Uchqunlar
Busan juda goʼzal ekan. Buvijon bilan gavjum bozorda aylanib yurganimda bu haqiqat menga yanada ravshan boʼldi. Hamma baxtli va xushchaqchaq koʼrinadi. Atmosferada quvonch muhiti hukm surardi. Buvijon bir necha joyda toʼxtab yangi kelgan ipak va boshqa narsalarni kizatdi, men esa uni orqasidan ergashardim. Hamma buvijonni tanigandek tuyilardi. U bozorga kelganida hamma u bilan so‘rashdi va bu esa menga kerak bo‘lmagan eʼtiborni berdi. Ular meni kimligimni buvijondan tinmay so‘rashdi. Xayriyatki buvijon meni uzoq qarindoshi deya tanishtirdi.
—bugun kun juda issiq.- roʼmolchasini olib yuzini artdi. Javoban bosh irgʼab qoʼydim.
Lily: yaxshimisiz? Keling shu yerga oʼtiring
—lekin shu yerda toʼxtaydiganga o‘xshaymiz. Men biroz charchadim
Lily: mayli muammo yoʼq, unda mulkga qaytaylik...
—sen bemalol aylanishing mumkin. Voy, tasodifni qarang ana Jungkook u senga hamma narsani ko‘rsatadi men uyga ketaman.- xitob qildi u
Lily: nima? Yoʼq... menimcha...
U menga quloq solmay Jungkook ni chaqira boshladi.
—Jungkook! Jungkook! Bu yerga kel
General Jeon o‘girilib qoshini chimirdi.
Jk: bu yerda nima qilyapsizlar?
—Lilyga Busanni ko‘rsatishga qaror qilgandim. Lekin kun juda issiq bo‘lgani uchun o‘zimni yaxshi his qilmayapman. Nega unga atrofni ko‘rsatmaysan?
Lily: shart emas. Agar uni ishi bo‘lsa bezovta qilmaganim maqul.
—jim bo‘l, bezovta qilmaysan. Bundan tashqari men o‘zim mulkga yetib olaman. Yaxshi vaqt o‘tqazing
Jk: mening mashg‘ulot maydonim shu yerda. Askarlar shu yerda mashq qilishadi.- deb javob berdi.
Bir necha daqiqa jim aylandik. U Lilyni butunlay eʼtiborsiz qoldiryapti.
—general Jeon oldingizdagi qiz kim?
Jk: U... meni qarindoshim va busanga birinchi marta keldi.
—oh, lekin men sizlarni sevishganlar deb o‘ylabman. Keling, sizga zargarlik buyumlarimni ko‘rsataman
Do‘konga yaqinlashib yaltiroq sirgʼalarga tikildim. Bir juft sirg‘ani olib taqdim
Lily: chiroylimi?- deb soʼradim ayoldan.
—juda ajoyib, siz nima deb oʼylaysiz general Jeon?
Jungkook Lily ga qaraganda nafasi titrab ketdi. Uning nigohi sirgʼalarga tushdi. Xotiralar yana jonlangandek boʼldi.
Doʼkondan chiqishim bilan Jungkook bilan bir bola gaplashayotganini koʼrdim. U bolaning oldiga tiz choʼkib turardi. Bir zum u juda yaxshi ota boʼlishi haqida oʼylab qoldim. Chunki u bola bilan shunday gaplashardiki ikkisining kulgusi ham soʼnmas edi.
U oʼrnidan turganda tasodifan qoʼli menikiga tegib ketdi. Shunda gʼalati elektr uchqunini his qildim
Quyosh botib, yerni zulmat qoplashi uchun tunni taklif qilardi men yotoqxonam derazasi yonida suyanib hayollarimni yigʼib olishga urinardim ishlar yaxshi ketmayotgan edi. Men rad etgan odam negadir yuragimda noʼmalum tuyg‘ularni uygʼotayotgan edi. Eshik taqillashi meni asliyatga qaytardi
Ichkariga buvim men uchun ajratgan xizmatchi kirib keldi.
—Kim xonim, kechgi ovqat vaqti boʼldi, kechgi ovqatga janob jeon va park Minnie ishtirok etadi.
—uni bugun general Jeon bilan ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. U janob jeon ni bolalikdagi do‘sti.
—buvijon bu koʼylakni siz uchun yubordi agar kechlikda kiysangiz bag‘oyatda xursand bo‘lishini maʼlum qildi.
Xizmatchi ushlab turgan binafsha rang hanbok ni oldim unga qo‘shimcha sifatida baʼzi taqinchoqlar ham bor ekan. U chiqib ketdi.
