Suffering
2-episode “ sensiz oʻtgan har bir lahzam doʻzaxdir azizam”
Erta tong. Mari kecha qanday yotgan boʻlsa shunday uygʻondi. U harakar qila olmasligi va oyoq qoʻllarini sezmasligi uchun ham kechagi ogʻriqlarni sezmadi. U shunchaki shiftga qarab yotardi. U xatto oldida bor odamni ham koʻrish uchun boshini qimirlata olmas edi. Bunga sabab esa oʻsha “eri”da edi. Mari erta tongdan yana oʻsha xotiralarni eslay boshladi.
Flashback 2 yil oldin 2023- yil Mart oyi
Mari 4-qavatda cherdakda turardi. U xozir juda ham charchadi. Toʻyi boʻlganidan soʻng u haqiqiy azoblarni koʻrardi. Taehyungning onasi oʻlganidan soʻng ya’ni oʻsha kechadan soʻng Taehyung Marini koʻchaga ham chiqarmadi. Xatto ota-onasi bilan gaplashtirmadi. 1 yil davomida Mari shu qasrdan boshqa joyni koʻrmadi. Uydan koʻp bora qochmoqchi boʻldi, ammo bari besamar edi. Uyni 100 lab qoʻriqchilar qoʻriqladi. Mari boshida bu qoʻriqchilar nega koʻpligiga qiziqdi. Keyin bilsa eri Kim Taehyung biznesni niqob qilgan mashxur Mafia a’zosi ekan. Shuning uchun ham u juda ham boy va uni qoʻriqlaydigan odamlar ham koʻp ekan. Mari bu qoʻriqchilarda hech qutila olmadi. Koʻp bora oʻzini oʻldirmoqchi boʻldi, ammo uddalay olmadi. Taehyung bunga imkon bermadi. Uni xonasiga qamab qoʻydi. Mana u 9 oydan beri oʻz xonasida qamalib yashaydi. U hozir uydagi cherdakda turibdi sababi esa u homilador edi. 4 oylik homila tufayli biroz chiqqan qorni bilan u yana ham goʻzal koʻrinardi. Ammo Mari bu bolani istamas edi. Lekin bu bola biroz boʻlsa ham Taehyungning qiynashlaridan qochishga yordam berdi. Taehyung bu bola xaqida bilganida xursand boʻldi. Xatto Mariga xonasidan chiqishga ham ruxsat berdi ammo Mari bu bolani istamasligini eriga aytganida Taehyung Marini doʻpposladi. Va yana xonasiga qamab qoʻydi. Ba’zi vaqtlarda xatto qoʻllarini zanjirband qilib qoʻyardi. Mari tobora soʻnib borardi. Xuddiki Lola soʻngani kabi. Bugun uning koʻngli aynigani uchun Taehyung unga cherdekga chiqishiga ruxsat berdi faqatgina qoʻriqchilar bilan birgalikda.
Xayot. Nega menga bunchalar koʻp sinov berding? Nega meni qiynalishimni istading? Axir meni ham baxtli boʻlishga xaqqim bor ediku. Sevgan insonim bilan birga boʻlishga haqqim bor ediku. Nega mendan bularni tortib olding? Men bir umir ona boʻlishni istardim ammo bunday emas. Shavqatsiz insonning farzandini katta qilishni istamayman. Men sevgan yorim bilan farzandimni katta qilmoqchi edim. Ammo unday boʻlmadi. Men endi vaxshiyning bolasini tarbiyalagim kelmayapdi. Men oʻzim ham yashagim yoʻq. Kechir bolajonim, seni bu dunyoga kelmasingdan nobud qilmoqchiman. Kechir.
