Uchqunlar
Buvijon qoʼyarga qoʼymay oʼsha bazmga meni olib bordi. Hatto menga aytmasdan qirollik kiyimlari-yu taqinchoqlarini ham olib keltiribdi.Tan olishim kerak buvijonni didi juda zoʼr qizil koʼylak menga yarashishini bilsamda kamdan kam kiyardim qora meni sevimliyim. Xizmatchi sochimni naqd bir soatdan keyin tuzatib boʼlgach oynaga yana biror qarab qoʼydim shu bazm kerakmi menga? Agar u yerda muammoga duch kelsamchi? Ularga kimman deyman? Generalingizni rad etgan Ulsan general qiziman deymanmi?
—Lily, tayyormisan?- buvijonni ovozini eshitishim bilan asliyatga qaytdim
Xonadan chiqdim. Ular meni ot arava oldida kutib turishardi. Buvijon meni koʼrib magʼrur tabassum qilib qoʼydi. Jungkook esa fikrlari bilan chalgʼingan koʼrinardi. Uning koʼrinishi chakki emas. Koʼk rang unga juda mos tushar ekan. Sochlari esa doimgisidan biroz farq qiladi va bu unga juda ham yarashgan. Agar ualr shunday kelishgan odamni rad etganimni bilishsa qanday reaksiya bildirishgan boʼlardi? Qiziq!
Buvijon Jungkook ni yordamida fiytunga oʼtirdi. Keyin esa ikkilanib menga qoʼlini uzatdi. Balki hijolat boʼlyapti aslida men ham hijolatman uni rad etganimdan keyin bezlarcha ular bilan aylanyapman har xil ziyofatlarga boryapman. Biroq ularni mehmondoʼstligiga qoyil qolishim kerak. Ulsandan koʼra Busan aholisi mehribon ekan va men endi bu yerdan ketolmasam kerak deb oʼylayman baʼzida.
Ikkilanmasdan uni qoʼlini ushlab foytunga oʼtirgach u eshikni yopdi. Kichik derazadan atrofni kuzatishni boshladim. Saroyga yaqinlashganimizda boshqa foytunlarga koʼzim tushdi. Baʼzilari endi kirar bazilari esa mehmonlarni tushurgach qaytib chiqardi. Biz ham foytundan tushdik. Hammani koʼzi bizga qadaldi. Shubha yoʼqki ularning barchasi buvijonni taniydi va men bu yerdan emasligimni ham bilib turishibdi. Lekin Ulsan bazmlaridan farqi shundagi men haqimda hech qanday pichirlashlar yoʼq. Ulsanda doim meni oʼgʼil bola boʼlmaganim va qiz bola boʼla turib unga monand harakat qilmayotganim, hoynahoy jang sanʼatini ham yaxshi oʼrganmaganligim haqidagi gʼiybatlar qulogʼimga chalinib turardi. Tasavvur qilyapsizmi ular xatto bizda ham koʼngil borligini unutishadi. Lekin men bu gaplarga umuman eʼtibor bermayman. Otam doim menga kuchli bo‘lishim kerakligini hech kim meni yenga olmasligimni aytardi.
Saroy ichkariga kirishni boshladik orqamizda Jungkook qoʼshilib kelardi.
Ziyofat juda zerikarli boʼldi, zerikishdan uxlab qolay dedim toki ular ust boshi yirtiq, tana va yuzlarida koʼkarish va yaralari bor boladi olib kelmaguncha.
Lily: nimalar boʼlyapti?- deya oʼziga oʼzi pichirladi.
—keling ziyofatni yanada qiziqarli qilamiz, qirolim
—qaysi ayol bolani boshi ustida turgan olmani yani nishonni oʼqqa tutishini koʼrish.
Jungkook qarshilik koʼrsatish uchun qoʼzgʼaganida qirol uni qo‘lidan ushladi. Aholi mehribon ammo qirolda insof degan tuyg‘u begona ekan. Jungkook qanchalik mashhur boʼlmasin, general boʼlmasin qirolga qarshi chiqa olmay jim qoldi. Bir tarafdan biroz jaxlim chiqdi agar qoʼliga qurol ushlab koʼrmagan ayollardan biri bolani oʼldirsachi?
