Tikanli atirgullar
Salom hammaga bu meni ushbu janrdagi birinchi fanficgim. Sizlarga manzur keladi deb umid qilaman. Bir kitobdan tarjima qilayapman. Faqat personajlari oʼzgartirilgan va biroz qisqartirilgan 💗.
—Kim Lily, Park Jiminni qonuniy turmush oʼrtigʼing sifatida qabul qilasanmi?
Uning yuzidagi tabassumni koʼrdim. Turmushga chiqmoqchi boʼlgan yigitimni jilmayganini koʼrish vaqtni sekinlashtirdi. Atrofda atirgullar va mehmonlar barchasi ertakdagidek edi. Uning yuziga birinchi marta toʼgʼri qaradim. U nihoyatda kelishgan, tulkinikiga oʼxshash jigarrang koʼzlari baxtdan porlab turardi. Yoqimli pushti lablar va och sariq sog‘lom sochlari ortga taralgan edi. U meni javobimni kutdi, otamga bir nazar tashladim, hozir rozilik bersam biz rasman er xotin boʼlamiz.
—Sizlarni rasman er va xotin deb eʼlon qilaman. Marhamat kelinni oʼpishingiz mumkin.
Shu kundan boshlab men uniki u esa meniki. Biz yaxshilikda ham, yomonlikda ham boylik yoki kambag‘allikda ham kasal va sog‘lomlikda ham birga bo‘lamiz va har qanday to‘siqni yengib o‘tamiz. Kitoblarda keltirilgandek o‘lim bizni ajratmagincha birga bo‘lishimiz kerak. To‘yimizdagi suratga qaradim, o‘sha kunni xuddi kechagidek eslayman
Bu kelishuv. Kim korporatsiyasining egasi bo‘lgan otam meni Jiminga turmushga berdi, rostini aytsam, kompaniyamiz bankrot bo‘lish arafasida edi mendan esa tim maʼnoda foydalanishdi. Turmush qurganimizga bir yil bo‘ldi va men hali ham unga qanday munosabatda bo‘lishni bilmayman.
Eshik chirt etib ochilganda asliyatga qaytdim. Ortga o‘girilib nigohimni erimga qaratdim. U beliga oq sochiq o‘ragan sochlaridan suv tomchilab turardi. Meni ko‘rib ko‘zlarigacha yetadigan tabassum qildi. Men ham javoban jilmayib qo‘ydim.
U oldimga kelib meni o‘z ostiga oldi. Mana sodir boʼlishi kerak bo‘lgan voqea bir yildan beri qo‘rquvim sabab cho‘zib yuribman. U egilib lablarimdan so‘ng bo‘ynimga mayin bo‘salar berishni boshladi. Qo‘li tungi ko‘ylagim tasmasiga yetib borganda uni itarib yubormaslik uchun astoydil harakat qildim. Bu narsa sodir bo‘lishiga qo‘yib bermoqchi edi lekin yana hayollarimda o‘tmishim gavdalana boshladi.
"Sen menikisan va bu jech narsa o‘zgartirmaydi"
og‘zimdan qanday qilib baqiriq chiqib ketganini sezmay qoldim. Men yana Jiminni itarib yubordim
Lily: K-kechirasiz, bunday qilishni xohlamagan edim. L-lekin yana urunib ko‘rishimiz mumkin.
U o‘rnidan turib menga yo‘l ochdim. Ko‘zlarimni yumdim, o‘zimni tayyorladim. Uning keyingi harakatlarini kutdim. Lekin u yanoqlarimdan ushladi.
Jimin: shart emas. Seni tushundim. Menga nisbatan tuyg‘ularing rivojlanmagan bo‘lishi mumkin.
