʻtmay shifokorlardan biri uning yoniga keldi.
— rafiqangizning psixologik holati qattiq bosim ostida boʻlgan koʻrinadi. Yaxshiyamki, Dori vositalarini koʻp dozada qabul qilmagan ekan..
— davolasa boʻladimi yoki yoʻq?!
— hamma narsaning iloji bor. Oʻzida biroz xohish boʻlsa bas, qisqa muddatda tuzaladi.
— asoratlari qolmaydimi?
— jiddiy asoratlar boʻlmaydi, xavotirlanmang.

Josh diqqat bilan doktorning gaplarini tingladi. Ammo qalbidagi qaynoq gʻazab unga sira tinchlik bermas edi.
U Serafina yotgan palata qarshisida toʻxtadi va kichik derazadan kravatda sokin uxlayotgan rafiqasiga qaradi. Qiz tibbiy kuzatuv ostida, yuzidan yengil charchoq sezilib turardi.

Josh rafiqasini uzoq vaqt kuzatib turdi. Soʻngra oʻziga-oʻzi past, ammo sovuq ohangda pichirladi.
— hal qilinishi kerak boʻlgan ishlar bor.

Josh Serafinaning eshigi tagiga bir qancha qoʻriqchilar qoʻyib, shifoxonani tark etdi. U shifoxona hovlisiga chiqar ekan bir nechta qora kiyimli yigitlar uni kutib turardi. Yigitlar Joshni koʻrishlari bilan sergaklanib, u tomon yurishdi.
— topdingizmi? — deya soʻradi Josh sovuq ohangda. Yigitlardan biri choʻntagidan bir surat chiqarib erkakka uzatdi.

Josh Kaining suratini qattiq siqib, dedi:
— oʻyin oʻynamoqchi ekansan, mayli. Faqat mening qoidalarim bilan oʻynaymiz, yigitcha.

Josh.

Tun. Soat millari 01:37 ni koʻrsatmoqda. Anchagina katta maydonni egallagan garaj. Bu yer goʻyo zulmatga singib ketadigandek edi. Garaj markazida esa bir yigit stul bilan polga agʻanab yotar, uning yuzida koʻkarish izlari yaqqol sezilib turardi. Lablari chetidan esa qon sizib chiqmoqda. Bu yigit — Kai edi. Uning koʻkrak qafasi nafas olishi mobaynida yengil koʻtarilib, tushardi. Tashqi tomondan esa goʻyo oʻlib boʻlgandek edi.

Qorongʻulik orasidan ogʻir qadam tovushlari eshitildi. Josh xira yoritilib turgan nuqtada toʻxtadi. U qora, oʻziga juda yarashib turadigan kiyimda, tund qiyofada Kaiga yaqinlashdi. Uning ortida esa ikki yigit unga hamrohlik qilardi. Ular Joshning eng ishonchli odamlaridan edi.
— oʻlishga shoshilma, yigitcha, — dedi Josh xotirjamlik bilan, ortidagi stolga suyanib.

Kai koʻzlarini ochib, boshini koʻtarishga urindi. Ammo tanasidagi kuchli ogʻriq biror harakat qilishiga toʻsqinlik qilardi. Kaining lablari orasidan faqatgina "nega?" soʻzi chiqa oldi xolos. U boshqa hech narsa demadi, deya olmadi.

Joshning mukammal yuzida jilmayish paydo boʻldi. Ammo bu jilmayishda hech qanday quvonch yoʻq edi. Bu — qasosga chanqoq bir tabassum edi. Joshning bir qoʻl ishorasi bilan Leon Kaiga tegishli boʻlgan sumkani olib keldi va yerga agʻdardi. Sumka ichidan bir qancha dorilar, kichik kamera va qandaydir papkalar yerga sochildi.
— bular senga tanishmi? — deya dorilarni Kaining yoniga irgʻitdi Josh. Kai javob qaytarmagach, yana davom etdi u:
— tirik qolishga umid ham qilma.

