Tutqun🕷️ 2 season 19-chapter
2 season 19-chapter
Katta omborxonaning sovuq devorlari orasida, o’z kursisiga suyangancha, kelishi kutilayotgan mehmonni kutayotgan~ Jeon ko’zlarini bir nuqtadan uzmasdi. Shu on hayollarni to’zg’ituvchi zarb bilan eshik ochildi
-Janob, shoshmang..)-erkak ortidan yugurgilab kelgan xizmatchi ham xonaga kirdi va ta’zim qilib uzr so’radi
-Kechiring Janob Jeon! U juda tez harakatlandi..)-dedi xizmatchi hansiragancha
-Yolg’iz qoldir!)-dedi Jeon xotirjamlik bilan va qarshisidagi “dushman” ni o’tirishga taklif qildi
-nafasingni rostla. Bu yerga urishgani kelmading axir..!)-Jeon
-sen bilan do’stlashgani ham kelmaganim aniq Jeon! O’zingdan ahmoqni yasama!)-Jaehoo
-men seni yakka suhbatga taklif qildim, nega yugurdaklaring bilan kelding?)-ortdagi 6-7 ta barzangiga ishora qilib gapirdi Jeon
-chiqinglar!)-buyruq berdi Jaehoo yigitlariga
-endi gapir! Meni chaqirishdan maqsad nima?)-so’radi Jaehoo yolg’iz qolgach
-bularning barini tugatmoqchiman. O’rtadagi nifoq devorini ham olib tashlash niyyatim bor biroq… bu bir tomonning xohishiga ko’ra qilinadigan ish emas! Shunday ekan, ortiqcha his-tuyg’ularga berilmay, barini tugataylik!)-Jeon
-tugatishmi?)-qah-qah otib kuldi Jaehoo
-aqldan ozganing aniq! Sen doim suvdan quruq chiqishni istagansan Jeon! Doim iflosliklaring uchun tovon to’lamaslikni afzal ko’rgansan! Shunchalar xudbinsan-ki, necha minglab insonlar hayotini barbod qilganing qiziq emas!)-g’azab bilan birma-bir so’zladi Jaehoo
-eslatib o’tay, sen ham qanotsiz farishta emassan! Bu olamga kirganlarning bari Xudbin! Ular xudbin bo’lishga mahkum shahslar!)-javob qildi Jeon
-Biz mahkumdirmiz, ammo xudbinlikka loyiq emas! Bizning ham tinch hayotimiz bor edi.. qachonlardir.. sen paydo bo’lishingdan avval! Sen barini barbod qilding! Barchamizdan tinchligimizni ham sevganlarimizni ham tortib olding! Endi esa uyalmay tinchlik bo’lsin deyapsan! Aslo! Bunga aslo rozi bo’lmayman! Akam uchun qasos olaman va sendan ham sevganlaringni tortib olaman!)-u shahd bilan o’rnidan turdi va ichki ko’ntagidan to’pponcha chiqarib, Jeonning yuragiga o’q uzdi
Erta tongdan nihoyat o’z uyiga tashrif buyurgan Reichel avval nonushta tayyorlashga kirishdi. U ukasi va dugonasi uchun nonushta tayyorladi va ularni chaqirish uchun oshxonadan chiqdi. Ammo Donghwa va Yerim allaqachon oshxona eshigi oldida, arvohni ko’rgandek qotib turishardi
-hayrli tong… hoy? Nima arvoh bor ekanmi u yerda?)-qoshlarini chimirib savolga tutdi qiz
-unday emas..)-tezda javob qildi Yerim
-seni sog’indim..)-u vaziyatdan chiqishning eng oson usuli bu quchoq ekanligini anglab, dugonasini bag’riga bosdi
-men ham juda sog’indim..)-Reichel ham javoban mahkam quchdi
-men ham sizni sog’indim..)-Donghwa ham ularni bag’riga oldi. Bu vaziyatdan noqulay ahvolga tushib qolgan Yerim, undan tinmay nari qochishni so’rardi. Donghwa esa mamnun yuz ifoda bilan ularni quchib turishda davom etdi
-axir men ham opamni sog’indim..)-bahona qilardi U..