Mari ichida hali tugʻilmagan bolasidan uzur soʻrar ekan, atrofga qaradi qoʻriqchilar undan 5 6 metr uzoqlikda edi. Mari bu vaziyatdan foydalanishni istadi. U oʻzidan uncha uzoq boʻlmagan panjaradan oʻzini tashlamoqchi boʻldi. Va buni amalga oshirdi. U yugurib panjaradan oshib oʻzini tashladi. Qoʻriqchilar esa qizni ushlab qola olmadi. Mari yashin tezligida yerga quladi. U yerga tushgandagi ovozini eshitgan uydagi barcha qoʻriqchi va xizmatkorlar uning atrofiga kelishdi. Barcha hayron. Hamma qanday javab beramiz deya bosh qotirayotgan edi. Shu vaqt qasrga qora mashinada Taehyung yetib keldi. U kelganini koʻrgan barchani titroq egallab oldi. Taehyung barcha nega bir joyga toʻplanganidan hayron qoldi va oʻsha yerga bordi. U qoʻriqchilar orasidan oʻtar ekan, koʻrgan manzarasidan tosh qotdi. Qarshisida sevgan ayoli yerda oʻlik xolda yotardi. U bir zum shunday tugandan soʻng, barchaga oʻshqira boshladi.
- TEZ YORDAMNI CHAQIRLARING! - Taehyungning bu gapidan hamma shoshib telefonidan tez yordamga qoʻngʻiroq qilishni boshladi
- Mari azizam, meni kechir. Yana biroz chida seni qutqaraman. - Taehyung shunday deb qizni qoʻlida koʻtardi va mashinasi tomon xarakatlandi. Uni koʻrgan qoʻriqchilar ham uning ortidan keta boshlashdi. Taehyung Marini orqa oʻrindiqqa yotqizdi va oʻzi roʻlga oʻtirdi. Taehyung mashinani oʻta tez xaydardi.
Yoʻq. Yoʻq u meni tashlab ketmaydi. Men bunga yoʻl qoʻymayman. Iltimos, Mari meni tashlab ketma iltimos! Kechir. Yasha iltimos hali tugʻilmagan bolamiz uchun. Sensiz men yoʻqman. Mariya, sen juda kuchlisan. Men seni sevaman. Endi senga yetishganimda meni tashlab ketma.
Kasalxona qarshisida toʻxtagan mashina ichidan Taehyung qizni koʻtarib tushdi. Uni koʻrgan hamshira va shifokorlar qizni operatsiyaga olib ketishdi. Taehyung operatsiya xonasi oldida oʻtirar edi. 7 soatlik operatsiya tugadi. Ichidan shifokorlar chiqishdi. Taehyung ulardan xotini haqida ma’lumot olmoqchi boʻldi.
- Janob Kim. Sizga buni qanday aytishni bilmayman, ammo bu xabarni sizga aytishga majburman. - shifokor Taehyungdan qoʻrqardi. Shuning uchun ham Mari haqida qanday aytishni bilmasdi.
- Nima boʻlganini menga darxol ayt! - Taehyung ezmalangan shifokorning yoqasiga yopishdi.
- Xullas, Mari xonimda ichki miyyaga qon quyilishi aniqlandi. Bu esa juda ham xavfli boʻlib, yashash foizi 20 ni tashkil qiladi. Ammo yaxshiyamki xonim kuchli ayol ekan. Uning yurak urishi miyyorida.- Shifokor gaplarini eshitgan Taehyung hech kimga bildirmasdan tamom boʻldi.
- Nima? - oʻzini bosvolib soʻradi Taehyung
- Bunday vaziyatda xonim shol boʻlib qolishdi. Miyyaga qon quyilgani bois, miyyadagi nerv tolalari shikastlangan va endi xonim umuman gapira, yura, harakat qila olmaydilar. Ammo hamma narsani sezadi, koʻradi va tushunadi! - shifokorning navbatdagi soʻzlarini eshitgan yigit endi batamom barbod boʻldi.
- Nima? Tuzalishi mumkinmi? Ha, aytgancha bolamchi? - Taehyungning esiga uning bolasi tushdi va darhol soʻradi
- Bolani asrab qola olmadik. U ham jiddiy jarohat olgan edi. - shifokor ham zoʻrgʻa bu gaplarni aytardi.
