Uchqunlar
Oʼsha kechadan keyin ikki kun oʼtdi ikki kun ichida Jungkookni biror marta ham koʼrmadim. Ertalabdan muhim ish yuzasidan saroyga chaqirilgani eshitdim. Keyin esa Busan chegarasi qishlogʼiga joʼnatilibdi. Qandaydir muammi yuzaga kelgan ekan. Tan olishim kerakki uni sogʼindim.
Rey: Lily opa, menga kamondan otishni oʼrgata olasizmi?
Rey: men sizni himoya qilmoqchiman.
Uni gaplarini eshitib yuragimga iliqlik yugurdi. Avvaliga biroz odamlardan choʼchib yurdi koʼcha chiqsa ham meni oldimdan bir qadam ham jilmadi. Endi esa sekin sekin hammasiga oʼrganyapti. Lekin uni harakatchanligini qadrlayman va unga oʼz jang sanʼatlarimni ham oʼrgatmoqchiman chunki har doim ham uni oldida boʼlavermayman.
Lily: mayli. Lekin bunga biroz yoshlik qilmaysanmi?
Rey: yoʼq, iltimos oʼrgating. Siz meni ziyofatda himoya qildingiz men esa kelajakda sizni himoya qilaman.
Mashgʼulot maydonchasiga keldik. Koʼpgina doiralar ichida kichik qizil nishon turardi. Kamonlar oldiga borgach kamonlarni oʼqladik.U oʼq uzdi. Lekin qisqa masofaga yetgach yerga quladi nayza. U esa yuzini burishtirdi.
Lily: hech qisi yoʼq. Agar seni yoshingni va birinchi marta ekanligini hisobga qolsak bu yaxshi natija. Xatolar muvaffaqiyatga yetaklaydi. Muhimi eʼtiborni jamlay olish.
Keyinchalik buni koʼp mashq qilishni boshladi. Bir necha marta oʼxshamadi ammo oʼqlar har safargidan koʼra uzoqroq masofaga otildi. Garchi qizil nishonga yetmagan boʼlsa ham muhim doira atrofiga tegmoqda. Rey juda aqlli bola harakatchan. Oʼylaymanki kelajakda undan yaxshi general chiqadi.
Rey: lekin hali erta-ku.-nolidi
Lily: lekin choʼmilishing va tushlikga borishing kerak.
Rey: unda uch nayza usulini yana bir marta koʼrsating. Oʼsha kuni buni ajoyib bajardingiz.
Qarshiliksiz kamonni oʼqladim soʼng nishonga eʼtibor qaratishdan oldin koʼzim unga Jungkookga tushdi. U rostan ham shu yerdami yoki koʼzimga koʼrinyaptimi? Ikki kun oldingi tunni eslab ichimda gʼalati issiqlikni his qildim. Ehtiyotsizligim tufayli kamondan oʼq uzildi lekin ular nishonga tegmadi.
Yana oʼqlarni olib oʼqladim. Koʼzlarim beixtiyor yana Jungkookga qaratildi. Ikki kundan buyin bu kelishgan yuzni koʼrmadim. Jin ursin u meni chalgʼityapti!
Rey: Lily opa, nega bunday bo‘lyapti?
Toʼrtinchi marta ham nishonga tegizolmach Rey soʼradi. Jahlim chiqishni boshladi. Yana oʼqlarni oldim.
Jk: bugun kimdir koʼp chalgʼiyotga oʼxshaydi.
Toʼsatdan uni ortimda his qildim.
Yana nishonga qaradim. Diqqatimni jamlay olmay qiynaldim.
Jk: kamondan otishda diqqatni jamlay olmaslik katta zaiflik. Buni menga bir dona inson aytgan edi.- masxara qilishni boshladi.
Lily: katta gapirmaslikni maslahat bergan boʼlardim
Toʼsatdan u kamon va oʼqlarni ushlab turgan qoʼllarimni ushladi, bu esa uchqunlarni paydo qildi. Havo yetishmagandek boʼlib qildi. Men unga qarab turganimda uning nigohi nishonda edi shunday boʼlsa ham labida yengil jilmayish.
