August 11, 2025

Love without magic

1-qism

“Kirish. Bu dunyo menga begonadek.”

Televideniyada uyoqdan-buyoqqa borib kelayotgan menejer oʻz boshligʻi hali hamon yetib kelmaganidan tashvishlanar edi. Har harda soatiga qarar ekan, mehmon bilan biror yomon xodisa boʻlganmi deya oʻylanib qoldi. Ye Zeyu (menejer) shularni oʻylar ekan, oldiga koʻrsatuv prodyuseri keldi.

-Keldimi? - dedi eshik tomon bir qarab.

-Yoʻq. Telefonlarga ham jav..-Zeyu prodyuserga gapirar ekan, eshik ochilganini ovozi eshitildi.

-Salomlar! Uzur biroz kech qoldim. - biroz tabasum bilan ma’lum qildi qiz.

-Park Mari bu nima deganingiz? Axir yarim soat kech qoldingiz! - qizning bu gapidan Zeyuning jahli chiqdi.

-Boʻldi qilinglar! Undan koʻra Miss Parkni tayyorlanglar! - boshqa xonadan kelgan rejissyor gapirdi.

Mashxur yulduzni pardozlashni boshlashdi. 10 daqiqalik pardozdan qiz tayyor boʻldi. Oʻziga biroz ishonch bilan qiz suratga olish xonasiga bordi. Did bilan bezatilgan xona. Turli hil ranglar. Markazda esa stol-stul bor edi. Qiz biroz samimiy holsa joyiga borib oʻrnashdi. Yuziga soxta tabassum oldi. Birdan pejisyor boshlash kerakligini aytdi. Mari oʻziga yana ham ishonchi ortgan holda oʻtirdi.

-1.2.3 boshladik! - dedi pejisyor.

-Assalomu alaykum barcha tomoshabinlarga! Sizlarni ekran ortidan koʻrib turganimizdan shodmiz. Bugungi koʻrsatuvimizni ochiq deb e’lon qilamiz. - muhbir tabassum bilan gapirdi.

-Bugungi bizning mehmonimiz asli Janubiy Korealik boʻlgan, ammo Xitoyning shouv-bizness olamida mashxur boʻlgan aktrisa Park Mari. - Muhbir Marini iltifot ila tanishtirar ekan, zalda katta shovqin yuzaga keldi. Bu shubhasiz qizning muxlislari edi.

-Atigi 20 yosh boʻlishiga qaramay koʻplab yutuqlarga erishgan san’atkor bilan suxbat qurush men uchun sharafdir. - muxbirning bu gaplaridan Mari biroz magʻrurona tabassum qildi.

-Ohh raxmat. Men unchalik ham mashxur emasman. - biroz oʻzini kamtar koʻrsatishni istadi qiz

-Ohh naqadar kamtarlik. Siz rostan ham kamtar insonsiz. - muhbir Marining kamtarligini koʻrib bu rostmanasiga kamtar inson deb oʻyladi.

Park Mari

*
Timeskrip

Pov 2 soatdan soʻng.

Televideniyadan chiqqan qiz menejeri bilan suratga olish maydoniga yoʻl oldi.

Park Mari- asli Janubiy korealik. Ammo u Xitoy san’atini sevganligi sabab Xitoyda aktrisa sifatida ishlaydi. U 20 yoshda. Juda ham iqtidorli. Shu sabab ham koʻp kina kompaniyalar u bilan shartnoma tuzishni istedi. Ammo Mari bularni rad etadi. U xozir fantastik janrdagi “Love without magic” “sexrsiz sevgi” nomli seriallarda boah rolda oʻynaydi. U tabuatdan juda jiddiy va ta’labchan inson. Biroz kibrli ham. Ammo u samimiy insonlar bilan samimiy gaplashadi.

20 daqiqalik yoʻldan soʻng suratga olish maydoniga yetib kelishdi. Marini darxol pardozchilar kutib oldi. U qoʻliga senarriuni oldi va oʻqiy boshladi. Uni pardoz qila boshlashdi. U esa senariyni oʻqishni boshladi. Afsus sezmadiki uni chekkada kuzatayotgan bur erkak borligini. . .

*

Pov qandaydir joy va vaqt.

Pov Mari.

