June 26, 2025

Haunting Adeline

✨CHAPTER 3 / The Manipulator✨

───────────────────────

Men juma kechamni shunaqa tarzda o‘tkazaman deb hech qachon o‘ylamagandim.
Eski, rasvo uyning devorlari ichida nimadir qazib yuribman — Xudo biladi, ichkarida qanday yirtqich jonivorlar panoh topgan bo‘lishi mumkin.

Ichimda faqat bitta narsani kutyapman: bir paytlar devor orasiga kirib ketib, yillar davomida faqat hasharotlar bilan tirik qolgan, ochlikdan aqldan ozgan bir siniq sincap to‘satdan qo‘limga osilib tushadi, deb. Yirtqich hayvondek tirnog‘i bilan qo‘limni qoplab olsa, ajab emas.

Hozirda yelkamgacha devorning ichiga tiqilganman — Greyson yaratgan la’nati teshikdan. Qo‘limda fonarni mahkam siqib ushlaganman. Ichkariga qarash uchun faqat bilagim va boshimning bir chekkasi sig‘adigan darajada joy bor — noqulay, buralgan holatda ko‘z yugurtiryapman.

Bu — bema’nilik. Men esa — tentakman.

Greyson eshikni yopib, orqasiga urilgani bilan chiqib ketgan zahoti, devorga yetkazilgan zararni tekshirdim. Teshik unchalik katta emasdi, lekin meni to‘xtatgan narsa — ikki devor orasidagi ajabtovur katta bo‘shliq edi. Kamida uch-to‘rt fut — bu shunchaki struktura emas. Bunday qilib qurilgan bo‘lsa, demak, bir sabab bordir, to‘g‘rimi?

Go‘yoki nimadir meni o‘ziga tortayotgan edi. Har safar chekinishga urinsam, suyaklarim ichidan o‘tib ketadigan qattiq titroq butun tanamga taraladi. Barmoqlarim uchigacha bir turli jimirlab, ichkariga cho‘zilishni, o‘sha qorong‘i, tubsiz bo‘shliqqa nazar solishni, va... meni chaqirayotgan narsani topishni xohlardi.

Va mana men — bukchaygancha, devordagi teshik ichiga tiqilib yotibman. Aytish mumkinki, bugun o‘zimni kimningdir ichiga tiqib bo‘lmas ekan, hech bo‘lmaganda o‘zimni mana bunday tarzda “harakatga” kiritdim, shekilli.

Telefonimdagi fonar devor ichini yoritadi: yog‘och ustunlar, qalin o‘rgimchak to‘rlari, chang va o‘lgan hasharotlar qoldiqlari... Boshqa tarafga o‘girilib, fonarni boshqa yo‘nalishga qarataman. Hech narsa. To‘rlar shunchalik zichki, ko‘z ilg‘amas darajada. Shuning uchun telefonimni tayoqday ishlatib, ularni yirtib tashlashga tushaman.

Xudo haqqi, agar telefonimni tushirib yuborsam, aqldan ozaman. Qayta olib bo‘lmaydi. Yangisini olishga to‘g‘ri keladi.

Terimga tegayotgan o‘rgimchak to‘rlari mayin soch tolalaridek yengil, ammo shu bilan birga, xuddi tanamda hasharotalar emaklayotgandek his qildiradi — bu hissiyotdan irg‘anib ketaman. Chap tomonga yana qaytib, fonarni yana bir bor shu yoqqa qarataman.

Yana bir nechta to‘rni yulib tashlayman — va shu bilan bu tentak holatga meni tortib kirgan la’nati chaqiriqni inkor etishga, bu yerda nimadir bor degan g‘alati tuyg‘udan butunlay voz kechishga tayyor bo‘laman.

Shu payt...

Yo‘lak chuqurrog‘ida biror narsa chaqnab ketadi. Fonar yorug‘ida arang ko‘zga tashlanadi — faqatgina bir lahzalik aks, lekin bu yetarli. Yuragim hapriydi, hayajon bosadi. Qattiqroq harakatdan boshim qalin devor suvoyig‘iga uriladi, devor bo‘laklari sochim orasiga to‘kilib tushadi.

