August 11, 2025

Suffering

4-episode

“Hech ham oʻylamagan edim. Oʻzimning azobimni sevaman deb.”

“Insoniyat bu dunyoda asirdir. Bu dunyoning azoblariga chidashga ham majbur. Bu qiyinchiliklarda qutilish esa osson emas. Xuddiki qamoqqa tushib qolgande his qilasan. Qamoqdan esa faqatgina oʻlim bilan tushasan. Aslida Yaratgan egamiz bizni sinaydi. Azoblar, qiyinchiliklar, ayriliqlar va yana shunga oʻxshash his tuygʻular bilan sinaydi. Inson esa bularga sabr qilib chidasa, Xudo unga goʻzal bir yakun hadya etur. Shuning uchun barchamiz barcha sinovlarda sabr qilishimiz zarur.” Mari kitobdagi bu misralarning ma’nosini juda yaxshi tushundi. Endi u nima qilishi lozim? U qanday yoʻl tutishi kerak? Bari esa noma’lum edi. Mari ham azob chekdi. Hech kim koʻrmagan xayotda yashadi. Endi yana biroz sabr qilsa balki Taehyung bilan baxtli boʻlar. Axir Taehyungning Mariga nisbatan munosabati oʻzgargan boʻlsa. Mari kitobni yopib pastga tushdi. Pastda Taehyung ketishga tayyorlanyapdi ekan. Yigit qizni koʻrganida yuziga tabassum oldi. Qiz ham biroz tabassum qildi ammo soxtaligi bilinar edi. Taehyung qizni quchib, pechonasidan oʻpib uydan chiqib ketdi. Mari eri ketganidan soʻng, xonasiga kirdi. Shkafning tepasida turgan diplomini koʻrib afsuslanib ketdi. Biroz diplomiga termulganidan soʻng, kiyinishni boshladi. U erining ishxonasiga borib ishlagisi kelayotganini aytmoqchi edi. U biroz yengil koʻylak kiydi va make up qilmadi. U odatda make up qilmasdi va buni yoqtirmas ham edi. U tayyorlanib qoʻlida diplomi bilan pastga tushdi. Tashqariga chiqdi va koʻziga koʻringan qoʻriqchiga Tarhyungning ishxonasiga olib borishini aytdi. Qoʻriqchi ham “hop” deb xonimini xoʻjayinining oldiga olib ketdi. Mashina ichida ketayotgan Mari ichida “ Taehyung ishlashimga ruxsat bersinda” deb yorvorardi. U diplomatiya boʻyicha oʻqigan. U xoxlasa bu diplom bilan sudya ham boʻlishi mumkin edi. Ammo u 3 yildan beri ishlagani yoʻq.

Maru

Mashina katta baland bino oldida toʻxtadi. Mari oynadan binoga qarar ekan, rostan ham eri biznes soxasida ham, mafia olamida ham ancha iqtidorligini tushundi. U uzoq oʻylanmasdan mashina ichidan tushdi. U haydovchiga ketishi mumkin ekanligini aytib bino ichkarisiga yoʻl oldi. U ichkariga kirar ekan bu yerdagi koʻplab qizlar ochiq kiyinganini koʻrdi. Biroz boʻlsada jahli chiqdi. Ammo negaligini oʻzi ham bilmas edi. Roʻyxatdan oʻtish joyidan Taehyungning xonasi qayerdaligini soʻradi. Xodim esa undan nega ekanligini va uchrashuv rejalashtirilganligini soʻradi. Mari esa “yoʻq” deb javob berdi. Xodim esa unga e’tibor bermasdan erining xonasini aytdi. U lift yordamida kerakli qavatga koʻtarildi va kerakli xona qarshisida toʻxtadi. “Prezident Kim Taehyung” eshik beshtaxtasiga shunday yozilgan edi. U eshikni taqillatdi ammo javob boʻlmadi. Qiz 3 bor eshikni taqillardi javib boʻlmagach xonaga kirdi. Xonada hech kim yoʻqligini koʻrgach hayratlandi. Chunki unga xodim eri xonasidaligini aytgan edi. U endi xonadan chiqmoqchi boʻlganligida xona ichidagi eshikning orqasidan suv ovozi eshitildi. U eshikni ochdi. Ichkarida yana bir xona bor edi. Xuddiki yotoqxonaga oʻxshardi. Mari esa oʻzi oʻylagan yomon fikr yolgʻon boʻlishini istardi. U shu xolatda turar ekan dushdan eri bir dona sochiqni pastiga oʻragancha chiqdi. Taehyung xotini bu yerdaligini koʻrib hayron qoldi.

