June 14, 2025

Qaysar yuraklar

2-bob
[ kirish 2]

“Sevgi bu nima? Sen bilan oʻtgan har bur soniyam va seni koʻrish uchun kun vaqt sanaganimdadir”

Jungkook taxtga oʻtirganiga mana 10 kunda oshdi. Jungkook taxtga oʻtirgan kundan boshlab bir hil tush koʻra boshladi.

Tush

Hammayoq oppoq qor bilan bezangan yer va osmonni ajratish qiyin edi. Bir tepalikda bir daraxt bor edi. Jungkook ushbu daraxtni koʻrdi va oʻsha tomonga bordi. Jungkook shamol tufayli u yerga yetib borishi qiyin boʻldi ammo u buni uddaladi. Daraxtni koʻrgan jungkook hayratlandi. Sababi esa shunday boʻronda daraxt pushti boʻlib gullayotgan edi.. darxtni jungkook birz koʻzdan kechirdi va qarasa daraxt oastida bir qiz qoʻshiq aytib skripka chalayotgan ekan. Qiz juda chiroyli edi. Uni tariflashga til ojizdek edi. Loʻppi yuzlari, yurakcha shakldagi lablar, munchoq qora koʻzlar, kichik buruncha, oppoq teri, uzun barmoqlar hamma hammasi qizga yarashgan edi. Jungkook qizning goʻzalligi oldida yengildi uning hayollarini oʻsha qiz egalladi.

Qiz ( uzur qor ustidagi qizni topomadm)

Jungkook qizga endi yaqinlashaman deganida uygʻonib ketdi. Jungkook bu tushda bir hayr bor deb darhol qoʻliga moʻy qalam va qogʻoz oldi va qizni rasmini chizdi. Jungkook yoshligidan yaxshi rassom edi. U boʻsh vaqtlari tabiatni chizardi ammo xozir u juda band va bu odatni tashladi. Jungkook koʻzlarini yumdi va qizning yuz tasvirini koʻz oldida gavdalantirdi. Jungkook 1 soat deganda rasmni tugatdi va uni devorga onasining rasmini oldiga ilib qoydi. Jungkook ayvonga chiqdi va osmonga boqdi

Pov jungkook

Naqadar goʻzal boʻlmasa bu olam.. bu olamda naqadar goʻzal qizlar boʻlmasa.. balki men taqdirimni uchratgandurman bilmadim… u juda goʻzal edi xuddi onam kabi.. onamning ovoziga koʻzlariga hattoki qoshlari ham oʻxshardi… oyijon sizni juda sogʻindim.. sizning yordamingiz kerak menga oyi men juda qiynalib ketdim. Men hayronman nega dadam meni tanladi? Akalarim bor ediku? Nega? Bilaman men osonlikcha taxtga oʻtirolmayman. Yuragim sezyapdi hali juda koʻp isyonlar boʻladi va menga chidashim kerak!

Jungkook 20 daqiqacha ayvonda oʻtirdi va soʻng xonaga kirib uxladi ammo hech uyqusi kelmasdi ammo majbur edi. Ertaga uni koʻp ishlar kutayotgandi.

Erta tong 7:25

Jungkook hali hamon uyquda edi. Xizmatkorlar
oʻz ishlarini boshlab yuborishgan barcha uygʻoq edi. Taehyung jungkookni uygʻotish uchun xonasi tomon yoʻl oldi. Taehyung xonaga kirganida qirolicha Kyubvminning rasmi oldidagi rasmga koʻzi tushdi. U borib rasmni ushlab koʻrdi va bu oldin bu yerda yoʻq edi degan xulosaga keldi va bu qiz jungkookga yoqadi deb ham oʻyladi. Taehyung qizning rasmini eslab qoldi. Uning xotirasi yaxshi boʻlganligi uchun u barcha narsani osonlik bilan eslab qolardi.. Taehyung jungkookni uygʻotmasdan jimgina xonadan chiqib ketdi va toʻgʻri oʻzining sodiq quli,xizmatkori boʻlgan vazir kangning olfiga bordi. Vazir kang Taehyung erta tonhdan tashrif buyurganidan hayratda qoldi va shoshilib qoldi.

