Uchqunlar
Birozdan soʼng arava toʼxtadi. Menimcha yoʼlovchilar olish uchun. Toza havoga chiqdim, uyqudan buzilgan sochimdan oʼtkir soch toʼnogʼichini olib toʼgʼrilashga kirishib ketdim. Ortimda yengil qadamlarni eshitgach ikkilanmay soch toʼnogʼichini sanchmoqchi boʼlganimda, u darhol qoʼlimdan ushladi.
—adashyapsiz xonim, men qaroqchi emasman.
Uning refleksi juda tez edi. Lilyning qoʼlini bir zumda ushladi.
—shunchaki oddiy fermerman, bu yerdan oʼtib ketayotgan edim.
Koʼzim shubxa bilan qisildi. Uning tanasi ajoyib mushakdor edi, menimcha yaxshigina shugʼullangan koʼrinadi. Yuzidagi ozroq ifloslikni aytmaganda fermerga mutlaqo oʼxshamaydi. Lekin uning kiyikdek qora koʼzlari menga juda tanishdek tuyildi.
Lily: men general Jeon mulkiga ketyapman.
—rostanmi? Men uni uyiga sabzavot va mevalar yetqazib beraman.
Demak u Jeonni uyiga qanday borishni biladi. Qanday tasodif!!! Men undan yoʼlni soʼrashim mumkin.
—tashrifingiz sababini bilsam bo‘ladimi? Sizni ilgari bu yerlarda koʼrmaganman.
Lily: judayam sersavol ekansiz
Albatta unga uni xotini ekanligimni va toʼyni bekor qilish uchun kelayotganimni ayta olmayman.
—mazur tutasiz ammo generalni hayotini xavf ostida qoʼyolmayman. Bu sizga ishonmayman degani emas lekin siz notanish odamsiz.
Lily: agar oʼsha generalingga zarar yetqazish niyatim boʼlganda sendan yoʼl soʼramagan boʼlardim oʼrniga aytaylik boʼyninga pichoq tirab majburlardim.
—bu ham to‘g‘ri. Yuring sizga uning uyini koʼrsataman.
Shu bilan biz qayta aravaga oʼtirdik. Unga zimdan nazar solishni boshladim u hecham dehqonga oʼxshamasdi. Oʼzini tutishi gapirishi butunlay fermerlarnikidan farq qiladi. Agar men axmoq boʼlganimda uni dehqonligiga koʼr koʼrona ishongan boʼlardim. Lein u dehqonlikni niqob qilgan!
Esladim! Axir bu toʼrt yil oldingi josus edi! Uning koʼzlari menga tanish tuyulgani bejizga emas ekan! U oʼsha! Oʼsha kuni meni chodirimga hech qanday qiyinchiliksiz kirgan odam. Lekin u Jeonni askarlaridan biri boʼlsa niqoblanishni nima keragi bor?
Bugun ertalab uyimdan fermerlik uchun chiqib ketganimdan keyin, oʼzimizni bogʼga bordim. Keyin aravaning ovozi eshitilib ularga bir nazar tashladim. Va uni koʼrdim... Uni oʼtkir jagʼini, jigarrang koʼzlarini dunyoning istalgan burchagidan taniy olishim mumkin edi. Tushlarim va ongimni oʼgʼirlagan inson. U ni deb har oyda uni koʼrish va chiroyiga qoyil qolish uchun Ulsanga borardim. Va endi u shu yerda, uni uzoqdan koʼrishga xojat yo‘q.
Ular Jungkookning uyiga yetib kelgach Lily unga qarab gapirdi.
Lily: ichkariga qanday kiramiz? U yerda qoʼriqchilar borku
Jk: men vaqti vaqti bilan bu yerga kelaman ular meni taniydi.
Shubxa bilan uni ortidan yurdim. Albatta taniydi axir sen josus va askarsan. U borib qoʼriqchilarni qulogʼiga nimadir degandan soʼng, qoʼriqchilar menga qarashdi soʼng eshikni ochishdi. Uning mulkiga kirib borar ekanman, odamlarni kenga soʼng unga tikilishlarini jimgina kuzatdim. U general boʼlishi mumkinmi? Men bu haqida hatto oʼylamagan edim. Chunki nega odamlar unga bunday qarayapti.
Lily: keling, bir narsani aniq qilamiz.