Aww

Boshimning orqa qismidagi asta og‘riqni e’tiborsiz qoldirgancha, qo‘limni devordan yulib olaman va ilgari sirli narsa chaqnagan masofani taxminan eslab, yo‘lak bo‘ylab yuguraman.

Bir surat ramkasini ushlab, mixdan ohista yechib olaman va uni ehtiyotkorlik bilan polga qo‘yaman. Bu ishni yana bir necha marta takrorlayman — devordan ramkalarni yechib, ularni ehtiyotkorlik bilan joylashtiraman. Nihoyat, qadimgi velosipedda o‘tirgan buvimning surati chiqadi — savatida quyosh gullari solingan, yuzida esa keng tabassum. Surat qora-oq bo‘lsa-da, lablaridagi qizil lab bo‘yog‘ini aniq tasavvur qilaman. Nana har doim aytardi: "Avval qizil lab bo‘yoq, keyin kofe."

Suratni devordan olib, ortida yashiringan narsani ko‘rib, beixtiyor xo‘rsinib yuboraman — u yerdan eski, armiya-yashil rangdagi seyf qarab turibdi. Mexanizmi oddiy — faqat raqamli disk. Nafasim qisilib ketadi, ichimda hayajon qaynaydi, barmoqlarim sekin-sekin disk ustidan sirg‘aladi.

Men xazina topdim. Shubhasiz.
Va, ehtimol, buning uchun Greysonga rahmat aytishim kerakdir. Garchi... ichimda bir his bor: bu suratlarni baribir bir kuni olib tashlardim — hech bo‘lmaganda, ajdodlarim endi mening shubhali qarorlarimni devordan tikilib kuzatib turmasliklari uchun.

Seyfga tikilib turgan chog‘imda, birdaniga tanamni sovuq shamol chayib o‘tadi — qonni muzga aylantiradigan darajada keskin sovuq. Shu ondayoq orqamga burilaman, ko‘zim bo‘sh yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi.

Tishlarim taqillaydi. Nafasim og‘zimdan oq bug‘ bo‘lib chiqayotganini ham ko‘rib turgandayman.
Ammo qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa — shunday tezlikda yo‘qoladi.

Asta-sekin tanam yana normal haroratga qaytadi, lekin umurtqam bo‘ylab o‘tgan o‘sha sovuq titroq hanuz ketmaydi.

Ko‘zimni qarshidagi bo‘shliqdan uzolmayman. Ich-ichimda nimadir sodir bo‘lishini kutyapman. Ammo daqiqalar o‘taveradi... Men esa hanuz shu yerda, qotib turgancha qolaveraman.

Diqqatingni jamla, Addie.

Suratni ehtiyotkorlik bilan polga qo‘yib, o‘sha g‘alati sovuqlikni e’tiborsiz qoldirishga va seyfni qanday ochishni Google orqali izlashga qaror qilaman. Bir nechta forumlar chiqadi — ularning ayrimlari bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarni beribdi. Men darrov garajda chang bosib yotgan buvamning asboblar qutisiga qarab yuguraman.

Bu joy hech qachon mashina uchun ishlatilmagan — hatto Nana bu uyda yashab turgan paytda ham. O‘rniga bu yerga avlodma-avlod yig‘ilib qolgan turli xil eski narsalar, asosan buvamning asboblari va uyda keraksiz bo‘lib qolgan mayda-chuydalar jamlangan.

Kerakli asboblarni olib, zinapoyalardan qaytib yuqoriga yuguraman va seyfni ochishga kirishaman.

Bu eski temir quti xavfsizlik borasida mutlaqo ishonchsiz — yomon holatda. Ammo menimcha, kim uni shu yerga yashirgan bo‘lsa, buni hech kim topmaydi deb o‘ylagan.
Hech bo‘lmaganda, ular yashab turgan paytda emas.

Bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rishlar, hafsalamdan ketgan ohanglar va barmog‘imni eshik panjarasiga qisib olganimdan keyin nihoyat... bu la'nati seyfni ochishga muvaffaq bo‘ldim. Fonarimni yana yoqib, ichkariga qarayman.

Ichkarida uchta jigarrang, charm muqovali daftar yotibdi. Pul yo‘q. Taqinchoq ham yo‘q. Hech qanday moddiy qimmatga ega narsa yo‘q — hech bo‘lmaganda, pul bilan o‘lchanadigan qiymatda emas.