Taehyung

-Bu yerdan nima qilyapsan? Senga uydan chiqmaysan demaganmidim? - Taehyung qattiq ohangda gapirar ekan Marining koʻzlaridan yosh sizib chiqdi.

-Men.men siz bilan gaplashgani kelgan edim. - dedi Mari koʻz yoshlarini artib.

Uning bu gaplaridan eshitib Taehyung qizni bagʻriga bosdi. Uning ifotidan hidladi. Mari esa jim shunchaki toshdek qotgan. Bir vaqt Mari oʻzini Taehyungning quchogʻiga tashladi. U oyogʻida tik tura olmay qoldi. Taehyung buni sezdi uni koʻtarib yotoqqa yotqizdirdi.

-Mari. Nima boʻldi. Nega asabiylashding? Bu meni aybimmi? - Taehyung qizning qoʻllaridan silab gapirar edi.

-Tae.hyung - dedi qiz past ovozda.

-Mari. Nima boʻldi. Nima demoqchisan? - Taehyung qizga biroz yaqinlashib gapirdi.

-…- qiz sukut saqladi. Yigit tushundiki xozir uni xursand qilish kerak asabiylashtirish mumkin emas.

Taehyung xotiniga nima yoqishini oʻyladi va xayoliga bur vaqtlar maktabda har kuni shkaland yep kurgani esiga keldi. U darxol kotibasini chaqirdi. Kotiba Lee xonaga kirar ekan Taehyungning ahvolini koʻrib buroz shaxvoniy jilmaydi.

-Tezda menga eng sifatli va shirin shkaland olib kel har hil turidan! - boshligʻining gaplirish ohangidan qiz u hozir asabiy ekanligini bildi.

-Hop. - kotiba tazim qilgancha xonani tark etdi.

-Chida azizam yana biroz. - Taehyung qizning qoʻllaridan silar edi.

Qiz na gapira olardi, na qimirlay xuddiki u avvalgi holiga tushib qolganday edi. Chunki u oʻyladiki “Eri bu yerdagi qizlar bilan ham yaqinlik* qiladi deb. Chunki barcha xodimalar juda ochiq kiyinishar edi.” Shuni uchin ham uning jahli chiqdi. Va axvoli ogʻirlashdi. U rostan ham erini rashk qilgan edi. Chunki atigi 1 hafta eri bilan yashayotgan boʻlsa, eri doim unga yaxshi gapirdi. Balki, qiz erining bu muomilasiga oʻrganib qolgadir.

10 daqiqada kotiba 1 pachka shkalandlar bilan boshligʻining xonasiga kirdi. Boshligʻi hali hamon oʻsha axvolda edi. U uning tanasini koʻzdan kechirar ekan yigit undan paketni oldi va chiqib ketishini buyurdi. Va yana aravaxha olib kelishini ham aytdi. Kotiba biroz hayron qolgancha xonani tark etdi. Taehyung esa xotinini kayfiyatini koʻtarishga urindi. Va bu amalga oshdi. Anchadan beri shkaland yemagan qiz bugun erining qoʻlidan yegani bois oʻziga kelib qoldi. U gapira oldi ammo yura olmadi.

-Taehyung. Men sizdan bir narsani soʻramoqchi edim - ma’lum qildi qiz eriga boqib.

-Nima? - soʻradi yigit qoʻshlarini chimirib

-Siz. Bu yerdagilar bilan ham haliginday qilasizmi? - soʻradi qiz ming hijolat bilan. Uning bu gapini eshitgan yigit oʻzini kulgudan tiya olmayotgan edi.

-Nima sen meni xozir oʻsha foxishalardan rashk qildingmi? - soʻradi yigit oʻzini arang kulgudan tiyib.

-Savolimga javob bering. Keyin men sizni rashk qilmadim. Shunchaki men sizni xotiningizman. - biroz jahl bilan aytilgan soʻzlar xonadagi kulguni toʻxtatdi.

-Men sendan boshqa biror kimsa bilan unday ishlar qilmayman. Chunki ular menga chiday olishmaydi. - oxirida biroz jiddiyli bilan gapirdi yigit.