Kaining yuzida istehzoli tabassum oʻynadi va eng soʻnggi kuchini toʻplab dedi:
— hammani nazorat qila olmaysan, Josh... Hammaning ustidan hukmronlik qila olmaysan. Kun kelib sening imperiyang qulaydi.

Josh yigitning yoniga engashib, ogohlantirish kabi shivirladi:
— bu imperiyani men qurganman! Kim uni yiqitmoqchi boʻlsa — avval meni yiqitadi.

Bir necha soniya Kaining yuziga tikilib turgan Josh oʻrnidan turdi-yu, stol ustida tartiblangan qurollarni koʻzdan kechira boshladi. Erkakning barmoq uchlari turli qurollar ustida sayr qildi. Ammo u birdan toʻxtab qoldi va boshini "yoʻq" ishorasida silkidi.
— toʻpponcha bilan oʻlish sen uchun jazo emas, mukofot boʻladi.

Erkakning oʻsha iblisona tabassumi.

Josh stoldan uzoqlashib, garaj burchagida, devorga tirab qoʻyilgan kriket tayogʻini qoʻliga oldi. U tayoqni qoʻlida oʻynatgancha, Kai tomon yurib keldi va Jadenga uni stuldan yechishini soʻradi. Kai arqondan ozod etilgach, Josh unga istehzoli kulib qaradi. Bir necha soniyadan soʻng Kaining tanasiga Josh tomonidan qattiq zarbalar urilishni boshladi...

Josh toʻxtadi. Uning nigohlari qonga boʻyalgan kriket tayogʻiga, soʻngra yerda jonsiz yotgan tanaga qaratildi. Uning yuzida gʻoliblik tabassumi paydo boʻldi. Erkak qoʻlidagi tayoqni bir chetga uloqtirib, ortda turgan ikki yigitga buyurdi:
— jasadini hatto itlar ham topa olmasin.

Time skip»
Shaharda hamon tun hukmronlik qilmoqda edi. Serafina deraza qarshisida turib, tashqarida yogʻayotgan mayin yomgʻirni jim kuzatardi. U qalbida nimanidir buzib, nimanidir tuzatishga harakat qilardi. Shu payt eshik sekin ochildi: Josh. Erkakning qadamlari sokin, lekin ogʻir edi. U Serafinaning ortida bir necha soniya jim turdi. Soʻngra past ovozda soʻradi:
— ahvoling yaxshimi?

Serafinaning yuragi qalqib ketdi. Ammo javob bermadi.
— bu yerga kelish senga yoqmadi. Ammo shuni bilki, seni yoʻqotish haqidagi oʻylar meni kishanlab qoʻyadi.

Josh sekin rafiqasining yoniga kelib, yelkasiga ohista tegdi. Serafina oldin qoʻrqdi, keyin esa koʻzlarini eriga qaratdi. U bugun boshqa edi. Koʻzlarida oldingidek sovuqlik yoʻq.
— seni yomon koʻraman, Josh.. Men sendan, sening ishlaringdan jirkanaman, — dedi Serafina undan biroz uzoqlashib.

Ilk marta... Ilk marta Josh yuragining ogʻriq bilan tebranganini his qildi. U biroz jim qoldi. Soʻngra koʻzlarini Serafinaga qadab, dedi:
— men seni asrayapman, Serafina, har doim. Faqatgina sen buni tushunmayapsan..
— asrayapsanmi?! Urush, tahdid, majburlash, bosim oʻtkazish, soʻroq qilish — bu asrash emas, Josh! Bu egalik qilish! Men sen uchun rafiqa emas, faqatgina asiraman! — dedi Serafina baland ovozda qichqirib. Ammo ovozida titroq yaqqol sezilib turardi. Shu bilan birga qizning koʻzlarida yosh miltillab turar edi.

