Deer and Tiger
•| Asardagi barcha hodisa va qahramonlar muallif tomonidan oʻylab topilgan. Hsch bir xodisa hayotda sodir bolmagan!|•
Qadim zamonlarda Xudo insoniyatni yaratishidan oldin yer yuzasida hayvon ruxlari boʻlgan. Ular alohida yerlarga rgalik qilishgan va boshqarishgan edi. Hayvon ruxlarining asosiy boshligʻi Boʻri ruxi edi. U butun yer yuzasidagi hayvon ruxlariga boshchilik qilgan. . . Ammo bir kuni Xudo inson boʻlmish mavjudodni yaratdi. Odam. . . bitinchi inson mavjudoti. . . Shunda Yaratgan ega hayvonlar shoxi Boʻriga “Men insoniyatning harakteri, xissiyotlari boʻlishini istayman va sen menga goʻsht yemaydigan qonxoʻr boʻlmagan 10 ta turli hayvon ruxlarini ber va ular insoniyatning fe’l atvoriga aylansin! “ shunday dedi. Shundan Boʻri barcha yer yuzasidagi hayvon rixlarini chariqdi. Ularga bu topshiriq haqida habar berdi. Bu habardan koʻp qonxoʻr hayvon ruxlari gʻazablandi, ammo yuvosh, hech kimga zarar bermaydigan ruxlar hursand, shod boʻlishdi. . .
10 ta turli hayvon ruxlari tanlandi. Ular: It, sigir, maymun, ohu, ot, baliq, choʻchqa, quyon, tovuq va qoʻy. . .
Barcha ruxlar tanlanganidan soʻng yana Xudo shunday dedi: “ Ular orasiga kemiruvchi ruxlardan ham 1 dona qoʻsh! “. Bu qarordan soʻng ular orasiga “sichqon” ham qoʻshildi. Endi ular soni 10 ta boʻldi. . . Ular barchasi oʻz vazifasiga shaylanadigan paytda yan Xudo habar yubordi.
“ Ular orasiga bir yirtqich hayvonni ham qoʻsh! “ bu habardan soʻng boshidan beri bu safga qoʻshila olmayotgan yoʻlbars ruxiga jon kirdi. U bu imkoniyatni qoʻldan ketqazishni istamadi. Ammo unga raqib paydo boʻldi. Ilon. . . U ham bu safga qoʻshilishni istagan yirtqich edi. . . Bu habar aytilgandan soʻng koʻngilliklar orasidan Yoʻlbars va Ilon urishadigan boʻldi. Chunki Boʻri ulardan qaysi birini tanlashga qiynaldi. Ikkisi ham oʻta kuchli hayvon ruxlari edi. Bu jangda Ilon oʻzining ayyorligi bilan gʻalaba qozondi. Endi u bu safga qoʻshiladi. Bundan soʻng Yoʻlbars jahl otiga mindi. Kimni koʻrsa oʻldiradigan darajada vaxshiyga aylandi. Ammo bir kuni u Ohuni koʻrgandan soʻng ayyorona reja tuzdi. U ohuning soddaligidan foydalandi. Ohuga oʻzini sevgandek koʻrsatdi. Unga yaxshi munosabatda boʻldi. Ohu esa soddaligi uchun bularga ishondi. Ammo bir kuni Yoʻlbars uni sevganidan foydalanib Ohuni oʻldirdi va uning oʻrniga safga qoʻshildi. Ohu juda chiroyli bir rux edi. Uning goʻzalligiga barcha tan bergan va yoqtirgan edi. Ammo uning soddaligi oʻz oʻlimiga sabab boʻldi. Ohu oʻlganidan soʻng Yaratgan egam uni chaqirdi oʻz xuzuriga. Shunda Xudo: “Bilaman sen oʻzing istab oʻlmading. Shuning uchun senga ikkinchi imkoniyatni beraman va sen million yillardan soʻng qayta tugʻilasan. “— dedi. Ohu bu gapdan hursand boʻldi va Xudoga minnaddorlik bildirdi. “ Yaratgan egam senga raxmatlar boʻlsin. Meni bir iltimosim bor edi. Men qayta tugʻilsam iltimos menga Yoʻlbarsdan qasos olishimga izn ber. “ ohu shunday dedi. Xudo esa bu iltimosini rad etmadi va unga qasos olishiga ruxsat etdi. . .