To‘g‘risi, ichimda biror boylik topaman degan umid yo‘q edi. Lekin baribir ajablandim — axir seyfni ko‘pchilik aynan shunday narsalar uchun ishlatadi-ku.

Qo‘limni ichkariga cho‘zib, daftarlardan birini olaman. Barmoqlarim ostida yumshoq, silliq charmning hissi — go‘yoki qadimiy xazinaga teginayotgandayman. Lablarimda beixtiyor tabassum paydo bo‘ladi. Barmog‘imni birinchi daftar muqovasidagi yozuv ustidan yurgizaman:

Genevieve Matilda Parsons.

Bu — mening buvimning onasi. Nana aytib yurardi, uni hamma Gigi deb chaqirgan. O‘sha suratdagi velosipedda kulib turgan ayol. Qizil lab bo‘yog‘i va yorqin tabassumi bilan mashhur bo‘lgan ayol.

Qolgan ikki daftarni ham ko‘zdan kechiraman — hammasida bir xil ism.
Uning kundaliklari bo‘lishi kerak.
Shubhasiz — bu Gigi’ning shaxsiy daftarlaridir.

Boshlaganimcha to‘xtab qolgan holatda, xayolchan yurib xonamga kiraman, eshikni orqamdan yopaman va karavotimga o‘tirib olaman. Oyoqlarimni qovushtirgancha joylashaman. Har bir daftarning atrofiga charm bog‘ich o‘ralgan — ularni yopiq ushlab turibdi.

Tashqi dunyo go‘yoki butunlay jim bo‘lib qoladi — men esa birinchi daftarni ohista qo‘limga olib, bog‘ichini ehtiyotkorlik bilan yechaman... va daftarni ochaman.

Bu — haqiqiy kundalik edi.

Har bir sahifada ayollarga xos chiroyli yozuv bilan yozilgan yozuvlar, voqealar — va sahifa tagida har safar bir xil narsa: qizil lab bo‘yog‘i izlari. Aynan buvim aytganidek — Gigi har doim kundaligining oxiriga lab bo‘yog‘i bilan o‘pich qo‘ygan.

U men tug‘ilishimdan oldin vafot etgan. Lekin men butun bolaligimni uning haqidagi hikoyalarni eshitib o‘sganman. Nana har doim aytardi: u onasining vahshiy xarakteri va o‘tkir tiliyu fe’lini meros qilib olgan. Shunaqa o‘ylayman — Nana bu kundaliklardan xabardor bo‘lganmikin? Ularni o‘qiganmikin?

Agar Genevieve Parsons — Nana aytganidek — chindan ham shu qadar yovvoyi, erkin va bepisand ayol bo‘lgan bo‘lsa, demak bu kundaliklarda menga aytadigan, ko‘rsatadigan juda ko‘p hikoyalar bor.

Labimda kulimsirab, qolgan ikki daftarning ham birinchi sahifalarini ochib chiqaman, sanalariga qarayman — barcha yozuvlar ketma-ket bo‘lishi uchun qaysi biri birinchi yozilganini aniqlayman.

Va keyin... tun bo‘yi uxlamay, o‘qib chiqaman.
Har bir yangi yozuv — meni yanada ko‘proq larzaga soladi.
Har bir sahifa — tobora bezovta, tobora g‘alati, tobora qorong‘i.

──────────🥀───────────

Pastdan eshitilgan qattiq shovqin meni bezovta uyqudan uyg‘otadi. Bu xuddi miyamning bir chetidagi chuqur, qalin tuman ichidan yulib olingandek hissiyot edi — og‘ir va noaniq.

Ko‘zimni pirpiratib ochaman. Nigohim yopiq eshikka tikiladi. Unga qarab turaman, konturini sekin asta ajratib olaman... va miyam nihoyat eshitgan tovushimni idrok eta boshlaydi.

Ammo yuragim undan ancha oldinda — ko‘kragimda vahimali tarzda urmoqda. Bo‘ynimning orqa tarafidagi tuklar tikka bo‘lib turibdi.

Ichimda og‘ir bir xavotir buluti ko‘tariladi. Va faqat bir necha soniyadan keyingina anglayman: eshitgan tovushim — bu old eshigimning yopilish tovushi edi.

