Uchqunlar
Karnaylarning baland ovozi Jungkookni uygʼotdi. Quyoshni ufqda koʼtarilishini kuzatib uzoqqa borganini angladi. Tonglar tinch edi. Tez orada barcha qoʼshin bilan uyga qaytamiz.
—general.- qoʼmondonning shoshilinch qadam tovushlari uni boshini koʼtarishiga sabab boʼldi.
Jk: nima bo‘ldi? Pistirmada qoldikmi?
—yoʼq, askarlar uyga qaytishdan xursand, axir biz uch oy jangda boʼldik.
Oʼzlari uchun qurgan bir toʼda chodirlar tomon yura boshladi. Yurayotib burniga ovqat hidi keldi.
Ular egallagan keng maydon oʼrtasida uzun stol qoʼyilgan edi. Ular asosan u yerda ovqatlanishardi yoki urush uchun fikrlarini boʼlishardi yanir reja tuzishardi. Mana ularning koʼzlarida zavq chunki ular bu kunni koʼp kutishdi bir necha oylik urushdan soʼng uyga qaytish hissi juda ham oʼzgacha.
Jungkook 12yoshida harbiy xizmatga qoʼshilhan. Avval otasi Busanninh generali edi. Jang maydonida jasurlik bilan jonini fido qilgandan soʼng mavqeini meros qilib olgan. Va shu 13 yil ichida eng koʼp uyga qaytishni kutardi. Hatto biron bir medal kubok yoki unvon bunday his berolmasdi unga.
Jungkook oʼz stuliga oʼtirgandan soʼng qolganlar ham oʼtirishdi. U jimgina nima qilishi kerakligini oʼylab ovqatlandi. Ovqat bilan birga oshpaz askarlar uchun spirtli ichimlik qoʼygandi shuningdek uning oldida ham bor edi garchi u kamdan kam ichsa ham.
Jk: ichish uchun hali erta emasmi?.- dedi ovqatdan bir luqma olib.
—biz shunchaki urush tugagani uchun qadah koʼtarmoqchimiz.
—General, uyga tez qaytayotganimiz uchun sizga rahmat aytmoqchimiz. Siz boʼlmaganingizda kim biladi bu urush qanchaga choʼzilardi.- dedi yana biri
—siz tufayli tugʼulajak bolamni koʼra olaman agar jang maydonida meni qoldirganinggizda oʼzim oʼlib ketgan boʼlardim chunki oyogʼim qattiq jarohatlangandi. Sizdan minnatdorman.
Jk: biz bir oilamiz. Oila aʼzolat esa bir biriga rahmat aytmaydi. Sizlarni himoya qilish meni burchim.- ovqatni yeb yana gap boshladi.
Jk: uyga tez qaytayotganimizga kelsak bu men tufayli emas balki sizlar tufayli. Doimiy harakatlaringiz va vatanimizga xizmat qilishning sof niyatingiz tufayli. Shuning uchun bu qadahni sizlar uchun koʼtaraman.
Jungkook kamdan kam ichishini sababi u alkogolga chidamli emasdi lekin uning odamlari buni teskarisini yani u alkogolga chidamli deb o‘ylardi.
Ovqatdan soʼng hamma askarlar buyumlari va qurollarini yigʼishtira boshladilar. Jungkook skameykaga oʼtirib qurolini artardi. Uni oldiga yosh va shoʼxroq askar Yujin keldi.
—Sevgiga berilib ketgan axmoqsan. Har kuni shu oq roʼmolchaga qaraysan. Charchamadingmi?
Yujin boshqa bir askarni masxara qilayotganini ko‘rib lab chetida irjaydi. Askar haqiqatdan ham har kuni oq roʼmolchaga qarardi. Xotini unga sevgi belgisi sifatida unga toʼq berganini aytgandi.
—sevib qolganingda tushunasan.- dedi oʼsha askar
Yujin: ahar oldingda har kuni har xil chiroyli ayollar boʼlsa uylanishni nima keragi bor?
—ha bu haqida unutibman sen Busanga borishimiz bilan foxishaxonaga borasan. Ular kim nechtani tagidan qolgan.-boʼsh kelishni istamadi askar.
Yujin unga javob qaytarmadi oʼrniga Jeon tomonga burildi.
Yujin: siz borishni xohlaysizmi, general? Aytishlaricha, u yerda ajoyib qizlar kelibdi.
Jungkook javob berish oʼrniga qurolini artishda davom etdi.
—Sen generaldan shunday rasvo joyga borishni soʼradingmi? General Jeon danmi?- dedi boyagi askar.
Yujin: ha nima? U oldin bormagan shuning uchun sinab koʼrishni nimasi yomon? Axir unda qizlar sevadigan tana boʼlsa undan foydalansin.
Yujin: u kimgadir oshiq boʼlsa kerak.
