Tutqun🕷️ 22-chapter
22-chapter
~Menga berilgan taklifdan esankirab qolganim rost. Boshim tepasida uchib yurgan kapalaklarni esa mendan boshqa hech kim payqamadi. Ammo men uchun ancha tanish bo’lib qolgan ovoz tufayli, kapalaklar qurshovidan bir on chiqdim. “-U ketmaganmidi?”-dedim, o’zimga…
Janob Ritsar… axir u Londonga jo’nab ketmaganmidi? U ekanligiga ishonchim komil edi. Axir yana kim u kabi jozibali va alam bilan so’zlay olardi?
Men bilardim. U meni sevishini bilardim! Menga yolg’on gapirgandi. “-Jeon senga yaqinlashishi uchungina o’zimni shunday tutyapman!”-deganda yolg’on gapirgandi! Axir sevmasa, shunday nigoh bilan qararmidi?
Ammo ayni damda bularni o’ylashni emas, uni ko’rganimdan xursand ekanligimni bildirishni istardim!
-Janob Ritsar?)-dedim asta nigohimni u tomon qaratib
-Tabriklayman…)-u yana avvalgidek mahzun tikilib turardi..
Yo’q, bunday qaramasin! Chiday olmayman axir!
-Changwook?)-Jungkook ham u tomon o’girildi
-To’yingacha kelaman degandimku, og’ayni)-tabassum qildi ChangWook
-kutilmagan sovg’a!)-Jk xuddi eski qadrdonlardek salomlashdi va yelkasiga qoqib qo’ydi
-Bazmdagi eng sharafli mehmon bo’lasan!)-Jk
-iltifot uchun rahmat, Reining deyarli eri)-eski xotiralarni yodga olgancha miriqib kulib qo’ydi
Omborxona~
-JIN URSIN! BU NIMA MAYNAVOZCHILIK?!)- jahl bilan baqirgancha, xonadagi buyumlarni har burchakka uloqtirayotgan qiz qo’llari bilan sochini changalladi
-Seni sevaman Jungkook… u bilan bo’lishingni istamayman…)-Ara hamon sochini changallab o’tirar va alamdan yig’lardi
-qayerda xato qildim? Nega meni emas uni tanladi? Yillar davomida yonida turgan bo’lishimga qaramay a? Nega Jk..? Nega meni shunchaki do’st sifatida ko’rasan? Axir…. Menda do’stlikdan buyukroq hislar mavjudligini bilasan-ku…)-Ara sovuq polda o’tirar, tanasi esa sovuqdan titrardi. Jungkookning taftini his qilmas ekan, endi hech qachon isimasa kerak…
Bazim nihoyasiga yetgach barcha tarqab ketdi. Yerim va Donghwa esa to’y tadorigini ko’rish bo’yicha kichik “majlis” da ishtirok etishdi
-Biz ertagayoq kelin libosini tanlashga boramiz. Dekoratsiya ishlari bo’yicha odam yollaymiz. Taklifnomalar ham Reichel istagan ko’rinishda bo’ladi. Ularni ham ikkimiz o’z bo’ynimizga olamiz… Hmmm… yana.. ChangWook sen esa Yerim va Donghwaga mehmonlar ro’yxatini tuzishga yordamlashib yuborarsan. Qarshi bo’lmasang albatta..)-qo’shib qo’ydi Jeon
-yo’q, qarshiligim yo’q.. ammo sizlarga qo’shimcha vazifa bor)-ChangWook
-Reining buvisini borib olib kelasiz..)-u boshini burib, qizga qaradi
-O, ha, buvim! Amaki, biz ertagayoq borishimiz kerak..!)-Rei
-boramiz. Albatta, boramiz. 1oy vaqtimiz bor xolos, bolalar! To’y ko’ngildagidek o’tishi kerak!)-Jk o’ta jiddiy ohangda gapirardi
-Janob Jeon… bilasizmi meni bir narsa havotirga solyapdi…)-asta gap qo’shdi Yerim
-To’yingiz ekanini bilgan dushmanlaringiz qarshilik ko’rsatmaydimi, sizningcha? Nima, ular tabrik puli bilan kelishmasa kerak, har xolda?)-Yerim
-Yerim… bilasanmi, menga qarshi bosh ko’tara olgan faqat bittasi bor edi! Jung Jaehoo! Ho’sh, agar u qabrda ekanini hisobga olsak, tabrik puli biroz kam bo’ladi menimcha..?)-Jeon sovuqqon qiyofasini bir zumda tabassum bilan alishdi. Bu atrofdagilar uchun g’alati holat edi. Ular Jeonni kulganini ilk bor ko’rishayotgandi. Reicheldan tashqari..!