-Aldamang. Unda uydagilarichi? - soʻradi qiz erining koʻzlariga qarab.

-Ha. Ularmi? Ular bilan birga boʻlmaganman. Shunchaki seni jahlingni chiqarish uchun ularga baland ovozda baqirishlarini buyurardim. Bori shu. Men senikiman. Sen esa meniki! - erining bu gaplaridan qiz hayratlandi. Chunki 1 yil davomida oʻylagan barcha narsasi xato ekanda.

-Unda 1 yil oldingisi va 5 oy oldingisichi? - erining hech bir gapiga ishonishni istamagan qiz yana savol berdi.

-Umi? 1 yil oldingisi ham seni jahlingni chiqarish uchun edi. Va bu ish bergan. Oqibatida sen bilan birga boʻlganman*. 5 oy avvalgi koʻrganing esa men unga teginmaganman. Shunchaki rezinkalik oʻyinchoqni* kiritganman xalos. Sen esa uni notoʻgʻri tushungansan! - oʻzini arang kulgudan toʻxtada javob berdi yigit.

-Ammo u sizni koʻrgan. Oʻsha tanangizni. Va siz ham uning jirkanch tanasini koʻrgansiz! - biroz qovoqlarini solib olib gapirdi Mari.

-Nima qilibdi koʻrsa yokida koʻrsam. Ammo u meni, men uni his* qilmagan boʻlsam. Shu asosiysi emasmi. Meni xozirgi xolatimda har kuni nechta qiz koʻradi! - oxirgi gapini bekor aytdi Taehyung chunki u hozir manashu qizning qoʻllarida oʻladi.

-Mayli qoʻy. Bilaman sen meni rashk qilyapsan. Men ham sen kabi sodiqman. Senga bergan tamni* boshqalarga bermayman. Xuddi sen kabi! - yigitning “sodiqman” degan gapidan soʻng qiz koʻzlariga yosh keldi. U qanday qilib “sizga men sodiq boʻlmadim” deyishni bilmasdi.

Shu orada aravacha ham keldi. Yigit qizni aravachaga joylashtirmoqchi boʻldi, ammo qiz uni koʻtarib olishini aytdi. Yigitga ham bu yoqib tushgandek uni oʻz qoʻlida koʻtarib pastga tushishdi. Ularni koʻrgan barcha ayollar xushlaridan ayrulgidek boʻlib qolishdi. Hech kim bu quz kimligini bilmasdi. Ular xodimlar oldida oʻtib ketishar ekan pichir-pichirlar boshlanib ketdi. Bu gap-soʻzlar esa Taehyungning quloqlariga bordi va yurgan yoʻlida toʻxtab baland ovozda “Bu ayol mening xotinim va sizlarning xonimingiz boʻladi. Bundan keyin kimdir ishxonaga ochiq-sochiq kiyinib keladigan boʻlsa ishxona u uchun emasligini koʻrsatib tungi klubga haydavoraman!” Uning bu gapini eshitgan ayollar oʻzlarini qoʻyishga joy topa olmay qolishdi. Chunki hech kim boshligʻi uylanganligini bilmasdi. Taehyung yana biroz yurgach yana toʻxtab shunday dedi. “ ayniqsa sen Kotiba Lee. Bu yirtilgan koʻylaklaringni ering bilan birga boʻlganda kiyasan! Meni oldimda emas! “ bundan kotibasining ikki yuzi qizarib ketdida “hop” deb tazim qildi.

Ular kompaniyadan chiqib mashinaga oʻtirishdi. Hali hamon qoʻlidan tushirmagan xotiniga tikilib ketayotga Taehyung Marining shishib yotgan lablaridan ta’tib koʻrgisi keldi. Biroz qizga yaqinlashib xuddiki “rozimisan?” Degandak qarash qildi. Qiz ham “ha” deb boshini qimirlatdi. Yigit esa paytdan foydalanib qizning lablaridan boʻsa olishni boshladi. Bu boʻsa avvalgilaridan ancha farq qilar edi.

Oldin mayin va yumshob boʻsa olingan boʻlsa, bu safar erkalanib olinmoqda edi. Mari ham Taening erkalab oʻpishlariga yengildi va u ham javob qaytarishni boshladi. Bir-biridan boʻsa olishar ekan, yuraklari notekis urar edi. Taehyung esa nopoklikni istadi. Ammo oʻzini bosib qizdan uzoqlashdi. Endi ular shunchaki bir birlariga termulub ketishdi.

