Suffering
“Baxtli onlar ichun raxmat azizam!”
Yozning ajoyib bir tongi. Quyosh oʻz nurlarini sochmoqda. Barcha erta tongdan turgan oʻz ishlariga shoshganlar. Ammo bir uydagi ikki juftlik bunday emas. Bogʻda gullarga suv quyayotgan yigit har zamon oʻz sevgilisiga qarab qoʻyayotgan edi. Qiz gullarga qarab tabassum qilar edi. Yigit esa qizning bu tabassumiga xuddi oldingidek oshiq boʻldi. Mari Jamesga qarar ekan, u bilan bir umr shunday yahsashni istardi. Ammo bularning bari hayol edi. Taehyung Maeini osson berib qoʻymasligini ikki tomon ham bilardi. James qizning bu xolatlarini, harakatlarini koʻrib ich-ichidan quvonardi.
Oʻsha koʻzlar. Avvalgidek men uchun porlamoqda. Men Marini ich-ichimdan sevaman. Uni tashlab ketgim kelmaydi, ammo Taehyung sabab bunga majburman. Aslida hamma ayb menda edi. Uning gaplariga kirib Mariga qoʻlimning uchuni ham tekkazmadim. Men oʻylar edimki Taehyung menga doʻst sifatida maslahat beryapdi deb. Ammo bari yolgʻon blib chiqdi. U oʻzini oʻylab shunday degan ekan. Mem afsus bularni kech anglab yetdim. Qani edi vaqt ortga qaytsayu o’shanda Taehyungga Mariga koʻz quloq boʻlishini iltimos qilmagan boʻlar edim. Afsus. Ming afsus. Aslida mening malikam bunday ahvolga tushishiga men sababchiman. Mariga bekor Taehyungni ishondim. Men oʻzimni aslo kechirmayman. Kechir Mari-ya seni himoya qila olmayotganim uchun.
Mana oradan 1 hafta oʻtdi. Bu orada James bilan Mari baxtli xayot kechira boshlashdi. Har kuni James Mari yoqtiradigan mashgʻulotlarni qilar, yokida u sevgan narsalarni muhayyo qilardi. Mari ham James uchun tuzalishni istadi. Endi u bemalol barmoqlarini qimirlata olardi. Bugun esa James qizni parkga olib bordi. James azaldan beri bilardi Mari parkga borishni. Ammo taqdirni qarangki bu orzusini hech kik bilmagan. Mari parlga kelganida barmoqlari orqali aravasining ustunini urishni boshladi. Bu uning xursandligini bildirar edi. James Mari bilan parkni aylana boshladi. Ular atroksiyonlarda uchishmasada, ular turli hil shirinliklarni ta’tib koʻrishayotgan edi. Mariga James oʻz qoʻllari bilan shirinliklarni yegizdirardi. Bu ikki juftlikni koʻrgan parkdagi odamlar ularga baxt tilashardi. Ular oʻylardiki “Qizni kamchiliklarisiz sevgan yigit juda ham mehribon ekan. Ular kelajakda baxtli boʻlishadi”. Afsuski ular baxtli boʻla olmas edilar. Ularning oʻrtasida qora devor ya’ni Kim Taehyung bor edi.
3 soatlik sayohatdan soʻng ikki juftlik ortga qaytishdi. Ular ich-ichidan xursand edilar. Kech ham tushib qolganligi uchun James Mariga dorilarni ichirib joyiga yotqizdi. U qizdna uzoqlashib xonani tark etmoqxhiligida Jamesning qoʻllarini Mari ushladi. James Mariga qaradi. Rastan ham endi Mari qoʻllarini koʻtara olayotgan edi. James buni koʻrib qizning oldiga oʻtirdi. Qoʻli bilan ushlagan qoʻllarini oʻpdi. Mari esa bundan tabassum qilardi. James qizning bu harakatini kutmagandi ochigʻi. Chunki qiz maksimal darajada sogʻayayotgan edi. Ammo Jamesni Marining keyingi harakati butunlay hayratda qoldirdi.