Bu gaplarni eshitgan Taehyung bular xazil boʻlishini istardi. U karidor boʻylab ketar ekan, asta koʻzlaridan yosh sizib chiqdi. U bunday boʻlishini kutmagan edi. U birdaniga bu ogʻriqlarga chiday olmas edi. Bolasidan ham xotindan ham ayrildi. Shundan soʻng Taehyung Mariga yaxshi munosabatda boʻldi. Unga mehr berar, ortiqcha teginmasdi. 1 yil deganda qiz harakatlanishni boshladi. Bemalol gapirar, yura olardi. Mari ham Taehyungning bu munosabatlarini koʻrib unga koʻngil qoʻyishni boshladi. Ammo bari bir kechada tugadi. Bir kun Taehyung mast xolda bir qiz bilan uyga keldi. Buni esa Mari koʻrdi. Chidab tura olmadi. Chunki avvallari Taehyung uyga hech qanday qizni olib kelmagan edi. Agar u yaqinlik* qilishni istasa Mari bilan qilardi ammo hech qanday qiz bilan emas. Mari ortiq chidab tura olmay Taehyungga baqirdi.
- Nega bu uyga foxish* olib keldingiz? Nima shunchalar chiday olmaysizmi? - Mari bariqirib yigʻlar ekan Taehyung unga tarsaki tushurdi.
- Ha chiday olmayapman. Chunki xotinim tuzalsa ham menga imkon bermayapdi! - Taehyung zarda bilan gapirdi va qizni qoʻllaridan ushlab oʻz yotoq xonasi tomon harakatlantirdi.
Marini zarda bilan yotoqqa tashladi va eshikni qulfladi. Bundan Mari bekorga erini rashk qilgani uchun oʻzini qargʻay boshladi. Mari yotoqdan turib devor tomon borar ekan, uning orqasidan eri kelar edi. Uning qoʻlida esa dori bor edi. Mari qoʻrqa boshladi bunday keyingi ishni boʻlmasligini istardi. Afsus endi kech.
Taehyung dorini qizga uzatdi. Ammo Mari dorini ichishni rad etdi. Chunki bu dori ehtirosni uygʻotadigan dori edi. Shunda Tae dorini ogʻziga solib qizning lablariga tashlandi. Lablaridan boʻsa olar ekan, dorini qizning ogʻzisiga tiqib yurobdi. Qiz qancha qarshilik qilmasin bu dorini yutishi kerak edi. Va shunday ham boʻldi qiz dorini behostan yutib yubordi. Soʻng Taehyung qizdan uzoqlashdi va xonani tark etdi. 30 daqiqadan keyin xonaga qaytgan yigit qizni qizarib ketganini koʻrdi va miyigʻida jilmaydi.
- Kelaqol azizam sen tayyorsan shekilli? - telbanomus jilmaygan yigit qizning ustidan kulib gapirdi.
- Men. men isib ketyapman. Meni sovut iltimos - qiz oʻzida emasligi bilinib turardi. Qizning gaplarini eshitgan yigit qizni tizzalariga oʻtqizdirdi.
Qiz erining yuziga qarar ekan lablariga tikilib qoldi. Va oʻzida emasligi uchun uning lablariga tashlandi. Yigit xayron qoldi ilk bora xotini birinchi boʻlib undan boʻsa olayotgan edi. Yigit ham kutib oʻtirmay boʻsalarga javob qaytarishni boshladi. Ilk bora ikki tomonlama boʻsadan ikki tomon ham mamnun edi. 17 daqiqalik boʻsadan qiz nafas muammosi tufayli yigitdan ajraldi. Ikkisi ham notekis nafas olar ekan, yuraklar ham tartibsiz urardi.