Bu qanday joy? Men qayerdaman? Nega bu yerda barcha narsa boshqacha? Nima men tush koʻryapmanmi? Koʻzlarim bilan tepaga qaradim. Afsuski hayratlandim. Sababi osmon koʻk rangda emas, sargʻuch rangda edi. Na quyosh bor, na bulut. Osmon boʻm-bush edi. Men hayron qoldim ochigʻi. Nima men oʻldimmi? Ammo men yashayotgan edimku?! Men studiyada edim. Roʻlimni ijro etish uchun senarriy bilan tanishayotgan edim. Keyin esa. . Keyin. . Uyogʻini eslay olmayapman. Balki bu xazildir. . Men atrofni kuzata boshladim. Barcha narsa gʻayritabiiy edi. Oʻsimlikla rham boshqacha. Suv ham koʻk rangda emas balki sargʻish rangda edi. Xuddi osmon bilan bir xildek. Men atrofda kimdir borligini bilish uchun ovoz chiqarib baqirdim. Ammo hech qandya tovush eshitmadim. Binolar esa yoʻq. Xuddiki men qoʻrqinchili oʻrmonga tushib qolgandek his qildim oʻzimni. Men biroz yurdim. Birdan qarshimda bir nur paydo boʻldi. U kattalashishni boshladi. Men esa hayron xolda qarab turibman. Birdan nur inson tanasiga aylandi. Qarshimda kelishgan yigit paydo boʻldi. Ammo uning yuzi tanasi oddiy insonlarnikidan farq qilardi. Sochlari uzun va oq rangda edi. Qoshlari ham oq. Lablari esa gʻayri oddiy rangda edi. Bilmadim, boʻyi ham ancha baland edi. Men uni oʻrganib chiqar ekanman, u sekin gapira boshladi

Shunaqa joy Mari turgan joy (uyogʻini tasavvur qivorasizlar azizlar)

-Hush kelibsan odamzot! - uning bu gapidan hayron qoldim. Nima u odam emasmi?

-Se.sen kimsan? - dedim qoʻrquv ila, -Nega men bu yerdaman? Bu yer qayer? - savol ustiga savol berar ekanman u menga tikilib qarab turardi.

-Bu yer Jannat bilan Jahannamning oʻrtasi. - uning bu gapini eshitib ichim muzladi.

-Bu yerga gunohi hamda savobi teng boʻlganlar keladi. Sen ham ular qatoridasan! - uning bu gaplarini hech ham hazm qila olmas edim. Nahot men oʻldim?

-Men axir oʻlmadimku? - dedim qoʻrquv ila

-Sen oʻlmading! Ammo sen tanlanganlardansan! - nima u men bilan hazl qilyapdimi? Men qandaysiga tanlangan boʻlishim mumkin?

-Qa.na.qasiga? - soʻradim qoʻruqv bilan. -Men bilan xazillashma! - baland ovozda dedim. Xozir juda ham asabiyman. Hech narsaga tushuna olmayapman ham

-Sen azaldan tanlangansan. Seni samo tanladi. Senda dunyoning va abadiylikning qoni bor! - nima men rostan ham shu yerdamanmi? Ha, ha bu albatda xazil.

-Senga bir vazifa yuklatilgan. Agar uni bajara olsang oʻz olaminga qaytishing mumkin boʻladi! - demak rostan ham tush emas ekan.

-Qanday vazifa? - soʻradim oʻzimni qoʻlga olib.

-Sen Jahannamga borib IBLIS QIROLI KIM TAEHYUNGning eng nozik tomonini topib yoʻq qilishing kerak! - nima men Jahannamga boraman va iblisni oʻldiraman. Rostan ham bu tushga oʻxshardi.

-Nega endi aynan uni? - soʻradim yana tushunmagandek. Rostan ham hech nimaga tushunmagandimda.

-U zamonlar aro yoʻlni toʻsib qoʻydi. Endi men Vaqt Xudosi sifarida zamonlarni keza olmayapman! - u oʻzini endi tanishtirdi. Nima u vaqtni boshqara oladimi?

-Demak u juda ham qudratli! - shunday xulosa keldim. Negaligini bilmadim.

-Ha! Oʻylaganingdan ham kuchli! - demak taxminim toʻgʻri chiqibdida

-Men demak uning nozik tomonini yoʻq qilishim kerakmi? - men uning ortiq gaplarini eshitgim kelmadi rosti. Tezroq men bu yerdan ketishni istayman.

-Ha! Buning uchun senga 1 yil muddat beriladi! Agar vazifani bajara olmasang sen umirbod shu yerda qolib ketasan! - nima bu vazifa uchun vaqt bormi? Effff ichimd auni soʻkdim oʻzimcha.

-Nima? Bu juda koʻpku. Axir men mashxurman. Bu yerda boʻlsam oʻzimni olamimda men yoʻq boʻlamanku. - rostan ham men buni oʻylamagan ekanman.

-Bu yerdagi 1 yil sening olamingda 1 soatga tengdir! - nima? Rostan ham men juda hayratlanmoqdaman.

-Demak bu yerda vaqt tez oʻtadi? - sochimdan ushlab yuzimni burishtirib soʻradim.

-Ha, aytgancha buni ol. Senga bilmaganingni oʻrgatadi. Undan yordam soʻrashing mumkim! - u qayerdan kitobni oldi bilmadiku bir zumda uning qoʻlida paydo boʻldi. Qoʻlimga oldim. Ajoyib kitobga oʻxshar ekan.

-Hop! Ha aytgancha men u bilan qanday koʻrishaman? - rostan ham men u bilan qandya koʻrishishni bilmasdim.