Sekinlik bilan o‘rnimdan turaman, adyol ostidan sirg‘anib chiqaman. Endi tanamga adrenalin to‘lib ketgan, ko‘zlarim butkul ochiq — hushim joyida.

Kimdir... biroz avval uyim ichida bo‘lgan.

Bu tovush... har qanday narsa bo‘lishi mumkin edi. Balki poydevorning cho‘kishi. Yoki... hatto, jinni arvohlar o‘zaro itarishib o‘ynayotgandir.
Lekin xuddi yuraging tub-tubidan “nimadir yomon bo‘ladi” degan ogohlantiruvchi hissiyot kelgandek — meniki ham aynan shunday baqiryapti: hozirgina uyimda kimdir bo‘lgan.

Bu o‘sha eshikka mushtlagan odammi?
Shubhasiz — boshqa izoh bo‘lishi mumkin emas. Axir bu tasodif bo‘lishi uchun juda ham g‘alati: begona odam butun bir chaqirimdan oshiq yo‘l bosib kelib, eshikni mushtlab ketadi... va shunchaki ketadimi? Endi esa, yana shu yerda.

Agar ular aslida hech qayerga ketmagan bo‘lsa-chi?

Qaltirab, asta o‘rnimdan turaman. Sovuq to‘lqin butun vujudim bo‘ylab yuradi, terimda sovuq titroq paydo bo‘ladi, toshqovuzdek to‘lgancha. Qaltirab qo‘l uzataman, tumbochkamdan telefonimni olaman. Yengil qadamlar bilan eshik tomon yuraman.

Sekin, ehtiyot bilan tutqichni bosaman — eshikni ochaman.
Ammo... qarshilik ko‘rsatolmayman: qarsillagan eshik g‘ichiriq tovushi butun xonani jaranglatadi.

Eshik g‘ijirlariga moy suradigan Tin Man odam kerak menga — xuddi yuragidagi qo‘rquvni yengadigan Arslonning jasorati kerak bo‘lgani kabi.
Tanam qog‘ozdek qaltirayotgani rost, lekin men cho‘chimayman. Kimdir mening uyimda xohlagancha yurishiga yo‘l qo‘ymayman.

Chiroq tugmasini bosaman. Yoqiladigan kam sonli lampochkalar miltillab yonadi. Bu qorong‘ilikni to‘liq yoritishga yetmaydi — faqat shunchalik nur sochadiki, aqlim shu imkonni qo‘lga kiritib, nurning narigi tomonida yashirinayotgan soya odamlarni tasavvur qila boshlaydi.

Zinapoya tomon asta yurarkanman, devor bo‘ylab osilgan suratlardan tikilib turgan nigohlarni his qilaman. Ajdodlarim... jim-jit nigohda, meni kuzatib turishadi.
Yana bir ahmoqlik qilayotganimni ko‘rib turishgandek.

Go‘yoki bunday deyishyapti:
"Ahmoq qiz, sen hozir o‘ldirilmoqchisan.""Orqangga qaragin.""Ular... aynan ortangda."

Bu so‘nggi fikr o‘zimni qo‘rqitib yuboradi — birdan nafasim qisilib, orqamga o‘girilaman, go‘yoki kimdir chindan ham ortimda turgandek. Albatta, hech kim yo‘q. Bu — faqat mening ahmoq miyamning haddan tashqari faol tasavvuridan boshqa narsa emas.

Yozuvchi sifatida bu xususiyat men uchun katta boylik.
Ammo hozir... bunday "fantaziya"ga balo borsin.

Yurishimni tezlashtirib, zinapoyadan pastga tushaman. Zudlik bilan chiroqlarni yoqaman. Yorug‘lik birdan ko‘zni qamashtiradi, ko‘zlarim achishadi. Qamashi qanchalik alamli bo‘lmasin — bu qorong‘ilikdan ming karra yaxshi.

Axir shunday bo‘lishi mumkin-ku: agar qo‘lda faqat bitta fonar bilan uyni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lsam... va birdan — fonarning tor nuri ostida kimnidir ko‘rib qolsam.
Bir zum avval u yo‘q.
Keyingi soniyada esa — "salom, bu sizning qotilingiz."
Rahmat, yo‘q kerak emas. Hech qachon.

