My dream✨
My dream✨
Uncha katta bo’lmagan xona va unda yashovchi hayolparast qiz! U o’z yotog’i ustida o’tirgancha, sevimli kitobini o’qirdi…
~Kim Seok Jin! U mening sevimli qahramonim! Biroq, u shunchaki yozuvchi yaratgan bir qahramon xolosda… Aslida, eng alam qiladigani ham shu aslida. Agar u kabi erkak hayotta mavjud bo’lganda.. yo’q, yaxshisi, mening hayotimda mavjud bo’lganda, hayotim ancha qiziqroq bo’lardi… Ey Xudo, buni xatto tasavvur qilish ham yoqimli…
U hayol surishda davom etib, kitobini yopib qo’ydi. U shu qadar hayolot ummoniga g’arq bo’ldiki, hatto hayot va hayol orasida o’zini yo’qotib qo’ygandek…
Erta tong
Yosh qiz ko’zlarini ishqalagancha, erta tongni qarshi oldi. U yana biroz uxlashni istardi biroq, bugun kutubxonaga bormoqchiligi esiga tushib, ortiq o’ylanib o’tirmadi
Pastda esa uni sevikli oilasi nonushta qilardi
-hayrli tong, farishtam!)-qizni tabassum bilan qarshi oldi Lee xonim
-mening farishtam erta uyg’onganmi?)-taajjublanib so’radi Janob Lee
-sizlarga ham hayrli tong! Bugun 1haftadan buyon kutayotgan kitobim rastalarga keladi. Shuni hammadan avval olishga kirishmoqchiman!)- Cheonsa
-Kechgacha kitob o’qiysan, Cheonsa! Bu menga haqiqiy hayotdan qochyapsan degan tushuncha uyg’otmoqda!)-savolga tutdi otasi
-unday emas.. qochmayman.. shunchaki, kitoblarda yashash boshqacha dadajon!)-tabassum bilan gapirib, otasining ko’nglini xotirjam qildi
-muhimi, hayollaring orasida hayotingni unutib qo’yma!)- ajoyib suhbatning so’ngi so’zlari edi bu…
Bu kichik qishloq aholisi orasidan go’zal va yosh qizlarni topish amrimahol edi. Shu jumladan biror chiroyli qiz ko’zga tashlansa albatta, u so’z otishlarga uchramay iloji yo’q edi!
Odmicha kiyingan balog’at yoshidagi qiz qishloqning so’qmoqli yo’llari bo’ylab, kutubxona tomon odimlardi. U uyatchan nigohini yerga qadagan, yuzida esa nim tabassum zohir edi..
Shu payt yo’l narisidagi bir-ikki shilqim yigitlarning e’tiboridan chetga qolmagan qiz, ularga yaqinlashgach, ularning bema’ni gaplarini eshitishini bilardi. Har xolda u kabi go’zal qizga so’z qotmaslik ham g’alati edida..?!
-hey, miss, bizga qiyo boqmay, qayerga shoshyapsiz?)-dedi qah-qah urib semizroq yigit
-xohlasangiz o’tirib odimlashamiz?)-do’stiga qo’shildi bo’yi uzun, yoqimsiz erkak
-sen nima deding, Jin? Axir, u biz bilan bo’lsa chakki emas to’g’rimi?)-ularning safida indamay turgan do’stiga yuzlandi semiz yigitcha
-Jag’ingni yum!)-va u olgan javob shunday edi
-nima?)-avvaliga yaqin do’stidan bunday javobni olgach, hayron qoldi biroq, buni hazilga yo’ydi
-ha-a-a, qizni himoya qilib, qahramondek ko’rinmoqchimisan? Ammo, bizni chetlab o’tmassan a, do’stim?)-u vaziyatni yumshatish uchun qayta hazillashdi
-hey, ularga e’tibor qilmay, yo’lingizda davom etishingiz mumkin!)-Jin do’stlariga e’tibor bermay, qizga imo qildi
Cheonsa esa shunchaki, u aytganidek, o’z yo’lida davom etdi…
O’sha tasodifiy kundan boshlab qizning qalbiga o’t tushgandi. U o’zi istamasada, o’sha oliyjanob yigit haqida o’ylamay yura olmayotgandi. Axir, u shu qishloqda 17yildan buyon yashab kelgan, biroq biror marta o’sha yigit bilan to’qnash kelmagandi. Nima, u yangi kelganmikan? Yoki shunchaki, qaysidir qo’shnining qarindoshimi? Afsus, u hech narsadan boxabar emas…! Faqat bir narsa ayon, u ham bo’lsa- agar qizga so’z tashlaganlar safida u ham bo’lsa demak, U ham shilqim!
