June 24, 2025

The red room🐋

Ertasi kuni kechqurun hamma birlashib Lilyni uyiga yigʼlishni rejalashtirishdi. Jungkookning uyiga borishmoqchi edi ammo negadir u buni rad etdi. Lily bundan biroz shubxalandi. Erta tongda ham xonasi toza edi. Odatda qizlar bilan aloqa* qilganidan keyin doim xonasi ter va qon hidi anqib turardi. Bu haqiqiy daxshat edi. Lily esa doimgidek bunga guvoh boʼlardi. Bilmadim, qanday chidagan ekan. Kamiga qiz polda oʼlik holda yotishi... Buni tariflab boʼlmaydi. Ammo oʼsha kuni uning xonasi ozoda edi. Jungkookdan soʼraganda oʼzim tozalab qoʼydim deya javob berdi. Oʼsha payt Lilyni hayratda qolgan yuzini koʼrishinggiz kerak edi.

Xullas bugun tunda hamma Lilyni uyiga yigʼilib, suhbat qurishyapti xuddi bir birlarini koʼp yillardan beri koʼrmagandek. Turli xil oʼyinlar oʼynashyapti. Kechki ovqat vaqti kelganda hamma mehmonxonaga oʼtdi.

Lily: men hozir ovqatlarni olib kelaman.

Taehyung: men qandaydor kino qoʼyib turaman.

Rm: romantik boʼlmasin.

Taehyung: demak romantik janrdagi kino koʼramiz.

Taehyung Namjoon aytgan ishni gʼirt teskarini qilib jilmayib qoʼydi. Namjoon unga oʼqyarib qaradi, boshqalar esa bir-biriga qarab qoʼyishdi.

Birozdan soʼng Lily va Jin taomlar bilan qaytib keldi

Yoongi: juda mazali ekan

Lily: buyurtma berganimdan keyin mazali boʼladida.

Hamma qiqirlab kuldi.

Jungkook: Yoongi endi Lilyni qoʼli shirin ekanligini aytmoqchi edi.

Lily: lekin shirin taom pishira olaman

Jhope: unda bir kun pishirib ber.

Lily: buning uchun juda dangasaman.

Rm: seni shu feʼl-atvoring Yoonginikiga oʼxshaydi.

Yoongi: yoʼq! Men tuni bilan musiqa ustida ishlab chiqaman shu sababli kunduzi charchayman. Bu esa kuni boʼyi Jungkook ni oʼrtodan yurib shunchaki dangasa ekanligini aytyapti.

Lily: seningcha Jungkook ni ortidan yurish osonmi? Bu shunchaki yurish emas bu...

Shu payt eshik jiringlab qoldi. Lily eshikni ochish uchun chiqib ketdi. Eshikni ochganda

Lily: oyi? Dada?

Ota-onasi uni tirtib uyga kirdi.

Oyisi: senga qanday tarbiya berdimma? Qoʼlimizdan yukimizni olish oʼrniga bizga bezyarib qarab turibsan! Tugʼulmasang yaxshi bo‘lardi!

Lily: doim bitta gapni talrorlashdan charchamadinggizmi? Yoqtirmasanggiz nega oldimga kelasiz?

Hafsala bilan javob berdi. Ota-onasini koʼrganidan hursand emasligi aniq

Otasi: sen qiz hech qachon oʼzgarmaysan! Bizga gap qaytarma!

Lily: menga qarang...

Shu payt mehmonxonada kulgi ovozi eshitilganda Lilyni otasi gap boshladi.

Otasi: bi*ch, xali uyga oʼynashlaring bilan bazm qilyapsanmi?

Lily: ota, bu siz oʼylagan narsa emas.

Onasi: Lily sen bizni yuzimizga dogʼ tushirding! Obroʼyimizga putur yetqazadigan ish qilyapsan!

Lily: oʼsha obroʼ bormi oʼzi sizda? Doim mendan nafratlanishinggizni yuzimga solib keldinggiz! Omma oldida esa... Omma oldida esa meni yaxshi koʼradigandek tutdinggiz!

Otasi: sen foxisha! Biz seni katta qilganimiz uchun shumi rahmating? Uyingga oʼynashlaringni olib kelib mendan uzr soʼrash oʼrniga menga aql oʼrgatyapsanmi? Hozir seni...

Otasi qoʼlini koʼtarib unga tarsaki tushirmoqchi boʼlganda Jungkook uni qoʼlini ushlab qoldi.

Jungkook: kimsan bilmadom-u lekin Lilyga bunday qilishga haqqing yoʼq!

Lily: Jungkook, kerak emas

Otasi: kimsan? Yangi oʼynashlaridanmisan? Oʼoʼo yigitcha bu foxisha sen bilan qanday aloqasi bor bilmayman. Ammo bu qizim oʼrtasidagi muammo koʼzimdan yo‘qol!

Jungkook: singlimni bunday atashga qanday jurʼat etding?

Jungkook uni yoqasidan ushlab devorga tiradi.

Lily: Jungkook kerak emas. U meni otam!

Jungkook qozni gapini eshitib bir zum hovridan tushdi ammo unga yana gʼazab bilan qaradi.

Jungkook pov:

Sizdek ota-onam borligidan or qilaman.

Keyin Jungkook uni yoqasini qoʼyib yubordi.

Jungkook: yana bir marta Lilyga shunday muomalada gapirganingni koʼrsam yoki eshitsam mendan yaxshilik kutma.

Jungkook ularni yukinj olib tashqariga uloqtordi.

Jungkook: koʼzimdan yoʼqol.

Otasi ham onasi indamay chiqib ketishdi.

Jungkook: yaxshimisan?