Demak bolalikdagi do‘st degin? Yaxshi! Menga berilgan binafsha rang hanbokni kiydim va tayyorlanib pastga tushdim. Nega oddiy ovqatlanish uchun yasanishim kerak ekanligini tushunmadim. Pastga tushishim bilan dasturxon atrofida o‘tirgan odamlarga koʼzim tushdi. Men toʼrt kishi boʼlamiz deb oʼylagan edim lekin dasturxon atrofida boshqa odamlar ham bor ekan. Hammaning nigohi menga qaratildi barcha eʼtibor menda bo‘lgani uchun o‘zimni noqulay his qildim. Nigohlarim unga tushdi. Stolning bir chetida buvisini boshqa chetida oʼtirgan Jungkook. U boshini koʼtarmasdan turardi menimcha u Minnie bilan gaplashyapti.
—kel oldimga oʼtir.- dedi buvijon boshqalarga tazm qilib buvijonning oldiga oʼtirdim menimcha baʼzilar suhbatdan juda zavqlanyapti shekilli bir ikki marta uning kulgusi xonada yangradi. To‘g‘risini aytganda Minnie chiroyli qiz ekan.
—Jeon xonim menga bunday chiroyli qarindoshingiz borligini aytmagan edingiz.- dedi roʼparamda oʼtirgan bir kishi. Likopchadan boshimni koʼtarib unga qaradim.
—bilaman Taehyung.- dedi buvijon kulib.
Buvijon uni tanishtirishni boshladi.
—Lily, bu Taehyung Jungkookning yaqin doʼsti. Pusan gersogini o‘g‘li.
Bosh irgʼab qoʼydim. U xushmuomala va mehribon ko‘rinardi, lekin hozir shunchaki xotirjam o‘tirardi.
V: kim xonim, meni go‘zallingiz bilan maftun qildingiz.Uchrashuvga nima deysiz? - dedi u keng jilmayib
Bir zum hayratda qoldim. U nima demiqchi boʼldi? Bu haqida yaxshilab oʼylashimdan yiki Taehyungga javob qaytarishimdan oldin xonada pichoqni tushib ketgan ovozi eshitildi. Hammaning nigohi ovoz kelgan joyga qaratildi va Jungkookni egilib pichoqni olayotganini ko‘rdim
Jk: kechirasiz.- deb ming‘irladi Taehyungga ga sovuq ko‘zlari bilan tikilib.
Taehyung; xoʼsh, uchrashuvga ruxsat berasizmi?Xonim- u yana mendan so‘radi.
Yana bir yoqimsiz ovoz yangradi.
—nega bugun ham bunchalik beo‘xshov hamma narsani tushurib yuboryabsiz.- deb kuldi buvijon
Lily: Eʼtiboringizni tortganimdan xursandman janob, lekin yaqin orada tatilim tugaydi va men uyimga qaytib ketaman. Shuning uchun vaqtim yo‘q
Taehyung: juda hafa qildingiz meni. Shunday emasmi Jeon?- deb jilmaydi Taehyung
Jk: kechki ovqat tugagandan soʼng doʼsting sifatida yigʼlashingga yordan beraman.- dedi ovqatdan boshini ko‘tarmasdan.
Hamma kulib yubordi. Aslini olganda kechki ovqat yaxshi o‘tdi. Vaqti-vaqti bilan hazillar boʼldi.
Kechlikdan keyin toza havo uchin bog‘ga chiqishga qaror qildim. General mulki katta va hamma joy yashil o‘tlar va daraxtlar gullar bilan toʼla. Oyning yorqin nuri atrofni yoritib turardi. Havoda mayin shabada esim yuzimni silardi. Ortimdan mayin qadam tovushlarini eshitishim bilan o‘girildim. Va Minnie ni ko‘rdim
Lily: xayrli kecha, park xonim- xushmuomalalikni saqlab so‘rashdim.
Lily: Kimdan?- qoshimni ko‘tardim. Garchi kim haqida gapirayitgani maʼlum bo‘lsa ham.
—Jungkookdan. Undan uzoqlash. U meniki...
Lily: Seniki?- toʼsatdan qonim qaynab ketdi
—Jungkook bilan munosabatingiz qanday ekanligini bilmayman. Jungkook seni shunchaki uzoq qarindoshi deb tanishtirdi. Lekin menga baribir undan uzoq yur. Jungkook meni yaxshi koʼradi. Vaqti kelgada biz...
Unga sovuq nigohimni tashladim. Shu zahotiyoq u gapini tugatishga ikkilandi.
Lily: u seni chindan yoqtiradimi? Yoki bunga oʼzingni ishontirmoqchimisan?
Lily: qara, agar Jungkook seni yoqtirganda bu yerga kelib menga ogohlantirish bermagan boʼlarding.
