You belong to me 🩵
Bir necha kun Lily maktabga bormadi. Jungkook ham bunga qarshilik qilmadi. Janob Jeon ham Koreaga kecha qaytgan edi. Jungkook u bilan rostakamiga jiddiy gaplashishni reja qildi. Shu boisdan bugun kechki ovqat tashkil qildi.
Har doimgidek divanda oʼtirgan Jungkook oshxonada nimadir pishirayotgan singlisiga dedi.
Jungkook: bugun kechga uyiga boramiz.
Lily: bemalol ota bola birga dardlashib oʼtirishlaring mumkin! Men bormayman. Undan endigina qutilganimda qaytib jahannam uyiga qaytmayman! Koʼndiraman deb ovora bo‘lmang.
Jungkook: men hammasiga oydinlik kiritishim kerak
Lily: demak men yolgʼon gapirdimmi? Sizga jonajon otanggizni yomon koʼrsatmoqchi boʼldimmi? Siz oʼylayotgan narsa shumi?
Jungkook: ha! Chunki otam bunday qilolmaydi! U juda yaxshi ota!
Lily: yetarli! Eshitishni ham xohlamayman.
Jungkook: SEN OʼZINGNI YOSH BOLADEK TUTYAPSAN! HAMMASIGA ANIQLIK KIRITMOQCHIMAN! BUNGA JIDDIY YONDASHISHNI XOHLAYMAN! SEN ESA QAYSAR QIZALOQ KABI HAMMASIDAN BOSH TORTYAPSAN!
Jungkook jaxldan Lilyni yigʼlatadigan darajada baland gapirib yuborganini anglaganida allaqachon kech boʼlgandi. Lilyni koʼzlari marjon yoshlarga toʼldi.
Jungkook: kechir, kechir, men shunchaki asabiy edim. Bugun ishlarim hammasi chapasiga ketdi. Alamimni sendan oldim kechir.
Lilyni quchogʼiga oldi ammo qiz qimir etmadi. Jungkook iyagini qizni boshiga qoʼyib undan uzr soʼrardi.
Lily: idishlarni yuvib ksyin kiyinib tushaman. Koʼramiz nimani aniqlashtirar ekansan!
Bir yarim soatlardan keyin qiz tayyor holda moshinani rul yonidagi yoʼlovchi oʼrindigʼiga oʼtirdi. Jungkook ham vaqtni zoya ketqazmay moshinani oʼt oldirdi.
Lily bir necha kun maktabga bormagach bir oʼzini yaxshi his qila boshladi. Uyda televizor koʼrdi, shopping qildi, akasi bilan kompaniyasiga bordi. Xullas oʼzini zeriktirib qoʼymadi. Bugun u yana maktabga qaytdi. birinchi va ikkinchi darslar odatdagidek oʼtdi. Ammo yana Yumi va uning dugonalari Lilyni bezovta qila boshladi.
Lily: muammong nimada? Men senga nima qildimki meni azoblayapsan? Har bir ishdan maqsad boʼldi. Bundan senga nima foyda? Hm?
Yumi: foyda? Doim ham foydani koʼzlash noto‘g‘ri, jonginam. Inson oʼz zavqlarini ham oʼylashi kerak.
Lily: demak sen shunday zavq topasan shundaymi? Insonlarni azoblabmi?
Lily: bunaqalarni joyi qayerda bilasanmi? Qamoqda yoki jinnixonada. Lekin men senga bunday oddiy jazo bermayman! Meni kimligimni bilmabsan sen b*tch! Jim yurganim zaifligimni bildirmaydi. Bu senga oxirgi ogohlantirishim.
Yumi: seningcha men qoʼrqdimmi? Yoʼq! Bundan jahlim chiqdi. Va jahlim chiqqanida nimalar boʼlishini bilasanmi?
Lily: bilishni ham xohlamayman!
Lily Yumini turtib oʼtib ketdi.
