January 15

Tutqun🕷️

21-chapter🕷️

Xonaga ruhsatsiz kirib kelgan ayol eshik oldida turib qoldi. Qarshisidagi xolat unga yoqmagani chimirilgan qoshlari-yu bujmaygan yuzidan yaqqol sezilib turardi

-bandsiz chog’i..?)-deya ichidagi g’alayonni biroz tashiga chiqardi Ara

-Nega kelishing borasida ogohlantirmading?)- javoban qoshini ko’tarib so’radi Jeon

-so’rashim uchun kotibang ish o’rnida bo’lishi kerak emasmi Jeon? Bu qanday mas’uliyatsizlik?!)- Ara gap orasida Reichelga o’qrayib qo’ydi

-Men kettim Janob Jeon..)-qiz ta’zim qilgancha xonani tark etdi

-Uni ranjitding!)-dedi Jk norozi bo’lib. Uning ohangidan jahli chiqayotgani bilinib turardi

-unga mas’uliyatni o’rgatdim xolos!)-o’zini oqladi Ara

-Ara, bu yer karvonsaroy emas mening -Kompaniyam!)-Jeon

-Aynan! Bu yer yotoqxona emas, Kompaniya! Unutgan emas ekansan, amal qil!)-Ara bu keskinlik uzoqqa bormasligi uchun ohangiga xotirjamlikni qo’shgach gap boshladi

-nega endi urishishimiz kerak Jk? Axir, bu yerga seni ko’rish uchun keldim.)-dedi qiz Jeonni kursisi ortiga o’tib. U qo’lini erkakning keng yelkalariga qo’ydi

-seni sog’indim Jungkook…)-u engashib lablarini erkak lablari tomon olib bordi ammo… Bu xarakat Jungkook tomonidan keskin to’xtatildi

-Doimgidek!)-dedi jahl bilan Ara, boshini yonga burgan Jkga o’qrayib

-Doim lablaringa yetishishimga to’sqinlik qilasan! Nima, ularni ustida egasi bormi?!)-Ara

-egasi bor ekanini hali ham tushunmadingmi?)-Jeon

-o’sha qizmi? Nega aynan U? Yoki faqat mendan cheklaysanmi?)-so’radi Ara qizishib

-nafaqat sendan balki, Reicheldan boshqa barchaga bu taqiqlanadi! Mening lablarimni o’z egasi bor! Agar gaping tugagan bo’lsa xonadan chiq Ara..!)-dedi Jeon biroz xotirjam tortib

-Lanati! O’sha qizni deb sen bilan doim urishamiz!)-u jahl qilgancha xonani tark etdi

Jeon

-Kotiba Kang?! Ketamizmi?)-ish vaqti tugagach sevgilisiga taklif berdi Jeon

-ketamiz Amaki..)-dedi Rei biroz xomush ohangda

-nimadir bo’ldimi?)-Jeon

-aytarli hech narsa.. qornim och)-Rei

-ovqatlangani boramiz unda!)-u sevgilisining kichik qo’llarini kaftlari orasiga oldi va eshik tomon yo’naldi

-Amaki, balki bu safar sizni men mehmon qilarman a..?)-dedi Rei bo’y cho’zib

-nima keragi bor? Men seni ajoyib restoranga olib boraman)-Jeon

-yo’q, men sizni o’zim yoqtirgan joyga olib bormoqchiman)-dedi qiz qaysarlik bilan

-ho’sh, qayer ekan?)-Jeon mutlaqo xotirjam edi

-borganda bilasiz..)-dedi qiz tabassum bilan

Kichik oshxona qarshisida turgan juftlik ichkaridagi olomonga quvlik bilan nazar solardi. Reichel ko’zlarini intizorlik bilan eshik tutqichiga qaratgan bo’lsa, Jeoning ko’zlaridagi aks etgan hayrat va jirkanish uyg’unligi tashqaridan juda kulguli ko’rinardi

-shu yerga kiramizmi?)-dedi Jeon ko’zini ichkaridagi “madaniyatsiz” odamlardan uzmagan holda

-ha.. ajoyib shundaymi?)-qiz endi ko’zlarini oldidagi erkakga qaratdi va birdan yuzi burishdi

-nega bunday qaraysiz? Nima hech kelmaganmisiz?)-Rei

-Rei, sen meni chindan shunaqa “axlatxonaga” olib kirmoqchimisan?)- Jeon Reiga tushunolmay qaradi

-bu yer- Oshxona! Va taomlari chindan mazali!)-dedi qiz qo’rslik bilan

-Taom doim ham birinchi o’rinda emas! Atrof-muhit deganday…?)-u bir qoshini ko’targancha gapirarkan qiz erkakning bilaklaridan mahkam tutib ichkariga tortdi

-Hey Hey! Chindan kirishni istamayman! Qochsangchi!)-Jeon o’zini ortga tashlab qarshilik qilar, Reichel esa aksini qilib uni ichkariga sudrardi.

