December 1, 2025

Tutqun🕷️ 2 season 21-chapter

2 season 21-chapter

Xona o’rtasida mehrli nigohlarini uzmay, bir-biriga termulib turgan juftlikni ko’rish Araga unchalik ham hush kelmadi. Va g’azabini ochiq namoyon etgancha:

​-juda bandsiz chog’i?)-Ara

-Ara?)-qoshini yuqorilatib nazar tashladi Jk

-Nega kirishingni xabar qilmading?)-Jeon

-Qanday xabar qilaman, axir kotibang bilan ko’ngil hushlik qilyapsanku?!)-achichiq kesatiq bilan javob qildi Ara

-men kettim Janob Jeon)-Reichel noqulay vaziyatdan chiqib ketishni istadi va asta ta’zim qildi

-uni noqulay ahvolga solding, Ara!)-Reichelning ortidan qaragancha qat’iy so’zladi erkak

-unda ishiga layoqatsizlik qilmasin! Bu ishxona, ishratxona emas, axir!)-qiz ortiq janjallashishni istamay o’rindiqqa cho’kdi

-kechgi biror rejang bormi Jeon?)-Ara

-ha!)-Jeon borib o’z kursisiga o’tirdi va hujjatlarni qo’liga oldi

-qanday ish?)-so’radi ayol

-senga nima? Hisobot beramanmi?)-o’tkir nigohi bilan ayolni yutib yuboray derdi

-nega jahl qilyapsan? Doim so’raymanku?)-Ara

-unda endi so’ramaysan! Men senga har qadamimda hisobot bermayman!)-Jeon

-nega asabiylashyapsan azizim..)-Ara kelib, Jeonning bo’ynidan qo’lini o’tkazdi va qulog’i ostida ehtiros bilan shivirladi

-bu taranglikni ketkazishimni istaysanmi?)-u gapini yakunlab erkakning lablari tomon egildi biroq…

Biroq, Jeon yuzini burdi va qizning qo’lini yelkalaridan uzoqlatdi

-agar boshqa ishing bo’lmasa, xonani bo’shat!)-butunlay beparvo gapirdi Jeon

-Nega? O’sha qiz labinga egalik qiladi a? Shunga meni yaqinlatmaysan shundaymi?)-jahl qildi Ara

-nafaqat seni balki, Reidan boshqa har kimga bu taqiqlanadi! Mening lablarimni o’z egasi bor!)-Jeon shu qadar aniqlik bilan so’zlardi-ki, Ara jahldan aqldan ozay dedi

-yana o’sha qiz! Doim oramizga sovuqchilik tushiryapti! U bilan ajralgan paytlaringda menga yaxshiroq muomala qilarding!)-Ara

-aytganingdek, “u bilan ajralganimda..!” Ammo, xozir u men bilan!)-Jeon

-u seni ahmoq qilyapti! Bu kabi kichik qizaloqlar sening sevgingni bilishmaydi Jeon! Ular hislaringni koptokdek o’ynashadi!)-birdan qizishib ketdi U..

-Juda soz! O’ynasin! Mening sabr- toqatim ham, mehr- muhabbatim ham faqat Uniki! Kerak bo’lsa, uni qaytadan katta qilaman va bu menga muammo tug’dirmaydi! Xozir esa janjalga zo’r bermasimdan xonadan chiq!)-Jeon qattiq gapirmaslikdan o’zini tiyib, tishlarini g’ichirlatdi

-sen… sen aqldan ozibsan!)-u bir zumda yer bilan bitta bo’lgan g’ururini orqalagancha, xonadan chiqib ketdi

<Ishdan so’ng>

Qizning stoli ustidagi moslamadan boshliqning ovozi yangradi

-Kotiba Kang..)-Jeon

-eshitaman, Janob Jeon?)-kuttirmay javob qildi kotiba

-ketamizmi?)-muloyimlik bilan so’radi erkak

-ish vaqtingiz allaqachon tugagan, Janob Jeon..)-o’z vazifasini bajarib so’zladi kotiba

-yo’q, men sevgilimga murojat qilyapman, ketamizmi?)-avvalgi savolini qayta takrorladi U…

-ovqat olib berasizmi?)-kulimsirab so’radi qiz

-albatta, istaysanmi?)-Jeon

-ha, juda ochman..)-Rei

-yaxshi..)-u aloqani yakunlab eshikdan ko’rinish berdi

-qayerga borishni istaysan?)-Jeon

-mm… bir safar men sizni mehmon qilishimga qarshi emasmisiz?)-Rei

-aslida bunga hojat yo’q ammo, senga yoqadigan taomlarni tatib ko’rishni istayman..)-Jeon