Menimcha Jeon familiyasiga mos qiz boʼlishim kerak! Otamning gaplaridan keyin ancha oʼzimni tutishni oʼrgangan edim. Ammo yaxshi boʼlsang hamma sen oyoq osti qilar ekan. Demak meni yaxshiligimda qadriga yetmaganlarga yomonlik bilan javob qaytaraman yoki akam bilan. Yumi sen buning uchun javob berasan!.
Soʼnggi darsni tugatuvchi qoʼngʼiroq ham chalindi. Hamma oʼz uyiga tarqar ekan Lily ham kecha olgan moshinasi tomon yurdi. Ammo moshinaga yetar yetmas qizni ortidan kimdir kelib burnini uxlatuvchi dori bilan hoʼllangan mato bilan yopdi. Lily qancha qarshilik qilmasin dori oʼz kuchini unga singdirib uni xushidan ayrdi.
Deyarli bir soatdan soʼng qiz koʼzini qorongʼu podvalda ochdi. Qoʼli bilan oyogʼi stulga mahkam bogʼlangan edi. Kichik derazadangina quyosh nuri kirib turardi. Eshikni taraqlab ochilishi qizni eʼtiborini tortdi. Lily qancha urinmasin eshik oldidagi shaxsni toʼliq koʼra olmasdi. Ammo u kastyum shimda ekanligini ayta olardi. Yigit yurib quyosh nuriga chiqgach qiz uni yuzini koʼrib hayratda qoldi ammo sovuqlik niqobini taqib yigitga gapirdi.
Lily: Yoongi! Sen meni bu yerga olib keldingmi?!
Yoongi: yoʼq, mushukcham. Buni Yumi qildi.
Lily: jin ursin ikkinggizni ham!
Yoongi: yana ham goʼzallashibsan. Oradan naqt 2 yil oʼtdi.
Lily: sen esa oʼzgarmagansan. Hali ham oʼsha bachkanasan.
Yoongi: agar akangni dushmani boʼlmaganimda meni xotim boʼlarding va bu gaplarni gapirish tugul koʼzimga tik qaray olmasding.
Yoongi: chorassiz avolingda ham tilingdan zahar tomadi.
Lily: demak shu yerda oʼlamanmi? Tuzukroq joy yoʼqmidi?
Yoongi: hop, keyingi safar sizdan soʼrab joy tanlaymiz.
Yoongi unga oʼziga mos qilib javob qaytardi. Lily bundan shunchaki jilmaydi.
Yoongi: hattoki jilmayishing ham akangnikiga oʼxshaydi.
Lily: eʼtiborli ekaningdan hursandman. Faqatgina sen meni akamga oʼxshatasan.
Yoongi: akang bilan bir paytlar juda yaqin edik...
Lily: bu haqida hech narsa aytmagan.
Yoongi: men aytib berishim mumkin.
Lily: nega bu yerda ekanligimni ayt. Bekorchi gaplarga vaqtim yoʼq. Agar akam oʼgʼirlanganligimni bilsa senlarni sogʼ qoʼymaydi. Uni jaxli qanday ekanligini mendan yashiroq bilishingga ishonchim komil.
Yoongi: sen bu yerdasan chunki Yumi seni sotmoqchi
Yoongi: ha, toʼgʼri eshitding. Yuqori qavat foxishaxona.
Lily: sen shu kabi b*tchlar bilan ishlayapsanmi? Toʼgʼri qoyil qolmadim
Yoongi: uni otasi meni otam bilan hamkor shuning uchun u bilan aka singildek boʼlib ketganmiz. Unga yordam berardim. Ammo u sen bilan aralashganiga qaraganda seni tanimaydi.
Lily: taniganida shu yerda oʼtirarmidim? Meni qoʼyib yubor.
Yoongi: bunday qilolmayman, Yumiga vaʼda berganman. Hozir seni mijozing keladi.
Lily: nima? Men hozir borib u bilan yotamanmi? Hech qachon. Eshityapsanmi? HECH QACHON!
Yoongi: ayni damda hech narsa qilolmaysan.