~O’sha xodisadan so’ng 4kun o’tdi. Kechgi ovqatdan so’ng ular oilaviy suhbatlashib o’tirishardi
-bilasizmi, Mister Lee, ertaga oqshomda katta Mister Kim tomonidan uyishtiriladigan bal bo’lar ekan. Bu haqda bugun tushda Missis Park menga xabar berdi va bizning ham borishimiz kerakligini astoydil tushuntirdi)-eriga so’z tashladi Missis Lee
-azizam, bu bal nima sababdan uyishtirilar ekan?)-so’radi Mister Lee
-menimcha, kichik Mister Kim uchun ko’ngil xushlik maqsadida! Axir, balga yosh va go’zal xonimlar keladi, bu esa ular bilan tanishish imkonini beradi!)-tushuntirdi Missis Lee
-unda.. men bormayman..)-sekin so’zladi Cheonsa
-agar u biror qiz bilan munosabat qurish uchun bal tashkil qilayotgan bo’lsa.. unda bu narsa menga mos emas! Bal- ko’ngil ochar yig’ilish! Unda musiqa va raqs bo’ladi! O’ziga qayliq tanlash marosimi emas!)-u shunday deb xonasiga chiqib ketdi
-Menimcha, u haddan tashqari uyatchan! Axir, allaqachon katta bo’lgan, erkaklarga imkon bersa zarar yo’qku? Unda kimga erga beramiz?)-qizining ortidan kuyungancha so’zlardi Missis Lee
-undan xavotir olmang, u hali kichik Kim ni ko’rmaganda..)-Mister Lee esa bamaylihotir qahvasidan ho’pladi
Ertasi kungi BAL oqshomi
~Aslida, o’sha bal ga borishni sira istamayotgandim, lekin oyim bormasam qattiq hafa bo’lishlarini aytib, turib oldilar. Nima emush, agar o’sha Kichik Kim deganlarini ko’rsam, o’zim unga erga tegishni istab qolarmushman! Hecham! Axir, insonni boyligi va kelishgan yuziga qarab oila qurish mumkinmi? Ahmoqlik!
Cheonsa hayollari bilan o’tirar ekan, onasi xonaga kirib keldi
-tayyormisan, azizam? Axir kechga qolamiz?!)-Missis Lee
-ha, bo’ldim. Kettik!)-u o’rnidan turdi va ota-onasi bilan foytunga (soyabonli yengil arava) o’tirib, yo’lga tushishdi
Ularni mezbon oila iliq kutib olishdi va o’z o’rinlari oldidan joy berishdi. Yon atrofdagilar esa tinmay ularning jozibali qizini tinmay maqtab pichirlashardi.
Endi navbat raqsga keldi. Hamma o’zi uchun juft tanlashga o’tib ketdi. Erkaklar Cheonsaning atrofini o’rab olishgan, u esa ming hijolatda raqsga tusha olmasligini bahona qilib, rad javobi berardi..
-meni rad etmassiz, Miss Lee? Har xolda, mendan qarzingiz bor..)-qizga yaqinlashib kelgan kelishgan erkak qizga odob ila ta’zim qildi
-s.siz?)-ko’zlariga ishonmay qarab turardi U
-raqsga taklif qilsam qarshi emasmisiz?)-o’ziga maftun etuvchi tabassum bilan so’zladi Mister Kim
-yo’q.. haligi..)-u hayajonlangani bois adashib rozilik berib yuborganidan hijolatda edi
-yeb qo’ymayman!)-u baquvvat qo’llari bilan qizning nozik barmoqlarini mahkam ushlab, raqs zali o’rtasidan joy oldi va o’ta ehtiyotkorlik bilan raqsga tushardi
-meni ko’rib hayron qolishingizni tahmin qilgandim..)-raqs orasida jimlikni buzdi Mister Kim
-h.ha.. kutmaganim rost!)-javob qildi Miss Lee
-hali ham hayajondasiz! Bu mening kelishgan yuzim tufaylimi?)-o’zidan faxrlanish uning ohangidan ham sezilib turardi. Ammo bu ohang Cheonsaga uncha yoqmadi va jiddiy ohangda dedi:
-hozirgi hayratim yuzingiz yoki boyligingiz sababdan emas! Sababi- men sizni “shilqim” deb o’ylab yurgan bir paytda, siz ziyoli oila farzandi bo’lib chiqqaningizda!)-o’z uyatchanligini chetga surib dedi U..