Oradan million yillar oʻtdi. . . Bu orada 12 ta turli hayvon ruxlari insoniyatga xizmat koʻrsata boshladi. Ular inson tugʻilganida ularning bir qismi ham tugʻilardi. 12 yil. . . 12 yilda ular ketma ket insoniyatda tugʻilishdi. . . Barcha oʻz ishini mukammal darajada eplardi. . . Sichqon yilida tugʻilganlar xuddi kemiruvchiga oʻxshardi. Ular boshqa bir insonni yutuqlariga hasad qilguvchilar boʻlishdi. . . Ilon yilida tugʻilganlar esa ayyor va xudbin insonlar boʻldi. Yoʻlbars yilidagilar esa oʻta aldoqchi va takabbur inson boʻldi. Barcha hayvon ruxlari oldingi ruxlik paytidagi fe’l atvori insoniyatga oʻtardi. . . Insonlar orasida eng goʻzali tugʻilmadi. . . Chunki ular orasida oʻta goʻzal va nafis Ohu yoʻq edi. . .
Hozirgi vaqt 2023-yil noyabr. . .
Kuzning oxiri. . . Barglar oʻz goʻzalligini yoʻqotgan. . . Barcha yerlar sariq bargla rbilan toʻlgan. Mayin shaboda. . kuzdagi bu shabina ham barchaga birdak yoqmasdi.
Darslar tugaganini bildiruvchi ovoz yangrashi bilan birma bir oʻquvchilar universitetdan chiqa boshlashdi.
Shu oʻquvchilar orasida bizning qahramonlarimiz ham uylari tomon yoʻl olishdi… PARKLAR OILASI… parklar oilasi dunyo tanigan mafia. Parklarda 3 ta meroshoʻr katta boʻlayotgan edi… PARK JIMIN… katta farzand. 22 yosh . SEOUL NATIONAL UNIVERSITETYda bitiruvchi talaba…PARK YOONA.. parklarning 2-farzandi. 19 yosh. U ham Jiminga oʻxshab SNUda 2-kurs talabasi… PARK MARI… kenja farzand. 18 yosh. SNU da 1-kurs talabasi..
3 aka singillar universitetdan chiqib toʻgʻri uylari tomon yoʻl olishdi. Ular uylariga doimo piyoda ketishadi faqat yooonadan tashqari. U janob park olib bergan moshinada ketadi. Jimin va Mari unday emas ular oddiylikni yoqtirishadi. Doimo piyoda birga suhbat qurib ketishadi. Jimin mas’ulyatli aka va farzand. Marini koʻz qorachigʻidek asraydi. Mariga birorta yigit gapirsa oʻsha yigitni tanib boʻlmas darajaga kelguncha doʻpposlaydi. Marini Yoona nisbatan koʻproq yaxshi koʻradi. Mari ham bunga javoban akasini aytganini qiladi. U ogʻir bosiq qiz kam gap faqat kerakli vaqtda gapiradi. Jimin va Marini koʻrgan odam buyuk mafia oilasini farzandlari demaydi. Ammo yoona unday emas… doimo qimmatbaho kiyimlar,aksesuarlar,moshinalara oʻqishga keladi. Yoonani hamma kibrli qiz deb hisoblaydi. Toʻgʻrida oddiy odamni mensimaslik hattoki aka singlisidan hazar qilishi kibrga kirmaydimi ha kiradi u shunday qiz ammo oq koʻngil qiz… Mashina universitet yonida toʻxtadi. Yoona mashinaga chiqib ketdi. Jimin va Mari yana piyoda ketishdi.
Jimin va Mari parklar xonadonini yonida toʻxtashdi.
-ako~ bugun qanaqadir kunmi?-soʻradi Mari akasidan u tashqarisini astoydil tozalayotgan xizmatkorlarga ishora qilib.
-balki bugun yana dadamning tanishlari kelar.. unisini bilmadim- jimin marini hafa qilmaslik uchun atayin yolgʻon gapirdi. Chunki apasini toʻyi boʻlishini bilib hafa boʻlmasin deb.
-mayli unda tezroq uyga kira qolaylik. Yoona ham uyga kelib boʻlgandir- mari akasini qoʻlidan mahkam ushab oldi va uyga ikkalalari ham birga kirib ketishdi.