—agar bola oʼlsachi?- dedi olomon ichidan bir ekak.
—hech qisi yoʼq u meni qulim.- dedi Lord Kang
Hamma jim qoldi qirol esa tasdiq sifatida boshini irgʼab qoʼydi xolos. Hech bir ayol bu yosh bolani qotili boʼlishni xohlamaydi. Lekin negadir ichimda oʼsha bolani qutqarish hissi joʼsh urishni boshladi.
Oʼrnimdan ikkilanishsiz turdim. Agar oʼq otishni bilar ekanman unda ikkilanishga ne hojat?
—kichik xonim oʼzingizni tanishtiring
—u men bilan.- nima deyishni bilmay turganimda buvijon gapirdi.
Koʼylagimni biroz koʼtarib yurishga qulay boʼlgach oʼsha Lord Kang degan odam oldiga bordim.
Lily: insoniysizlikdan tashqari eshitish qobilyatingiz ham yoʼqmi?
—shunchaki ismingni soʼrayapman
Lily: siz shunchaki ayollardan biri dedingiz men chiqdim. Endi esa kamon va nayzani bering.
—noʼmalum odamni ishtirok etishiga yoʼl qoʼya olmayman.
—u meni oilam bilan.- dedi buvijon
—Jeon xonim u Busandan emas, shundaymi? Chunki ilgari uni bu yerda koʼrmaganman.
Uni ezmaligidan har soniyada qonim qaynab ketardi.
Lily: buni nima farqi bor. Ayol deding men qarshingdaman!
—kechirasiz kekin bevosita Busan festivali anʼanalariga boshqa yerliklarni aralashtirolmayman.
Anʼana? Bir odamni umriga zomin boʼlish qachondan anʼana hisoblanib boshlandi? Bekorga odamlar "millatni yomoni emas, odamni yomoni boʼladi" deyishmas ekan.
Sabr kosam toʼldi uning hurmatsizligi meni qonimni qaynatdi.
Lily: demak senga aniq maʼlumot kerak shundaymi? Men Ulsan generalining qiziman, merosxo‘ri. Xoʼsh yetarlimi? Kamon va nayzani ber!
Hamma hayratda qoldi. Mana pichirlashlar boshlandi.
—agar shunday boʼlsa nega tashrif buyurishingiz bilan saroyga kelmadinggiz? Axir siz general Jeonga unashtirilgansiz.- tilga kirdi Qirol
Lily: bu oʼzaro uchrashuv edi. Qisman shaxsiy desa ham boʼladi.
—u yolgʼon gapirmayotganini qayerdan bilamiz?- jigʼimga tegish uchun uni ovozini eshitish kifoya edi. Lord Kang menga zimdan nigoh tashladi.
Jk: ha u Ulsan generalining qizi. Meni esa boʼlajak xotinim.
Jungkook tasdiqlagach hamma toʼsatdan tazm qildi. Aslida bunga xojat yoʼq edi men shunchaki oʼsha bolani qutqarmoqchiman xolos.
—biz bu tadbirda siz kelganingizdan bexabar edik. Boʼlmasa sizga xurmat bajo keltrigan boʼlar edim
Lily: hurmat koʼrsatish uchun odamni maqomini bilish shart emas men sizga aytsam.
Uni qoʼlidan kamon va nayzani oldim.
Lily: lekin shartim bor. Agar olmaga oʼq tegsa oʼsha bola men bilan ketadi.
Bir zum qirol oʼyga choʼmdi. 4yil oldingi strateg ayol shu boʼlishiga ishonish qiyin edi. Sababi Lily koʼrinishidan saroydan bir qadam tashqariga chiqmagan nozik malikalarga oʼxshardi. Shu sababli ham uning kuchiga shubxa bilan qaray boshladi. Axir shunday nozik ayol shafqatsizlarcha odam oʼldirishi mumkinmi?
Odamlar orasidagi pichirlashlarni eshitdim. Ular meni nozikligim haqida gapirishni boshlashdi. Uchta nayzani olib kamonga joyladim. Koʼzlarimni yumib faqat oʼzim va nishon qolgandek his qilish uchun diqqatimni jamlashga harakat qildim. Men buni uddalayman xuddi oldin koʼp bora uddalaganimdek.