-Ja.mes ra.xmat il.ti.mos m.en bi.lan qo.ling - qiz zoʻrgʻa boʻgʻinlab gapirdi. Uning bu ovozini eshitgan yigitning koʻzidan yosh sizib chiqdi.
-Azizam Mari. Sen.sen gapirding. Albatda.albatda sen bilan qolaman. Seni tahslab ketmayman - yigit qizning sochlaridan silar edi. U egilib qizning peshonasidan ham oʻpib qoʻydi.
Mari ortiq gapirmadi. Uning yoniga yotgan sevgilisi tufayli endi uning koʻngli toʻq edi. James Mariga tikilib yotar ekan, bir paytlar u bilan orzu qilgan hayotini esladi.
Flashback 5 yil oldin 2020yil sentabr
-Sevgilim, azizam qara mana shu yerda bizning nikoh marosimimiz boʻladi. Sen bu tomondan otangni qoʻlini tutgancha men tomon oq libosda kelasan. Men esa seni qora katyum-shimda kutib olaman. Va mana bu yerda katta arka boʻladi va men shu arka oldida senga nikoh uzugini toqaman. - yigit sohilda turib gapirar edi. Qiz esa yigitning gaplaridan oʻsha paytni oʻyladi.
-Rostanmi? Ishongil kelmayapdi. Vahihoyat mening 7 yillik orzuyim amalga oshar ekanda. - qiz yosh toʻla koʻzlari bilan gapirar ekan, xozir undanda baxtli inson yoʻq edi bu dunyoda
-Men emas Biz azizam. Biz 7 yil kutdik. Agar senga oʻsha paytda turtilib ketmaganimda balki xozir biz bir birimizni sevmagan boʻlardik. - yigit qizning koʻz yoshlarini artardi.
James shularni oʻylab qanday qilib qizni quchib uxlab qolganini bilmay qoldi.
Qorongʻu xona. Hech qanday derazalarsiz boʻlgan bu joyda yigit xotini bilan ilk bora birha toʻy kuni tushgan rasmiga qarab turardi.
“Kechir meni. Senga shuncha azoblar berganim ichun kechir! Men seni baxtli qilaman deb oʻylagan edim, ammo bunday qila olmadim. Sen men bilan boʻlganingdan beri baxtli boʻlmading. Bundan chin qalbimdan pushaymonman. Va’da beraman sen tuzalsang senga ortiq avvalgidak munosabatda boʻlmayman. Ortiq koʻzlaringdan yosh oqmaydi. Men bunga va’da beraman. Agar buni eplay olmasam sendan vos kechaman malikam.”
Flashback 10 yil oldin 2015-yil
Koʻchadan oʻtib ketayorgan yigit qoʻshiq xirgoya qilib ketayorgan qizni koʻrib biroz xayron qoldi. Oldin hech ham bu tomonlardan yurmagan qiz Taehyungni koʻrib mayin tabasum qildi. Yigit ham bunga javoban iliq jilmaydi.
-Taehyung salom. Yaxshimisiz? - qiz undan xol-axvol soʻrar ekan Taehyung ham undan xol-axvol soʻradi.
-Men ham yaxshi. Taehyung sizdan bir narsani soʻramoqchi edim. - Mari ikkilarib soʻradi.
-Mayli savolingiz bor? - hech qachon Taehyung Marining iltimoslarini e’tiborsiz qoldirmaagn edi.
-Haligi. James bilan gaplashib turibsizmi? Ahvollari yaxshimikan? - Taehyung umuman bu savolni kutmagan edi. Bu vaqtda James Angliyaga oʻqishga ketgan edi.
-Yoʻq. gaplashganim yoʻq. Ahvoli yaxshi boʻlsa kerak. - James bilan yarim soat gaplashga Tae qizga yolgʻon gaplirdi. Chunki qiz Jameani oʻylasa uning asablari buzular edi.
“Oʻshanda nega senga Jamesdan oldin sevgimni aytmagan ekanman-a endi afsuslanmoqdaman. Balki, birinchi senga oʻz xislarimni aytganimda, xozir xayotimiz boshqacha boʻlgan boʻlardi. Mari nega Jamesni sevishingni hali hamon bilmayman. Balki u senga azob bermagani uchundir..”