Oʼqlar qoʼyib yuborildi va barchasi nishonga tegdi.
Uning ajoyib kulgusi quloqlarim ostida yangradi.
Lily: chegara qanday? Muammini hal qila oldingizmi?
Jk: deyarli ha. Tushlikga boramizmi?
Kunning bu vaqtida yoʼlak boʼsh boʼlgani uchun bemalol ketdik sukunatda
Jk: oʼsha kecha haqida... Menimcha oʼzimga koʼp erk berib yubordim. Sen yaxshi oilani qizisan. Garchi men seni sevsam bunday qilmasligim kerak edi. Uzr soʼrayman
Lily: lekin bu sizni aybingiz emas. Uni men birinchi boshladim
U boʼsadan afsusda edi shundaymi? Uni xohlamagan edi men axmoq esa o‘zboshimchalik qildim
Jk: sen kelganingdayoq maqsadingni aytding men esa shunga qaramay bunday boʼlishiga yoʼl qoʼydim. Sevganing borligini hisobga olmadim.
Lily: sevganim yoʼq. Men haligi... yolgʼon gapirgan edim.
Lily: yolgʼon gapirdim. Sevgilim yoʼq. Unashtiruvni buzish uchun boshqa choram yoʼq edi.
Jk: endi fikringni oʼzgartirdingmi?
Lily: oʼzgartirishga imkon berdim agar esingizda boʼlsa.
Toʼsatdan meni burchakka oldi.
Jk: yolgʼonlar tufayli meni qancha qiynaganingni bilmaysan. Nega yolgʼon gapirding?
Lily: oʼshanda hayolim faqat unashtiruvni buzishda edi. Sen meni xohlamas eding...
Jk: seningcha men seni xohlamas edimmi?
Lily: unda aytchi nega buni aytmading? Seni deb meni ortimdan qancha gapirishganini bilasanmi? Kelib vaziyatni nega tushuntirmading? His tuygʼularingni aytmading? Nega? Hamma meni shunchaki vosita deb atadi. Chunki general Jeon meni qizigʼim yoʼq ekan bu majburiy nikoxdan boshqasi emasligini odamlardan takror va takror eshitdim. Sababi nima bilsanmi? Chunki men ayollar qilmasligi kerak boʼlgan hamma narsani qildim.
Jk: seni hafa qilmoqchi emasdim, Lily
Lily: lekin qilding. Meni hafa qilding. Agar men Busanga kelmaganimda Ulsanda boʼlajak xotining borligini eslarmiding? Xatto meni borligimni ham bilmagan boʼlsang kerak.
Jk: Lily. Sen bilmaysan. Hech narsadan xabaring yoʼq. Men seni qanchadan beri kutayotganimni bilmaysan. Toʼrt yil. Seni toʼrt yil kutdim.
Lily: qanaqasiga? Urushdan berimi?
Jk: ha, birinchi koʼrganimdayoq. Kechgidek eslayman. Yuragim xohlagan yagona narsa sen eding. Dushmanim boʼlsang ham endi bu ahamiyatsiz edi. Chunki men sevgiga mubtalo boʼlgandim.
Lily: nikoxni sen soʼraganmiding?
Jk: yoʼq bu shunchaki omadim edi. Aslida seni shunchaki strateg deb bilardim general qizi ekanliging hayolimga ham kelmagan edi. Shu sababli seni topib aslida boshqasini sevishimni aytmoqchi edim. Ulsanga yashirincha kirib seni topdim.
Uni gaplariga ishonqiramay qaradim.
Jk: ha xavfsizlik tizimi achinarli. Uni ustida ishlang.- kuldi
Jk: keyin seni saroydan chiqayotganingda koʼrdim va bildimki sen oʼsha strategsan. Keyin otang meni koʼrib qoldi.
Jk: mendan vaqt soʼradi. Va bu toʼrt yilga choʼzildi. Seni uzoqdan jim kuzatish ogʼir edi.
Jin ursin men esa undan shu vaqt mobaynida nafratlandim. Lekin u... Negadir yuzimda issiqlik his qildim. Buni qarang uning gaplari meni yigʼlashga majbur qildi. Agar menga kimdir shunday deganda ishonmagan boʼlardim.