-bunday qarashni bas qiling bolalar! Bunga ko’nikishingiz kerak, Rei oldimda ekan bunaqa ahmoqona tabassumimni hali ko’p ko’rasiz..!)-u qayta jilmayib qizga qaradi va ko’zini qisib qo’ydi
~Ular baxtli… buni ko’rish meni ham baxtli qiladi… Ammo.. ichimda “hayol va orzu” deya nom olgan shahar vayron bo’ldi… Sevgidan barpo etilgan shisha oynalari sindi… Orzulardan bunyod etilgan binolar qulab tushdi… hammasi vayron bo’ldi. Mana, xarobalar orasida yakka turibman… nima ham qo’limdan kelardi? U mensiz ham baxtli axir!
Seni tashlab ketmoqchi edim… Uzoqlarga bosh olib ketishni istardim.. ammo uniyam eplay olmadim… sensiz bir lahza ham yashashni istamadim..! O’zimni sensizlikka mahkum eta olmadim… Endi esa seni ko’zlaringdagi quvonch, yuzingdagi tabassum va o’zgasiga atalgan sevging meni tiriklayin ko’mmoqda Reichel…
Ertasi kuni Reichel va Jeon kelin libosi uchun do’kon kezishdi. Reining ko’ngliga yoqqan libosni topish ancha qiyin kechdi
-Ko’rinishing beg’ubor ammo qachon bunchalar injiq bo’lib qolding Rei?)-libos qidirib charchagan Jeon oxiri chidolmay nolidi
-yoqmasa nima qilay Amaki? Ular juda didsiz! Biri- juda ochiq, biri esa- juda xashamdor! Bular men uchun emas!)-Rei
-bilasanmi nechta do’konga kirdik? Hech biri yoqmagan bo’lsa a?)-Jeon
-shunisiga ham kirib ko’raylik, balki, yoqib qolar?)-asta jilmaydi Reichel
-yoqmasa yana laycha kuchukdek bitta kiyim ketidan quvamiz!)-ensa qotirgancha odimladi Jeon
-araz qilmang, axir atay qilmayapman. To’yda oldingizda munosib ayol bo’lishni istayman axir…)-boshini biroz egib gapirdi Rei
-Rei! Sen to’yga qop kiyib chiqsang ham eng go’zal qiz bo’lasan!)-Jeon qizning lo’ppi yuzlarini kaftlari orasiga oldi
-chindanmi?)-yuzi qisilgan qiz jilmayib so’radi
-chindan, Malikam!)-muloyimlik bilan erkaladi erkak…
-Mana bunisiga nima deysiz?)-Reichel yelkalari ochiq bo’lgan libosni ko’rsatdi
-yo’q, juda ochiq!)-norozi ekanligini aniq bildirdi Jeon
-hmm… mana bunisichi?)-u tanaga yopishib turadigan libosni ushladi
-Juda qomatni bildiruvchi! Bo’lmaydi!)-yana qarshilik qildi erkak
-nimani ushlasam yo’q deyapsiz, keyin nima kiyaman? Yana meni injiq deysizmi?)-erkakga qarata tanbeh bergach, ensasini qotirib qo’ygan qiz juda kulguli ko’rinardi. Ammo ayni vaziyatda Jeon kulmadi
-Mana buni kiyib ko’r..)-u o’ychan holda qo’liga libosni oldi va qizga uzatdi
-yaxshi..)-qiz esa parda ortiga o’tib ketdi
5 daqiqadan so’ng
-Rei, hali ham tayyor emasmisan?)-kutaverib toqati toq bo’lgan erkak qizni chaqirdi
-xozir..)-parda ortidan ovoz berdi Reichel
-Mana Men…)-parda ochilishi bilan o’ziga qolipdek yarashgan libos bilan Reichel ko’rinish berdi.