Bu javobdan esa Mister Kim qoniqmadi. Balki, bu javob unga umuman hush yoqmadi desa ham to’g’ri bo’lar..?!
-Shilqim? Menga nisbatan bu kabi haqoratlarni yog’dira olish uchun o’zingizni kimman deb o’ylayapsiz?)-jahldan yuzi qizargan erkak shivirladi
-esingizdan chiqarmang, har qancha latofatli va go’zal bo’lmang, men uchun munosib vakil emassiz!)-uning bu so’zlari shunchalar alamzada tilidan to’kilgandiki, qiz qalbini og’ritib qo’yaman deb ham o’ylamadi..!
Bal tugagandan so’ng Cheonsa unga nisbatan aytilgan bu so’zlarni hazl qila olmasdi. Axir, endigina o’sha takabbur kimsaga nisbatan iliq hislarni tuyayotgandi ammo shu ham ko’pga cho’zilmadi. U o’z so’zlari bilan qizni yerga urdi! Uni ochiqchasiga kamsitdi! Ha, ehtimol, Mister Lee oilasi unchalik ham mashhur va nomdor emasdir, biroq, yigit aytganchalik zoti past ham emasdida! Ular u qadar boy bo’lmasliklari mumkin, biroq ularning uylaridan baxt ufurib turadi. Mister Kim ning hashamdor qasridek sovuq va jirkanch emas!
-bir og’iz ham so’z deya olmadim a?!)-o’yladi Cheonsa
-menga, bizning oilaga nisbatan shuncha haqoratni jimgina tinglab, gunoh qilmadimmikin? Axir, meni voyaga yetkazgan insonlar sha’nini ham himoya qila olmadim! Jin ursin seni takabbur mahmadona! Hech ham ziyoli oila farzandiga o’xshamaysan! Uchiga chiqqan dimog’dorsan xolos!)-u ichidagilarni tiliga ko’chirarkan, biroz bo’lsada yengilladi va o’zini bosib, uxlashga yotdi
Kelasi haftada esa Cheonsa katta Nezerflind parkida qo’lidagi kitobi bilan sayr qilib yurardi. U o’qishga shunchalik berilib ketganidan, atrofni butunlay unutgan edi. Shu payt u birdan daraxt poyasidek baquvvat narsaga urilib ketdi.
-Ah?)-qiz boshini ushlagancha daraxt deya tahmin qilayotgan qarshisidagi narsaga qaradi. Biroq… bu daraxt emas, o’sha baldagi betarbiya kichik Kim edi!