Ikkisi ham bu ishni xoxlardi. Yaqinlik* bu yagona maqsad edi ikkisi uchun. Taehyung qizni qiynashni istadi va tepadagi koʻylagini yechib tashladi. Qiz ham ortiq sabr qila olmay yigitning koʻylagini yechdi. Ikkisining ham tepa qismi ochik edi. Yigit qizdan yana boʻsa olishni istadi va qizning lablariga yopishdi. Mayin boʻsalar olar ekan, qiz ham yigitga mahorat bilan javob berardi. Yigit boʻsa davomida qizning tanasida qoʻllari yordamida harakatlandi. Endi u qizning tepadagi ichki kiyimini yechib yubordi va qoʻllari bilan qizning shaxsiy joylarini ezgʻilay boshladi. Qiz esa bu ogʻriqlardan tinmay ovoz chiqara boshladi. Qiz ham yigitda ogʻriq berish uchun uning shimining ichiga qoʻlini tiqdi. Oʻziga kerakli joyni topgach, uni silay boshladi. Bu xolat Taeda ehtirosni kuchaytirdi. Taehyung boʻsani uzdi va qizni yerga qoʻyib oʻzining pastki kiyimlarini yechib yubordi. Qizni qaytib yana oyoqlari ustiga oʻtqizdi.
- Qara u seni qanchalar istayapdi. Sen ham buni istaysanmi? - yigit u istasada yana bir bor qizdan buni soʻradi va qiz “ha” degandak boshini qimirlatdi.
Bu harakatdan mamnun yigit qizni qoʻlida koʻtardi va qizni yotoqqa yotqizdi. Va oʻzi qizning ustiga chiqib oldi. Taehyung koʻp kutmasdan oʻz ishini boshlab yubordi.
*
Erta tong yigit mamnun holda oʻrnidan turar ekan yonida yotgan Marini uygʻotdi ammo Mari gapirmadi shunchaki koʻzlarini ochdi. Bundan Taehyung yana qoʻrqib ketdi. U darxol yana Marini shifoxonaga olib bordi. Shifokor vaziyatni tushunib shunday dedi.
-Xotiningiz sogʻlom ammo unda travma paydo boʻlgan. Kecha bekor u bilan aloq* qilibsiz bu esa qizda travma paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. - shifokorning gaplarini eshitgan Taehyung kecha qilgan ishi uchun oʻzini soʻka boshladi.
- U oldingidan sogʻlom ammo u yashashni istamayapdi. Shuning uchun u avvalgi xoliga qaytib qolgan. Iltimos uni sogʻayishi uchun uni yaqinlari bilan koʻproq boʻlishini taminlang! - yigit shifokorni gaplarini eslab qoldi.
- Dori berganingiz ham unga notoʻgʻri ta’sir etgan. Sizdan iltimos xotiningiz sogʻaysa ham unga ehtirosni oshiradigan dori bermang! Unga bu endi xavfli! - shifokor ahu day deb Taehyungni yolgʻiz qoldirdi. Shu voqeadan soʻng Mariga qoʻlini uchini ham tekkazmadi.
Mari shularni eslab yana koʻzlaridan yosh sizib chiqdi. Shu payt xonaga Taehyung kirib keldi. U xotini tomon kelar ekan, uning yuzida tabassum bor edi. Tae Marining oldiga bordi va uni koʻtarib kiyintirdi va aravaga qoʻydi. Arava elektron va Mari qoʻlidagi koʻrsatgich barmogʻini harakatlantira oladi. Shuning uchun ham u istasa aravani yurgiza olardi. Taehyung aravani yetaklab lift yordamida pastga tushishdi. 1-qavatda ularni kutib oʻtirgan James qizni intizorlik bilan kutib oʻtirardi. Mari hech qanday reaksiyasiz pastga tushardi. Ular liftdan chiqishdi. Mari Jamesni koʻrganida yuzida tabasum paydo boʻldi. James ham qizni koʻrdi va yoniga borib uni quchdi. Ularni nariroqda kuzatib turgan Taehyung gʻazablansada xotini uchun chidadi. Ular koʻrishishar ekan Taehyung xizmatkorni chaqirib Marining narsalarini tayyorlashni aytdi. Bu gapladan Mari ich-ichidan xursand boʻldi ammo buni tashqariga chiqarmadi. Ular ajralishdi. Taehyung borib qizni quchdi va shunday dedi.