Rostan ham uyga bugun mehmonlar kelishi kerak edi. Hamma xizmatkorlar tinim bilmay ishayapdilar. Bizning malikamiz Mari ham ularga yordam beryapdi ammo Yoona esa xonasida parzoz qilib yasanyapdi. Shu tariqa kech ham tushdi. Quyosh oʻz oʻrnini zulmatga boʻshatib turganday edi. Bugun havo kechga borib yomonlashdi balki bugungi kun Marining umrbod yodidan chiqmasligini bilganligi uchundi unisi nomalum edi. . . Birma bir mehmonlar kela boshlashdi. KIM OILASI… janob kim, xonim Kim, va KIM TAEHYUNG…
JEONLAR OILASI… janob jeon, xonim jeon va JEON JUNGKOOK…
ular bugungi kun mehmonlari. Hamma mehmonlar zalda toʻplanishdi va dasturxon atrofiga oʻtirishdi. Ularni hayotda koʻrgan odam mafia qirollari va shaxzodalari demaydi. Ular shunchaki oddiy oila kabi ovqatlanishyapdi faqat Mari ularga yetishmayapdi. Mari mehmonlar bilan koʻrishishni istamadi va shunchaki xonasida kitob oʻqidi. Pastdagi shovqinni eshitgan qiz boshi ogʻridiva soʻng pastda nima boʻlayotganini tekshirish uchun pastga yoʻl oldi. Mari pastga tushar ekan dasturxon atrofida qizgʻin suhbat boʻlayotgan edi.
-esingdami Seun Jiminni toʻgʻilgan kunida uni it tishlaganini?-dedi janob kim kulib.
-ha eslayman juda ham kulgili boʻlgan edi.-dedi janob park kulib bir jiminga qarab.
-bas qilinglar! Nega doim meni ustimdan kulasizlar ana jkni ustidan kulinglar uni ham it tishlagandiku.-dedi jimin biroz jahl va norozi ovozda.
-toʻgʻri jimin meni…-jk gapirayotganda yoʻparasida kelayotgan qizdi koʻrdiyu tili aylanmay qoldi.
-hoy jk tilingni yutib yubordingmi?-dedi jimin jkni ustidan kulib keyin hamma mari kelayotgan tomonga qaradi faqat yoonadan tashqari chunki uning koʻzlari faqat Taehyungda edi. Taehyungniki esa marida.
-voy bu sohibjamol qiz kim Seun?-dedi Kim Suno qizni maqtamoqchi boʻlib.
-ahr bu oʻzimizning Mariku nima tanimadingmi?-dedi Seun kim Sunotomon gapirdi va koʻzi bilan Taehyungga ishora qildi.
-albatda tanidim shunchaki maqtamoqchi edim shuni ham beliga tepding aa Seun-dedi janob kim janob parkdan araz qilgandak. Keyin bundan hamma kulib yubordi faqat mari va Taehyungdan tashqari.
-kel qizim bu yerga oʻtir Taehyungni oldida joy bor-dedi janob kim Taehyungga ishora qilib.
-yoʻq shart emas janob kim singlimga meni oldimda joy bor u uni oldida oʻtirmaydi!-dedi jimin jahl bilan va Marini gapini kutmay javob berdi. Mari sekin borib akasi jiminni oldiga borib joylashdi.
-aka singil aslida mana shunday boʻlishi kerak toʻgʻrimi? Sen juda yaxshi akasan jimin-dedi janob kim maridan koʻzini uzmasdan.
-kxm kxm… xullas asosiy ishga oʻtsak… Yoona qizim sen Jungkookga turmushga chiqasan. Chunki men jeon bilan ahdlashuvim bor edi. Sen bunga qarshi emassan toʻgʻrimi?-dedi janob park yoonaga qarab. Bu orada marida koʻzini uza olmayotga jungkook “nimaaaa” deb baqirib yubordi.
-tinchlan oʻgʻlim men buni park amaking bilan ancha avval buni hal qilganmiz-dedi janob jeon oʻgʻlini tinchlantirmoqchi boʻlib.
-yana bir gap Mari qizim bilasan seni juda yaxshi koʻraman. Va senga eng yaxshisini ravo koʻraman. Iltimos qizim sen meni ohirgi iltimosimni bajar. Taehyungga turmushga chiq!-dedi janob park qizi yoonani gapini ham eshitmay.
-nima qanaqasiga dada bu qanday boʻlishi mumkin ahr menga yoonani turmushga beramiz degan edingizku?-dedi jimin jahl bilan.
-toʻgʻri jimin men shunday degan edim ammo vaziyat oʻzgardi-dedi janob park. . .