Jungkook chizgan qizning rasmi

—xush kelibsiz shaxzodam.. nechun erta tongdan qulingizni yoʻqlab qolibsiz?) vazir kang shaxzodaga tazim qilish davomida gapirdi

—xush keldik, oʻzingga ham hayrli tong vazir kang. Men bir maqsad ila keldim. ) Taehyung yumshoq oʻrindiqqa oʻtirdi

—qanday ish ekan shaxzodam qoʻlimdan kelsa bajonidil bajaraman) vazir kang shaxzodaning oldiga biroz pastroq boʻlgan joyga oʻtirdi.

— xullas bir qizni topishimiz kerak. Faqat bu qiz mahfiy tarzda olinib kelinishi kerak xatto qirol ham bilmasligi kerak) Taehyung juda past ovozda tez gapirdi

—qanday qiz? Uning rasmi yoki ismi bormi? Albatda buni siz va memdan boshqa hech kim bilmaydi!)

— ismi noma’lum ammo rasmi qirol tomonidan chizilgan!) Taehyung dadil holatda gapirdi

—aha hozir bir daqiqa) vazir kang shaxzodaga tazim qilib xonani tark etdi va bir necha daqiqada qoʻlida moʻy qalam va qogʻoz ushlagan yigit bilan birga Taehyungni oldiga kirib keldi.

—shaxzodam bu odam rassom poytaxtdagi eng zoʻr rassomlardan biri. Shaxzodam bunga qizni tasvirlab bersangiz u sizga qizni rasmini chizib beradi

—xullas qizning terisi oq, lablari kichik ammo yurakcha simon och pushti rangda, kipriklari uzun va qalin, koʻzining rangi soft hech qanday ranglar aralashmagan jigarrang, burni kichik, qoshi qalin va qora, sochi jigarrang va uzun, yuzi qirrali va tekis, biroz sepkili ham bor, ha yana koʻzlari kichik.) Taehyung jungkook chizgan rasmni tasvirlab berdi. Rassom bir necha daqiqada qizning rasmini koʻrsatdi. Va bu rasm jungkooknikidek bir hil edi.

—ofarin! Bu insonni mukofotlang u juda iqtidorli ekan) Taehyung yuzida tabassum bilan yigitga qarab gapirdi va rasmga yaan biroz tikildi

—raxmat shaxzodam. Mani siz siylabsiz sizni esa yaratgan egam siylasin) yigit shaxzodaga qayta qayta tazim qila boshladi

—shaxzodam endi bu qizni qidiraylikmi?)vazir kang shaxzodanjng kulganini koʻrdi va ichida “agar men u qizni topsam qirol meni qanday taqdirlar ekan aa” degan oʻylar oʻtdi

—albatda bu qizni topinglar!)shaxzodaning hali hanuz yuzidan tabassum arimay gapirdi

—shaxzodam.. menimcha bu qiz yapon millatiga mansub ) rassom yigit oʻzi chizgan rasmni oʻzi kezgan yaponiyadagi qizlar bilan solishtirib koʻrdi va gapirdi

—nega bunday deyapsan?)shaxzoda yigitning bu gapini nega aytganiga qiziqdi

—men yaponiyaga safar qilganimda yapon qizlarining yuzlari ham shunga oʻxshash edi..) yigit hotirasiga ishonar edi

—yaxshi, unda birinchi boʻlib yaponiyadan qidirishni boshlang!)shaxzoda shunday deb oʻrnidan turdi va hamma inga tazim qildi.

Pov Taehyung

Sen bu qizni albatda topaman. Sen qiz tufayli jungkookni boshqara olsam bu dunyo meniki boʻladi hahaha kechir ukajonim ammo men bu taxtga oʻtirishim kerak! Bir kun albatda meni tushunasan deb umid qilaman Qirol Jungkook

Taehyung vazir kangni oldidan chiqib taxt honasiga bordi. Barcha taxt xonasida toʻplangan, ularning bari qirol Jungkookni kutishardi. Taehyung xonaga kirib oʻz joyiga turdi va birozdan soʻng qirol Jungkook tik va oʻziga ishonch bilan xonaga kirib keldi. Barcha unga tazim qildi. Jungkook taxtga oʻtirdi va tazim qilganlarga turishini ishora qildi. 6 shaxzoda va malika old qatorda turishardi. Ulardan faqat birginasi Zoya hech qanday nafrat bilan qaramasdi.. Zoya ham kengashda qatnashish huquqiga ega edi.. Qirol Seojung Zoyaga bu huquqni bergan va qizida davlatni boshqa olish qobilyatini sezgan edi.. Birdan Qirol Jungkook gap boshladi

—Bugun nega birdan kenggash boʻlishini istadingiz bosh vazir va qoʻmondon Kim?) Jungkookning qovoqlari tushgan va jiddiy edi.