Ko‘zlarim yoshlandi. Uni hafa qildimmi deb o‘ylab qoldim
Jimin: tshh, yigʼlama. Lily, seni bir ko‘rishdayoq oshiq bo‘ldim. Balki bu sen uchun hali ham biznes bitimidir lekin seni sevib qolganimni inkor etolmayman. Va seni tayyorligingsiz hech qanday ish qilmoqchi emasman. Kutaman qancha kerak bo‘lsa shuncha. Meni seni xohlaganimdek xohlaguningcha kutaman.
U peshinamdan o‘pdj va kiyim kiyish uchun ketishdan oldin jilmaydi. Undan kutgan narsam g‘azab edi, bu uchinchi marta sodir bo‘lishi. Unga loyiq emasman. U meni bir yil kutdi va men hali ham qilishim kerak bo‘lgan ishni qilolmayapman. U mukammal er, hamma narsada o‘ta mukammal.
Sen meniki bo‘lasan. Jin ursin shu ovozni barchasiga shu aybdor. Iblis xotirjam bo‘lishimga imkon bermayapti. Aynan shu ovoz tufayli ken o‘zimni erimni yangi hayotimni qabul qilolmadim. Meni qiynayapti u. Chiroqni o‘chirib ochiq derazadan oyga tikilib turdim toki erimni qo‘llari belimga o‘ralmaguncha.
Ertasi kun barchasi doimgidek o‘tdi. Jimin ishga ketdi men esa soʼnggi sanʼat asarim ustida ishladim. Shu tufayli ham ozroq bo‘lsada hayollarimdan chalgʼiyman. Shunday qilib chizayotgan rasmimning har bir lahzasidan zavqlandim. Men bu rasmga "Kumush tush" deya nom berdim. Hammasi jozibqli darajada biroq unga moslashish uchun kurashishingiz kerak. Kichk cho‘tkani olayotganimda qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Jm: Hayotim, rejalar o‘zgardi. Bugun kechga tashqarida ovqatlanamiz. Mehmonimiz bor. Soat 6 gacha tayyor bo‘l. Seni sevaman.
Shu bilan u go‘shakni qoʼydi. U odam kim boʼlishi mumkin?
Muddatidan biroz oldin tayyorlanib erimni kutdim u kelgach meni zumdan kuzatdi.
Jm: har doimgidek go‘zalsan, hayotim.
Yuzimda tabassum paydo bo‘ldi.
Jm: hozir tezda tayyorlanaman va yo‘lga chiqamiz.
Maqullash sifatida bosh irg‘adim. U esa qora kostyum shimda bir necha daqiqada keldi.
U menga tirsagini uzatdi va men qo‘llaridan quchoqlagancha moshina tomon yurdik. Yetib kelgach biz uchun band qildirilgan stolga qarab yo‘l oldik.
Jimin: ukam bilan uchrashish uchun keldik. Bilaman bu haqida oldin aytmaganman va buning uchun uzr so‘rayman.
Men uni shu paytgacha yolgʼiz farzand deb oʼylardim
Jimin: ha, yana u meni o‘gay ukam.
Lily: tushundim, singlingiz ham bormi?- qiziqib soʼradim
Lily: aftidan kimdir xotini bilan yaqin emas ko‘rinadi.
Jimin: bilaman bu haqida senga aytishim kerak edi. Lekin... U ikki yil oldin ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi. Bir necha kun oldin esa chiqarildi.
Jimin: asab bilan muammolari bor edi. Toʼsatdan qurollarga qiziqish uygʼotdi. Litsenziyasiz ularni kolleksiya qildi. Lekin bu noqinuniy edi. Tobora uning jaxlini jilovlash qiyinlashdi va otam shu chorani qoʼlladi. Va Londonga joʼnatdilar.
Maʼlumotni hazm qilishga ulgurmay uni ukasini koʼrishim bilan muzladim.
Nega taqdirim men bilan bunchalik oʼynayapti? Nega u shunchaki hayotimdan ketmaydi?