-yana sizmi?)-qoshlarini chimirib so’radi qiz, bu uchrashuvni xushlamay
-aslida, sizdan so’rashim kerak! Yana qarshimdan chiqib, bezovta qilishda davom etyapsiz!)-qo’rslik bilan dedi Kim
-bezovta qilish? Axir, peshonam tepasida qoqqan qoziqdek turib olgan siz emasmi?)-battar asabiylashdi qiz
-maslahatim, manavi kitobingizdan biroz bosh ko’tarib, atrofga qarang! Agar kitob o’qiganimni ko’rishsa aqlli deb o’ylashadi deb o’ylayotgan bo’lsangiz, adashasiz! Mu kabi ahmoqona fikrlar qayerdan keladi o’zi?)- haddan tashqari mag’rur ohangda dedi U
-birinchidan, men istagan yerimda kitobimni o’qiy olaman va bunga siz kabi kaltafahm kishilarning ruhsati kerak emas! Ikkinchidan, men-ku kitob bilan band ekanman, o’zingiz aylanib o’ta olmadingizmi? Yoki nima, men bilan to’qnash kelishni shunchalik istayotganmidingiz?)-Miss Lee o’zi bilmagan holda haqiqatni gapirib qo’yayotgandi. Bundan esa Mister Kim o’ng’aysizlandi
-n.nimalar deyapsiz?! Agar istasam, atrofimda sizdan go’zal xonimlarni to’play olaman! Sizni esa menga umuman qizig’ingiz yo’q!)-u ortiq gapni cho’zishni istamay, shahdam qadamlar bilan u yerni tark etdi
-ahmoq, surbet!)-ortidan shivirlagach, qayta kitobiga e’tibor qaratdi Cheonsa…
Ular shu zayl har kuni to’qnash kelishda davom etishdi. Ho’sh, agar aniqlik kiritilsa, bular shunchaki “tasodif” emas, balki Mister Kim o’ylagan puxta “reja” edi!
Navbatdagi uchrashuv
Missis Kim oilasining kenja erkatoyi kelganligi munosabati bilan Mister Lee oilasini kichik tushlikka taklif qilgandi. Garchi, Mister Lee oilasi unchalik baobro’ oila bo’lmasa-da, ular bilan gaplashish va yaqin aloqalar kishilar qalbini shod etardi. Hamki, Missis Kim sevimli qizi Miss Sumi Missis Lee ning qizi bo’lgan Lee Cheonsa bilan do’st tutinishini istardi. Shuning uchun ham u Miss Cheonsani kelishini alohida ta’kidlab o’tdi
Kim xonadoni
-sizlarni ko’rganimdan xursandman, Missis Lee!)-Missis Kim mehmonlarni qarshi oldi va yoniga go’zal qizini ham chaqirib oldi
-mana sizlarga aytgan yoqimtoyim, Miss Sumi)-ayol qizini o’zgacha faxr bilan tanishtirdi va ular stol atrofiga joylashishdi
Atrofdagi hamma o’z hamfikr jufti bilan qizg’in suhbat olib borardi. Sumi va Cheonsa biroz uzoqrog’da o’tirganligi bois uncha so’zlasholmas, lekin ikkisi ham bir- biriga juda yoqib qolgandi. Birozdan so’ng oraga kichik Mister Kim ham qo’shildi. Uning kamgap ekanligi hisobga olinsa, u faqat Miss Lee ni kuzatib o’tirish bilan band bo’ldi. Ora-sira singlisi va Cheonsaning suhbatiga qo’shilib qo’yardi.
-akajon, Miss Lee bilan birga biror kun Shahardan tashqariga chiqsak juda soz bo’lardi. Bizga hamrohlik qilasizmi?)- Sumi
-bilmasam, bu ortiqcha deb o’ylayman..)-gapini yakunlab, qizga qarab qo’ydi Kim
-menimcha ham… bu shart emas.. ya’ni siz biznikiga borganingizda ikkimiz miriqib suhbat quramiz. Tashqariga chiqish esa qochib ketmas..?!)-noqulaylikdan chiqish uchun tabassum qildi Cheonsa
-ha-a, mayli nima ham derdim..)-Sumi
-menimcha ham tashqariga chiqmaganingiz ma’qul! Yo’qsa, Miss Lee kitobiga sho’ng’igancha shu qadar atrofdan uzilib qoladiki, seni ham biror xodaga urilib ketishing ehtimoldan holi emas!)-yengil kesatib qo’ydi Kim
-siz kitob o’qiysizmi?)-hayajonlanib so’radi Sumi
-ha… ammo ba’zi birovlar buni aqlli ko’rinish uchun deb o’ylashi meni nihoyatda hafa qiladi! Ammo, dilimga olmayman, axir hamma o’zi qanday bo’lsa, o’zgalarni ham shunday deb o’ylashi turgan gap!)-qiz ham “qattiqroq” kesatib qo’yarkan, bu orada Miss Sumi bu kabi so’zlarni qulog’i tagidan o’tkazib yuborar va o’ziga qiziq bo’lgan boshqa savollarni berardi
Shundan so’ng ikki oila o’zaro xayrlashib, keyingi safar Mister Lee lar xonadonida uchrashishga kelishib olishdi…
ERTANGI KUN TONGDA
-Cheonsa, azizam, qayergadir otlandingmi?)-eshikdan chiqib ketayotgan qiziga savol berdi Missis Lee
-ha, biroz tashqarida sayr qilaman..)-u nim tabassum qilgach, uydan chiqib ketdi va doim borishni yoqtiradigan o’sha manziliga -Nezerflinddagi katta o’rmon yoqasiga yo’l oldi. Qo’lida esa- “ishqiy roman”
U o’rmon yoqasidagi katta xodaga o’tirib olgancha, kitobini o’qishga kirishib ketdi. Bu vaqtda esa atrofda kimdir ov qilish bilan band edi..?!