-unda kettik..)-qiz o’rtaga masofa o’rnatgancha, yo’lga otlanarkan, Jeon bu “masofa”ni bir deganda kesib o’tdi va qizning qo’llaridan mahkam tutdi

-hoy, axir ishxonadamiz!)-u havotirlanib atrofga ko’z tashladi

-nima qilibdi? Men odamlar gapi bilan hayot kechiradiganlardan emasman! Hatto, bu mening sevgan qizim, men uni qattiq sevaman deb baqira olaman!)-u biroz ovozini balandlatdi

-ammo… ishda bo’lganimizda masofa saqlasak..)-u gapini tugatmay Jk so’z boshladi

-ovora bo’lma, baribir qo’yib yubormayman! Va… oramizga hech qanday “masofa” qo’yishinga yo’l qo’ymayman!)-ular suhbatni yakunlab, Rei tanlagan mahalliy oshxonaga yo’l olishdi..

-hey, shu yerdami?)- ko’rinishi unchalik ham yaxshi bo’lmagan kichik oshxona qarshisida tikilib turarkan savol berdi Jeon

-ha, nima yomonmi?)-Rei

-shu xaroba joyda ovqatlanmasmiz?)-ishonqiramay qayta so’radi U..

-xaroba? Bu yerning taomlari juda mazali! Yeb ko’ring, qani yuring)-qiz erkakning bilagidan ushlab, tortqilay boshladi

-menga qara Rei… yur, men seni ajoyib restoranga olib boraman..?)-Jeon xona ichiga kirishdan avval so’zladi

-yursangizchi!)-qiz qaysarlik qilib uni ichkariga tortardi

Ular birgalashib ichkariga kirishdi va biroz chetroq joyda joylashishdi

Odamlar bilan to’la bo’lgan bu joy Jeonga umuman yoqmayotgani yuzidan ma’lum edi. U atrofga jirkanib qarab qo’yar, havodagi spirt hididan hushidan ayrilayozdi..

-menga shunday joyni ravo ko’rdingmi?)-jahl aralash so’radi Jeon

-ayttimku, taomlari mazali!)-Rei

-faqat taomi ahamiyat kasb etadimi? Menga atrof- muhit ham muhim! Qayerdan bilamiz, ular bu xaroba xonada ovqatlarni qanday tayyorlashadi? Pichoqlarni yuvishadimi yo’qmi? Qo’llarinichi? Axir, hech biriga ishonching komil emas! Kasallik yuqtirib olishimiz ham mumkin! Yana, atrofdagilar ham tuzuk odamlar emasdek? Nega bu yer senga yoqadi hayronman!)-u yuzini burishtirgancha, bir nafasda hamma gapni gapirib bo’ldi. Reichel esa shunchaki qoshini ko’tarib, jim tinglardi

-bo’ldimi? Xozir ovqat keladi, yuzingizni burishtirmang! Yana, hamma ham sizdek boy emas! Bu joy oddiy aholi uchun va bu yer ham yetarlicha qulay! Shunday ekan, kamchilik izlashni bas qiling! Va jahlimni chiqarmang!)- u gapini yakunlashi bilan ovqat stolga tortildi.

-qarang ko’rinishi ham ajoyib uni!)-qiz ishtaha bilan taomga qo’l uzatdi ammo Jeon qimir etmay kuzatardi

-nima? Nega bunday qarayapsiz?)-savol berdi Reichel

-ketishni istayman! Bu joy rasvo! Ovqati esa yemasam ham yoqmayapdi!)-qayta qaysarlik qildi Jeon

-Nega yosh boladek har-hasha qilyapsiz?)-Rei

-yosh boladek? Bu yer meni ta’bimga to’g’ri kelmaydi deyapman! Ammo ketishga ham qo’ymayapsan!)-Jeon

-yaxshi! Qo’lingizdan ushlab olganim yo’q! Keting! Qani, jo’nang! Men sizsiz ham bularni yeya olaman!)-u beparvo harakatlar bilan ovqatga qayta qo’l cho’zdi

-rostan shuni yeyishimni istaysanmi?)-so’z ochdi Jeon

-nega yemayapsiz o’zi hayronman!)-Rei

-unda yedirib qo’y..)-Jeon bir so’z demay qizga tikilib turardi

-yedirib qo’yaymi? Sizgaya?)-o’zini kulishdan zo’rg’a tiyib turgan qiz sekin so’radi

