Tutqun🕷️ 2season 20-chapter
2 season 20-chapter
Busan tomon katta tezlikda harakatlanayotgan mashina kerakli manzilga yetib keldi. Erkak og’ir qadamlar bilan kichik uy eshigi oldida to’xtadi. Avval chuqur tin oldi, ko’zlarini yumdi va tanasini shunchaki bo’sh qo’ydi. U o’zini ruhan tayyorlardi. Ha, bu haqiqatlarni qabul qilish uchun o’zini tayyorladi.
So’ngra, eshikni uch marta yengil taqillatdi va kuta boshladi
-xozir..)-dedi ichkaridan kelgan ovoz
-iya..? Chang? Changwook?)-dedi muloyim tarzda Lee xonim
-Hayrli kun, buvijon..)-majburan jilmaydi erkak va xurmat bilan ta’zim qildi
-senga ham.. nega kelding? Tinchlikmi?)-so’radi ayol
-ichkariga kir)-u eshikni kattaroq ochib, uyga taklif qildi biroq erkak ko’nmay, bosh irg’adi
-katta rahmat, men ketaman… shunchaki, ketishimdan oldin, sizga aytadigan gaplarim bor edi…)-u shu qadar mahzunlik bilan gapirardi-ki, xatto gapirish ohangi yurakni ezardi
-nega ketyapsan? Qayerga?)-so’radi ayol
-menga nima demoqchi eding?)-ayol
- Buvijon… men eplay olmadim)-u nigohini yerga qaratdi va davom etdi
-men… men taslimman. Ha, men o’yindan chiqtim. Men Jeonga Reichelni ham g’alabani ham topshirgan holda, o’yindan chiqtim…! Meni kechiring..)-u yosh to’la nigohini ayolga qaratdi biroq, yoshlari tashqariga chiqishiga izn bermadi
-nega kechirim so’raysan?)-koyidi xonim
-nima ayb qilding-ki? Menga qara! Hayot doim ham sen istagandek davom etmaydi! Buni bilasan! U senga har bir sinovda katta dars beradi va seni olmosga aylantirish uchun olovga tashlaydi! Taslim bo’ldingmi? Lapashang!)-ayol ensasini qotirdi
-meni quchib, hammasi yaxshi bo’lishini aytasiz debman?!)-hafsalasi pir bo’lgan Changwook asta so’zladi
-qaraya! Sen hamma yoqni rasvo qilibsanku! Ammo… bu nevaramning tanlovi ekan… hech narsa qila olmaymiz. Buyog’i omad deyiladi. Biroq, men senga qoyil emasman! Yelkangdagi yuk bilan qochishga harakat qilyapsan!)-ayol
-men… men sevgan insonim oldida o’ralashib yura olmayman. U menga nasib etmadimi, unda baxtini tomosha qilish men uchun og’ir! Ehtimol, hayotimga boshqasi kirib kelar?)-tabassum qildi erkak
-albatta kiradi..! Sen orzu qilganing kabisi! Agar topilmasa o’zim topaman! Qayg’urma! Ho’pmi?)-ayol onalik mehri bilan erkakni bag’riga bosdi
-siz… siz juda mehribonsiz…)-erkak halidan buyon saqlab kelgan ko’z yoshlarini tashqariga chiqishiga izn berdi
-yig’lama, o’g’lim! Bu shunchaki ko’ngil ishi. Aql bilan ish yurit!)-hamon quchog’idagi yosh boladek yig’layotgan erkakga gapirdi ayol
-buvijon.. shu paytgacha biror marta yuragim bir so’z deyishiga ruhsat bermadim! Ammo.. u nevarangiz oldida muhabbatga ko’mildi. Aqlimga bo’ysunmay qo’ydi. Nima qilay, uni ko’ksimdan yulib otaymi?)-Changwook
-uni yelimla va boshqasini sevishga harakat qil!)-ayol
-ammo singan idishda suv icha olmaysizku?)-ayolning bag’ridan chiqqach, ko’zlariga tikilib dedi U…
-piyolam sindi deb suv ichishni tark etasanmi? Ahmoqlik qilma!)-qayta dakki berdi ayol
-bilmasam… seva olarmikinman?)-u og’ir “uhh” tortgach, soatiga qaradi va suhbatga yakun yasash vaqti kelganini angladi
-ma’zur tuting, buvijon! Ketmasam bo’lmaydi. Yana kelaman… va’da beraman!)-changwook
-seni kutaman. Qolib ketma, ertaga hayot bo’lishim noma’lum, axir!)-kulib gapirdi ayol
-yaxshi insonlar uzoq yashashi kerak..)-changwook
-yaxshi qoling..)-changwook mashinasiga o’tirib aeroportga ketdi
~mana nima uchun qalbimni hech kimga bermasdim! Men.. ayollarga faqat kelishgan yuz, boylik, mehr va e’tibor kerak deb o’ylardim.. ammo sen hamma kabi emasliging..! Bu-senga qayta oshiq bo’lishimga sabab bo’ladi xolos, Rei…
<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•<•1 haftadan so’ng
-Rei, Jeon aka qachon chiqadi?)-tushlik vaqtida dugonasidan so’radi Yerim
-demak, yana uning oldiga ketasizmi?)-qoshini yuqori ko’tarib, savol berdi Donghwa
-chunki biz kelishib olganmiz..)-javob qildi U
FLASHBACK
-Rei.. to’yimiz haqida hech o’ylab ko’rganmisan?)-birdan savol berdi Jeon
-to’y? Amaki… bilasizmi men.. to’ygacha o’z uyimda yashashni istayman!)-rei