Birozdan so’ng qizni kitob ichidan chiqishga majbur qilgan baland o’q ovozi yangradi. U shunchalar qo’rqib ketdiki, xatto kitobi qo’lidan tushib ketdi. Biroz nariroqda esa yana o’sha takabbur nusxa!
-ataylab shu yerda otdingizmi?)-jahl bilan so’radi Miss Lee
-hechamda! Qush shu yerdan uchayotgandi, afsus ura olmadim!)-o’zini oqlashga o’tdi Mister Kim, xuddi buni atay qilmagandek!
-sizni takabbur va dimog’dor desam, g’irt yolg’onchi ham ekansiz!)-qiz yerdan kitobini olib yeng uchida artdi
-Sizga har safar haqorat qilishni bas qilishingizni aytishim shartmi? Aslida, siz ham g’irt tuhmatchi ekansiz!)-Mister Kim
-qanday bo’lmag’ur gap!)-achchiq kulib qo’ydi U..
-rostini ayting, Miss Lee, meni sevib qoldingizmi?)-bir qoshini yuqori ko’tarib dedi Mister Kim
-n.nimalar deyapsiz? Sizniya? Men bunchalar ahmoq bo’lishim uchun boshimga katta daraxt xodasi bilan urishlari kerak!)-u ortiq so’zlashishni istamay o’rnidan turdi
-men esa allaqachon aql-u xushingizni olib qo’yganimga shubha qilmayman! Axir har tomonlama mukammalman!)-Mister Kim
-Mukammallik sizga yot bo’lgan sifat! Sizni bezbet desak, haqiqatga yaqinroq bo’larmidi..?!)-Miss Lee gapirib yigitning yonidan bee’tibor o’tib ketdi
-men doim salomga yarasha alik olganman! Agar sizga qo’pollik qilayotgan bo’lsam, siz ham andishali emassiz!)-Mister Kim
-yaxshi, davom eting! Siz bilan oila quradigan qizga rahmim kelayapti!)-u biroz balandroq ovozda gapirgancha, yo’lida davom etdi
Uning ortidan tikilib qolgan yigit esa asta pichirlab qo’ydi:
-insonlar doim ham o’zlariga achinaverishmaydi!)-va lab uchida tabassum qildi
Mister Lee xonadonidagi yig’ilish
Missis Lee xonim kelajak mehmonlar uchun shunaqangi tayyorgarlik ko’rdi-ki, hatto bir soniya dam olmadi! Negaki, uning o’zi ham Mister Kim ni qizi Cheonsa bilan oila qurishiga umid bag’ishlagandi. Va u bu istak yo’lida hamma narsaga tayyor edi!