-ha.. nima qila olmaysanmi?)-Jeon

-yo’q, men katta bolamga qila olaman ammo…)-u ovqat to’la qoshiqni erkakning og’zi tomon yaqinlatdi va birdan o’z og’ziga solib yeb qo’ydi

-hey..)-Jeon yo’nalishi o’zgargan taomi qanday chaynalayotganini kuzatib turardi

-ammo… agar yedirib qo’yishlarini istasangiz, Ara xonimdan yordam so’rang!)-u birdan jahl qilishga o’tdi. Avvalgi yoqimli tabassum va xotirjamlik butkul yo’qolgandi

-Ara? Nega birdan uni eslab qolding?)-Jeon

-axir U siz uchun hamma narsani anglatadigan ayolku!)-Rei

-shunday de..? Demak, rashk qilyapsan? Ammo tan olmaysan?!)-Jeon

-Rashk qilmadim! Shunchaki, uni qo’lidan yesangiz mazaliroq bo’lishini aytyapman!)-Rei

-mayli azizam, istaganingcha rashk qil. Lekin unutma, men uchun hamma narsani anglatuvchi yagona qiz bu -SENSAN!)-u shunday deb ovqatdan bir luqma og’ziga soldi

-wow..)-u g’aroyib uchqundan porlagan ko’zlarini qizga qaratdi

-mazali ekan…)-u qo’lini qayta ovqatga uzatdi va ishtaha bilan yeya boshladi

-yoqmagandiku..)-kesatib o’tdi Reichel

-avvallari… oddiy odamlar yeydigan bunday narsalarni mazali deb o’ylamasdim. Mazali ekan..)-u ikki lunjini to’ldirgancha chaynalar va keyingi qoshiq ovqatni ham yeyish uchun shay turardi

-hey, sekinroq.. tiqilib qolasiz..)-tabassum qilgancha so’zladi Rei

-endi navbat Sojuga..)-qiz qo’liga Soju shishalarini ushlab gapirdi

-bu..nima?)-so’radi Jk

-bilmaysizmi? Chindan a?)-ishonqiramay so’radi qiz

-Ha.. u mashhurmi?)-Jeon

-albatta! Bu mast qiluvchi ichimlik. Xuddi Vinodek!)-tushuntirdi qiz

-unda men ichmayman)-Jeon

-nega?)-Rei

-chunki… men ko’tara olmayman!)-ochiq izohladi erkak

-nima?)-u birdan piqillab kulib yubordi

-nega kulasan?)-so’radi Jeon

-kulgulida! Siz kabi katta Mafia KJ oddiygina Sojuga taslim bo’lsa-ya..?!)-yanada qattiqroq kuldi qiz

-va.. sening tabassuminga!)-Jeon

-nima?)-birdan kulishdan to’xtadi Reichel

-bu ikkisi men taslim bo’ladigan narsalar!)-mehrli nigohini qizga qaratib turardi U…

-men.. unchalik ham chiroyli kulmayman!)-Rei labini ishirib so’zlardi

-Hecham! Sen bu dunyodagi men bilgan eng go’zal tabassum sohibasisan! Shunday ekan o’zingni yerga urishni bas qil!)-u qizning sochini yengil silab qo’ydi

<1haftadan so’ng, kechgi soat 00:00>

Reichelning tug’ilgan kuni…

Ko’zida bog’ich bilan kelgan yosh qiz…
Atrofdagi go’zal manzara..
Va unga muhabbat bilan tikilib turgan erkak…

Xuddi ertaklardagidek..
Qiz sekinlik bilan bog’ichni yecharkan, qarshisida unga tikilib turgan erkakni ko’rdi va tabassum qildi. Erkakning qo’lida esa nikoh uzugi…

-Amaki?)-sekin pichirladi qiz

-Reichel… bu tug’ilgan kun sen uchun unutilmas bo’lishini istayman.. va.. menga turmushga chiqasanmi?)-umid bilan so’zlardi U…

-men.. haligi… bu ortiqcha emasmi?)-qiz bu narsani kutmagani bois biroz duduqlanardi

-nimasi ortiqcha? Menga turmushga chiqishni istamaysanmi?)-Jeon

-haligi… men hali kichkinaman… endigina.. 20 yoshga kirdim. Bunga… tayyor emasman…)-qiz mayuslikdan ko’zlarini yerga qaratdi

-rozi bo’lsangchi, kalovlanmay!)-mehmonlarning orqa qismidan ayol kishining koyigan ohangdagi ovozi yangradi

-buvijon?)