-Sen xozir tanaga ega boʻlmagan ruxsan! Senga birgina imkon beriladi. Sen birgina tanaga kirishing mumkim! Sen kitob bilan u bilan koʻrisha olasan! - u shunday deb gʻoyib boʻldi. Men esa ming savollar bilan oʻzim qolib ketdim.

Endi nima qilishni bilmasdim. Men hali hech nimaga tushunmaganman. Men bir joyga oʻtirdim. Kitobga biroz tikildim. Keyin uni ochdim. Afsuski u boʻsh ekan. Hech qanday yozuv yoʻq edi. Men kitobdi titdim ammo hech nima topa olmadim. Soʻng oʻshani soʻka boshladim. La’nati boʻsh kitobni tashlab ketibdi.

Men biroz qoʻrqdim. Bu men tanimagan, bilmagan joyda qanday yashashni bilmasdim. Afsuski ruxman. Hech kim meni koʻrmaydi. Effff. Birdan ovozimni chiqarib baland ovozda “Uni endi qanday topaman. Nega meni qiynaysizlar?” shunday dedim. Burdan kitobdan nur taralishni boshladi. Men hayron boʻlib qarab turibman. Undan sekin past ovozga tovush eshitila boshladi.

-Sen u yerga borishing uchun: u yerga borishni hayolingda oʻyla shundagina kerakli manzilga yetasan. - kitobning gapidan soʻmg menga kerakli joyni oʻyladim.

Rostan ham ish berdi shekilli men daryo boʻyidan oʻrmonga tushib qoldim. Ajoyib oʻrmon. Endi bu yerda qora osmon bor edi. Barcha yer daxshatli daraajda qoʻrqinchilik edi. Men artofni kuzatar ekanman, oldimdan bir juda ham nozif va nafis qiz uchradi. Men unga gapirsam ham eshitmadi. U bilishim boʻyicha bu yerlik emasdi. Chunki u iblisga oʻxshab qora kiyinmagan edi.

Ustidagi libosi tanasidagi oqlikga juda ham mos edi. U juda ham nafis. Men hayron qoldim nega u bu yerdaligiga. Chunki bunday begunoh qiz Jahannamda boʻlmasligi kerak. Men shularni oʻylar ekanman, bu qiz kimligini bilishni istadim. Va kitobga “bu qiz kim” dedim. Kitob ham birozdan soʻng “bu qiz Zoya (Hayot) farishtasi. Va albatda iblislar qirolining qafiqasi! “ shunday dedi. Men biroz shok boʻlib qoldim. Chunki hayot ilohasi iblis bilan turmush qurganligi meni hayron qoldirdi. Keyin men oʻyladim. Agar uning rafiqasi boʻlsa, demak, qiz qirolning zaif nuqtasini bilsa kerak. Men uning tanasiga kirsam, qirolning zaif nuqtasini juda tez topa olaman. Barakalla Mari! Oʻzimni oʻzim biroz ragʻbatlantirdim. Ammo menga bir savol paydo boʻldi. “Qanday qilib uning tanasiga oʻta olaman” shuni oʻylar ekanman, yana kitob nurlandi va gapirdi. “Sen shunchaki •istayman• desang bas! Sen uning tanasida paydo boʻlasan! “ men uning gapini eshitganimdan soʻng “istayman” dedim. Shunda birdan men qizning tanasida paydo boʻldim. Ajoyib! Uning tanasi rostan ham juda nafis edi. Men biroz oʻzimni oʻnglab oldim. Ammo birdan mening koʻksimga oʻq tegdi. Men zarb bilan yerga yiqildim. Oxirgi koʻrgan manzaram: bir qiz menga qarab ayyorona jilmayib turardi. . .

Zoya ( hayot ilohasi.)

Pov bir necha soatlardan soʻng.

Ulkan saroy. Tepasida qora bulutlar hamisha boʻlgan bu la’natlangan saroyda iblislar hukmdori Kim Taehyung yashardi. Bu yerda koʻplab iblislar ham bor edi. Bari Kim Taehyung uchun xizmat qilardi. Oddiy bur kun. Doimgudek quyoshsiz, ammo bulutli kun. Qirol oʻz taxtida oʻtirib ovqatlanar ekan, uning oldiga eng sodiq quli Devilo keldi. U biroz qoʻrquv bilan kirar ekan, Taehyung uning ajvolidan qoshini chimirdi.

-Nima boʻldi? Nega bunday xoldasan? - soʻradi Taehyung ovqatidan koʻzini uzmasdan.

-Qi.rolim. Xonim Zoyani jarohatlashibdi. - dedi boshini egib. Bunga esa Taehyung e’tibor bermadi.

-Nima qilibdi. Unga baribir hech nima qilmaydi. Tabubga koʻrsating. - dedi pinagini uzmasdan yigit.

Soʻng qizni tabibga koʻrsatishdi. Yarasiga malham surishdi. Qizni oʻz xonasiga qoʻyib barcha xonani tark etdi. . .

Kim Taehyung ( iblislar hukmdori)

1-qism tamom