Mehmonlar kelishgach yana stol atrofiga jam bo’lishdi. Endingi yig’ilishda katta Mister Kim o’z jiyanini ham yig’ilishga olib kelgandi. U juda quvnoq va ancha xushmuomala yigit ekani yuz ko’zidan ma’lum edi
U Cheonsa bilan bir deganda gaplashib ketdi va qizg’in suhbat qurishga ham ulgurishdi. U Miss Sumi va Miss Cheonsaning o’rtasidagi o’rindiqda o’tirgancha ajoyib suhandonlik qilardi. Bu suhbat hammaga ma’qul kelardi faqat bir kishidan tashqari- Mister Kim Seok Jin
U goh gohida rashk va g’azab qorishgan nigohini qarshisidagi o’rindiqda o’tirgan qizga qaratib qo’yar hamda kesatiq gaplar bilan suhbatga yakun yasashni istardi
-Miss Cheonsa, do’stim Mister Kim haqdagi fikringiz qanday?)-so’radi suhbat o’rtasida Mister Hong
-umm… nima desam ekan.. ijobiy deya olmayman..)-tabassum aralash dedi Cheonsa
-ohh, undagi ba’zi sifatlar bunga qarshilik qiladi..)-kulgiga qo’shildi Mister Hong
-men yengiltaklik qilib, hamma bilan til topisha olmayman! Miss Lee, siz buni ayb deb sanamassiz?)-so’z qotdi Mister Kim
-Insonlar orasidan ajrab chiqib, o’z qarashlariga yopishib olishni ayb deb sanamasam, unda nima deyman?)-Miss Lee
-akam biroz o’jar va jiddiy! Uni bu shahsiyati bolaligidan shakllangan!)-gapga qo’shildi Miss Sumi
-ha, albatta, u chindan kamgap va o’jar! Ammo uning shu hislatlari unga yanada ustunlik baxsh etadi deb o’ylayman!)-tasdiqladi Mister Hong
-menga esa ochiq ko’ngil va murosali kishilar bilan suhbatlashish ko’proq yoqadi. O’z qarashlarimga tayanadigan bo’lsam, shunday insonlarda ustunlik bor degan bo’lardim!)-nigohini Mister Kimga qaratib dedi Miss Lee
-ha-a-a, demak, yengiltak kishilar bilan suhbat xush yoqarkanda? Bilasizmi, ba’zan juda tushunarsizsiz!)-Mister Kim
-Tan olaman! Men hamma ham osonlikcha tushunib ketaveradigan insonlar sarasidan emasman! Va bundan mamnunman!)-shu zayl davom etayotgan qaltis suhbatni biroz yumshatish uchun Miss Sumi so’zni ilib ketdi
-Miss Lee, nima deysiz, menga xonangizni va kitoblaringizni ko’rsatasizmi?)-Miss Sumi
-ohh, albatta azizam! Qani yuring!)-ular birgalashib davrani tark etishdi va qizning xonasiga ko’tarilayotganlarida ortlaridan kelgan qadam tovushi sabab ortga qarashga majbur bo’lishdi. Bu- Mister Kim edi!
-biz holi gaplashib olishimiz kerak!)-u singlisiga shunday deb, Miss Lee ning qo’llaridan mahkam tutgancha yuqoriga sudradi
-qay biri sizning xonangiz?)-jahl bilan so’radi Mister Kim
-nimalar qilyapsiz? O’zingizni kimman deb o’ylayapsiz? Xoziroq qo’yib yuboring!)-qiz qo’lini bo’shatishga qancha urinmasin bu ilojsiz edi. Shunda yanada qattiqroq tovushda Mister Kim vishshilladi:
-Xonangiz qaysi biri dedim!)-dedi u jahl bilan. Shundagina qiz taslim bo’ldi va xonasiga ishora qildi
-nima u sizga shunchalik yoqib qoldimi?)-xonaga kirishi bilanoq savol berdi Mister Kim
-kim haqda gapiryapsiz?)-Cheonsa
-o’zingizni go’llikka solmang! Mister Hong ni ikki og’iz shirin so’ziga aldanmagandirsiz?)-battar g’azablanardi U..
