Hate or love
Yangi kun, yangi sarguzashlar va yangi odamlar…
Koreaning katta ko’chalarida katta tezlikda ketayotgan mashina kichik bir cafe oldiga kelib to’xtadi. Ichidan tushgan yigit cafe ichiga kirib borarkan, anchadan buyon uni kutib o’tirgan qiz qayerda ekanligini qo’l silkib ma’lum qildi
-juda ko’p kuttim,axir..!)-Haesoo og’zini havoga to’ldirgancha gapirarkan, Taehyung asta jilmaydi
-kechir! Yo’llar tirbantligi uchun qolib kettim..)-tae
-mayli bo’lar ish bo’ldi. Meni qornim och. Nimadir buyurtma qilmaymizmi?)-haesoo
-ho’sh, mening yoqimtoy sevgilim nima istaydi)-tae
-yoqimtoy sevgiling seni istaydi azizim..)-yigitning ko’zlariga tik qarab gapirarkan, ovozi anchayin shahvoniy eshitildi
-men ham sevgilimni istayman, biroq hozir mavridi emasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz to’g’rimi?)-tae
-afsuski,ha!)-o’zini butunlay o’rindiqqa tashlab gapirdi Haesoo
-unda men juftliklar taomi ni buyurtma qilaman!)-tae
-ajoyib..)-istamaygina javob qildi qiz
~•~•Shifoxona~•~•
Yoona ancha yaxshilangan, yuzlari ham biroz jonlangandi…
Shifoxona shiftiga qarab uzoq o’yga tolgan qiz, xonaga kirib kelgan odamdi payqamay qoldi
-Yoona! Yoona yaxshimisan qizim? Ahvoling joyidami?)-xonaga havotir bilan kirib kelgan qaynonasi tufayli hayol ummonidan chiqqan qiz o’rnidan turmoqchi bo’ldi
-hoy nima qilyapsan? Turma.. ahvoling joyida emasga o’xshayapti?)-Kim xonim
-unday emas oyijon… men yaxshiman. Hammasi joyida)-qaynonasini yupatgan bo’lib asta jilmaydi
-qizim…! Mening bo’lajak nevaram? U yaxshimi? Seni homilador ekaningni aytishdi. Juda sevindim. Nihoyat men buvi bo’laman!)-kim xonim
-haa… u ham yaxshi.. menimcha)-yoona
-endi menga qara! Bugundan o’zingni asra! Toliqtiradigan hech qanday ish qilma! Ko’ngling nima tusasa Taehyunga ayt! Hozir homila kichik shunga ortiqcha yomon ishlar sodir bo’lmaydi. Ammo, homila kattalashsa o’zinga e’tiboringni kuchaytir. Ho’pmi?)-kim xonim
-bunchalik tashvishlanishingiz shart emas oyi… qolaversa Tae ham… menga juda…. Mehribon)-yoona
-axir u seni sevadi! Mehr bermay sevib bo’larkanmi? Sevgi-qo’ldan berish ila sodir bo’ladi…)-kim xonim
-haa sevadi..)-asta gapirdi yoona
-endi uyga ketamiz! Seni o’zim olib boraman. Qani yur)-kim xonim
Ular birgalikda Taening uyiga yo’l olishdi. Yo’l davomida miriqib suhbat qurishdi…
Kechgi soat 22:45
-yo Xudo! Bu daydi bola qachon qaytadi o’zi? Shu quloqsiz bola ota bo’lishiga ishonolmayman!)-kim xonim eshikdan ko’zlarini uzmay gapirarkan yoona sekin qaynonasining oldiga yaqinlashdi
-havotir olmang! Qaytadi. Qayerga ham ketardi…)-oxirgi gapini o’ziga eshitilgudek qilib gapirdi Yoona
-qaytishga-ku qaytadi ammo qachon? Bu yaramas bola kelsa o’zim tazirini beraman!)-kim xonim
-asabiylashmang oyi hali…)-yoona gapini yakunlamasdan eshik qo’ng’irog’i chalindi
-ana keldi. Men hozir!)-yoona shoshib eshik tomon yurdi. Nozik qo’llari bilan eshik tutqichlarini asta buradi-yu ko’rishi kerak bo’lmagan manzara bilan to’qnashdi…
-salom..)-katta yoshli ayol va Taehyung eshik oldida turishardi…