Zal va oshxonani titkilab chiqqanimga qaramay hech kimni topmagach, birdan burilib, old eshik tutqichini aylantiraman.
Hali ham qulflangan.
Bu esa faqat ikki narsani anglatadi: kim bo‘lgan bo‘lsa, ketayotib eshikni yana qulflagan... yoki aslida hech qayerga ketmagan.

Keskin nafas olib, yuragim gupillab urgancha, zaldan oshxonaga yuguraman — to‘g‘ri pichoq tortmasi tomon.

Ammo... ko‘z qirram bilan oshxona orolchasida nimadurni ilg‘ayman. Bu ko‘rish meni muzdek to‘xtatib qo‘yadi. Ko‘zlarim to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha narsa tomon otiladi.

Og‘zimdan beixtiyor so‘kinish chiqadi.

Bir dona qizil atirgul.
Stol ustida yotibdi — xuddi ataylab qoldirilgandek.
Men esa... unga tikilgancha qotib qolganman. Go‘yoki u tirik bir tarantula bo‘lib, menga tikilib turibdi.
Yondashishga jur’at etsang — seni tiriklay yutib yuboradi.

Qaltirab chiqayotgan nafasimni sekin chiqarib, gulni stol ustidan olib qo‘limda aylantiraman. Uning tanasidagi tikanlar ehtiyotkorlik bilan kesib tashlangan.
Va shu zahotiyoq ichimda g‘alati bir hissiyot tug‘iladi — go‘yoki bu ataylab qilingan: barmoqlarim shikastlanmasligi uchun.

Ammo bu fikr... tentaklik.
Kimdir yarim kechasi yashirincha uyingga kirib, gul qoldiryaptimi?
Bu harakatda hech qanday samimiy niyat yo‘q.
Bu — tahdid. Bu — qo‘rqitish.

Qo‘limni musht qilib tugaman. Gulpni mushtim ichida ezib tashlayman — maydalanib ketgan qizil barglarini chiqindiga uloqtiraman.
Va so‘ng... asl maqsadimni eslayman.

Tortmani shiddat bilan ochaman. Oshxona jihozlari jimlikda jaranglab tushadi.
Ichidan eng katta pichoqni tanlab, tortmani qarsillatib yopaman.

Endi menga jim yurish, yashirinib yurish kerak emas.
Kim bo‘lsa ham — meni eshitadi. Hozirdanoq.

Lekin... mening hech qanday niyatim yo‘q yashirinishga.
Hozir men titramayapman. Men yonayapman.
Ichimda olov — qaynoq, vahimali, g‘azab bilan.

Kimdir meni uxlayotgan paytimda shunchaki uyimga bostirib kira oladi deb o‘ylashi – bu menga yoqmaydi.
Ammo bundan ham battar yoqmaydigan narsa bor: kimdir o‘z uyimda meni o‘zimni zaif his qilishimga majbur qilishi.

Ustiga-ustak, go‘yoki bu yetmagandek, bir dona gul qoldirib ketgani?
Go‘yoki bu romantik ishora! Tentakmi u?
U atirgulning tikanlarini olib, uni zararsiz qilgan bo‘lishi mumkin.
Lekin men u odamga ko‘rsataman: atirgul tikanisiz ham o‘limli bo‘lishi mumkin — uni kimningdir tomog‘iga tiqib ko‘rsangiz, albatta.

Uyning har bir burchagini — birinchi va ikkinchi qavatgacha — sinchkovlik bilan tekshiraman.
Lekin hech kim yo‘q.
Faqatgina... ikkinchi qavatning oxirigacha yetib, narigi tomondagi tomga olib chiqadigan eshikka tikilib qolganimda — butun qidiruvim birdaniga to‘xtaydi.

Tanam qotib qoladi. Nafasim ichimda tiqiladi.
Qadam tashlashga harakat qilaman — o‘zimni har safar majburlamoqchi bo‘laman:
“Hammasini tekshirish kerak edi, shundaymi?”
Ammo oyog‘im joyidan siljimaydi. Hech qanday iloj yo‘q.

Instinktlarim, butun ichki tuyg‘ularim baqiradi:
“U yerga yaqinlashma.”
“Agar ochsang... ichkarida sendan nimanidir ayovsiz tortib oladigan narsa bor.”