Ular ming mashaqqat bilan kichik stolga o’tirishdi. Va taom tanlashga kirishishdi

-sizga nima buyuray?)-Rei

-hech narsa! Men bunaqa taomlar yemayman!)-Jeon

-asabimga tegmang! Juda mazali dedimku!)-qiz

-ha-ha, mazali! Atrofchi a? Shunaqa madaniyatsiz odamlar bilan ovqatlanamizmi? Aytsang, restoranga borardik!)-u xuddi “istagi bajarilmagan” yosh bolaga o’xshab qolgandi

Taomlar birma-bir stolga qo’yilarkan Reichel ko’zlarini katta katta ochgancha ishtaxa bilan pushti lablarini yalab qo’ydi. Jk esa buning aksi… uning yuzi ovqatlarga emas atrofdagi odamlarga qaragan edi. Atrofdagi “Soju” hidi va baqirib gaplashayotgan odamlar uning ko’nglini behuzur qilgandi

-qachon ketamiz a?)-dedi norozi ohangda U

-avval yeylik..)-qiz erkakga e’tibor qilmay ovqatlanishga tushdi

-yemaysizmi?)-so’radi U

-yo’q…)-yuzini burishtirdi erkak

-ahmoqsiz! Mana buni yeb ko’rishingiz kerak!)-u qo’lidagi ovqat to’la qoshiqning erkakning og’ziga yaqin olib keldi

-yemayman shartmas!)-dedi Jeon yuzini burib

-Jag’ingizni urib sindirmasimdan og’zingizni oching, Azizim!)-dedi Reichel jahl bilan kulgancha

-Azizim?)-qosh chimirib so’radi Jeon

-qani AAAAA dengchi..)-qiz og’zini ochib imo qildi

-azizimmi?)-qayta takrorladi erkak va nim tabassum qildi

-ochmaysiz a?)-dedi Rei qovoq uyib

-qani yedirib qo’ychi!)-Jeon xuddi yosh boladek ovqat berishlarini kutarkan lab chetida kulib turardi

-mmm….)-dedi u ovqat to’la og’zini sochiq bilan artib

-ho’sh..?)-qiz qiziqsinib erkakga yaqinlashdi

-mazali… o’ylamagandim)-Jeon

-ana! Ayttimku mazali deb! Siz esa noz qildingiz!)-u qaddini kerib qo’ygach ovqatlana boshladi

-men noz qilmayman)-Jeon yuziga qayta jiddiylik niqobini taqqandi

-ha, ha albatta, endi ovqatlanaylik..)-Reichel ovqatlanishga kirishdi

Stoldagi ovqatlar tugagach Reichel qo’liga “Soju” larni oldi

-bu nima?)-so’radi qiziqib erkak

Qiz esa og’zini lang ochgancha Jeonga qarab qoldi. Nahotki, U chindan ham “Soju” nima ekanini bilmasa? Axir kareys emasmi?

-nima chindan bilmaysizmi?)-dedi hayron qolib

-ha nima u..?)-erkak esa butunlay xotirjam tarzda qizning qolidagi shisha nima ekanini aniqlashni xohlardi

-bu Vino kabi alcogol! Lekin u kabi achchiq va o’tkir emas. Odatda, oddiy aholi shundan ichishadi. Juda ajoyib)-dedi qiz to’lqinlanib

-negadir bugun menda g’alati narsalarni sinab ko’ryapsan Rei…)-Jeon ko’zini hiyol qisib gapirdi

-men sizga ajoyib narsalarni tuhfa qilyapman bilsangiz agar!)-dedi U o’zidan g’ururlanib

-agar alcogol bo’lsa ichmayman..)-Jeon

-Eh? Nega?)-Rei

-chunki ko’taraolmayman. O’zimni boshqarolmay qolaman. Shunga ichmayman..!)-Jeon

-Vauv, chindanmi? Nahotki, Mafia olamining qiroli bo’lgan-KJ oddiy Sojuga yengilsa? Kulguli!)-dedi qiz mazaxomuz ohangda

-Va sening ko’zlaringa!)-Jeon

-nima?)-Rei

-Men yengiladigan ikkita narsa mavjud! Biri spirtli ichimliklar bo’lsa, biri-Sening jigarrang ko’zlaring…)-u shu qadar berilib gapirarkan, qizning ko’zlaridan ko’zini uzolmasdi

-siz… siz juda ramantiksiz..)-dedi qiz kulib

-men rostgo’yman!)-Jeon

-endi ketamizmi?)-so’radi Rei

-Ketamiz..)-Jeon

3 kundan so’ng

•~Reichelning tug’ilgan kuni..•

Uyga mos ranglardan foydalanib bezalgan xona, uchar sharlar, mehmonlar va buni tashkil qilayotgan shahslar… Bari Reichel uchun edi. Uning sevgilisi tomonidan…

-uning uchun unutilmas bo’lishi kerak..!)-derdi Jeon o’ziga o’zi

Kutilgan lahzalar yaqinlashgach, mehmonlar bir joyga yig’ilishdi va Reichelni o’rtalariga olishdi. U bir yonidagi ajoyib tug’ilgan kun tortiga bir yonidagi tabassum qilayotgan odamlarga nazar tashlab jilmayib qo’yardi. Shu on o’rtaga Jeon chiqdi va qizga shamlarni o’chirishga to’sqinlik qildi

-Reichel… men senga o’z sovg’amni bermoqchiman)-dedi u qizga yaqinlashib

-nima u?)-so’radi qiz

Shunda Jeon cho’ntagidan kichik quticha chiqardi. Va sevgilisining ko’zlariga tikilib qutini ochdi. Nikoh uzugi!

PovReichel:
~Aqldan ozishimga bir bahya qoldi! U menga aynan tug’ilgan kunimda bu taklifni kiritadi deb sira o’ylamagandim! Yaramas Jungkook! Xatto ta’zim qilmadiya! Axir hamma qizlarga uzukni ta’zim qilib berishadi-ku!

Ryujin kiygan libos

-haligi… men… menga vaqt kerak… menimcha)-qiz hayajondan nima deyishini bilmay qoldi

Shu payt ortdan ovoz eshitildi:

-Rozilik bersangchi…?!)-dedi mehmonlarning eng quyi tarafidan kelgan ovoz sohibi

-Janob Ritsar?)