Lily: toʼgʼrisi, bunaqa boʼlishini kutmagan edim. Noqulay holat boʼldi.

Jungkook: hechqisi yo‘q, hammasi joyida. Kettik ovqatlanamiz.

Lily jilmayib mexmonxonaga qaytishdi.

Jin: nega buncha qolib ketdinggiz?

Jungkook: arzimagan narsa

Yoongi Jungkook ni turtib nima boʼldi den soʼradi.

Jungkook: keyinroq aytaman

Deya javob qildi. Soʼng hamma ovqatlana boshladi. Ammo Lily biroz homushroq koʼrinardi.

Oʼsha kuni kechasi ular tunni mazmunli oʼtqazishdi. Hech qanday ishga aloqador narsalarsiz faqat samimiy suhbat va kulgu. Deyarli soat 2 gacha eski voqealarni eslab kulishdi gaplshishdi. Lily menejer boʼlishidan oldin nima qiziqarli voqea boʼlganini aytib berishdi. Lilyni ham bundan koʼngli koʼtarildi. Albatta ular bundan xursand edilar. Ertaga dam olish boʼlgani uchun gaplashishdi. Ertaga hamma oʼz tugʼulib oʼsgan uyiga boradi. Lily esa bundan biroz noqulay boʼldi. Chunki ota-onasi uni koʼrishni xohlamasdi.

Jungkook: ertaga men bilan meni uyimga borishga nima deysan?

Lily: gʼalati emasmi?

Jungkook: nega gʼalati boʼlar ekan? Juda adjoyib boʼladi.

Lily: unda mayli.

Taehyung: ikkinggiz nimani pichirlayapsizlar sevishganlarga oʼxshab?

Jimin: jim yot.

Jimin Taeni shubxali gaplaridan bezib uni peshonasiga yengil urdi. Yoongi uni gapidan ensasini qotirib Taeni tepdi.

Jungkook: Taehyung! Senga necha bor aytishim kerak. U meni singlimdek boʼlib qolgan deb.

Lily: kech boʼldi uxlang!

Jin: Lily allaqachon oʼzini bizni onamiz deb oʼylayapti. Aslida bu yerda men eng kattaman.

Rm: bilmayman qanday qilib bular bilan hali ham tirikman.

Lily chiroqni oʼchirib oʼzi ham joyiga joylashdi

Ertasi kuni ertalab hamma uyiga tarqadi. Kiyimlarini almashtirish uchun va oilasi uchun bir qancha sovgʼa olish uchun. Jungkook va Lily ham uyga kelishdi. Jungkook kiymini almashtirish uchun xonasiga kirib ketdi Lily esa uni zalda kutib turardi. Ammo pastdan zaif eshikni taqillashini eshitdi. Avvalo bunga eʼtibor bermadi ammo ovoz tinmagach Lily sekin oʼsha podvalga tusha boshladi.

Lily: qiziq...

Lily pastga tushib qizil eshikni koʼrgach qiziqishi yanada ortdi. Lily qarshilik koʼrsata olmaydigan rang bu qizil edi. Chunki qizil rang qizni oʼziga tortardi. Tegib koʼrmasa hisob emas. Lily qiziqish bilan eshikni tutqichini tutdi. Ammo Jungkook uni ortidan tomogʼini qirdi. Lilyni oʼtakasini yorilay deb ortiga qaradi.

Lily: jin ursin seni. Oʼtakamni yording!

Jungkook: bu yerda nimanidir yoʼqotdinggizmi, jeon xonim?

Lily: yoʼq, shunchaki ovoz keldi.

Jungkook: sichqon boʼlishi mumkin. Xar xil suvaraklar degandek.

Lily: viiy suvarak

Lily suvarak soʼzini eshitib eti jimirlab ketdi.

Lily pov:
Baribir u yerda kim borligini bilishim kerak. Bu qizil eshik... Ex nega tezroq ochmadima. Meni qayerda ekanligimni oson tolgan ekan. Demak mendan nimadir yashiryapti... Tushundim janob jeon mendan sir yashiryapsan ammo nega? Va bu qanday sir mendan yashiraladigan?Savol juda koʼp. Javobi esa eshikni ortida.

Lily moshinada hayollari bilan band boʼlib oʼtirardi.

Bu paytda Jungkook

Jungkook: ulgurdim. Ammo ulgirmaganimdachi? Lily hammasini bilar edi. Ammo bilganda ham hech nima oʼzgarmas edi. Nega bunchalar qoʼrqding Jungkook

Jungkook xonaga ovqat olib kirdi. Stol ustiga qoʼyib ochlik va suvsizlikdan solib qolgan gul kabi yotgan Yumiga qaradi.

Jungkook: bularni yeb ol. Kechga yoki ertaga yana qiladigan ishimiz bor! Agar ovqat yeyilmagan boʼlsa. Birinchi tundan battar qilaman!

Deya eshikni qulflab chiqib ketdi.

Lily: nega buncha qolib ketding? Sichqonlaring bilan suhbatlashdingmi?

Jungkook: ha

Lily: men seni bu yerda kutib xinob boʼldim sen esa...

Jungkook qoʼlidagi paketni Lilyga tutqazdi. Ichida esa mandarinlar. Lilyni ensasi qotib turganda toʼsatdan yuzida tabassum paydo boʼldi.

Lily: hop, mayli. Lekin...

Jungkook moshinani orqa oʼrindigʼidan gazli yaxna ichimlikni olib berdi.

Lily: bu boshqa gap. Mayli kechirdim. Inson hayvonlar bilan ham suhbatlashib turishi kerak.

Bu qism ham shu bilan oʼz nihoyasiga yetdi. Keyingi qismda keskin burilishlar boʼladi