Josh rafiqasini asabiylashishini istamay, ortiq gapirmadi. U sukut saqlashni tanlab, xonadan chiqib ketdi. Erkakning ichidagi ogʻriq va gʻazab bir-biriga aralashib ketgandi. U qoʻllarini musht tugib, katta va tez qadamlari bilan shifoxonani tark etdi...

Shahar chetidagi uncha katta boʻlmagan klub. Klubning har burchagini alkogol hidi anqib turar va har yerni mast boʻlgan yoshlar egallagandi. Eng chetdagi, qorongʻu burchakda esa ikki inson — Adrian va Rina sirli suhbat olib bormoqda edi.

Qiz — Rina, sobiq maxfiy agent. Ayni damda esa kimlar uchundir najotkor. U qora charm kurtka kiygan, kalta sariq sochlari yoyilgan, koʻzlarida esa qandaydir keskinlik mavjud edi.

— Josh haqida yangiliklar bormi? — deb soʻradi Rina past ovozda. Yigit boʻlsa unga sinchkov tikildi va oʻtirgan stuliga yaxshiroq joylashib:
— sen unga qarshi harakat qilmoqchisan? Sababi nimada? — deb soʻradi.

Rina lablarini qattiq tishladi va past ovozda javob berdi:
— yillar oldin, hali jinoyat olamiga toʻliq kirib ketmagan paytda — u meni opamni oʻldirdi.

Adrianning qoshlari hayronlik bilan yuqoriga koʻtarildi. U endi barchasini tushungandek qizdan nigohlari uzmay:
— demak, niyating qasos olishmi? — deya soʻradi.
— yoʻq, faqatgina qasos olish emas. Men uning rafiqasi Serafinani uning qoʻlidan qutqarmoqchiman. U ham oʻyinga aralashishidan oldin.

Adrian qizga oʻzgacha jilmayish bilan qarab, stol ustidagi alkogolni barmoqlari orasiga oldi. Shu bilan ular orasiga sovuq jimlik choʻkdi. Ammo bu jimlik xuddiki, boʻron oldidan boʻladigan sukunatdek edi.

Bir necha daqiqa oʻtgach Adrian oʻrnidan turdi va oʻziga qaratilgan bir juft koʻzlarga qaradi.
— sen bilan oʻzim bogʻlanaman, — deya Rinani yolgʻiz qoldirib, klubni ham tark etdi Adrian.

U klub qarshisida turgan tim qora Mersedesiga oʻtirdi-yu, boshini ortga tashladi. Bir necha soniya shu holatda turgach, orqa oʻrindiqda hushsiz yotgan qizga qarab, jilmayib qoʻydi.

Adrian.

Time skip»
Xona boʻylab quyosh nuri yoyilgan bu vaqtda Serafina hamon uyqu olamini tark etmagan edi. Ammo erining yoʻgʻon ovozi qizni uygʻonishiga sabab boʻldi. Serafina charchoq bosgan kipriklarini ikkiga ajratib, yuqorisida unga tikilib turgan erkakka qaradi.

Josh hatto "xayrli tong" ham demasdan:
— tur, ketamiz, — dedi. Serafina eeiga hayron qarab turgach, oʻrnidan turdi va:
— senga ham xayrli tong! — dedi zaharxanda ohangda. Josh javob bermay, xonadan chiqib ketdi. Serafina esa "ertalabdan yana nima boʻldi?!" deya pichirladi oʻziga-oʻzi.

Josh doktorlar bilan gaplashib, rafiqasini uyida davolanishi uchun qoʻrgʻonga qayta olib keldi. Uy oldingidan biroz oʻzgargan va qoʻriqchilar ham koʻpaygan edi. Serafina buni sezib:
— nima urishga tayyorgarlik koʻryapmizmi? — deb kuldi.
Josh esa beparvolik bilan xotirjam javob berdi:
— biz doim urush ichida edik.

#davomi_bor
Muallif: #Kawase