Flachback 12 yil oldin aprelning soʻngi kuni.
29-aprel. Sirenning tugashi. Havo issiq. Maktab tugashiga ham oz muddat qoldi. Maktabda James chiqishini kutib oʻtirgan Mari soatiga bir qarab qoʻydida, uyiga kech qolayotganini tushundi. Endi ketaman deb turganida Taehyung maktab binosidan chiqdi. Taehyung qizni koʻrganidan xursand boʻlsa, Mari bu odam James emasligi uchun hafa boʻldi. Mari sekin turib keta boshladi. Birdan uning bilagidan tutilga qoʻllar sababli ortiga oʻgirilgan qiz Taehyung nrga bunday qilganidan hayratlandi.
-Aysh qoʻyib yuboring. Bu nima qilganingiz? - Taehyung uning gaplaridan qizni qoʻyib yubordi.
-Mari. Men sizni…-Taehyung endi sevaman deganida maktab binosidan shoshib chiqayotgan James baqirdi.
-Mari! Shoshmay tur. - James shoshib kelar ekan, Mari xursand edi. Ammo Taehyung Jamesni la’natladi.
-Mari! Men sizga bugun bir muhim narsani aytmoqchiman. - Mari uni koʻzlari va quloqlari orqali tinglar edi.
-Mari. Men seni ilk maktab karidorida toʻqnash kelganimizdan beri senga qiziqaman. - James shu gapni aytdiyu Taehyung gʻazab otiga mindi. Ammo jahli chiqqanini hech kimga bildirmadi.
-James men ham tan olishim kerak. Men ham sizni yoqtiraman. - barchasi tamom Taehyung Marining bu gapirdan soʻng bu yerda qolishni istamadi va bu yerni tark etdi.
Mari va James birga ketishar ekan, ular birga oʻtqizgan onlarini eslab ketishar edi. Boshida aka-singildek rishtalar kun kelib sevgi rishtasiga aylanadi deb kim aytdi dersiz. Bu ikki juftlikning qalblari bilashgan boʻlsa, Taehyungning qalbi parchalandi. U umuman kutmagan edi. Ayniqsa Jamesdan. James bilardi Taehyung Marini sevishini. Ammo Jamesning ham qalbi Mari tomon bordi.
Taehyung uyiga xorgʻin xolda borar ekan, u endi nima qilishni bilmasdi. U koʻp oʻylashdan soʻng Marini unitishni istadi. James uning eng yaqin doʻsti va sirdoshi boʻlganligi uchin ham Taehyung sevgisidan vos kechmoqchi edi.
Yoz fasli boshlangan. Xammayoq issiq. Maktab tugadi. James va Marining koʻrishishlari qiyin boʻldi. Shu vaqtlarda esa Marining ota-onasi James haqida bilib qolishdi. Oʻz qizlariga ajralishini aytishdi. Qiz ham ota-onasi uchun munosabatlarni uzdi ammo qalbidan emas. Shundan soʻng ular naq 5 yil azoblanishdi.
“Mari men oʻsha payt sendan vos kechgandim. Ammo taqdirning oʻzi bizni birga qildi. Sen biz tomonga koʻchib kelishing tasodif emas edi. Shundan soʻng bu tasodif emas balki taqdir ekanligini tushundim. Shuning uchun ham men senga uylanishni istatim azizam. Bilasanmi men senga munosib boʻlish uchun biror qiz bilan yaqinlik* qilmadi. Xattoki birinchi boʻsam ham sen bilan boʻlgan. Oʻsha toʻyimiz kuni hayotimdagi birinchi boʻsani olganman. Birinchi kechamizda ham sen kabi men ham kimdir bilan ilk bor yaqinlik* qilgan edim. Men afsuslanmayman ishon. Men seni doimo oʻzimniki qilaman. Agar sen oʻsha kechamizdan keyin James bilan qochib ketmoqchi boʻlmaganingda balki xozir farzandimiz bilan baxtli yashagan boʻlardik. “
*
Erta tong. Quyosh nurlaridan koʻzlarini ochgan qiz yonida uni quchib yotgan yigitni koʻrib tabassum qildi. Qiz qoʻllari bilan yigitning sochlarini silar ekan, oʻzida nimadir notoʻgʻrilihini sezdi. Qoʻllarini koʻtardi, oyoqlarini ham qimirlata olmoqda. Ha, u endi oyoqlarini qimirlata olyapdi. James ham qizning ovozlaridan koʻzlarini ochdi.
