Today

Uchqunlar

23-qism

Ertalab uygʼondim, hali ham uning iliq quchogʼida edim. Boshim uning koʼksisiga qoʼyilgan. Bir kun kelib kimdir menga shunday uygʼonasan deyishsa yotvolib kulgan boʼlardim. Jungkook hali ham uxlayotgan edi. Boshimni koʼtarib uning goʼzal yuziga qaradim. Eʼtiborimni tortgan yana bir narsa uning pastki labi ostidagi xoli edi ilgari unga hech eʼtibor bermagan ekanman. Inson qanday qilib bunchalik mukammal boʼlishi mumkin?

Jk: koʼrgan narsang yoqdimi?- uning uyqudan xirillagan ovozi qulogʼimni toʼldirdi.

Lily: qachon uygʼonding? Xatto uygʼoqga oʼxshamas eding.

Jk: axir men generalman va xushyor boʼlishim kerak emasmi?

Lily: katta ketmang, general Jeon.

U esa javoban jilmayib qoʼydi va tabiiyki men ham. Uning tabassumi shunchalik yuqimli ediki hech narsa qilmasdan meni kuldira olardi. Ajablanarli.

Jk: goʼzalsan.- dedi burnimga kichik oʼpich qoʼyib

Lily: general janoblari, sizningcha romantik boʼlishga hali erta emasmi?- qoshimni koʼtardim

Jk: sevgilimni maqtash uchun erta emas.

Bir necha daqiqadan soʼng gʼordan chiqib ketdik. Kechagi yomg‘ir sababli yoʼl butunlay hoʼl va loy edi. Lagerga qaytganimizda hamma nimadir izlashardi yoki kimnidir. Taxmin qilish mumkinki bu biz edik.

—Mana ular, shu yerda!- busan qirolichasi boshqalarga ishora qildi

—jarohatlandingmi?- malika meni qoʼlimga ishora qildi.

Lily: ha lekin jiddiy emas. Shunchaki menga hujum qilishdi.

—Yo Xudo, bunga nima sabab boʼlishi mumkin. Keling yarangizni davolaylik. Bu yetarli boʼlmaydi.- dedi Jungkook qoʼlimga oʼrab qoʼygan kechagi oq roʼmolchaga ishora qilib.

Lily: men yaxshiman.

—yoʼq, qarshilik qilma

U meni chodir tomon olib ketayotganda ortimga oʼgirilib unga qaradim. U esa mayin jilmayib turardi.

Jk: askarlar yigʼiling Saroyga qaytamiz.

~

Jk: bu bilan nima demoqchisiz?- dedi gʼazab bilan

—xotining muammo. Ilgari festivallarda bunday muammo boʼlmagan.- dedi Janob Kang

-lekin hujumga uchragani uni aybimi?- dedi malika

—nega dushman tomon boʼlyapsiz, malika? Sen Busan malikasisan!- dedi Kang

Jk: va u meni xotinim. Generalingni boʼlajak xotini!

—Lekin...

Jk: Malikani gapi toʼgʼri, hujumga uchragani uni aybimi? Bundan tashqari u bizning hududimizda hujumga uchragan va bu nimani anglatishini bilasizmi? Bu bizning aybimiz boʼladi.

—General Jeon, iltimos tinchlaning- dedi qirol

Jk: tayyorgalik ishlari tugadi. Hamma ketishga tayyor Lily esa men bilan ketadi!

Jungkook xotini uxlayotgan chodirga kirib uni koʼtardi. Boʼlgan ishdan biroz gʼazabda edi ilgari u ayollarni bunchalik himoya qilmagan. Lekin sevgi uni shu ishlarga majbur qildi. Va u bundan zarracha hafa yoki gʼazabda emas aslida sevgi himoyani ham oʼz ichiga oladi.

Jungkook Lily bilan oʼz otiga joylashgach yoʼlga chiqishdi.

~~

Koʼzlarimni ochganimda otda ekanligimni angladim.

Jk: uygʼondingmi?

Lily: hmm, qayerga ketyapmiz?

Jk: saroyga qaytyapmiz, gulim. Uxlayotganing uchun uygʼotishni xohlamadim.

Lily: qolganlar qani?

Jk: biz oldinroq chiqdik. Ular ortda qoldi.

Lily: lekin men malika bilan borgan edim. U bilan qaytaman deb oʼylagan edim.

Jk: senga hujum qilishgani uchun malikani hayotini xavf ostiga qoʼyolmasligini aytishdi. Qolaversa, sen bilan qaytishga qarshi emasman, gulim.

Lily: lekin ular meni oʼldirishmoqchi edi. Shunday ekan malikaga zarar berishadi deb oʼylamayman. Lekin men ham sen bilan ketishga qarshi emasman albatta.

Jk: kechagi odamlar haqida... men ularni tekshirdim lekin kimligini aniqlay olmadim. Ularda hech qanday tamgʼa yoʼq, bu puxta oʼylangan reja.

Lily: agar ular Busandan boʼlmasa Ulsandan boʼlishlari mumkin... otam. Buvijon mendan qolishni iltimos qilganidan soʼng unga xat yuborgandim ammo hech qanday javob olmadim va bu haqida butunlay unutibman. U havf ostida boʼlishi mumkin.