Jungkook bir qadam ortga tashlashi bilan xonamga yoʼl oldim. Hattoki u sevimli gulini manosini bilganimdan keyin ham hech narsani anglamadim. Juda ham xudbin va axmoq ekanman. Tikanlarim uni qoʼlini shunchalik jarohatlagan ekanki qizil gulbarglarim tufayli qonni farqiga bormagan ekanman.
Jungkook bilan gaplashishga oʼzimga jurʼat topa olmadim. Ertasi kuni qirol har yili oʼtqaziladigan yillik festival uchun meni ham taklif qildi. Hozir hayvonlarni ovlash uchun oʼrmonga ketyapmiz. Foytun ichidan unga qaradim qora otida jim ketardi. Balki u bilan gaplashib koʼrishim kerakdir. Kechadan beri aybdorlik hissi menga tinchlik bermayapti. Shuncha yil undan behudaga nafratlangan ekanman.
—unga tikilishni bas qilishing kerak.- dedi malika
Lily: nima? Yoʼq. Men unga tikilmayapman.
—axir u seni boʼlajak ering boʼlsa, hammasi sen uchun. Nega uni uzoq vaqtdan beri sogʼingandek tikilyapsan?
Lily: shunga o‘xshashroq. Shunchaki men har doimgidek oʼz boshimchalik va beparvolik qildim.
Lily: nima? sevgi? Men uni sevmayman.
—Lily, shundoq koʼzlaringda koʼrinib turibdi. Aslida sevgining mohiyati ham shunda, uni qachon va qayerda paydo boʼlganini bilmaysan. Shunchaki uni koʼrganingda yuraging jiz etadi va sababsiz axmoqqa oʼshab tirjayasan. Qasddan qilingan sevgi aslida sevgi deyilmaydi. Haqiqiy sevgi kutilmaganda paydo boʼladi soʼng hayollaringni bir umrga egallaydi.
Lily: men... bilmayman. Diqqatimni jamlay olmayapman.
—bu normal holat. Axir biz insonlarmiz, his tuygʼularga yengilamiz, chalkashliklarni his qilamiz.
Lily: lekin menda bunday boʼlmasligi kerak.
—qalbingga quloq ut, u aldamaydi.
Keyin foytunda sukunat hukm surdi. Malikani aytgan gaplarida jon bordir. Axir men ham insonman, menda ham his tuygʼular bor. Lekin barchasi shunaqa chalkashni bu meni charchatadi.
Birozdan soʼng oʼrmonga ham yetib keldik. Foytundan tushishim bilan unga gapirishga harakat qilib koʼrdim lekin doim nimadir xalaqit berardi.
Oʼyinga start berildi kim eng koʼp hayvon ovlasa oʼsha odamga mukofot beriladi. Qandaydir axmoqona oʼyin uchun hayvonlarni oʼldirish menga to‘g‘ri kelmaydi shu bois men tabiatdan zavqlanishni tanladim. Jungkook doʼstlari bilan oʼrmon ichkarisiga kirib ketishdi xatto bir marta qiyo ham boqmadi yaramas! Chamasi oʼrmon oʼrtasiga yetib kelganimdan soʼng chuqur nafas oldim. Tinchlik va osoyishtalik. Men doim xohlagan narsa. Soʼngi voqealardan keyin bu menga kerak edi. Lekin bu ham uzoqqa choʼzilmadi. Oldimdan oʼtib ketgan nayza meni hayollarimni chalgʼitdi.
Atrofga alanglay boshladim. Lekin hech kim yoʼq. Ikkilanmay kamonimni oʼqlab kutdim. Soʼng birin ketin nayzalar yogʼila boshladi. Garchi ancha nazgacha chap bergan boʼlsam ham bir nayza oʼng qoʼlimni yaraladi.
Qochishni boshladim. Oʼrmindan chiqib jarlik yoqasiga kelib qolganimda toʼxtashdan boshqa choram yoʼq edi. Soʼng qora kiyimda bir necha odamlar chiqib keldi.
—seningcha hozir kimligimizni oshkor qilamizmi?
—bizga seni oʼldirish buyurilgan.