-James azizim endi men yana sen bilan boʻla olmaymanmi? - qiz hech ham oʻz sevgilisidan ajralgisi kelmayotgan edi.
-Axir kelishdikku. Mari oʻzingni qoʻlga ol hop. - James qizning burnidan tortib qoʻydi.
-Xotinimga qoʻlingni uchuni ham tekkazmaysan demaganmidim. Nega men tegishim mumkin boʻlgan tanaga tegyapsan. - xonaga sovuq aurasi bilan kirib kelgan Taehyung James shunchaki Marining burnini tortganiga gʻazablandi.
-Taehyung boʻldi qiling. Iltimos shundan ham urush chiqarmang! - qiz aravasida eriga yaqinlashib gapirdi. Taehyung ham Marining ovozlarini yana ham yaxhsi eshitish uchun u tengi egildi.
-Mayli. Men bilan ketishga tayyormisan? - xotinining qoʻllaridan oʻpib soʻradi Taehyung qiz esa “ha” deb boshini qimirlatdi.
Mari 5 oy ichida butunlay tuzaldi. Faqatgina ba’zi paytda ya’ni siqilish yokida asabiylashganida yura olmayotgan edi. James Marini shifokorga koʻrsatdi. Shifokor esa bu oddiy xol. Barchada doim shunday boʻlgan va bu asoratlar qizda bir umir qolishi mumkinligini aytdi. Mari bularni toʻgʻri qabul qildi va shunchaki yura oladigan paytda ham aravachada oʻtirdi. Chunki bu illatni olgan ham oʻzi edi aslida. Taehyung ham bundan xabat topdi va shunchaki qiz nima desa shuni qildi. Mari esa Tarhyungga “men bilan yaqinlik* qilmaysiz oʻzim rozilik bermaguncha” deb shart qoʻydi. Tae ham xotinining bu gaolariga koʻndi. Tae ham sevikli ayoli qiynalishini istamas edi.
Taehyung va Mari Taehyungning qasri tomon yoʻl olishdi. Mari bu qasrni yoqtirmasdi. Bu uy bilan uning yomon xotiralari boʻlgandi xalos. Mari oynadan atrofni kuzatib ketar ekan James bilan oʻtgan har lahzasini esladi. U manashu 5 oy ichida doim xursand boʻldi. Kechirgan azoblarini unitdi. James bilan boʻlgan barcha vaqtlar Mari uchun muhim edi. U bu kunlarni unitishni istamas edi. U shu xayollarni oʻylar ekan mashina katta qoʻrgʻon qarshisida toʻxtadi. Birinchi boʻlib mashinadan Taehyung tushdi soʻng Tarhyung Marini koʻtarib oldi. Mari Taehyungning quchogʻida ketar ekan uni gʻalati hissiyotlar egallab oldi. Taehyung qizni koʻtargan payti unda nopok ehtiros paydo boʻldi. Ammo va’dasini eslab bu xoxishdan vos kechdi. Qizni oʻzining xonasiga olib kirgan yigit qizni yotoq ustiga qoʻydi. Bir zum Tarhyung qizning koʻzlariga boqdi. Mari ham shu on yigitning tubsiz koʻzlariga qaradi. Shu on koʻzlar toʻqnashdi. Goʻya bir-birining koʻzlariga choʻpib ketayotgan juftlik. Soʻzsiz muloqot. Qiz shu on hech qachon erining qaramagan yuzini oʻrganib chiqdi. Qiz erining koʻzlariga choʻkishga ulgurgan va xayollari oʻzida emas edi. Qiz Taehyungning yuziga qarar ekan, har bir qismini aholidadan baxoladi. Qoshlar. Kamondek boʻlgan bu qora qoshlar. Barchaning orzusidagi koʻzlar. Hech qanday rang aralashmagan. Faqatgina soft jigarrang koʻzlar. Ummondek qora koʻzlardanda chiroyliroq va betakror edi. Uning kipriklari. Uzur va qayrilgan. Betakror. Uning oʻsha qirralik burni. Oʻziga moslab qilingandek. Katta ham emas kichik ham emas. Qiz shularni oʻylab oxiri uning lablariga keldi. U erining lablarini koʻrganida, shu on oʻzini olib qochdi. Tae ham buni payqadi va qizning ustidan kulib gapirdi.