*

Qiz chiqib ketgan boshligʻiga bir nazar tashlab telefonidan oʻziga kerakli boʻlgan odamga qoʻngʻiroq qildi. 2 bor signaldan soʻng narigi tomondan boʻgʻiq ovoz eshitildi.

-Eshitaman. Nega qoʻngʻiroq qilding? - yoʻgʻon ovozni eshitgan qiz biroz choʻchidi.

-Men uni topdim. Uning nozik joyini topdim. - qiz biroz hursand ovozga gapirdi.

-Kim ekan? Yokida nima?

-Uning xotini.

-Nima? U qachon uynalishga ulgurdi?

-Men ham hayronman. Uni ustiga xotini nogiron ham ekan.

-Nima? Nogiron? Miyyang joyidami? Bunday odam qanday qilib nogiron qiz bilan oila qurgan boʻlishi mumkin?

-Ammo rost! Men oʻzim unga aravacha olib kirib berdim!

-Mayli. Uning ismi nima ekan.

-Bilmayman!

-Unda tezda aniqla!

Ahunday soʻng aloqa uzildi. Qiz biroz ayyorona tabassum qildi va ichida “Hali meniki boʻlasan Kim Taehyung! “ shunday dedi va qaytib oʻz xonasiga bordi.

*

Pov Mari

Nima? Nahot men uni sevayotgan boʻlsam? Yoʻq. Yoʻq bunday boʻlishi mumkin emas! Men Jamesga axir va’da berganman. Ammo men uni ishxonasidagi xolatida koʻrib uni ishchilaridan qizgʻondimku. Ehhh nima qilishni ham bilmay qoldim. Nima? Rostan ham u memdan boshqa hech qanday qiz bilan birga* boʻlmaganmi? Ochigʻi hayron qoldim. 2 yildan beri “ayollarga suyagi yoʻq” deb atayotgan erim nima shuncha vaqt meni ataylab jahlimni chiqarish uchun qizlarni shunchaki baqirishi uchun olib kelganmi? Xayron qoldim ochigʻi. Shunchalik u menga sodiqmi? Oʻzimdan nafratlangim kelyapdi. Sababi men esa erimga kabi sodiq boʻla olmadim. Kechiring Taehyung. U meni koʻtarib oʻshalarni* oldidan olib ketdi. Ularga gapirgan gaplaridan xursand boʻldim. Chunki endi ular bunday yurishmaydi. Chunki endi men borligimni bilishadi. U mashidanda memdan ijozat soʻraganida yoʻq deb ayta olmadim. Unga yengildim. Uning bu xarakatlari meni yengdi. Men uni sevmasligim kerak ammo. Ammo boʻlmayapdi. U avvalgidak memga azob bermayapdi. Azob bersayu uni sevmasam. Jamesga sodiq qolsam. Ammo boʻlmayapdi. Uning qahva rangli koʻzlariga yengilmoqdaman. Qanday ayanchli toʻgʻrimi?

Mari

Pov Taehyung

Naqadar ajoyib bu koʻzlar. Unga doim yengilaman. Oxirgi bor bu qarashlarni 10 yil oldin koʻrgan edim. U menga oʻsha vaqtlarda qoʻrquv bilan qaramas edi. Xozir ham u menda qoʻrmayotganini bilib ochigʻi xursand boʻldim. Uning rashk qilishi. Ohhh bu onlarni necha kun, necha oy, nech yil, necha daqiqa kutgandim aa. Uning rashk qilishdagi yuzi juda kulgili boʻlar ekan. U meni xiyonatkor deb oʻylashini bilardim. Ammo bilmasdiki men undan boshqa odamga imkon bermaganimni va boshqalarga unga bergan ta’mni* hadya etmaganimni. Men unga sodiqman. U ham menga sodiqligidak. U men bilan yashaganidan beri oʻzgarib qolgan. U menga shirin munosabatda boʻlyapdi. Xatto mening boʻsalarimga ham mukammal darajada javob bermoqda. Bu juda gʻayratlanarli edi. Ammo u qanday boʻlmasin bir kun meni albatda sevib qoladi. Men bunga astoydil harakat qilaman.

