You belong to me💸
Oradan bir necha kun oʼtdi. Jungkook qancha harakat qilmasin Lilydan hech qanday gap ololmadi. Sababini soʼraganda shunchaki "charchaganman, keyinroq" deb javob berardi. Jungkook esa buni boshqa yoʼlini topdi. Hoxlamasa ham Yoongidan buni soʼrash! U bilan gaplashish tugul aslida bir havodan nafas olishni xohlamaydi. Ammo singlisiga zarar bergan insonni topishi kerak. Bu esa har qanday dushmani bilan bitim tuzishni anglatsa ham.
Jungkook Yoongini eshigini tagida turarkan ikkilanmay eshikni taqillatdi.
Jungkook: bitta savol beraman, faqat rostini aytasan, mayli?
Yoongi: allqachon savolni berib boʼlding
Jungkook: hozir ahmoqona gaplaringga chidaydigan kayfiyatda emasman! Lilyga kim zarar berdi?
Yoongi: meni oldimga kelganingga qaraganda xotinim senga hech narsa demagan koʼrinadi.
Jungkook: u seni xotining emas, Yoongi!
Yoongi: ammo bir paytlar shunday boʼlishi kerak edi!
Jungkook: oʼtmishni kovlamasdan, savolimga javob ber! Kim u?
Yoongi: boshqa Yumi ismli tanishing bormi?
Yoongi: Hammasini Yumi qildi. Lekin undan oldin ham koʼp ish qilgan boʼlishi mumkin.
Jungkook: uni boshiga itni kunini solaman.
Yoongini gaplarini tinglamay, gʼazab bilan ketib qoldi.
Shunday deya u ham uyiga kirib ketdi. Jahl otiga mingan Jungkook shaxdam qadamlar bilan Lilyni xonasiga kirdi.
Jungkook: nega buni oldinroq aytmading? Nega Yumi senga zarar berayotganini oldinroq aytmading!?
Jungkook: savolimga javob ber, nega?
Lily: men oʼzim hal qilmoqchi edim.
Jungkook: nega unda xal qilmading? Qachon hal qilmoqchi eding? U senga nimalar qildi?
Lily: aytarli hech nima... Aka, men ham katta boʼldim, oʼzimni hayotimda oʼzim nima toʼgʼri nima noto‘g‘ri bilaman!
Jungkook: yoʼq, bilmaysan. Sen hali hech vaqoni bilmaysan. Axmoq qiz.
Jungkook kelib Lilyni quchoqladi.
Jungkook: istaysanmi, uni oʼzim jazolayman?
Lily indamadi. Ammo buni shunday ham qoldirib qoʼyolmas edi. Yumini qilgan oxirgi qilmishi chidab boʼlnas darajaga yetgan edi.
Jungkook: ammo yoʼq desang ham baribir men uni jazolayman! Hech kimni meni singlimga yomonlik qilishga haqqi yoʼq! Seni kimligingni bilmaydi shekilli
Lily: men ham shunaqa oʼylayman.
Jungkook: bilganida, jurʼat etarmidi. Endi esa tushlik qilishga tush men nimadir buyurtma beraman
Ular birgalikda nonushta qilgandan soʼng, Lily qayta xonasiga Jungkook esa oʼsha ish bilan shugʼllanishga qaytdi.
Vanihoyat Jungkook Yumini oʼz qarorgohiga keltirdi. Yani dushmanlari bilan,xoinlari shugʼullanadigan uyga. Yumi stulda bogʼlangan ekan Jungkook telefonda eshikdan tashqarida gaplashardi. Darhaqiqat, bu yerga u birinchi marta qiz bolani keltirishi. Uning dushmanlari erkaklar boʼlgani uchun faqatgina ular bilan ishlarni hal qilardi. Uning qizlari yoki ayoli bilan emas. Ammo hozir vaziyat boshqacha Yumi uning singlisiga zarar bergan, bu esa uni qoidalarini buzishga undaydi. Ichida gʼazab qaynashiga qaramay oʼzini bosib olgan edi. Ichida bir ovoz uni chavaqlab tashla desa, ikkinchisi Lilyga azob berganidan ming battarini qilib sekinlik bilan jazola, oxiri oʼzi oʼlimni soʼrab yolvorsin deydi.
Telefonini choʼntagiga solib xonaga kirdi Jungkook
Jungkook: xoʼsh, xoʼsh kichik xonim, yoki qushcha deb ataymi? Yoʼlda charchatishmadimi?
Yumi Jungkookni koʼrib hayratda qoldi. Chunki u mafialar toʼdasidagi eng yirik mafia. Asosan uni ismi bilan emas "Qora boʼri" nomi bilan tilga olishadi. Yumi u bilan shaxsan uchrashmagan ammo mish-mishlar qulogʼiga chalingan. Va hozir u uning oldida turibdi. Qiz esa sababini hali ham tushunganicha yoʼq. Ammo qiz boʼsh kelmay gapirdi
Jungkook: oʼzing nima deb oʼylaysan, qushcha?
Yumi: hih, otamga kuching yetmagach mendan foydalanmoqchimisan?
Jungkook: tshhh, men u darajada xudbin emasman, yaxshisi oʼzingni ishlaringdan gap ochsang maqsadga muvofiq boʼlar edi. Otang bilan bir chaqalik ishim yoʼq
Yumi: unda nega bu yerdaman? Junboqli gaplaribg menga yoqmadi!
Jungkook: sen hozir qilganlaring uchun katta tovon toʼlaysan. Meni singlimga zarar berganing uchun. Lilyni dilini ranjitganing uchun bularni javobini menga berasan
Yumi Lily ismini eshitib karaxt boʼlib qoldi.
Yumi: Lily, Lily seni singlingmi?
Jungkook: Jeon Lily! Nahot oʼljang haqida hech narsa bilmay uni nishonga olsang? Shu ishing umring davomida qilgan eng katta xato boʼldi!
Deya Jungkook Yumini oldiga qizdirilgan dazmolni olib keldi. Bundan Yumini koʼzlari kosasidan chiqib ketgudey boʼlib kattardi.
Jungkook: kel shunisidan boshlaymiz.
Yumi: yoʼq, yoʼq, faqat bu emas, iltimo-, Aaaa
Yumi gapini tugatolmoy qichqirib yubordi. Chunki Jungkook uni eshitishni xohlamay qizigan dazmolni kaftidan yuqoriroq joyga ichki tomoniga bosdi. Butun xonani qizning qichqirigʼi larzaga keltirdi. Kuydirilgan joy esa qizarib qoldi
Jungkook: birovga ogʼriq berish shunaqa boʼladi.
Jungkook qizning ikkinchi qoʼlini ham xuddi shunday kuydirdi. Qiz ham bor ovozi bilan baqirar edi.
Yumi: iltimos bas qil, iltimos
Jungkook: bu hali boshlanishi...
Jungkook boʼlaklarga boʼlangan lezvani ham olib keldi. Yumini ogʼzini majburaki ochib ichiga kichik lezvachalarni soldi.
Jungkook: shundaymi? Singkimga shunday qilgansan! Shunaqami? Uni ogʼziga lezva solgansan, toʼgʼrimi? JAVOB BER!
Jungkookni gazabi bundan yanada kuchayib unga zarar berishni xohlayverardi. Gʼazab koʼzini koʼr qilib qoʼygan edi. Yumi ogʼzidagi lezvachalarni tupurishga urinardi, uringani sari ular Yumini oʼgzini ichki sohasiga zarar berib tilib tashlardi. Jungkook Yumini qoʼyib yubordi. Yumi ogʼzidagilarini polga tuflab tashladi.