- azizam Mariya men seni vaqtinchalikga Jamesga beraman ammo, bir umrga emas. Iltimos tezroq sogʻay!- Taehyung qizning pechonasidan oʻpdi va qizdan uzoqlashdi.
- Olib ketishing mumkin. Sogʻayishi bilan menga yana olib kelasan James!- James qizni aravasida yetalar ekan Taehyung unga yana kelishuvni eslatdi.
- Hop. - James va Mari bu doʻzaxdan ketishdi.
Mening malikam Mari. Seni undan olishim osson boʻlmadi ishon. Seni unita olmadim oʻsha aytgan gaplaringni ham unita olmadim. Men bilardim buni atayin aytmaganingni ammo qalbim bunga ishondi. Kechir azizam seni uni qoʻlida 3 yil qoldirganim uchun. Seni avvalroq olib ketmoqchi boʻldim ammo Tae ruxsat bermadi. Kecha esa oʻzimda yana jur’at topib seni soʻradim vaqtinchalikga boʻlsa ham.
Taehyung Mari bilan aloq*dan soʻng xonadan chiqdi. Shu payt unga qoʻngʻiroq boʻldi.
U ekranga qarasa “James bro “ degan yozuv paydo boʻldi. Anchadan beri bu yozuvni koʻrmagan Taehyungning yuziga tabassum yugurdi. U qoʻngʻiroqqa javob berdi.
- Eshitaman. - Taehyung avvalgidak qoʻpol ovozi bilan gapirdi.
- Salom Taehyung.- James ham qoʻpol ovozda gapirdi.
- Maqsadga oʻt. Nega qoʻngʻiroq qilding? Axir sen bilan dushmanlarga aylangan edik. - Taehyung James bilan gaplashishni sogʻingan boʻlsada unga sovuq muomilada boʻldi.
- Men sen bilan kelishuv tuzmoqchi edim. - ma’lum qildi James oʻz maqsadini.
- Qanday kelishuv? - soʻradi Taehyung jiddiy ovozda
- Xullas, bilaman Mari kasal va uni davolash uchun uni sevgan insonlari orasiga qoʻyish kerak. Ammo sen uning yaqinlariga Angliyaga Magistratura oʻqigani ketgan degansan. Endi faqat men qoldim uning sevgilisi sifatida. Maqsadga oʻtsam, Marini sogʻaygunicha menga ber. Men uni davolayman. Va’da beraman unga qoʻlimni uchini ham tekkazmayman! - ma’lum qildi James. U Marini ich ichidan sogʻinar edi va endi u bunga majbur boʻldi.
- Sen meni aldasangchi? - Taehyung doʻsti biron marta uni sotmaganini bilsada ishonch uchun yana soʻradi. U Marini sogʻayishini istardi ammo Jamesga bergisi ham kelmasdi.
- Seni qachondir aldaganmanmi? - savolga savol berdi James. U bilardi doʻsti sevganini ossonlikcha bermasligini.
- Roziman! - Taehyung koʻp oʻylanmay javob berdi. Bundan James xursand boʻldi.
- Unda ertaga Marini olib ketaman. - xursand boʻlsa ham oldingi ovozida ma’lum qildi James
- Yaxshi - shunday deb Taehyung qoʻngʻiroqni tugatdi.
Nega u meni Jamesga berdi? Nega mendan ajralgisi keldi? Balki mendan toʻygandir. Ammo unga qanday maqsad bilan Jamesga berganini bilmadimkuya, lekin undan hayotimda ilk bor xursandman. Men Jamesni har kun kutardim, meni olib ketishini istardim. Balki bu nolalarim Xudoga yetib borgandir, meni James bilan yana birga qildi va oʻsha maxluqning qoʻlidan ozod qildi. Ming shukur endi 3 yil deganda xotirjam nafas oldim. Barchasiga raxmat. Endi men baxtliman.