—sen! Shunchaki bir tarbiyasiz qizsan! Sendagilarni maqsadi faqat bitta narsa — eʼtibor. Bugun ham hammani eʼtiborini tortish uchun qattiq harakat qilding. Taehyungni ham rad etganingni sababi ham bitta. Chunki sen kattaroq baliqni yani Jeonni nishinga olgan eding.
Lily: va bu ishlayapti shunday emasmi?
Lily: eʼtiborni olishga qilayotgan "harakatim". Bu yaxshi ishlayapti toʼgʼrimi? Axir sen bu yerga kelganingga qaraganda Jungkookni eʼtiborini men olayapman shekilli.
Lily: qizaloq, bundan tashqari qattiq teriga ega boʼlish ham meni qobilyatlarimdan biri. Menga umuman seni ishlaring qiziq emas. Hozir haqiqiy eʼtibor tortadigan ish qilishimdan oldin yoʼqol.
Soʼng u ketdi. Agar Jungkook uni yoqtirsa menga nima? Aslida bu ishlarni yaxshilaydi.
Bog‘ ishiga chuqurroq kirdim. Atirgullarni koʼrib ularni barglarini mayin siladim. Koʼp oʼtmay ortimda qadam tovushlarini eshitishim bilan gapirdim.
Lily: aytgan gaplarim kamlik qildimi? Muammo xohlaysanmi?!
Uning baxmal ovozlari qulogʼim atrofida yangradi. Darrov ortimga oʼgirildim
Lily: nima? Yoʼq. Men sizga aytmoqchi emasdim. Bu tasodifan boʼldi. Haligi.. kechirasiz
Jk: hech qisi yoʼq, uzr soʼrashga hojat yo‘q.
Uning baxmaldek ovozi meni oʼziga tortdi kun boʼyi eshitishga tayyor boʼlgan ovoz. Nima?! Lily oʼzingga kel nimalarni oʼylayapsan?! Yoʼq shunchaki Yoʼq!
Jk: senga hanbok yarashar ekan.
Negadir uning kiyiknikiga oʼxshash qora koʼzlariga tikilib qoldim. Xuddiki bu dunyoda men va u qolgandek.
Koʼzlarimni olib qochish uchun atirgullarga qaradim.
Jk: xoʼsh qaysi gullar senga yoqadi?- soʼradi toʼsatdan.
Lily: sababi yoʼq balki uni yoqtirgan odam nafaqat chiroyiga balki uning tikanlariga ham chidashi kerakligi uchundir. Sizga qaysi gul yoqadi?
Jk: hech qanday sababi yoʼq.- javob berishdan oldin uzoqqa tikilib, soʼng tabassum qildi
Nargis guli qandaydir maʼnoni anglatadimi deya oʼylab qoldim. Chunki hech qanday maʼnoga ega boʼlmagan gul yoʼq hattoki oʼzimni ismim ham bir gulning nomi aytishlaricha esa u abadiy sevgi ramzi ekan. Atirgullar bargini mayin silayotganimda tikani toʼsatdan qoʼlimga kirdi.
Javib berishga ulgurmay u meni qoʼlimni ishlab tikan kirgan joyini tekshirdi. U qoʼllarimni ushlaganda uchqunlarni his qildim. Nega bunday bo‘lyapti? Uning qoshlari chimirilgan, mendan ham koʼra koʼpriq havotirda ekanligi koʼrinib turibdi. Va bu menga yoqdi.
Lily: bu shunchaki kichik bir baxtsiz xodisa. Judayam kichik
Gapimga eʼtibor bermay choʼntagidan oq roʼmolchani olib barmogʼimga bogʼladi.
U menga juda g‘amxo‘r va men qanday javob qaytarishni bilmayman.
Lily: agar ruxsat bersangiz men...
Qoʼllarimni ushlab turgan qoʼliga ishora qildim. U esa tezlikda qoʼyib yubordi.
Tuni bilan uxlay olmadim. U va uning mehribonliklari va yorqin koʼzlarini oʼylamasdan ilojim yoʼq edi. Kechlik uchun qilingan soch turmagimni xizmatchi yechayotgan edi.
—yaqin orada Busanda katta festival boʼladi siz buni koʼrishingiz kerak.Ikki kundan boʼladi. Borishingiz kerak xonim. Janob Jeon ham borishi mumkin.
Kechgi ziyofatlarga qiziqmasam ham bosh irgʼab qoʼydim.
Lily: Nargis gulini maʼnosi nimaligini bilasanmi?
Bugun u menga sevimli guli nargis ekanligini aytgandan soʼng bu gulga qiziqib qoldim.
—albatta. Aytishlaricha u javobsiz sevgini ifodalaydi.
Av: sizning sevimli gulingiz qaysi?