—oʼzingni qiynama yaxshi menga kamonni qaytar.
Koʼzimni ochdim. Diqqatimni jamlashim qiyinlashdi.
Jk: men xotinimga ishonaman u buni uddalaydi endi esa chakagingni yop.
Uning koʼzlariga tikildim. Meni xotinim dedi. U menga hammadan ham koʼp ishonyapti hattoki uni yaralagan boʼlsam ham. Tabassum qilib yana diqqatimni nishonga qaratdim.
Otamni soʼzni hayolimda jarangladi.
Lily sen qoʼy emassan shersan. Ergashish uchun emas balki yetaklash uchun dunyoga kelgansan
Ipni qoʼyib yubordim. Nayza yashin tezligida kamonni tark etdi. Hamma koʼzni yumdi bir necha sonyadan keyin esa oʼlik bolani koʼrish uchun koʼzlarini ochishdi.
Lekin uchalla oʼq ham olmaga tekkan edi. Chuqur nafas oldim. Men ularga kimligimni koʼrsatib qoʼydim.
Janob Kang borib olmani tekshirdi.
—jodugar boʼlsang kerak. Bunga ishonmayman.
Lily: nishonga oʼq uzganim jodugar ekanligimni anglatmaydi. Agar jodugar boʼlganimda birinchi boʼlib sizni yoʼq qilardim.
Jk: uni jodugar deyishga qanday jurʼat etding?!- stolga musht urib oʼrnidan turdi.
Bola oldiga bordim. Uni aroqnlardan yechishni boshladim.
—odatda yetimcha yoki foxishani bolasi deb
Soʼzsiz qoldim. Koʼnglim achidi bu bola uchun
Lily: kel unda sen uchun ism oʼylab topaman... Rey... Senga yoqdimi?
Lily: unda bugundan boshlab seni isming Rey. Qara, men senga opa boʼla olaman. Ukam boʼlishni istamaysanmi?
Ortga qaytgach Rey uchun xona tayyorlattirdim. Soʼng oʼzim xonamga qaytib, kiyimlarimdan xalos boʼldim. Tungi kiymimni kiyib joylashdim. Hech qanday sababsiz bezovtalana boshladim. Uxlashga harakat qilib koʼrdim, kitob oʼqishga harakat qildim lekin oʼxshamadi. Balki sayr yordam berar deb bogʼga tushdim.
Sayr qilishni boshlaganimda sokinlikni his qildim, tinchlandim. Tungi havodan toʼyib nafas qoldim, rohatlandim toki ortimda oyoq tovushlarini eshitmagunimcha.
Keyin ortimga qaradim. Uning kiyiksimon qora koʼzlariga duch keldim.
Jk: halaqit berish niyatim yo‘q edi.
Lily: shunchaki sayr qilayotgan edim
Jk: ketishim mumkin. Bezovta qilishni xohlamayman.
Keyin birga yurishni boshladik.
Lily: har doim ajoyibman.- jilmayib qoʼydi
Lily: balki siz bilan ham bellashib koʼrarman.
Lily: lekin natija ikkimizga ham ayon men yutaman.
Jk: seni oʼrningda boʼlganimda bunchalik katta ketmagan boʼlardim, Kim xonim
Lily: toʼrt yil oldin koʼrganlarimga asosan sizni chalgʼitish juda oson, Jeon. Bu esa katta zaiflik
Jk: dushmanni kamsitish magʼlubiyatga birinchi qadamdir. Urush boshqaruvchisi sifatida buni sizga aytishim kerak.
Lily: sizni kamsitsam axmoqlik boʼlardi. Lekin...
Uning toʼrt yil oldingi chandigʼiga ishora qildim
Lily: lekin oʼzingizni ortiqcha baholamang.
Jk: oʼshanda meni birinchi va oxirgi marta chalgʼiganim edi. Boshqa bunday boʼlmaydi
Jilmaydim. Uni masxara qilish hamma narsadan ham qiziqarli edi.
Jk: men charchadim...- uni ovoz toni toʼsatga oʼzgardi
Uning qora koʼzlari his tuygʼularga toʼlib toshgan edi.