—qiziqqonliging taqsinga sazovor lekin bu yerda savol javob oʼynini oʼynash uchun kelmadik.
Shundan soʼng ular bilan jang boshlandi. Nayzalarim tugaguncha ayovsiz jang boʼldi.
Ortimda kimnidir sezishim bilan xanjarimni chiqarib unda yuzlandim. Lekin keyin kiyiknikiga oʼxshash qora koʼzlarga duch keldim. Men bilgan koʼzlar hozir his-tuyg‘usiz edi.
Toʼsatdan u meni bagʼriga oldi. Nima qilishni bilmay jim turganimda u qilichi bilan ortimdagi odamga sanchib turardi.
Jk: kechikganim uchun uzr, atirgulim.
Lily: haligi... aslida barchasini eplayotgan edim.
Lily: seningcha men tomosha qilib oʼtiramanmi?
Jk: hozir urushishning vaqti emas.
Lily: unda menga buyruq berma.
—general Jeon bu men va qiz oʼrtasidagi masala siz ketishingiz mumkin. Sizga rahm qilaman.
Jk: senmi? Menga rahm qilasanmi?
—yaxshilikcha ketsangiz hech kimga zarar yetmaydi.
Jk: agar oʼz xotinimni himoya qilolmasam unda qanday erkakman?!
U meni xotini deb xitob qilganda axmoqqa oʼxshab jilmayishni boshladim. Negadir qornimda kapalaklar uchib yurgandek tuyildi.
Jk: xonim iltimos chetga chiqing.
Lily: sen aytganing uchun emas charchaganim uchun oʼtiraman.
Aslida uni jang qilishini koʼrish yomon fikr emasdi. Yaralangan qoʼlimni ushlagancha katta darxt tagiga joylashdim.
—imkoniyatingizni oʼzingiz suv istemol qildingdiz. Jangga
Bir pastda jang boshlandi men esa Jungkookni maroq bilan tomosha qilardim. Urushganda ham juda kelishgan koʼrinadi.
U ortiga oʼgirilib yana jang qilishini boshladi. Jin ursin!
Birozdan soʼng yomgʼir tomchilashni boshladi. U dushmanni yengib oldimga kelib oʼtirdi. Mayin xoʼrsinish beixtiyor chiqdi.
Jk: yomg‘ir tezlashyapti, yaxshisi biror pana joyda turganimiz yaxshi.
U yaqin oradagi bir gʼorga olib borguncha ustimiz ham shalabbo boʼldi.
Lily: bunday hodisalar uchun doim tayyormisan?
Tashqariga nazar tashladim. Yomgʼir kuchli edi. Sheriklarimiz oldiga yetib borolmasligimiz aniq edi chunki men uzoqqa qochib ketgan edim.
Lily: kechirasan. Juda afsusdaman.
Jk: uzr soʼraydigan voqea boʼlmadi. Hammasi joyida.
Lily: barchasi uchun seni aybladim.
Jk: hech qisi yʼoq, baribir senga jaxl qilolmayman.
U oʼrnidan turib kiymini yechishni boshladi. Men qanday nafas olishni unutdim. Uning gavdasi shunchalik chiroyli ediki hatto chandiqlari ham tanasiga yarashib turardi.
Jk: kechirasan. Lekin hoʼl kiyimda yurolmayman.
Lily: muammo yo‘q, aslida yaxshi boʼldi... Yoʼq men aytmoqchi edimki... shamollab qolma degan maʼnoda. Yaxshi jim boʼlganim maqul.
Jungkook roʼparamda bitta toshga oʼtirib kuldi.
Jk: shamollaysan, gulim. Kiyimlaring hoʼl
Lily: ularni yechmoqchi emasman.
Jk: buni nazarda tutmagan edim. Lekin agar xohlasang qarshiligim yoʼq.- oxirini shafqatsizlarcha qoʼshib qoʼydi.
Lily: sovuq boshinga tasir qilyapti.- hayrat koʼzlarim kattarib
Jk: birga boʼlsak iliqroq boʼladi.
Jk: boʼlaqol boʼlmasa sudrab olib kelaman.