-hamma qizlardek. Men buni talab qilaman! Men to’ygacha siz bilan emas o’z uyimda turaman!)-qat’iy talab qildi Reichel
-nima dugonang va ukangni sog’inib qolaman deb o’ylayapsanmi? Havotir olma, ular bilan tez tez ko’rishib turasan!)-Jeon
-yo’q! Aslida bu uchun emas. Siz ham meni sog’inishingiz kerak! Bizda hamma narsa bor, mehr, sevgi, e’tibor, rashk, quvonch ammo sog’inchdan tashqari! U ham kerak deb hisoblayman!)-Rei
-nima? Shumi sababing? Sensiz yashagan bir yilim haqida fikr yuritmadingmi? Ho’sh?! O’sha paytdagi sog’inchlarim yetmas ekanmi? Endi topib, yana sensiz qolishni istamayman. Sensiz nafas olishni ham istamayman!)-u ham qaysarlik qilishga o’tdi
-jahlimni chiqarmang! U hisob emas! Men qarorimda qat’iyman!)-qo’llarini ko’ksiga bog’lab, labini ishirib olgan qiz qovog’ini ochmasdi. Uni ko’ndirish uchun Jeon oldiga borib quchdi va muloyim ohangda dedi:
-Rei, azizam, men seni har soniya sog’inaman. Ko’rmasam kifoya, sog’inaveraman! Ishda ham, uyda ham, hatto bir necha daqiqaga xonangga kirib ketsang ham! Yana qanday sog’inch hissi kerak?)-Jk bag’ridagi qizdan javob kutardi
-qarorimdan qaytara olmaysiz! Yo o’zingiz olib borib qo’yasiz yoki o’zim ketaman!)-Rei
-baribir ketmoqchimisan?)-qizni bag’ridan chiqardi U
-Yaxshi! Juda soz! Ketsang ketaver! Mensiz bo’lgan o’sha kichik kulbangdan chiqma umuman!)-Jeon bu gaplarning birortasini jahl bilan so’zlamadi, aksincha, u arazlagan yosh bola kabi edi…
FLASHBACK TAMOM
-shunaqa gaplar..)-gapiga yakun yasadi Reichel
-boplapsan, ammo nima sababdan kelganingni tushuna olmadim. Bizni deb emas ekan unda nega?)-so’radi Yerim
-men ramantika xohlayman! Boshqa qizlar kabi eshigim tagiga kelsin! Mendan xabar olsin! Kuzatib qo’ysin! Axir, u xozircha yigitimku?!)-Rei
-voy yaramas! Rejang ajoyibku!)-qiqirlab gapirdi Yerim
-u sizga tezroq uylanishi o’rniga nega cho’zyapsiz? Aldab tashlab ketmasin!)-opasini ochiqchasiga rashk qildi Donghwa
-hoy mishqi! Sen meni emas mana bu sevgilingni rashk qil! Tavba-tavba!)-Rei ko’zini suzib qo’ydi
-uni ham rashk qilaman! Sizni ham! Muammo bormi?)-do’q urdi Donghwa
-muammo seni kichik miyyangda!)-Rei sochiqni stol ustiga tashlab davrani tark etdi
Yangi kun
Jeon allaqachon oyoqqa turgan va hatto holatini ko’rib, “otdek bo’libdi” deyish mumkin edi. U yana avvalgi ish rejimiga qaytgandi. Omborxona va uy qatnovi orasiga endi Reining uyi ham qo’shilgandi. U doim sevgilisini ko’rish uchun oldiga shoshardi..
Ishga ketayotgan qiz shoshib uydan chiqqach, qarshisida Jeonni ko’rdi va keng tabassum qildi
-hayrli tong~~)-biroz cho’zib, yoqimli tovushda aytdi qiz
-senga ham, kichik qizim!)-erkaladi Jeon
-kichik qiz? Menmi? Hechamda!)-Rei
-nima xatomi? Kichkinasan! Bo’ying ham! Sen va meni yoshimiz orasidagi farqni olsak, sen qizimdeksan!)-o’zidan mamnun gapirdi Jeon
-balki, men sizni bobojon derman a?)-jahl qildi qiz
-mashinaga chiq, sevgilim! Bir joyga boramiz)-Jeon
-qayerga? Men ishga kech qolyapman!)-Rei
-endi u yerda ishlamaysan)-mashina kamarini taqayotgan Jeon qizga gapirdi
-endi mening kompaniyamda ishlaysan! Ko’z o’ngimda bo’lishing kerak!)-u ortiq gapirmasdan o’z kompaniyasiga yo’l oldi
<~Va endi Reichel rasman Jeonning kotibasi bo’lib ishlay boshladi. Bu lavozim unga tanish bo’lganligi uchun na ortiqcha e’tiroz va na u uchun mushkulot tug’dirdi!>
-Kotiba Kang!)-telefon orqali kotibasiga murojat qildi Jeon
-kotibalar boshliqlarini savolga tutishmaydi!)-Jeon
Qiz eshikdan kirib kelgach, Jeon kompyuterini asta yopdi. Va qizning oldiga yaqinlashib sochlarini siladi
-nima qilyapsiz?)-qarshilik ko’rsatdi Reichel
-nima qildim? Axir bo’lajak xotinimsan?!)-Jeon
-mumkin emas! Bu yer- kompaniya!)-uqtirdi Reichel
-va men uning direktoriman! Istaganimni qila olaman!)-Jeonning ohangida o’zgacha faxr jaranglardi
-siz mas’uliyatsizsiz! Agar ishingiz bo’lmasa, men kettim, Janob Jeon?!)-Rei
-ruhsat bermayman..)-u qizning bilagidan ushlab o’ziga yaqinlatganda xonaga Ara kirdi
-juda bandsiz chog’i?)-qoshini chimirgancha, yuzini burishtirdi U…