PovJeon:
~Kinolarda erkak to’y libosida sevgilisini ko’rganda qotib qolsa “juda bo’rttirilgan manzara” der edim.. ammo xozir..! Men ham qotib qolganman, ishonavering! Ko’zlarim qarshimdagi Malak dan uzilmas, hatto barmoqlarim ham harakatga kela olmasdi! Uni sevib qoldim..! Ha, men unga qayta oshiq bo’ldim.!
-ho’sh..?)-qiz savolchan nigoh bilan erkakga tikildi
-Amaki.. U yaxshimi sizningcha? Yoki almashtiraymi?)-u yana savol berdi ammo javob ololmadi. Jeon bir so’z demay qizga tikilib turishda davom etdi
-demak, yaxshi emas shundaymi? Yaxshi, almashtirib chiqaman..)-u libos etaklarini biroz ko’tarib, ortga qayrilmoqchi bo’lganda Jeon gapirdi
-Yo’q, yo’q, shu yoqti. Shuni olamiz! Bu faqat seniki bo’lishi kerak..)-ular nihoyat bir to’xtamga kelgach, shu kelin libosini xarid qilishdi…
-Oradagi bir oy juda tez o’tdi. Reichelning kichik uyi odam bilan to’ldi. Endi ular bilan Lee xonim ham birga yashayapti. Kelin libosi ham, taklifnomalar ham xuddi Reichel istaganidek bo’ldi.. Jungkook esa u uchun orzularini birma-bir ijobat qilayotgan kelishgan Shahzodadek tuyulardi.
To’ydan bir kun oldin
Tushlikdan so’ng ChangWook va Jeon katta zalda ozgina suhbatlashishdi
-Hammasi ajoyib ketyapdi..)-so’z boshladi Wook
-Wook, ichingdan nimalar o’tayotganini tushunaman…)-butunlay aloqasiz joydan mavzuni ochgan Jeon do’stiga aylanib qolgan erkakga mayus boqdi
-Tasavvur ham qila olmaysan, og’ayni…)-Wook
-Agar o’rtamizda bir qiz bo’lmaganda, sen bilan juda yaqin bo’lardik…)-Jeon
-Reining aloqasi yo’q… sen bilan yaqin emasmizmi seningcha?)-savoldan so’ng qoshini chimirib qo’ydi U..
-Nima bo’lganda ham u senga munosib… Uni sen avvalroq sevib qolgansanku..)-Wook
-ha, albatta! Va sendan qattiqroq sevib qolganman..)-ular biroz kulishdi va so’ngida bir xil xo’rsinishdi. Shu payt yangi mavzu o’rtaga tashlanmasdan xonaga Ara kirdi
-Jk…)-u gapini tugallamay ChangWook ga qarab qoldi
-Ara? Seni kelmaysan deb o’ylagandim)-Jeon
-To’yinga taklif ham qilmadingku..)-qiz majburan jilmayib qo’ydi
-Bugun shuni o’ylab chiqqandim. Mana, taklifnomangni unutganim yo’q..)-u ichgi cho’ntagidan qizga taklifnomani uzatdi
-Hafa emassan deb umid qilaman..)-qo’shib qo’ydi erkak
-ilojsiz narsalarni umid qilibsan…)-qiz sekin taklifnomani oldi
-men omborxonaga ketayotgandim… keyin ko’rishamiz)-Ara xonani tark etdi
-Hey, nega unga tikilib qolding? Yurakdan urdimi deyman?)-Jeon jilmayib qo’ydi
-yo’q… shunchaki u juda tanish… qayerdadir ko’rganman..)-o’ychan ohangda dedi Wook
-Men bilan ko’rgansan. U bilan ko’p ko’rishib turamiz.)-izoh berdi Jeon
-ha-a-a, albatta, Kasalxonada yotganingda u ko’p kelgandi…)-Wook
-tushunishim bo’yicha u seni sevadi Jeon?!)-Wook
-Shunaqa desa ham bo’ladi. Ammo bu tuyg’uni yolg’iz o’zigina his qiladi. )-ular shu yerda suhbatga nuqta qo’yishdi
To’y oqshomi
-Xonimlar va Janoblar! Barchangiz e’tiboringizni sahnaga qaratishingizni iltimos qilaman! Marhamat, Janob Jeon va Jeon xonim)-mikrafon ushlab olgan boshlovchi kelin va kuyovni mehmonlar oldiga chorladi
-Hayajonlanma, oldingda men borman..)-qizning qo’lini mahkamroq siqdi Jeon
-yaxshi..)-qiz ham javoban jilmaygach, sahna tomon yo’l oldi
Oq libosda malikalardek kelayotgan Reichel, uning yonida esa ertaklardagi Shahzoda singari ko’rkam Jeon mehmonlarni es-hushini olib qo’ydi. Bu juftlik shu qadar mukammal ko’rinardiki, tarifga til ojiz…!