-Istaysanmi? - Taehyung ataylab qizni asabini buzmoqchi boʻldi.
-Nimani? - soʻradi Mari tushunsada tuahunmaslikga olib.
Taehyung Marining gaplarini kuldida lablarini qizning lablariga bosdi. Mayin va yumshoq bu boʻsa bir tomonla boʻldi. 2 daqiqadan soʻng yigit boʻsani uzdi va qizga jilmayib shunday dedi.
-Shuni. - yigit lablarini qoʻli bilan artib ma’lum qildi. Qiz esa tosh qotgan. Nahotki “maxluq” deb atagan eri unga yaxshi munosabatda boʻlsa? Qiz yigit u nimani istaganini topganligi uchun ham oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Yonida oʻtirgan eriga bir zum tikildida, u tomon yaqinlashdi. Oradagi masofa qisqardi. Ikki yurakning ovozi. Hammayoq tinch va sokin. Faqatgina yurak tovushi. Taehyung qizning bu harakatlaeidan hayron qoldi. Oldin hech qachon Mari unga yaqin kelmagan edi.
Yigit va qizning yana koʻzlari tutashdi. Ikki qalbning yuragi bamisoli ovol boʻlib yonmoqda. Mari biroz erining lablariga tikildida, oʻzining lablari bilan oʻzga lablarni birlashtirdi.
Qizning bunday qilganini taxlil qilayotgan erkak oʻylashni istamay qizning boʻsalariga javob qaytara boshladi. Ikki qalb yonmoqda. Ikkisi ham olov. Bir biri bilan shiddatli boʻsa olar ekan, yigit qizning pastki lablarini soʻrishni unitmagandi. 10 daqiqalik bu boʻsa ikkisini ham betartib nafas olishiga sabab boʻldi. Ikkisi ham bir birga suyangan xolda tez nafas olar ekan, bir birining tanasiga qaynoq havo urilar edi.
-Bu.bu nimasi? - soʻradi yigit nafasini rostlab.
-Men buni xoxladim va bajardim, xuddi siz kabi. - kinoyali ohangda gapirdi qiz.
-Men bilan oʻynashma. - ma’lum qildi yigit qizning belidan quchib.
-Sizga mumkinku, menga mumkin emasmi erjonim. - qiz ham yigitning boʻynidan qoʻllarini uzatdi.
-Shunday davom etsang xozirning oʻzida sendan ruxsat soʻramay istagan ishimni qilaman. - yigit qizni koʻtarib oyoqlari ustiga qoʻydi.
-Men qarahi emasman. Faqat tugʻilgan kunim kuni rozilik soʻramaysiz. Va oʻshanda sizga oʻzimni topshiraman ungacha menga teginmaysiz. - qiz yigitga qayinlashib quloqlariga shivirladi.
-Yaxshi! Oʻsha onni intizorlik bilan kutaman. - xotining tugʻilgan kuniga atigi 15 kun vaqt qolganligini eslab yigit jilmaydi.
-Endi esa meni qoʻyib yuboring! - qiz yigitning ustidan tushmoqchi boʻldi ammo metendek qoʻllar sabab unday qila olmadi.
-Yoʻq yana biroz shunday tur. Yana biroz sening iforingdan xidlab olay. - dedi yigit qizning boʻynidan xidlab.
Sport zalda oʻzi mashq qilayotgan yigit keyingi rejalarini oʻylab ayyorona jilmaydi. U boks qoʻlqoplari yordamida boks qopini urar ekan, kecha sevgilisi bilan oʻtqazgan ajoyib tunini esladi va baland ovozda baqirdi.