Tom osti xonasi — Nananing sevimli makoni edi.
Yozning jazirama kunlarida har tomondan ishlayotgan bir nechta ventilyatorlar orasida, u yerga chiqib olgancha ohang aytib qo‘shiq kuylab, tinchgina to‘qishni yaxshi ko‘rardi.

Ba’zan go‘yoki hali ham o‘sha ohanglarni eshitayotgandek bo‘laman, ular xuddi yuqoridan — aynan o‘sha tomdan eshitilayotgandek.
Ammo men hech qachon o‘zimni u yerga chiqishga majbur qila olmayman.

Ko‘rinishidan... bugun kechasi ham bu qo‘rquv ustidan g‘alaba qila olmayman.

Endi yuragimdagi hayajon susaygan, tanamdagi adrenalin tugayotgan, suyaklarim esa og‘irlikdan sinib tushgudek charchagan.
Qalbimga esa birgina tuyg‘u hukmron:
Men bunga tayyor emasman.
Hozir emas.

Chuqqanib xo‘rsinaman-da, sudralgancha yana oshxonaga tushaman. Bir stakan suv olib, uch og‘izda ichib yuboraman. So‘ng uni yana to‘ldirib, yana bo‘shataman.

So‘ng borib, stol ustidagi barstulga hushsiz cho‘kayman. Nihoyat, qo‘limdagi pichoqni qo‘yaman.

Peshonamda yupqa ter qatlami paydo bo‘lgan. Tanam haddan tashqari qizib ketganidan, muzdek marmar ustiga peshonamni qo‘yganimda, sovuq zarba butun tanam bo‘ylab titroq bo‘lib yuguradi.

O‘sha odam endi bu yerda emas.
Lekin bu kechada u faqat uyimga bostirib kirgani yo‘q.
U... ongimga ham kirib olgan.
Xuddi... xohlagani shunday bo‘lgandek.

──────────🥀───────────

"Kecha tunda kimdir uyimga bostirib kirdi," — deya tan olaman, telefon quloq va yelkam orasida qisilgan.
Choy qoshiq keramika krujkada taqillaydi — qahvamni aralashtiryapman. Bu allaqachon ikkinchi piyolam, lekin baribir o‘zimni xuddi ko‘zimga girgitton bog‘lagandek his qilyapman. Ko‘z qovog‘im og‘ir — uxlolmaganlikdan holdan toyganman.

O‘sha g‘alati kishi kecha chiqib ketgach, yana uxlay olmadim. Butun uy bo‘ylab yurib, barcha deraza va eshiklar qulflanganmi — tekshirdim.

Yomon tomoni shundaki — ha, hammasi qulflangan edi.
Kirganidan ham battar — chiqib ham ketgan.
Qanday qilib? Derazalar ochilmagan. Eshiklar ham.
Ular qanday kirib, qanday chiqib ketishdi, o‘zi?!

"To‘xta, sen nima deding? Kimdir uyinga kirgan?!" — Daya qichqiradi.

"Ha," deyman xotirjam, "va u mening oshxona stolimga qizil atirgul qoldirib ketgan."

Sukunat.
Hayronman — Daya Piersonning jim qolganini ko‘rishim mumkin bo‘lgan kun borligini o‘ylamagandim.

"Ammo bu hali hammasi emas," deyman. "O‘tmish kechaning butun telbaliklar orasidagi eng yomon qismi, xolos, shekilli."

"Yana nima bo‘ldi?" — deya so‘raydi u, ovozida keskinlik bilan.

"Xullas, Greyson — haqiqiy axmoq (asshole - bu yerda so'kinishda kelgan). Tilini tomog‘imga tiqib, go‘yoki u yerdan qandaydir sirli teshik topmoqchidek harakat qilib yurgan paytda kimdir eshigimni yulqib, do‘pposlab chaldi. Jiddiy aytyapman — rosa baland urdi.
Ikkalamiz eshikni tekshirib chiqdik — hech kim yo‘q edi. Aytmoqchimanki, bu ehtimol yangi 'do‘stim'ning ishi bo‘lsa kerak."

"Sen jiddiy aytyapsanmi, o‘zi?" — deb qichqiradi Daya.