-sizga nima? Baribir emasmi?!)-javob qildi Miss Lee
-baribir emas! Ortiq unday emas! Shu paytgacha hislarimga chegara qo’ydim va siz sevib qolmaslikka chin dildan harakat qildim ammo… qayerdagi yengiltak erkak bilan mening yonginamda kulishib o’tirishingiz hislarimni battar alangalatdi! Istamasamda sizni sevaman! Shu qadar yoqtirib qoldimki, endi mendan o’zgasiniki bo’lishingizni istamayman!)-baland ovozda gapirgach qizdan ijobiy javob olaman deb kutgan yigit, qizning javobidan so’ng o’zini yerga urilgandek his qildi
-sizningcha, shuncha gap-so’zdan so’ng sizni sevib qolamanmi? Hech qachon! Men siz kabi takabbur va beodob insonni sevmayman! Axir, o’zingiz avval aytmadingizmi, men sizning didingizga umuman to’g’ri kelmasligimni?)-endi yurakka o’qlarni birma-bir sanchish navbati qizniki edi
-hahh… Mister Hong kabi sizga yaltoqlansam yoki shirin gaplar bilan atrofingizda girdi kapalak bo’lsam sevib qolarmidingiz? Nahot, men sizni shunchalar bezovta qilsam?)-o’ziga sig’may so’radi Mister Kim
-Ha! Men siz bilan bo’lsam o’zimni noqulay his etaman va doim aziyat chekaman! Siz hatto tilingizni ham boshqara olmaysiz!)-Miss Lee
-demak, rad etasizmi?)-oxirgi umidi ila so’radi U…
-afsus, buning uchun meni ayblamassiz, Mister Kim?)-Miss Lee
-unday bo’lsa, men mehmonlar oldiga ketdim!)-ular suhbatni yakunlashdi va bir birlaridan uzoqlashishdi
Ular bir-birlarini ko’rishmadi degani Mister Kimning sevgisi ham o’z poyoniga yetdi degani emasdi, albatta! Ammo u muhim ish bilan Londonga ketishiga to’g’ri kelib qoldi. O’sha kuni tunda u oxirgi marta sevganini ko’rish ilinjida, g’ururini bir chetga surib, qizning uyi atrofida 2soat aylanib yurdi. Vanihoyat… qiz ham ko’rinish berdi. U doimgidek, o’rmon yaqinidagi joydan qaytayotgandi…
-hayrli oqshom, Miss Lee..)-birinchi so’z boshladi Mister Kim
-sizga ham hayrli oqshom, Mister Kim..)-qiz biroz hijolat bo’lib javob qaytardi
-havo juda yaxshi bo’lyapdi, balki biroz sayr qilsak, zarar qilmas?)-entikib so’radi Mister Kim
-kechirasiz, ammo yetarlicha sayr qilib charchadim..)-u yumshoqlik bilan yigitning taklifini rad etdi
-ketayotganimdan xabaringiz bo’lsa kerak..?!)-Mister Kim gapni cho’zmay maqsadga ko’chdi
-ha… eshitdim.. ko’pga ketyapsizmi?)-gap topolmay so’radi qiz
-ha.. butun qish bo’yi Londonda bo’lishni reja qildim. Yangi yilni ham Londonda kutib olaman..)-oydinlik kiritdi yigit
-tushunarli.. u yerlar juda ajoyib ko’rinsa kerak..?!)-Miss Lee
-ha, juda… menga aytadigan boshqa gapingiz yo’qmi?)-so’radi yigit
-yo’q.. qanday gap bo’lishi mumkin?)-tushunmay javob qildi Cheonsa
-istalgan jumla… har xolda 3oy mensiz yashaysiz, zerikib qolmaysizmi?)-holi bo’lmasa-da, tabassum qildi Mister Kim
-aslida, hayollarim biroz tartibga keladi va asablarim tinchlanadi!)-ichidan o’tkazdi Cheonsa va dedi:
-ha, hech kim jig’imga tegmasa qanday bo’larkin?)-ular birga biroz kulishdi
-havo ham sovub qoldi, uyga kira qoling. Keyingi yil ko’rishguncha, Miss Cheonsa…)-qizga mehr to’la ko’zlarini tikib, so’ngi bor to’yib qaradi
-yaxshi yetib boring..)-u boshqa nima deyishni bilmay, uy tomon harakatlandi
-Miledy..?)-qizning ortidan balandroq tovushda gapirdi Mister Kim
-sizga.. xat yozib tursam qarshi emasmisiz? Bu bilan sizni chindan bezovta qilmayman, shundaymi?)-uni avvalgi takabburona ko’rinishidan asar ham qolmagandi
-albatta, bu muammo tug’dirmaydi..!)-qizning birgina so’zi unga quvonch bag’ishladi ammo buni sezdirmadi
-bilgandim.. shirin tushlar tilayman, ko’rishguncha..)-va ular shu zayl xayrlashishdi….