Ularni suhbatidan soʼng Jungkook oʼz chodiriga kirdi va stol yonida yotgan sumkasini ichdi. Ichidan katta kitobni olib varaqlay boshladi. Kitib ichidagi chiroyli sirgʼani topgach uni kitibdan olib koʼtardi. Uning porlab turishi Jungkookga qizning jigarrang koʼzlarini eslatdi. Bu koʼzlar Jungkook ularga birinchi marta qaraganidan beri hayolini tark etmaydi. Askar xotinining roʼmolchasiga tikilib xotiralarini eslagan kabi u ham bebaho xazinani goʼzalligini eslardi. Balki Yujin to‘g‘ri aytgandir u chindan oshiq boʼlib qolgandir
Urush yanada ogʼirlashgan damda Jeonning askarlaridan biri keldi.
—general Jeon, Ulsan strategi shubhasiz daho. Uni hatto oʼzini askarlari ham koʼrmagani haqida maʼlumot oldim, uni oldiga josusimizdan yuborib kimligini bilib kelishimizni xohlaysizmi?
Bu sirli odam Jungkookni oʼziga ham qiziq edi chunki uning rejalarini Ulsan strategi chippakga chiqarayotgan edi. Askarlar esa charchagan va umidsizlikga choʼmyapti. U esa bunga qarshi chora koʼrishi kerak. Jungkook yarim tunda yoʼlga otlandi sababi askarlarning koʼpi uxlagan va bu ishni ancha yengillashtirardi. Generalning chodiri boshqalarnikidan ajralib turgani uchun buni payqash oson edi. Jungkook vazminlikni saqlagan xolda askarlarni oldidan oʼtib ketdi.
Jk: menimcha yarim tun boʼldi.- esnadi
—biz kabi askarlar uchun bu qiyin.
Jk: nima boʼlganda ham ehtiyot bo‘l.
—Busan askarlari ikki dunyoda ham bu yerga kirolmaydi.
Jungkook nim tabassum qilib yoʼlida davom etdi.
Chodir katta atrofda oʼramlar va qogʼozlar sochilib yotardi. Faqat shamlar nuri qorongʼu chodirni yoritib xira sariq nur sochardi. Jungkook atrofga qiziqish bilan qaradi va stolning bir chetida sochilgan katta xaritani topdi. Xaritani tekshirib keyingi harakatini koʼrsatishi mumkin boʼlgan biror joy bor yoki yo‘qmi qidirdi. Lekin qog‘ozda siyoh izi yo‘q edi. Shuningdek ichimlik stakanlari ham bor edi. Jungkook chodirning burchagida turli xil spirtli ichimliklar va vino shishalari to‘planganini payqadi. Strateg ichimliklarni sevishi aniq. U josuslikda mohir u nafasi va tezligini bemalol boshqara olardi va bu josuslik uchun qoʼl kelardi. Jungkook karavotda unga orqa o‘girib yotgan odamni ko‘rdi va sekin yaqinlashdi.
Jk: strateg erkak emas balki ayolmi?!- pichirladi
Hayoti davomida bunchalik hayratda qolmagandi Jungkook. Chodirini kichik derazasidan oy nuri ichkariga tushdi. Oy uning yuziga kumus nurlarini sochib qizni yoritib turardi. Nafasi tomogʼiga tiqilib, toʼsatdan ichida nimadir his qildi. U shunchalik maftunkor ediki, Jungkook uyqusida bunchalik xotirjam uxlagab odamni koʼrmagan edi. Goʼyo Xuode uni yaratish davomida u uchun alohida vaqt sarflagandek. Uning uzun sochlari tolasi yuziga tushib turardi. Bir zum Jungkook bu strategni ayoli yoki sevgilisi boʼlishi mumkin deb oʼyladi. Ga shundaki u hali ham bu ayol boʼlishi mumkinligiga ishonmayapti.
U koʼzlarini pirpiratib ochdi. Jungkook uning jigarrang koʼzlariga tikilib qoldi. Odatda jigarrang koʼzlarda mehr va iliqlik boʼladi. Lekin unikida faqa sovuqlikni koʼrish mumkin edi. Xuddi oʼljasini nishonga olayotgan burgutga oʼxshardi.
U uzun kipriklari ostidan Jungkookga tikilib, uni baholadi. Nigohlari sovuq va hisob-kitobli, uni qiyin ahvolga solganini aytardi lekin Jungkook bunga qarshi emasdek xuddi unga zarar yetqazishiga qoʼyib beradigandek edi.
Lily birgina tezkor harakat qilan yostigʼi ostidan xanjarini sugʼurib oldi va Jungkookni boʼynini oldiga ushlab turdi.
Lily: kimsan?- deb soʼradi sovuq ohangda.
Koʼzlarigda mos boʼlgan jigarrang sochlarj sharshara kabi pastga tushdi. Pichoqni uzoqlashtirmagan holda yotoqdan turdi. Kiygan oq tungi koʼylagi uning qomatiga juda mos tushgan.
Lily: tezroq gapir boʼlmasa ikkinchi marta oʼylamay oʼldiraman.- pichoqni boʼyniga qattiqroq botirib tildi. Kesilgan joydan asta sekin qon oqib chiqa boshladi Jungkook ogʼriqdan xirilladi.
Jungkook tom maʼnoda u strategni ayoli emasligi balki strategni oʼzi ekanligidan xursand bo‘ldi.