Nonushta uchun stol atrofiga yig’ilgan kichik oila avvalgidek baxtli edi… ulardagi tabassum samimiy va porlayotgan ko’zlarida esa muhabbat o’z aksini ko’rsatardi
-demak, endi sizda hammasi yaxshi shundaymi?)-Donghwa
-ha, a’lo darajada! Sizlardachi? Yo’qligimda qiynalmadingizmi?)-Rei
-nega qiynalamiz? Qaytanga hammasi o’z o’rniga tushdi..)-ataylab kuldi Donghwa
-ko’ngil uchun ham sog’indik demaydi bu ahmoq! Xuddi men emas Yerim sening opangdek! Mazza qilib birga yashagandirsan hoynahoy!)-jahl va kesatiq bilan so’zladi Rei. Gap so’ngida ensasini qotirib qo’yishni ham unutmadi
-n.nega.. men bilan yashaydi?)-xuddi siri fosh bo’lgandek duduqlanib gapirdi Yerim
-seni sevgan oshiqdek xuddi! Tavba!)-Reichel o’zi bilmagan holda haqiqatlarni so’zlayotgandi
-u.. shunchaki ukam! Y.yana qanaqa sevgi a..? Tavba..)-o’zini bosib olish uchun suvdan ho’pladi Yerim
-aslida, ortiq yashirib nima bor? Ha, Yerimni sevaman va u ham meni sevadi!)-shart maqsadga ko’chdi Donghwa
Yerim esa ichayotgan suviga tiqilib qoldi
-hoy yaxshimisan? Hazillashyapsizmi men bilan? Bo’lishi mumkin emas!)-jiddiylashdi Reichel
-mutlaqo jiddiy!)-donghwaning so’zini Yerim bo’ldi
-U ALDAYAPTI!)-birdan baqirib yubordi U
-nega baqirasan?)-tushunarsiz qarada Donghwa
-yolg’onmi? Axir u Rei va u buni bilishi kerak!)-e’tiroz bildirdi Donghwa
-mendan hijolat bo’ldingmi?)-so’radi Rei dugonasidan
-biz… sen o’ylagandek emas….)-nigohini dugonasining ko’zlariga qaratolmay yerga qaragan Yerim o’zini oqlardi
-seningcha bu sevgiga qarshilik qilamanmi?)-Rei
-yo’q… shunchaki.. u sening ukang… men esa dugonangman..)-yerim
-Aynan! U ukam va sen dugonam bo’lganing uchun ham buni ijobiy yangilik deb bilaman! Va hech qachon.. agar sen dugonam bo’lmaganingda ham ukamning qaroriga qarshi chiqmasdim! Ammo bu men sizlardan hafa emasligimni anglatmaydi! Mendan sir tutdingiz!)-yuzini ters burdi Rei
-opa..)-dedi Donghwa erkalanib
-jim bo’l! Sen bilan umuman gaplashmayman! Menga aytmay shuncha ishni hal qilipsan, qoyil!)-rei
-o’sha paytda anavi Jeon bilan birga edingiz!)-Donghwa
-uni aralashtirma, mishqi!)-javob qildi qiz
-unda siz ham sevgilimga qo’pollik qilmang!)-u o’rnidan turib Yerimning yelkasidan quchdi
-voy yaramas! U sendan avval meni dugonam bo’lgan!)-jahl qildi qiz
-nima farqi bor? U meni ko’proq sevadi!)-Donghwa
-hozir qo’limga tushsang dabdalangni chiqaraman!)-u qo’liga oyoq kiyimini ushlab do’q urdi
-hoy! Bas qiling! Donghwa sen ham joyinga o’tir Rei sen ham!)-baqirdi Yerim
-Hoy sen! Umuman ovozingni balandlatma! Unutma, yaqinda kelinim bo’lasan!)-biroz daqiqalik jiddiylikdan so’ng kulib yubordi Reichel. Unga qo’shilib qolganlar ham
-hafa emasmisan?)-so’radi Yerim
-meni “onnie” deb chaqir!)-Rei
-hoy! Axir biz tengdoshmiz!)-Yerim
-axir bo’lajak eringning opasiman! Demak, senga ham opa bo’laman! Qani bo’l!)-rei
Ular shu zayl baxt sharobini qayta ichisharkan, kimlardir chidab bo’lmas og’riq bilan kurashardi ~ Jeon Jungkook
Jungkookning shifoxona ekanligini eshitgan Reichel qotib qoldi. Va u ChangWook bilan shifoxonaga qarab yo’l olgandi.