Jk: nega bunchalik yaxshi, bunchalik yoqimli, bunchalik goʼzal boʼlishing kerak?Nega har doim bir vaqting oʼzida juda yaqin va xuddi oramizda kesib oʼtib boʼlmaydigan yoʼl bordek tuyiladi? - ovozi titradi.
Jim qoldim. Men uni asabiylashtirayitgan edimmi?
Lily: agar asabingizga tegayotgan boʼlsam ketaman...
Jk: qani edi shunday bo‘lsa. Qani edi meni chindan gʼazablantirsang. Qani edi sendan nafratlana olsam. Lekin men sevgidan azob chekayotgan axmoqman. Men shunchaki charchadim. Meni sevmaydigan odamni sevishdan charchadim.
Jk: lekin sen boshqasiga vaʼda bergansan, bilaman. Shuning uchun ham bu noto‘g‘ri. Seni oʼylashim noto‘g‘ri lekin men toʼxtolmayman. Men harakat qildim toʼxtashga lekin ish bermadi.
Jk: seni yuragingda dunyodagi hamma uchun joy bir. Lekin unda men uchun joy yo‘q. Yuragingda kichik bir joyni egallay olmaymanmi? Kichik bir qism joy bera olamaysanmi?
Koʼzlari alam va gʼazabdan yonib turardi toʼgʼri bu menga boʼlgan gʼazab emas.
Jk: men senga hamma narsa berishim mumkin. Dunyoni, oʼzimni. Seni ortingdan tinmay kuzatdim. Shunga qaramay, sen menga yuragingdan kichik bir joy ajratmading. Men seni kutayotganimda boshqasini tanlading. Yillar davomida kutdim. Sen haqingdagi kichik bir xotirani ham qadrlayman.
Jk: seni ayblamayman. Qanday qilib seni sevganim uchun seni ayblashim mumkin? Bir vaqtning oʼzida juda yaqinsan lekin oramizda yettita okean bordek.
Jim qoldim. Hayratdan nima deyishni bilmadim. U rad etganimni qabul qilganda oʼzi ham shuni xohlagan deb oʼylagan edim.
Ketish uchun orqaga oʼgirilganda qoʼlidan ushlab toʼxtatdim. Men doim ayollarga xos boʼlmagan ishlarni qilganman, jang sanʼatini oʼrganganman, jang qilganman, urushda qatnashganman va birinchi qadamni tashlab uni oʼpyapman. Ha men undan boʼsa olishni xohladim va buni ikkilanmay qildim.
Qizning qoʼllari Jungkookni boʼynidan oʼralgancha, Jungkook uni belidan ushlab oʼziga tortdi. Va boʼsa olishni oʼz qoʼliga oldi.
Tan olishim kerakki undan kutgan narsam hayrat edi lekin u boʼsani oʼzi davom etirdi. Nafas olishimiz qiyinlashganda u biroz sekinlashib havo kelishini barqarorlashtirdi.
Bir qoʼli qizni yuzidan ushlab tili bilan qizni ogʼzini ohista oʼrganib chiqdi. Oy nuri ostida bu juda ham ajoyib koʼrinardi. Jungkookning ikkinchi qoʼli Lilyni tanasini oʼrganishni boshlaganda davom etayotgan uchqunlar yana ham avj oldi. Ularni birlashtirib turgan qandaydir magnit bor edi va buni eʼtiborsiz qoldirib boʼlmasdi.
Soʼng Jungkook qizni boʼshatib bir qadam orqaga chekindi.
Jk: barcha fikrlarga qaramay men seni hali ham xohlayotganim axmoqlik, sen kenga keraksan.
U meni koʼksiga tirtib jagʼim boʼylab oʼpishlar bosdi.
Jk: sen meni atirgulimsan Lily. Seni bargalaring, tikanlaring bilan sevaman va buni isbotlash uchun imkon ber.
Men xohlagan narsa shumi? U meni dushmanim men bu yerga nikoxni bekor qilish uchun kelganman lekin hozir hech narsaga amin emasman.
Jk: sen mening Lilyimsan. Mening malikam. Senga doim ergashaman. Qayerda boʼlma meni oʼzingga ohanrabo kabi tortasan. Men doim seni yoningda boʼlaman.