Lily: men xohlamagan narsalarimni qilmayman! Oʼlsam oʼlamanki lekin hech kimni koʼnglini oluvchi singiljoningga oʼxshagan bi*ch boʼlmayman!
Yoongi: aynan shu feʼling meni oʼziga tortadi, kimgadirga yoqishga urinmaysan.
Lily shunchaki unga javob berishni xohlamadi. Boshini stulni orqasiga qoʼyib koʼzini yumdi. Hozir u chindan chorasiz ahvolda edi.
Jungkook: ota, unga bunday qilganinggiz xato edi!
Jeon: men u uchun eng toʼgʼrisini qilganman!
Jungkook: qiz bolani urib, soʼkib, minnat qilib katta qilish xato! Ayniqsa u meni singlim boʼlsa! Agar Amerikada boʼlmaganimda bunday qilishinggizga bir soniya ham qarab oʼtirmas edim. Shu kungacha u ona mehri nima ekanligini bilmay katta boʼldi! Siz esa undan ota mehrini ham tortib oldinggiz. Mehr berolmas ekansiz nega zarar berasiz! Qaysi ota oʼz qiziga shunday qiladi!
Jeon: oʼsha bi*ch hech narsa yaramaydi! Onasini oʼlimiga ham u sababchi!
Jungkook: zinxor! Zinxor uni koʼchadagi bi*chlarga tenglashtirmang! Lily ulardan ming chandon pokiza! Onamga keladigan boʼlsak, onamga ikkinchi farzand tugʼish mumkin emas edi! Siz oʼz hirsinggizni boshqara olmaganinggizga Lily aybdor emas! Shunday ekan unga qotilga qaragandek qarashni bas qiling! Undan kechirim soʼrashinggiz kerak!
Jeon: jech qachon! Unga nima qilgan boʼlsam yaxshi boʼlsin deb qildim.
Jungkook: ota yaxshi boʼlsin deb qizini urmaydi! Bir necha kun ovqatsiz qoldirmaydi! Siz unga munosib ota boʼlolmadinggiz! Undan uzr soʼramas ekansiz meni ham qaytib koʼrmaysiz, janob Jeon!
Jeon: bunday qilolmaysan! Kompaniyadagi barcha aksiyalardan mahrum etaman. Mafia toʼdasidan haydalasan!
Jungkook: hammasini oʼzim yaratib oʼzim yoʼq qilyapman. Bundan afsuslanmayman. Sizning pullaringgiz menga kerak emas!
Shundau deya xonadan chiqib ketdi. Chiqishi bilan Lilyga qoʼngʼiroq qildi. Ammo Lily koʼtarmadi. Bir necha bor yana qoʼngʼiroq qilganda ham ikkinchi tomondan javob bir xil edi.
Jungkook: Lilyni qayerda ekanligini aniqlang.
Lily uni gaplaridan koʼzini ochib, boshini koʼtardi.
Yoongi: seni olib ketishni yagona yoʼli. Oʼsha qari cholni oʼrniga men seni sotib olaman.
Yoongi: yoki oʼsha qari cholni koʼnglini ovlab oʼtirasan.
Lily: yoʼq, yoʼq mayli roziman. Jungkook ni oldigacha yetib borsam boʼlgani.
Yoongi: unda shu yerda jim oʼtir. Men hozir qaytaman.
Yoongi jilmayib chiqib ketdi. Birozdan soʼng Yumi bir ryukzak pul bilan kirib keldi ortidan esa Yoongi.
Yumi: qizaloq, yangi egang bilan tanish, Min Yoongi.
Lily: buning uchun javob berasan!
Yumi: uni tezroq koʼzimdan yoʼqot! Gaplari asabimni oʼynayapti.
Yumi: istasang VIP xonalardan birini band qilaman. Xoʼsh nima deysan?
Yoongi: yoʼq, men uchun oʼzimni uyim qulay, shunday emasmi, mushukcham?
Yoongi Lilyga tirjayib belidan qoʼlini oʼtqazdi.