Ikki yil oʼtdi, ammo unda hech narsa oʼzgarmadi. Xuddi shu hissiz koʼzlar, miyigʼidagi kulgu, oʼtkir jagʼ qismi. Qora sochlari esa taralgan va oʼrtasidan ajratilgan. Doimgidek qora kiyimda. Endi unda tatuirovka bor edi. Va bu uning boʼynigacha yetgan. Jimin ukasini kutib olish uchun oʼrnidan turdi. Mendan bir marta ham koʼzini uzmagan ukasini borib quchoqladi.
Jimin: oʼzingni qanday his qilyapsan? Koʼrishmaganimizga ancha boʼldi.
Jk: ancha yaxshiman.- qaytib qizga tikilishidan oldin jilmaydi.
Jk: koʼryapmanki sevgilingiz bor.
Jimin menga qarab jilmaydi. Keyin ular stulga oʼtirish uchun qaytishdi. Jungkook meni oldimdagi stulga oʼtirganda yuragim yorilgudek urdi. Shu lahzada oʼrnimdan turib qochishni xohladim. Ortimga qaramay qochishni...
Jimin: nihoyat men oʼzimni baxtimni topdim, Jungkook. Bu meni xotinim Lily tanish.
Unga qarashga jurʼat eta olmadim. Ikki yil oldin sodir boʼlgan voqeadan keyin unga qarashimning iloji yoʼq edi.
Lily: tanishganimdan xursandman
Jk: men ham.- xurmat sifatida biroz egildi.
Xayollarim butunlay chalgʼib qayerlargadir ketdi. Erim ukasi qaytganidan xursand agar u biz haqimizda bilsachi? Mendan nafratlanadimi? Nega shuncha erkaklar orasida uning ukasi Jungkook boʼlishi kerak?! Jin ursin hammasini
Sukunatni Jiminning telefoni ovozi buzdi.
Jimin: kechirasiz, birozdan soʼng qaytaman.
Yoʼq, yoʼq ketma! Meni u bilan qoldirma! Qani edi u meni fikrlarimni eshita olganda edi, qani edi oʼzimda kuch topib unga haqiqatni aytolsam edi. U ketganidan siʼng xonada yana sukunat choʼmdi.
Jk: koʼrishmaganimizga ancha boʼldi, mushukcham
Bu laqab. Uni eshitmaganimga ancha boʼldi. Qani edi bundan keyin ham eshitmaganimda hech boʼlmaganda uni ogʼzidan.
U menga diqqat bilan qarab turgani shundoqqina sezilib turardi. Shunga qaramay men bir marta ham unga qaray olmadim.
Chiqish eshigi yaqindek tuyildi. Hech boʼlmasa Jimin kelguncha undan uzoqlashsam, uning atrofida Jungkook menga zarar berolmaydi.
Jk: axir endi koʼrishdikku, mushukcham.
Bilagimdan ushlab meni tizzasiga tortdi. Xayolimga Jimin bizni shunday koʼrgani kelib yuragim qinidan chiqqudek urdi. Undan qutilish uchun harakat qildim.
Jk: nega mendan qochyapsan, hm?
Lily: Jimin bizni koʼrib qolishi...
Uning ikkinchi qoʼli belimni mahkamroq oʼrab olgancha, boshqasi koʼylagim ostidan yuqoriga qarab oʼtladi.
Bu safar qochishga koʼproq harakat qildim. Ammo har bir urinish muvaffaqiyatsiz boʼlarverdi.
Jk: eringizni jalb qilish uchun ataylab kalta koʼylak kiyganmisiz yoki...
Uzun barmoqlari ichki kiyimlarim chetiga yetdi.
Lily: nimalar deb valdirayapsan?!
Unga nihoyat qaradim, lekin uning koʼzlarida hech qanday afsuslanish aks etmasdi. Meni shunday ahvolga solganidan zavqlanish bilan band buni jilmayganidan ham bilish qiyin emas.
Lily: seni oʼyinchogʼing emasman, meni qoʼyib yubor.