Lily xanjarini Jungkookni qorin qismiga tushurdi. Bir urunishdayoq uning Ulsan askarlar formasini yirtdi va uni ostida Busan harbiy formasi koʼrindi.
Lily: dushman xududiga osongina yashirinib kirdingmi?! Hayratda qoldim.- uning ohanggidan sof zahar tomchiladi.
Jk: bundan xursandman chunki sizni hayratda qoldirish oson ish emas deb oʼylayman, malikam.- labi uchida jilmayib qoʼydi.
Jk: unda malika boʼlmasangiz sizni nima deb chaqirishim mumkin?
Dastlab Jungkook uni malika deb oʼylagan edi.
Lily: bu muhim emas. Kimligingni va nega bu yerga kelganingni ayt.
Jk: qiziqish, qiziqish meni bu yerga olib keldi. Ulsanni strategini koʼrishini xohladim.
Jk: hali yoʼq. Endi millionlab savolim bor.- dedi uning jigarrang koʼzlariga tikilib, koʼzini qisdi.
Lily: oʼlimdan qoʼrqmaysanmi? Bilaman oʼsha axmoq generaling seni josuslik qilish uchun yuborgan. Uning fikrlashi general boʼlish uchun yetarli emas, josuslikga oddiy axmoqni yuborgan.
Jungkook kulmaslik uchun lablarini tishladi. Lily asl generalni tanimasligi unga yengillik berdi.
Jk: siz oʼylaganchalik axmoq emasman.
Lily: seni zindonga tashlashadi.
Jk: shaxsingizni ovoza qilishimni xohlaysizmi?
Jk: bu yerdan chiqqanimdan keyin birinchi qiladigan ishim-shaxsingizni oshkor qilish, malikam.
Jk pov:
Agar menga ozroq jasorat boʼlmaganda uni chiroyidan erib ketgan boʼlardim. Unga bir qadam yaqinlashdim. Uning koʼkragi yuqoriga va pastga koʼtarilib borardi va men uni gʼazabini jilovlashga harakat qilayotganganini payqadim. Lablarimni uni qulogʼiga yaainlashtirib dedim.
Jk: tungi kiyming senga juda yarashgan.
Keyin Jungkook uni shunday aylantirdiki. Lilyning orqasi Jungkookni old tomoniga mixlandi. Xanjarini olib qizni boʼyniga tiradi. Jungkook uning qoʼlini yumshoqligini his qilishi bilan elektr uchquni tomirlaridan oʼtib tanasini titratdi.
Jk: nazorat meni qoʼlimda boʼlganida juda muhim gap aytding.- deb masxara qildi.
Lily: qoʼlidan hech nima kelmaganidan keyin seni josuslikga yuborib katta xato qildi.
Jk: va sizning ham rejalaringiz oʼxshamadi, malikam
Toʼsatdan qoʼlida sanchish his qilgan Jungkook orqaga chekindi. Uni chiroyiga maxliyo boʼlib yonida yana bir pichoq borligini payqamadi.Lily unga hujum qilish uchun oldiga yugurdi. Ogʼriqqa qaramay Jungkook qochishga muvaffaq boʼldi va shamdonni yerga qulatdi. Yerga tushgan shamlar qog‘ozlarni yoqib ishga kirishdi. Olov ularning orasida toʼsiq boʼlib xizmat qildi. Jungkook olov ortida turgan qizga tikilib qoldi. Unga oʼxshagan magʼrur ayolni koʼrmagani haqida yana bir bor oʼyladi.
Lily: nega senga aytaman deb o‘ylaysan?
Jungkook gapini tugatmasdan Lily unga ikkita Pichoqni uloqtirdi. U yana qochishga ulgurdi. Jungkook spirtli ichimliklar idishini olivga tashlab alangani kuchaytirdi.
Lily: jin ursin seni! Endi oʼldim deyaver!
Jk: oʼldirishingni intiqlik bilan kutaman. Koʼrishguncha malikam.
Lily uni ushlab olmasidan u chodirdan chiqib ketdi. Kiymini toʼgʼirlab jilnaygancha oʼz hududiga yoʼl oldi. Uyiga yetgach qonayotgan qoʼlini bogʼlash uchun chodiriga kirdi. Kiygan kiymini yechmoqchi boʼlganida yaltiroq sirgʼa kiymiga ilinib turardi. Sirgʼani olib unga tikilib qoldi. Bu unga oʼsha koʼzlarni va ularni qanchalik chuqurligini eslatdj. U bilan boʼlgan uchrashuv Jungkookga boshqachadek tuyuldi.
Jungkook hayollarini yigʼib Busan qiroliga xat yozishni boshladi.
Hurmatli qirol, men Ulsan xududida boʼldim va oʼsha oda ayol ekanligini aniqladim xolos. Agar boshqa maʼlumit kerak boʼlsa jonim bilan yordam beraman.
Nigohini u yana sirgʼaga qaratdi. Uni nima qilishni bilmadi. Lekin tashlab yuborgisi kelmadi oʼrniga uni katta xavfsiz kitobi ichiga solib qoʼydi