Jk: senga buni aytmoqchi edim lekin...- u sumkasidan qogʼozni olib chiqardi.

Jungkook, qirol meni isyon qilmoqchi deb oʼylayapti va bizni yoʼq qilmoqchi. Menga bergan vaʼdangni bajar, Lilyimni himoya qil. U Busanda ekan seni oldingda xavfsiz boʼlishiga ishonchim komil.

Xat qisqa lekin yozuvdan bu otamga tegishli ekanligini darxol payqadim.

Lily: isyon? Qirol esini yeganmi? Shuncha yil davlat uchun hizmat qilganidan keyin nega bizni sotqin deb oʼylaydi? Tuxmat qilib? Ulsanga borishim kerak.

Jk: yoʼq

Lily: yoʼq? Menga buyruq bera olaman deb oʼylaysanmi?

Jk: otang chaqirmaguncha borolmaysan. Ularga otangdan koʼra koʼp sen keraksan.

Lily: lekin...

Jk: yoʼq dedim.

U haqligini bilsam ham men bu yerda qoʼl qovushtirib oʼtirolmayman.

Lily: Jungkook men xavfdan qoʼrqmayman, lekin otamni yoʼqtishdan juda qoʼrqaman. Bilsanmi u meni yagona yaqinim.

Jk: Lily, seni himoya qilaman. Senga dunyo qarshi chiqsa doim oldingda boʼlaman.

Lily: seni sevaman

Men shoir ham yozuvchi ham emasman, lekin bu ikki soʼzim ostida kuch bor. Undan oldin hayotimda hech qanday maʼnoga ega boʼlmagan soʼzlar. Sevgi naqadar ajoyib til ekanligini endi tushunyapman. Bu til esa qalblar orqali ifodalanadi. Soʼzlarga umuman ehtiyoj yoʼq. Rostan ham, kimdir kelib unga maʼno bermaguncha sevgi soʼzi maʼnosizdek keraksiz narsadek tuyiladi.

Jk: men ham seni sevaman.- deb javob qaytardi.

~~

—Ulsandan mehmon keldi

Jungkook bilan uning uyiga qaytganimizda birinchi eshitgan gapim shu boʼldi. Darhol mehmonxonaga shoshildim va Ulsandagi shaxsiy xizmatkorimni oʼtirganini koʼrdim

—xonim

Lily: nima bo‘ldi? Hammasi joyidami?

—sizga ikkita xatim bor, biri otangizdan biri esa qiroldan. Bizni anchadan buyon asirlikda ushlab kelyapti buni faqat xalq bilmaydi.

Lily: ber, tezroq ber faqat.

Kim xonim agar otangiz tirik qolishini istasangiz uch kun ichida Ulsanga qaytishingiz kerak.

Otamdan kelgan xatda esa. "Qurbonlik" deb yozilgan edi. Bu bizning yashirin ishoramiz edi otam buni menga yodlatguncha ancha vaqt sarflagan edi. Lekin kimni qurbon qilishim kerak? Ortga qaytishdan boshqa choram yo‘q. Qirolning keyingi harakati nima boʼlishini bilmayman bu esa vaziyatni yanada ogʼirlashtiradi. Bir tomonda otam bir tomonda Jungkook.

Lily: ertaga yoʼlga chiqamiz.- dedim xoʼrsinib.

Lily: hozircha siz uchun xona tayyorlab berishlarini soʼrang.

—yomon xabarni yetqazganim uchun afsusdaman. Baxtli koʼrinasiz, xonim. Oldingidan porloqsiz. Mulkga general jeon bilan qanday kirganingizni koʼrdim. Sevgi sizni ancha oʼzgartiribdi albatta yaxshi tomonga.

Jilmayib qoʼydim. Keyin xonadan chiqib ketdim. Yoʼlak boʼylab ketayotganimda Jungkookga duch keldim. Qoʼlimdagi bir parcha xatni qaradi soʼng menga. U chuqur nafas oldi men aytishimdan oldin ham nima deyishimni bilardi.

Jk: senga har kuni xat yuborib turaman.- dedi xoʼrsinib

Keyin meni iliq quchogʼiga oldi.

Lily: iloji boricha javob berishga harakat qilaman.

Jk: ehtiyot bo‘l, hoʼpmi?- deb peshonamdan oʼpdi.

Bosh irgʼab qoʼydim. Bunday boʼladi deb oʼylamagan edim. Tark etish bunday ogʼir ekanligini bilmagan edim.

Jk: mendan qochib qutulolmasligingni yodingda tut. Menga turmushga chiqishni taklif qilding va buni bajarishing kerak.

Lablarimda tabassum paydo boʼldi. U ham jilmaydi lekin majburlikdan ekanligi bilinib turardi.

Lily: albatta, seningcha seni kimgadir berib qo‘yamanmi?

Kulishga harakat qildim lekin oʼrniga koʼz yoshlar keldi. Buni bajara olamanmi? Kelajakda bizni nima kutayotganini bilmayman.

Jk: bir narsa koʼrsatmoqchiman.

Lily: nima?

Jk: olgan narsamni qaytarmoqchiman.

Lily: mendan nima oldinv?

Jk: kel