Men qolganini ham gapirib beraman. Greysonning iflosliklari — biroz unga so‘kinib ketganim rost.
Keyin u devorga musht tushirganini, dramaga o‘xshab eshikni qarsillatib chiqib ketganini.
Ammo xazinani — seyfni va kundaliklarni topganimni, o‘qiganlarimni aytmayman. Hali hammasini hazm qilolmadim. Ayniqsa, o‘sha kundalikda bir ayolning axloqsiz sevgi hikoyasini o‘qib, ayni kechasi uyimga kimdir bostirib kirganini o‘ylasam — bu achchiq kinoya, ammo hozir emas.

"Senikiga bugun kelaman," — deydi Daya qat’iy ohangda, men gapimni tugatishim bilan.

"Men bugun butun uyni tozalashim kerak — ta’mirlash ishlari oldidan," — deyman holdan toyganimni yashirmay.

"Unda yordam beraman. Kun davomida ichamiz — ishni qiziqroq qilamiz," — deydi Daya.

Yuzimda yengil tabassum paydo bo‘ladi. Daya har doim menga sodiq do‘st bo‘lgan.

U — o‘rta maktab davridan beri eng yaqin dugonam. Bitiruvdan keyin ham aloqani uzmadik, hatto ikkovimiz boshqa-boshqa kollejga ko‘chib ketganimizdan keyin ham. So‘nggi yillarda hayot shunchalik band bo‘ldiki, bir-birimizni faqat bayramlarda yoki har yili bo‘lib o‘tadigan qo‘rqinchli yarmarkada ko‘rib turdik, xolos.

Men kollejni bir yildan keyin tashlab, yozuvchilik yo‘liga o‘tdim. Daya esa Kompyuter Ilmlari bo‘yicha diplom oldi. Qandaydir yo‘l bilan o‘zini xakerlar guruhiga tiqishtirib, xalq uchun kurashadigan yashirin qahramonga aylandi — hukumat sirlarini fosh qilib, odamlarga oshkor qilmoqda.

U taniganlarim orasida eng yirik fitna nazariyotchisi. Ammo, ochig‘i, topgan ma’lumotlari shunchalik dahshatli va dalillarga boyki, ularni endi “nazariya” deb bo‘lmaydi.

Baribir, ikkovimizning ham ishimiz kundalik hayotda yetarlicha erkinlik beradi. Boshqalarga qaraganda omadimiz chopgan, desak bo‘ladi.

"Chindan ham minnatdorman. Yaqinda ko‘rishamiz," — deyman telefonni o‘chirayotib.

Chuqqanib xo‘rsinaman-da, orolchaning ustida turgan kundaliklarga tikilaman. Hali birinchi daftarning o‘zini tugatmadim. O‘qishni davom ettirishdan yuragim siqiladi. Har bir varaqlangan sahifa bilan Gigi meni o‘zidan itarayotgandek tuyuladi.

Ammo ayni paytda... uning o‘rnida bo‘lishni telba kabi istayapman.

───────────────────────

12-aprel. 1944-yil

U yana qaytib keldi. Agar u bunday qilmasa, hafsalam pir bo'lardi, deb aytishga jur'at etaman. Jon ishga ketdi, Serafina esa maktabga ketdi. Uy bo'shagan daqiqada men deraza yonida kutib turdim. Mening eng mag'rur paytim emas, tan olishim kerak.

Bu safar u uyga kirdi. U qilganida men qotib qoldim. U nima qilishidan dahshatga tushdi, lekin keyingi harakatini ham kutdi.

U menga yuzini to'liq ochib berganida, uning yuzini soyalar yashirmasdi, nafasim yo'talga aylandi.

U chiroyli. Pirsing ko'k ko'zlar. Kuchli jag' chizig'i. Va katta. Ha, juda katta.

U hali ham gapirishdan bosh tortib, menga yaqinlashdi. Barmoqlari bilan yuzimni silab qo'ydi. Muloyimlik bilan. U mening atrofimda aylanib, barmoqlarini terim bo'ylab harakatlantirdi.

Men uning teginishi ostida titrab ketdim va u jilmayib qo'ydi. Uning tabassumi yuragimni ko'kragimda to'xtatdi.

Va keyin u ketdi. Bir so'z aytmasdan chiqib ketdi.

Men uning qaytib kelishini deyarli iltimos qildim, lekin men o'zimni to'xtatdim.

U qaytadi.

💋