Askarlar turar joyiga yetganimizda uni toʼxtatdim.
Jk: albatta, xonim.- muloyimlik bilan javob berdi
Yaqinimda turgan askarni qilichini sugʼurib uni ortidan niqtadim. U toʼxtab keskin nafas oldi. Qilichni maxkamroq ushladim, qilich va u oʼrtasida atigi bir necha dyuym bir edi.
Bir necha askarlar menga qilishini oʼqtashga tayyor turishardi.
—qilichni tushur! Darxol! U general!
Qilichni tushurib, istehzo bilan tabassum qildim
Lily: tanishganimdan xursandman general Jeon
Men generalning qasridagi mehmonxonada oʼtiribman. Katta derazadan yam-yashil dalalar va bogʼlarni koʼrish mumkin. Uni general Jeon ekanligiga amin boʼlganimdan soʼng, uning xizmatchilari meni mehmonxonaga kuzatib qoʼyishdi. To‘rt yil oldin josus general ekanligi meni biroz hayron qoldirdi. Lekin tan olishim kerak u ajoyib josus. Asablarimni tinchlantirish uchun yasmin choyidan hoʼpladim.
Keyin Jungkook kirib keldi faqat hozir yuzida chang dogʼalari va qora kuya yoʼq edi. Jagʼ chizigʼi shunchalik oʼtkir ediki, Xudo uni yaratish uchun qoʼshimcha vaqt sarflagandi desak xato boʼlmaydi. Shubhasiz, barcha ayollar uni xohlashi. Lekin bizni qaysarimiz uni rad etish uchun shu yerda.
Xonada bir necha daqiqa sukunat hukmronlik qildi. Hech birimiz birinchi boshlashni istamadik. Birozdan keyin u sukunatni buzdi.
Jk: bu yoqimli syurpriz boʼldi.
Lily: unchalik yoqimli emas. Yani behabar kelganim uchun uzr
Jk: hech qisi yoʼq.- deya uyatchan tabassum qildi.
Bir zum unga tikilib qoldim. Nega uning tabassumi bunchalik chiroyli?
Lily: x-xaligi koʼp kechiktirmasdan tashrifim maqsadiga o‘tmoqchiman.
Jk: Ulsan generaliga nimadir bo‘ldimi?
Kichik sumkamdan unashtirilganimiz ramzi bo‘lgan nefrit toshini chiqardim. Toshni u tomon sekin siljitdim.
Lily: men... men unashtiruvni bekor qilish uchun keldim. Qara, seni ko‘rdim o‘ylaganimdek emas ekansan. Menimcha bu to‘yni xohlamaydigan odam bilan yashashni xohlamaysan. Men buni to‘xtatmoqchiman va umid qilamanki buni xurmat qilasan.
Jk pov:
Ustimdan bir chelak suv quyib yuborishgandek bo‘ldi. Uning tashrifi uyg‘otgan barcha quvinch yo‘qolib yuragimda sovuq titroqni his qildim
Jk: nima? Nima uchun? Nega bekor qilmoqchisan?- gapirish ham qiyinlashgandek go‘yo
Lily: chunki... sevganim bor va u mensiz yasholmaydi.
To‘rt yil davomida intilib, uzoqdan kutgan yorim. Uning to‘rtta so‘zi meni parchalab tashlash uchun yetarli bo‘ldi. Meni yuragimni sindirish uchun to‘rtta so‘z kifoya qilgani istehzoli edi. Har bir varoqqa chizgan go‘zal jigarrang ko‘zlar ortida nima bo‘layotganini bilishni xohlardim.
Lily: kechirasan lekin men u bilan baxtliman. Lekin meni singlim Erika bor, agar uni qo‘lini so‘rasangiz undan ajoyib xotin chiqadi va bundan xursand bo‘ladi.