-Jeon Jungkook va Kang Reichel, sizlarni bugundan boshlab bir oila deya e’lon qilaman!)-Rohibning ovozi qarsaklar orasida eshitilmay qoldi. Hamma xursand. Mehmonlar juftlik bo’sasini intizorlik bilan kutishar ekan, faqat ikki kishigagina bu sahna yoqmayotgandi. JI CHANGWOOK & PARK ARA
Ara duch kelgan stol oldiga keldi va viskiyni olib bir ko’tarishda bo’shatdi
-U meniki edi..)-qarshisidagi rashkdan yongan qizga qarab gapirdi ChangWook
-shundaymi, kechirasiz…)-qiz butunlay xorg’in, majolsiz ko’rinarkan, ChangWook gap boshladi
-Ismim ChangWook!)-qo’l uzatdi qiz tomon
-Park Ara..)-javoban siqib qo’ydi Ara
-Sizni tushunib turibman..)-dedi Wook
-masalan?)-Ara qoshlarini chimirdi
-Sevganingni to’yida ishtirok etish juda og’ir.. buni tushunaman..)-Wook nigohini sahnaga qaratdi
-siz… anavi qizni sevarmidingiz?)-hayratlanib dedi U..
-haliyam sevaman… yana, uning ismi Reichel. Anavi qiz emas)-Wook biroz jahli chiqqanini ko’rsatdi
-men yoqtirmayman uni..)-javob qildi Ara qovoq uygancha
-menam seni sevgilingni yoqtirmasdim. Ammo anavi erkak demadim?!)-qizga hayrat bilan javob qildi Wook
-g’alati, demak sevgilisidan ayrilgan yolg’iz men emas ekanmanda?)-Ara
…Va ular ortiq so’zlashishmadi
PovChangWook:
~Biram chiroylisan-ki.. senga kelin bo’lish juda yarashibdi, kichkintoyim. Oydek porlashing esa butun vujudimni yoqib yuboryapdi… Bir talay savollarim bor edi senga. Javobidan qo’rqsamda, berishni istagan bir qancha savollarim javobsiz qoldi…
“-Nima deysan Rei, meni bir lahzaga bo’lsa-da sevmaganmiding?Hecham yuragingni qattiq urishga majbur qilmaganmanmi? Hayajonga solmaganmanmi? Hech baxtdan kuldira olmadimmi? Nahotki…?”,-der edim… senga shu kabi savollarni berardim.
Balki, bundan-da ajoyiblarini…?! Masalan, nima qilsam kulasan yoki nima qilsam baxtliroq bo’lasan, derdim. Farzandlarimiz ismlari bo’yicha bahs qilardik… Kelajakda sohil bo’yidan uy olishimizni miriqib gaplashardik. Kechki sayr uchun qayerni ma’qul ko’rishingni ham so’rar edim… Koshki… Koshki, bu orzularni sen bilan amalga oshirsam edi… Bu safar majburlikdan seni tark etyapman.. ammo keyingi safar hech kimga, unutma, hech kimga bermayman! Nima deb o’ylaysan, Moviyim, balki keyingi safar baxtimiz kular a…?