Yoongi bilan Lily moshinga chiqgach Lily chuqur nafas olib koʼzini yumdi. Yoongi moshinani haydab keta boshladi.
Lily: hey, bu togʼri yoʼl emas. Uyim chap tarafdaku
Yoongi: ha, meni uyim esa oʼng tarafda.
Lily: seni uyingda nima qilaman, meni uyimga olib bor.
Yoongi: esingdan chiqmasin, seni sotib oldim. Endi menikisan!
Lily: biz bunga kelishmaganmiz. Toʼxtat moshinani.
Yoongi: ortga qaytishni istamasang, jim oʼtir!
Lily shundan keyin jim boʼldi. Ammo jaxl otiga minganini koʼzlarida koʼrish mumkin edi.
Axx senga ishonib xato qildim. Baribir dushmanligingni qilding! Eng muhimi akamga xabar bersam boʼldi. Shuni yoʼlini izlashim kerak.
Moshina kelib katta qoʼrgʼon oldida toʼxtadi.
Zarda qilib moshinadan tushgan qiz yigitni ortidan ergashdi. Yoongi bn uyga kirdi. Keyin ikkovi ham mehmonxonada oʼtirdi. Orada sukunat choʼmdi.
Lily: shunday oʼtiraveramizmi?
Yoongi: istasang ninadir qilamiz.
Yoongi: oʼyin oʼynaymiz. Agar sen yutsang mayli akangga qoʼngʼiroq qilasan. Agar men yutsam seni qutqarganim uchun mukofotimni olaman.
Lily oʼylab oʼtirmay rozilik bildirdi.
Yoongi / lily: tosh, qaychi, qogʼoz.
Lily qaychi qilganda, Yoongi qogʼozni qilganligi sababli Lily yutdi. Yoongi hafsalasi pir boʼlib choʼntagidan telefonini chiqarib Lilyga berdi.
Jungkook: Lily? Yoongini telefoni senda nima qilyapti? Mayli, bu muhim emas. Qayerdasan? Nega qoʼngʼiroqlarimga javob bermayapsan?
Jungkook: u yerda nina qilyapsan? Nega u yerdasan? Senga nimadir qildimi?
Yoongi Lilyni qoʼlidan telefonni oldi.
Yoongi: hoy, fidokor aka, bu yerga kelib singlingni olib ket.
Jungkook: unga nimadir qilsang seni oʼldiraman.
Yoongi uni javobini eshitmay goʼshakni qoʼydi
Pov: yarim soatga yetmay Jungkook eshikni taqillatdi. Lily borib eshikni ochdi.
Lily: aka, hozir tushuntirib beraman. Meni eshit.
Jungkook uni gaplariga quloq solmay eshikdan bostirib kirdi. Mehmonxonadan Yoongini topib uni yoqasiga yopishib ketdi.
Jungkook: men senga singlimdan uzoq yur demaganmidim? Nega yana u seni uyingda!!
Lilyni qichqirigʼidan ikkisi ham qizga qaradi.
Lily: aka, esingni yedingmi? U meni qutqardi.
Yoongi: eʼtiboring uchun agar men boʼlmaganimda oltinga teng singling qari cholni tagida nola qilib yotardi.
Jungkook: hozir sen oʼldiraman
Jungkook uni yuziga musht tushirdi.
Lily: boʼldimi? Oʼzingga keldibgmi? Endi ketamiz!
Jungkook hech narsa demay uni ortidan ergashdi. Ammo ikkisini ham Yoongi ni gapi toʼxtatdi.
Yoongi: singling meniki! Men uni sotib oldim.
Jungkook: nima deyotganingni qulogʼing eshityaptimi?
Jungkook yana u tomon qadam bosganda Lily uni qoʼlidan tutdi.
Lily: bemani gaplarni yigʼishtir.
Yoongi: seni qutqarganim evaziga mendan qarzdorsan, mushukcham.
Lily Jungkook ni qoʼlidan ushlab uydan chiqib ketishdi