—bu yerga sizlarni toʻplashimdan maqsad.. Shimolda joylashgan Min qirolligi bizga urush ochmoqchi ekanidan xabar topdim) qoʻmondon Kim tazim qilgancha gapirdi

—Qirolim men ham xuddi shunday xabarni eshitgan edim)oraga Taehyung bobosini gapini maqullab gapirdi

—kimdan eshitdingiz qoʻmondon Kim!) Jungkook qoʻmondonning gaplaridan shubxalandi

—mening bir doʻstim oʻsha yerga sayohatga borgan edi va buni eshitib qolibdi..) qomondon kim hali hamon tazim qilar ammo orada qirolga qarab qoʻyardi.

—yaxshi ammo avval ishonchli ma’lumotlar kelmagunicha men bu haqida qonun chiqara olmayman!) jungkook qat’iy ohangda gapirar ekan yana bir bor taxt va qirollikga munosibligini isbotladi..

—agar boshqa muammo boʻlmasa hamma ketishi mumkin!)Jungkook barcha vazir va yordamchlariga qarar ekan oʻzida biroz ishonch hosil boʻldi va bu uerni birinchilardan boʻlib tark etdi…

Pov Yaponiya Tsushima oroli

Qadimdan goʻzal boʻlgan Yaponiya juda mashhur yatim orol edi.. uning orollari oʻta darajada goʻzal va maftunkor edi.. ulardan bir esa Tsushima oroli edi.. Tsushima juda goʻzal va beqiyosligi bilan Yaponiyagadi boshqa orollardan farq qilardi.sohil boʻyida salqin shaboda va mayin yomgʻir tomchilari yuzingizga urunardi.. Koʻpchilik zodagon va qirollar shu yerga dam olgani kelishardi.. ulardan biri- butun dunyoda mashhur savdogar Akito Akopyan va uning qizi Amaya Akopyan ham bu yerda dam olishar edi.. Qiz sohilda quvnab oʻynar va tabassum qilardi. Uning jarangli mayin ovozi barchaning quloqlariga qoʻngʻiroq kabi eshitilardi. Qiz 20 yoshligiga qaramay qiliqlari, erkalanishlari 10 yoshli qiznikidan farq qilmasdi va Amaya juda mehribon va quvnoq edi. Amaya endigina 20 yosh boʻlishiga qaramay butin dunyodan eng katta va boy hatto qirol va shaxzodalardan ham sovchilar kelardi. Ammo Amaya yoshligini aytib ularni rad etardi.U otasini juda yaxshi koʻrardi, hatto otasini singlisidan ham qizgʻonardi. Qiz sohilda dengizga biroz yaqinda ammo oyoqlari dengiz suvlari ostida boʻlgan joyda bariqa baqira hammaga “men dunyodagi eng baxtli qizman!” shunday der edi..Amaya hozir juda baxtli edi. U oxirgi marta dadasi bilan 5 yil oldin xuddi shu yerda vaqt oʻtkazgan va xozir yana birga vaqt oʻtkazib turganidan benihoyat hursand edi. Amaya chiroyli kular ekan otasi ham unga qoʻshila tabassum qilardi..Qizning qandaydir yuragi notinch edi va tartibsiz urardi. Ammo baribir otasi uchun tabassum qilardi.. Balki, otasi bilan oxirgi uchrashuvini yuragi sezgandir….

2-qism tamom

Mana azizlar 2-qusmni ham tugatib oldik endi men sizlardan iliq fikrlar va reaksiyalar kutib qolaman.
Eslatma! Bu fanfic goyasi hatto verguli ham menga shaxsan menga tegishli!

#zoya_monstrella tomonidan @crave_ficc kanali uchin maxsus yozildi