3oy davomida shu qadar ko’p narsalar o’zgardi-ki, xatto ishonish qiyin. Miss Cheonsa o’z sevgisiga iqror bo’ldi!
Ha, u endi Mister Kimni butun vujudi bilan sevib qolganini tushunib yetdi va hislariga ortiq to’siq qo’ymadi. U Mister Kim ketganidan so’ng butunlay yolg’izlanib qolgandek bo’ldi. Endi u boradigan joylar o’z qiymatini yo’qatgandek. Va u anglab yetdi-ki, qiz ham yoqtirgan joylariga tez-tez borishining asl sababi u yerda uchratishi mumkin bo’lgan insonni ko’rish ekan aslida! Mana, gap nimada!
3oy ichida Mister Kim atiga 2ta xat jo’natgandi. U hali ham hislarini ustidan hukmronlik qilardi. Ulardagi bu muhabbat g’urur ustiga qurilgandek. Mister Kim hislarini ochiq ifoda etmasada, singlisi Miss Sumi bilan ancha bemalol muloqot qilardi
Bir gal Sumi Miss Cheonsaga shunday degandi:
-Akam, menga shunday gaplar aytdi-ki, xatto avvaliga ishonmadim. Uning aytishicha, “Miss Cheonsaning ko’zlarida uyg’unlashgan andisha va g’urur shunchalar go’zal aks etadi-ki, eng mohir rassom ham buni qog’ozga tushira olmasa kerak!”
Tushunyapsizmi, Miss Lee, u sizni chindan juda sevadi!)-ular orasida bu kabi suhbatlar juda ko’p bo’lardi
3 oylik tanaffusdan so’ng ikki pinhon oshiqlar nihoyat visol oqshomiga yetishishdi. Mister Kim qizning iniga aylanib qolgan o’rmon oldiga kelar, Miss Cheonsa esa uni tantanavor tarzda kutib olardi. Ammo ular bir so’z ham demay, bir-birlariga tikilib turishdi. Axir, sog’inch hissi jon-jonlaridan o’tib ketgandida. Shundan so’ng, Mister Kim vaziyatni qo’lga oldi va qizning qo’llarini o’z kaftlari orasiga olgancha, ohista pichirladi:
-seni sog’indim…)-u shu qadar muhabbat bilan pichirlagandan, qizning hislari ortiq ichkarida qolmadi
-men sizni sevaman…)-qiz nigohini yerdan uzmay sekin pichirladi…
-Cheonsa… Cheonsa? Uxlab yotipsanmi? Qizim, tursangchi?)-xonaga kirib kelgan Lee xonim qizini koyishga o’tdi
-ha deganda, kitob o’qib uxlab qolishni o’zinga odat qilding! Qancha ish bo’lmasin, sen uxlashing kerak!)-onasi kuyunib bir nimalar der, u esa birdan bo’lib o’tganlarni shunchaki tush ekanini o’ylarkan, ko’zlariga yosh to’ldi. Onasi xonani tark etishi bilanoq yig’lab yubordi
-buning bari… tushmidi..?)-yig’isi battar kuchayarkan qiz yuzini yostiqqa bosdi
Birozdan so’ng esa pastdan qayta ovoz keldi
-CHEONSA! Do’konga chiqib kel!)-u onasining so’zlaridan so’ng ko’z yoshlarini artib pastga tushdi
Qiz tush ta’siridan chiqib ulgurmay, do’kon tomon ketarkan, hayoli hali ham o’sha “yoqimli” tushda edi! Qanday baxtli edi-ya! O’zi istagan asrda yashayotgan va eng asosiysi o’z baxtini topganda nega uyg’otishdi uni? U hafagazak ohangda asta pichirladi:
-men bu asrga tegishli emasman..! Bu zamon menga hecham yoqmaydi!)-u so’zlab bo’lgach, endi do’kon eshigini ochaman deganda ichkaridan chiqqan shahs tufayli yigilishiga oz qoldi
-kechirasiz..)-dedi qiz o’zini o’nglab va hayratdan qotib qoldi
-ko’zingizga qarab yursangiz bo’lmaydimi?)-unga do’q qilgancha yo’lida davom etdi yigit….