Jk pov:
12yoshimdan beri urush olib boraman. Oʼshandan beri son sanoqsiz janglarda qatnashganman. Tanamda haligacha bitmagan ayrim chandiqlar bunga dalil. Zaharli oʼqdan oʼn besh kun istmalab dard chekkanim hali hamon yodimda oʼshanda oʼlaman deb oʼylagan edim. Ajablanarlisi shundaki uning gaplari oʼsha oʼqdan ham zaharli edi. Nima boʼlganda ham baxtli edi men bilan emas ammo baxtli... Quyosh nuri uni yuziga tushganda men uning jigarrang koʼzlarini aniq koʼra olardim. Boshqa kimdir uning yoqimli koʼzlariga tikilishi mumkin uning kulgusini koʼrishi mumkin menga hech qachon ko‘rsatmagan kulgusini. Usiz yashay olmaydigan inson biroq menchi? Men usiz yashay olaman, shunday emasmi? Hayotimda jangdan kechmaganman lekin bu gal allaqachon yutqazganman. Sekinlik bilan nefrit toshini oldim.
Jk: agar senda boshqa biri boʼlsa unda omad tilayman. Tanishganimdan xursand bo‘ldim.- keyin u xonasiga kirib ketdi.
Xonasiga qamalib olgan Jungkook ichdi. Birinchi marta bajonidil ichdi. Koʼzlari oldidagi spirtli ichimlikga tikilib qoldi. Nega u uchun shunday qila olmaydi? Boshi ogʼriyapti lekin shunga qaramay ichdi. Nega endi u bir tomonlama sevgiga duchor boʼldi?
Ertasi kuni ertalab buvisi mulkga arava bilan keldi.
—nimani eshitdim, Jungkook. Lily shu yerdami?
Jk: sizga buni kim aytdi? Axir togʼga ketgandingiz-ku
—xizmatkorlarimdan biri yetqazdi. Ulsanda muammo paydo bo‘libdimi?
—nega unda yolgʼiz keldi? Seni koʼrish uchun sabri chidamaganmi?- jilmaydi buvisi.
Jk: bubijon, u... unashtiruvni... bekor qilish uchun keldi.
Buvijon toʼxtadi va qoshlarini chimirib Jungkookga qaradi.
Jk: buvijon, iltimos shart emas.
Jk: oson taslim boʼladigan odam emasman. Lekin men rad javobini yaxshi qabul qiladigan va ayolni qarorlarini hurmat qiladigan erkakman. Yoʼq ni maʼnosi yoʼq, buvijon.
Menga ajratilgan xonada oʼtirar ekanman bugun ketishim kerakligini oʼzimga yana bir bir eslatdim. Lekin shu payt oldimga 50 yoshlar atrofidagi bir ayol kirib keldi. Jilmayib qoʼyib oldimdagi divanga oʼtirdi
—Lily, Jungkookga toshni qaytarib berganing haqida eshitdim.
Uning tabassumidan gangib qoldim. Hozir menga haqoratli soʼzlar aytadi yoki nafratini namoyon qiladi deb oʼylagan edim.
—nega biz bilan biroz muddat qolib vaqt oʼtqazmaysan? Birinchi marta Busanda boʼlishing mehmon qilmasam boʼlmaydi.
Nima? Uni nevarasini rad etdim u esa menga qolishimni soʼrayapti.
Lily: aslini olganda muammo boʼlishni xohlamayman.
—yoʼq azizam qolsang bagʼoyatda xursand boʼlardim.
—agar otangizdan xavotirda boʼlsangiz, unga xat yuborishim mumkin. Rozimisan? Agar nikox sabab noqulay boʼlsang, bu allaqachon bekor qilindi, seni mehmon sifatida qabul qilamiz.
Lily: hech men haqimda bilmagani maqul.
—ajoyib, unda bugun sen bilan bozorga boramiz.
Aravaga oʼtirish chogʼida Jungkook ga koʼzim tushdi u bir ayol bilan jonli suhbat qurishardi ayol esa tinmay kulardi. Negadir hafsalam pir boʼlganini his qildim
—ular ajoyib koʼrinishadi, toʼgʼrimi?- buvijonni ovozi hayollarimni chalkashtirdi.
—bu qiz Jungkookni bolalikdagi doʼsti. Nikox bekor qilingandan soʼng ular yoqimli juftlik boʼlardi menimcha.
Lily: bolalikdagi doʼst deysizmi?!
—albatta, qizni qoʼlini soʼrash uchun menga hamroh boʼlasan.
Lily: albatta, albatta bundan judayam mamnunman.
Bu nimasi? Boʼlajak erim boʼlishi kerak boʼlgan odam bir necha daqiqalar ichida boshqasiniki boʼldimi? Nega oʼzi bu haqida oʼylayapman?! Ahmoqgarchilik!