Unga qarshilik qilish haqida oʼylab koʼrdim. Lekin tanam allaqachon sovuq. Oʼrnimdan turib uni yoniga oʼtirish uchun yurdim. Biroq oʼtirishimdan avval u meni tizzalariga tortdi. Jim oʼtirish men uchun qiyindek tuyilib ketdi. Hatto sal qattiqroq nafas olish ham meni noqulay qilyapti. Boʼynimga tegib turgan tekis nafaslari, meni oʼrab turgan qo‘llari. Yuragim qinidan chiqib ketmaganiga shukur. U yuzimni asta sekin yaqinlashtirib lablarimizni birlashtirdi. Mehrli va mayin boʼsa bilan keni siylay boshladi. Tashqarida chaqmoq chaqib momaqaldiroq boʼlsa ham vaqt biz uchun toʼxtab qolgandek edi.
U pastlashishni boshladi. Chakkamga mayin oʼpichlar berib, boʼynimga tushdi. Ushlashi esa yanayam qattiqlashdi. Koʼkrak qismimga yaqinlashganda tishlari yanada tajovuzkor boʼldi.
Jk: sendan ajoyib hid kelyapti, gulim
Meni yerga qo‘yib tagiga oldi. Tim qora ko‘zlarida ochlik hissi namoyon edi. Ilgari hech ham buni ko‘rmaganman. Boʼsani chuqurlashtirdi
Jk: nega jarohatlanganingni oldinroq aytmading?!
Jungkook oʼrnidan turib yana meni tizzasiga olib yarani koʼzdan kechirdi.
Jk: yo‘q, qon ketyapti. Sabr qil
Kiymidan oq roʼmolchani olib bilagimni bog‘lashga tushib ketdi.
Lily: taklif qilmay turib, toʼy haqida gapiryapsanmi? Shunchalik aminmisan senga turmushga chiqishimga? Kim biladi nechtasi bilan boʼlgansan. Oʼzingni professional deb oʼylaysan-da?
Jk: rashk hidini sezyapman.- kuldi
Lily: nima? Yoʼq! Men buni nazarda tutmagan edim.
Jk: lekin sen mening hamma narsada birinchimsan. Birinchi sevgim, birinchi goʼzal dushmanim va kelajakda koʼp narsalarda birinchisan.
Lily: menga uylanasanmi?- mingʼirladim
Lily: sen taklifingni kutguncha qarib ketaman. Xoʼsh? Uylanasanmi?
Jk: xoʼsh nikoxdan nima olaman?- jilmaydi
Lily: janjal qilganimizda oʼldirmaslikga vaʼda beraman.
Jk: taslimman.- qattiqroq quchoqladi meni.
Jk: sen bilan go‘zal hayot boshlamoqchiman. Ertalab turganimda oldimda boʼlishingni xohlayman. Urushdan qaytganimda kichik oʼjar Lilyni oʼynatib o‘tirganingni koʼrmoqchiman.
Lily: seningcha men aqlli xotin boʼlib bolangni oʼynatib oʼtiramanmi?
Jk: aslida sendan buni kutish axmoqlik boʼlardi. Lekin biz birga urushlarga borib, dushmanni yengishimiz ham mumkin. Qariganimizda togʼlarga yaqin joyga koʼchib birga tungi osmonga tikilamiz. Sen yelkamga bosh qoʼyib yotganingda men senga kitoblar oʼqib beraman. Yaxshimi?
Koʼzlarimni olib qochdim. Bu xuddi men uchun yangi soʼzdek edi birinchi bor ishlatayapman.
Tun boʼyi meni quchogʼidan qoʼymadi. Kelajak haqida tinmay hikoyalar aytishi koʼnglimni yorishtirdi. Chindan ham sevgining mohiyati shunda ekan, uni qachon va qayerda paydo boʼlishini bilmaymiz. Shunchaki uni koʼrganimizda yuragimiz jiz etadi va sababsiz axmoqqa oʼshab tirjayamiz. Qasddan qilingan sevgi va rejalashtirilgan sevgi yo‘q. Haqiqiy sevgi kutilmaganda paydo bo‘ladi.
Av: silarga ham nasib qilsin 😁obunachilarim eng yaxshisiga loyiq💗🫠