30 daqiqalik yoʻldan soʻng ular Jamesning uyiga yetib keldilar. Uy Marining ota uyidan farq qilmasdi. 2 qavatlik bu uy juda ham Mariga yoqdi. U hashamatni yoqtirmasdi shuning uchun ham, Taehyungni uyi yormagam edi. James qizni uyga olib kirdi. Unga oʻz xonasini koʻrsatdi. Marining kiyimlarini James joylashtirdi. Keyin esa ular tushlik qilish uchun oshxonaga yoʻl olishdi. Ular birgalikda taom tayyorlashdi. Toʻgʻrirogʻi James hammasini oʻzi tayyorladi. Mari esa xozirda vaqt toʻxtab qolishini istardi
Taehyung xotini ketgandan soʻng, xayoti yana ham zerikarli oʻtardi. U xonasida tamaki chekib oʻtirar ekan Marini ilk bora koʻrgan kunini esladi.
Maktab payti. Xozir xavo biroz salqin. Barcha maktabning 1- kuniga shoshilayotgan edi. Mari ham uxlab qolganligi uchun avtobusda ketyapdi. Bir vaqt avtobusga Taehyung ham chiqdi. Mari xozir 13 yoshda, Taehyung esa 16 yoshda. Ular ilk bora 5-sentyabr kuni avtobusda koʻrishishdi. Taehyung qizni koʻrganida joyidan qimirlay olmay qoldi. Yoʻl davomida qizga qarab ketar ekan, qiz unga e’tibor ham bermadi. Mari maktabga yetib kelgach mashinadan tushdi. Uning orqasidan Taehyung ham mashinada tushdi. Ikkisi maktabga kirar ekan, Taehyung Maridan koʻzlarini uzmadi. Mari va Taehyung endi ochilgan internet maktabiga kirishgan edi. Bu maktab kuchli oʻquvchilarni saralab oladi va chet el universitetlariga tayyorlar edi. Mari 6-sinfdan bu maktabda oʻqishni boshladi. Tae esa 9-sinfdan. Ular maktabning ochilish paytiga yetib kelishdi. Birozdan soʻng darslar boshlandi. Tae darsda 1-kundan James degan bola bilan oʻtirdi. Mari esa bir qiz bilan. 4 soatdan soʻng katta tanafus boshlandi. Hamma koʻchaga chiqib ketgan xonada esa Maridan boshqa hech kim yoʻq edi. Bir vaqt Mari tashqariga chiqmoqchi boʻldi. Eshikdan chiqaman deganida u Jamesga urilib ketdi. Qiz yiqilaman deganida James uning bellaridan ushlab oldi. Vaholanki Jamesning oldida Taehyung ham bir edi. U bu xolatni koʻrib jahli chiqdi, ammo buni bildirmadi. James va Marining koʻzlari toʻqnashdi. Ikkisi bir biriga tikilib turar ekan Taehyung bu manzarani ortiq koʻrgisi kelmadi.
- Kxm - dedi Taehyung tomogʻini qirib. Shundan soʻng qiz va yigit ajralishdi.
- Ming bor uzur xonim. - dedi James biroz oʻzini noqulay his qilib.
- Yoʻq men sizdan uzur soʻrashim kerak. Meni kechiring! - dedi Mari biroz ta’zim qilgancha.
- Ismingiz nima? Meniki James. Park James! - Ma’lum qildi yigit.
- Meniki Mari. Mari Lanester! - qiz ham unga ismini aytgisi keldi, ammo negaligini bilmasdi.
Ular shunday deb oʻz yoʻllarida davom etishdi. Taehyung esa qizning ismini bilganligi uchun biroz xursand ham edi. James esa Marini unita olmayotgan edi. Uning koʻzlari Jamesning hayolidan ketmayotgan edi.
Agar oʻshanda James bilan emas men bilan toʻqnashganinda, xozir barchasi boshqacha boʻlgan boʻlardi azizam Mariya
2-episode tamom
Sizlarga fanfic yoqadi degan umiddaman.
Mari Lanester tomonidan @lanesterfic kanali uchun maxsus yozilmoqda