Taehyung

Uy qarshisida toʻxtagan mashina ichidan xotinini koʻtargancha Taehyung tushdi. Xizmatkorlar uni koʻrib darxol xonimining aravachasini olib kelishdi. Ammo Taehyung qizni oʻzi olib chiqishini aytib ichkariga kirib ketdi. Ular mehmonxonaga kirishdi. Marini divanga qoʻydi va oʻzi oshxonaga kirib ketdi. Bir necha daqiqa yigit qoʻlida biroz issiq yogurt olib keldi. Ikkisi birgalikda yogurt yer ekanlar, Mari juda xursand edi.

*

Pov kechgi payt

Qorongʻu xona. Atigi xona markazida joylashgan sham yogʻurlik bagʻishlardi xonaga. Matkazda stol atrofida oʻtirgan bahaybat erkaklar bir-birlari bilan keyingi missiya haqida gaplashishardi. Bir qancha maslahat va gʻoyalatdan soʻng bir qarorga kelishdi.

-Tamom! 28-dekabr kuni oʻz uyidan oʻz xotinini oʻgʻirlaymiz! - dedi tamaki chekib oʻtirgan bittasi.

-Hop boʻladi janob. - hamma xonadagi erkaklar baravayiga aytishdi.

-Sen - dedi erkak tamakisidan tortib, - Bunga astoydil tayyorlan! Axir sen tufayli bu missiya amalga oshadi! - jiddiy ohangda va tamakisini kukunini idishga solib gapirdi.

-Albatda akajon! Hali koʻrasiz bu missiyada nafaqat boylik balki unga ham ega chiqaman. Axir nogiron xotin kimga ham kerak! - yovuzona jilmaydi ochiq kiyim kiugan qiz.

-Senga ishonaman. U haqida toʻliq ma’lumotlarni top! Bu bizga hali ancha kerak boʻladi! - yigit shunday deb xonani tark etdi.

Pov Devid (tamaki chekkan erkak )

Kim Taehyung. Men seni oddiy odam desam, sen ayyor chiqdinku. Hech kikga bildirmasdan uylanish. . Ammo sening diding ham chakki emas ekan. Bu qiz. Rasmda ham juda jozibali ekan. Hozirni oʻzida u bilan boʻlgim kelyapdi. Afsus bu qiz BOSSga berishim kerak. Mayli undan keyin albatda bu qizaloq bilan ham boʻlaman. Asosiysi seni yoʻq qilish KIM TAEHYUNG.

Devid

*
Birga bir birini quchib yotgan juftlik bir-birining iforidan baxramand boʻlardi. Mari va Taehyung. Ikkisi aslida bir-biriga juda mos. Ammo qiz buni istamaydi. Yigit esa qizni jonidan ham ortiq koʻradi. Bilasizmi eng qiyini nima? Sevilmaslik yokida ayriliq emas! Bu sen bilan bir tom ostida yashaydigan, sen joningdan ham ortiq koʻradigan jufti haloling seni emas, balki eng yaqin doʻstingni sevsa, uni hayollarida oʻylasa, yuragi u uchun ursa, bu eng qiyini boʻladi. Taehyung ham xozir shu ahvolda edi. U 5 oy davomida sevgi nimaligini, sevilish, mehr berish qandayligini oʻrgandi. Oʻzidagi yomon odatlarni tashlash maqsadida turli psixologlar bilan uchrashdi. Ular bur-ikki soʻz aytishardi. Bilinar ediki, ularning maqsadi bu erkakdan pul olish. Taehyung bulrdan ham foyda yoʻqligi tufayli u koʻplab kitoblardan oʻrgandi. U harakat qildi. U shu jajji sevgilisi uchun harakat qildi. U kabi hali hech kim bunchalik sevgilisiga yoqishga urunmagan hayotda! U oʻzligidan kechdi. U oʻzini unitdi. Aslida manashu xaqiqiy muxabbat emasmi? Xozir hech kim muxabbat nimaligini his qilmaydi. Ammo kamdan kam insonlar buni nima ekanligini tushunadi.

Taehyung Mariga qarab, uni quchib yotar ekan, oʻziga oʻzi “ albatda bir kun baxtli boʻlamiz, shirindan shakar bolalarimiz boʻladi! “ dedi. U ham biroz qizga tikilib keyin uxladi.

4-episode tamom.