FLASHBACK
Xonada o’q ovozi yangragandan so’ng Jeonning qo’riqchilari xonaga kirishdi va Jaehooga ham o’q uzishdi. Qizig’i shundaki, Jaehoo qimir etmadi. Go’yo o’limiga tayyorlanib kelgandek edi.. Shundan so’ng Jeonni shifoxonaga olib ketishdi..
FLASHBACK TUGADI
Unga hech narsa qilmagan shundaymi?)-shifoxona binosiga kirishda so’radi Reichel
-umid qilaman..)-qizning yig’i to’la ko’zlariga qarab gapirdi ChangWook
Ular Jarrohlik bo’limi oldida kutishardi.
4 soat…
Ular eshik ochilishini naqd 4 soat kutishdi.
-Doktor..)-oldiga bordi Changwook
-hammasi joyida.. bu qiyin edi ammo uddaladik. U juda baquvvat! U buni ham uddalay oldi. Hotirjam bo’ling, Janob Jeonni ertaga ko’rishingiz mumkin!)-shifokor shularni aytgach, ko’zdan g’oyib bo’ldi…
-uni ertaga ko’ramiz..)-qizni bag’riga bosdi Changwook
-unda ertagacha shu yerda kutaman..)-Reichel
-charchagansan.. biroz dam ol..)-changwook
-kerak emas. U bilan qolaman… u ichkarida qiynalayotganda qanday uxlayman?)-hamon yig’lab gapirardi Reichel
-hammasi ortda qoldi. U ham dam olyapdi. Axir.. kelganingdan buyon yig’laysan.. ko’zlaring ham qizarib ketdi Rei..)-qizning ko’zlariga mayus tikildi erkak
-mayli… siz ketavering. Men esa qolaman!)-dedi qiz qat’iylik bilan
~Nega men emas? Tabassuming, ko’z yoshing, hayajoning, havotiring sababchisi nega men bo’la olmayman?! Uni nimasi mendan ustun? Agar… agar meni desang edi, Moviyim… seni bir tomchi ko’z yoshing uchun dunyolarni vayron qilardim…! Tabassuming evaziga bu olamni hadya etardim! Biroq.. hech biri men uchun emasligini bilish…
Seni sevaman!
~Har tong otganda va tun kirganda!
~Tushlarimda va o’ngimda!
~Ko’z yoshlarimda va tabassumimda!~Bu hayotimda va keyingisida ham!
-nega.. yig’layapsiz?)-so’radi Rei
-hozir qaytaman)-u o’rnidan turib, erkaklar xonasi tomonga ketdi
U xonadagi oynaga qarab, o’z aksiga tikilarkan asta pichirladi:
-Seni sevmaydi! Unga keraging yo’q Changwook… bas qil..! Maylimi? Kel ikkimiz ham qiynalmaylik! Keyingi hayotimizda bizniki bo’lishini umid qilamizda, o’z yo’limizda davom etamiz, maylimi? Uni baxtli qiladiganlarga topshiramiz va g’oyib bo’lamiz, kelishdikmi?!)-u yuzini sovuq suvda qayta qayta yuvarkan, ko’z yoshlarini jilovlay olmadi!
-JIN URSIN! JIN URSIN! MEN UNI SEVAMAN! O’ZIMDAN HAM KO’PROQ SEVAMAN! SEVGANLARIMDAN HAM KO’PROQ SEVAMAN! MENIKI BO’LISHINI ISTAYMAN! MENI SEVIB QOLSIN DEYMAN! Hech bo’lmasa shu hayotimda… nega qila olmaydi?)-u ovozini pastladi va yerga o’tirib qoldi. Uni xoli qolmagandi.. shu qadar charchadiki… qayerga bosh olib ketsa ekan? Qanday qutula olsin bu azoblardan? Uni o’zi ham bexabar..!