U meni butunlay qoʼyib yubordi. Fursatdan foydalanib chiqish uchun shaylandim lekin oʼrnimdan turishim bilan Jimin kirib keldi. Vaqtida, vaqtida turdim boʼlmasa Jimin nimani koʼrgan boʼlardi bilmayman.
Jimin: kechirasiz juda muhim qoʼngʼiroq edi. Xoʼsh qayerda edik?
Jk: hech qisi yoʼq, men kelinoyim bilan yaqindan tanishayotgan edim, shunday emasmi?
Ovqat darxol yetib keldi, ular suhbatlashishda davom etishdi. Men ovqatimni jimgina yedim toki sonimga uning qoʼllari qoʼyilmaguncha. Koʼzlarim tizzamga tushib, birdan koʼtarish oqibatida tizzamni stolga urib oldim.
Lily: h-hech nima shunchaki ehtiyotsizlik qildim.
U esa jilmayib suhbatda davom etdi. Jungkookni yuziga qaradim u hech narsa boʼlmagandek akasi bilan suhbatlashib oʼtirardi. Buning uchun oʼzimdan nafratlanib ketdim.
Jungkook yuqorilay boshlaganda ikki qoʼlim bilan ham uni qoʼlini ushladim
Jirkanch! Ayni paytda oʼzimdan jirkanib ketdim. Bir vaqtning oʼzida ikki erkak bilan? Men shundaymanmi? Biri bilan buni qilishga jurʼat eta olmagan, ikkinchisi esa majburan olmoqchi boʼlgan. Ishtaham allaqachon yoʼqoldi. Vilka bilan ovqatimni oʼynab oʼtirdim. Shunchaki uyga ketishni xohlayman. Uyga borishni va u tekkan joylarni yaxshilab yuvishni xohlayman.
Birozdan soʼng Jimin uyga ketishga qaror qildi. Xudo meni eshitgan boʼlsa kerak, juda xursand boʼlib ketdim. Sumkamni olib mashina tomon yoʼl oldim ular esa quchoqlashib xayrlashdilar.
Jimin moshinani restoran garajidan oʼzi olib kelishini aytib meni yana u bilan qoldirdi. Nega?! Jin ursin nega u bilan yolgʼiz qolyapman?! Ortimga oʼgirilishimdan oldin u meni belimdan ushlab koʼksiga tortdi.
Jk: siz bilan tanishganimdan xursandman, kelinoyi.- lablari qulogʼimga tegib mingʼirladi.
Uni itarib uzoqlashdim. Jimin ham xodimlar bilan gaplashib vaqtni koʼp oldi. U kelishi bilan moshinaga qanday tezlikda chiqanimni ham sezmay qoldim. Uyga kelishimiz bilan dush qabul qilish uchun shoshildim. U tekkan joylarni shunchalik qattiq ishqaladimki oqibatda qizarib qoldi. Lekin menga baribir meni tinchlantiradigan nimadir kerak.
Tungi kiymimni kiyib yotoqda yotgan erimni quchogʼiga oshiqdim xuddi u meni ukasi beradigan barcha zararlardan asray oladigandek. Qani edi u buni bilsa edi, qani edi men unga bildira olsam edi. Shunchaki u mendan nafratlanishini xohlamayman shuncha harakatidan keyin unga bunday qilish adolatsizlik boʼlardi.
Jimin: xayrli tun, sevgilim.- dedi peshonamdan oʼpishdan oldin.
Tinchlandim. Derazadan yoqimli shabada esar, sokinlik men tun boʼyi xohlagan narsa. Koʼzlarim uyqu uchun yopilishidan oldin Jimin tilga kirdi.
Jimin: aytishni unutibman Jungkook bizni uyga koʼchib oʼtadi. Noqulay boʼlmaysanmi?
Zoʼrgʼa ochilib turgan koʼzlarim uning gaplaridan keyin kosasidan chiqqudek boʼldi