YANGI TONG
Reichel Jungkookning oldida edi. Uning qo’llarini ushlagancha yuziga termulardi. Jungkook ham so’zsiz unga tikilishda davom etarkan, xonaga kimdirning kirishi bu “nigohlar jangi” ga yakun yasadi
-ahvoling yaxshimi?)-so’radi Changwook Jungkookga qarab
-ha.. ancha yaxshi.. o’zingdachi?)-Jeon
-menda… hozircha yaxshi. Men… men xayrlashish uchun keldim..)-dedi erkak tik turgancha
-nima? Nega? Qayerga ketasiz?)-Rei
-bugun Londonga uchib ketyapman..)-istamaygina javob qildi Wook
-bu yer menga ma’qul kelmadi chog’i..)-sohta tabassum qilgancha gapirdi Changwook
-nega bunchalik shoshilinch?)-so’radi qiz
-shunday bo’lib qoldi..)-u sevgilisiga shunday tikildiki… xuddi so’ngi marta ko’rayotgandek…
-raqib bo’lsang ham menga yoqib qolganding.. endi o’zim zerikaman…)-dedi Jeon biroz tabassum qilib
-sen ham ajoyib yigitsan…)-u hali gapini yakunlamasdan xonaga hamshira kirdi va Reiga gapirdi
-xonim, bir nechta xujjatlarni to’ldirib bera olasizmi?)-hamshira
-ha, albatta)-rei xonani tark etdi
-tuzalganimdan so’ng to’y qilmoqchi edim.. kelmaysanmi?)-Jeon
-harakat qilaman… sog’ayib ket..)-Wook
-hey Wook! Senga rahmat. Kecha tunda Reiga g’amxo’rlik qilganing va yolg’iz qoldirmaganing uchun..)-tabassum qildi Jeon
-bilaman, buni sevging tufayli qilgansan shundaymi?)-Jeon
-doim juda xushyor bo’lgansan Jeon!)-nim tabassum qildi Wook
-va meni raqibdek ko’rishni bas qil! Bu hayotda Reini senga berdim. Ammo unutma, keyingisida uni sendan tortib olaman! Kelishdikmi?!)-ular ikkisi ham kula boshlashdi
-yo’q, uni har bir hayotingda sendan tortib olaman..!)-tabassum bilan gapirdi Jeon
-uni baxtli qil.. senga omad tilayman Jeon..)-Wook
-Rahmat, hammasi uchun..!)-ular shu zayl xayrlashishdi
Eshikdan chiqishda esa ChangWook Reichelga qayta to’qnashdi…
~Bu ohu ko’zlaringni har tong ko’rishni istardim.. ammo nasib etmadi…! Menga aytchi seni qalbimdan qanday chiqarib yubora olaman? Imkoni bormi buni?
-ketyapsizmi..?)-yig’lamsirab so’radi qiz
-nega..? Ketmasangiz bo’lmaydimi?)-qiz erkakni olib qolishga harakat qilardi
-bo’lmaydi… axir Jeonda hammasi joyidaku, nega yig’laysan?)-soxta tabassum qilib, qizning yoshlarini artdi
-ammo sizda hammasi yaxshi emas! Nega ketib qolyapsiz? Nega menga aytmayapsiz? Bu yerda muammo bormi?)-so’radi qiz
-lekin, yelkangizdagi muammodan qochib qutula olmaysiz! Uni hal qilish kerak!)-Reichel
-bu juda murakkab! Sen o’ylaganingdan ko’ra ko’proq..)-Wook
-sizni sog’inaman..)-u erkakni qattiq quchdi
-yaxshi yetib oling, Janob Ritsar..!)-Rei
-yana bir bor takrorla.. iltimos..)-yig’lab yubormaslikka qattiq harakat qilayotgan Changwook asta gapirdi
-Janob Ritsar!)-qiz battar yig’lab yubordi
-yig’lama… men qaytaman..)-u qizni bag’ridan ajratib dedi
-kutaman… sizni kutaman Janob Ritsar!)-u ko’z yoshlarini artdi
-yaxshi qol, kichkintoy..)-va bu nigohlar xohlamaygina bir birini tark etdi!
Qaniydi u ketmasa!
Ammo u endi haqiqatni qabul qilishi kerak!