Uchqunlar
Busan qiroli general Jeon yuborgan xatni qayta-qayta ko‘rib chiqdi. Bu ishonib boʼlmaydigan gap.
—sizningcha bu kim?- deb soʼradi u oʼzining ishonchli maslahatchisidan.
Maslahatchi oʼychanlik bilan iyagini siladi.
—menimcha u generalning oilasidan, Ulsan generali
—hazrati oliylari, Ulsan generali urush sanʼatini faqat merosxoʼrlariga oʼrgatadi. Eshitishimga qaraganda uning o‘g‘li yo‘q faqat ikki qizi bor.
—men aynan shuni nazarda tutyapman.
—uni darxol oʼldiraman. U bizni yutugʼimizga tahdid solmoqda.- dedi qirolni koʼzlari g‘azabdan chaqnab.
—bunday qilsangiz yaxshi bo‘ladi deb o‘ylamayman.
—Ulsan generali qiziga harbiy bilimlarini o‘rgatdi. Agar u bizni mamlakatimizga kelin bo‘lib kelsa, omad biz tomonda bo‘ladi. Chunki kelajakda urush chiqsa qiz u tomon emas balki biz tomon bo‘ladi. Va bolalariga ham urush sanʼatini o‘rgatadi.
—general Jeondan boshqa munosib nomzod yo‘q. Siz nikox ittifoqj tuzushingiz mumkin
—yaxshi reja lekin qaysi qizi strateg?
—albatta uning qonuniy qizi-da. U o‘zidan bo‘lmagan qizga urushni o‘rgata olmaydi.
—rostan ham, bir o‘q bilan ikki quyonni o‘ldirgan bo‘lamiz
Odamlar xursandchilik qilayotgan baland ovozda suhbatlari dilga yoquvchi edi. Har bir uyning tashqarisida osilgan chiroqlar va uyga qaytgan askarlarni kutib oluvchi qizil bayroqlar. Jungkook va uning qo‘shini Busanga kirganida duch kelgan birinchi narsa edi. Askarlarni bazilari otda, bazilari piyoda yurishardi. Jungkook boshchiligida hammasi Busanga kirib kelishardi. U oʼzini Klayd nomli qora otida edi. Jungkook bilan yillar davomidan beri birga, uni oʼzi tarbiyalagan edi. Qirol kelishini kutib otdan tushdi. Soqchilar Jungkookni koʼrib tazim qildi.
Urush bilan bogʼliq voqealarni aytib berganimdan soʼng qirol xushchaqchaqlik bilan
—bugun kechga Busan gʼalabasini nishonlaymiz, general Jeon.Kelishingizni kutaman- dedi
Jk: albatta oʼzim qarashaman bariga.
Garchi bayram tadbirlarni unchalik yoqtirmasam ham unga qarshi chiqolmayman. Shundan keyin men oʼz uyimga yoʼl oldim. Nihoyat buvim bilan koʼrishishim mumkin
—Voy xudoyim, ozib ketganingni qara. Senga hech narsa berishmadimi?- dedi buvim qovog‘ini solib
Jk: har gal uyga qaytganimda shunday deysiz.
—chunki doim ozib qaytasan.- dedi Jungkookga jiddiy qarab
Buvim meni yagona yaqinim. Otam urushda halok boʼldi oyim ham bir necha yildan keyin vafot etdi. Buvim meni katta qilgan va haotimdagi eng muhim inson edi
Jk: bugun kechda boʼladigan bayramga men bilan borasizmi?
—aytmaganingda ham borardim. Menga tadbirlar yoqadi.
—qachon Lilyni uyga olib kelasan?
Uning ismi tilga olinishi bilan yuragim titrab ketdi. Oʼzimga yana bir bor oʼzimni qoʼlga olishim kerakligini takidladim.
General menga habar bermadi. Men esa unga vaʼda berganman. U aytmaguncha men qizini olib ketolmayman.
—oʼsha axmoq general qachon qizini bermoqchi?
Lily va nikoh ittifoqi yana bir marta tilga olinishi bilan meni toʼrt yil avvalgi holatga qaytardi. Qirol mening roziligimsiz eʼlon qilgan nikox.
Oʼshanda generalning qizi men oshiq boʼlgan strateg ekanligini bilmasdim. Shuningdek u ayol bilan qanday yashash haqida oʼylardim chunki koʼnglim boshqa birida edi. Ayol bilan koʼrishish maqsadida oʼsha kuni kechasi Ulsanga yoʼl oldim
Jungkook yoʼl yurib bir daryoga yetganida biroz hordiq chiqarish uchun toʼxtadi. Katta daraxt ostiga oʼtirdi. Lekin biroz oʼtmay ikki qiz qozonlarini koʼtarib gaplashib kelayotganini koʼrib yashirindi.
—bechora xonim, agar turmushga chiqishni xohlamasa nega majburlashyapti?
—axir u ham katta qiz boʼldi, turmushga chiqish vaqti keldi.- dedi qizil koʼylakdagisi
—lekin u bizning mamlakatga dushman boʼlgan mamlakatga turmushga chiqyapti, buni kim ham xohlardi. Kamiga u general Jeon ekan.
Gap Jungkook va general qizi haqida ketar ekan Jungkook yaxshiroq quloq soldi.
—Lily xonim unga turmushga chiqmasligini aytib rosa janjal qilib. Undan koʼra oʼlimni afzal bilaman degan ekan.
Bu gapni eshitgan Jungkook u bilan gaplashib biror chora topish mumkinligi haqida oʼyladi. Agar oʼsha qiz bilan kelisha olsa u sirli strategni topadi va hamma oʼz yo‘lidan ketadi.
—General Jeon juda yovuz yuragi tosh degan gaplar juda koʼp, Lily xonim bu qaysar xarakteri bilan uzoqqa bormaydiganga oʼxshaydi.
Jk pov
Nima? Men shunchalik yovuz ekanmanmi? Bu yana qanday ahmoqgarchilik boʼldi?! Lily... Demak general qizini ismi Lily
Qizlar qozonlarini koʼtarib yana izlariga qaytib ketishdi Jungkook esa bu ishni tezda hal qilish kerakligi uchun ham u ham qizlar ortidan ergashdi. Saroyga kirib olishi bilan general uyini topish unchalik ham qiyin bo‘lmadi. Kunduzi bo‘lgani uchunmi atrofda askarlar ko‘p emasdi. Bu esa Jungkook uchun ayni muddao.Uzun yo‘lakdan yurayotgan Jungkook shovqin sababli ustun ortiga yashirindi.
Lily: hech qachon! Meni fikrimdan qaytara olmaysiz! Men unga turmushga chiqmayman. Urinishlaringiz besamar ketadi!
Jungkookga orqa o‘girib gapirayotgandi qiz.
Jk pov
Axir bu u emasmi? Uning o‘sha uzun jigarrang sochlari... Men uni har qanday holda ham taniy olaman.
Qiz ortiga o‘girilib jaxl bilan uydan chiqib ketdi. Jungkook esa uni ko‘zlari quyosh nurida qanday g‘azabdan charaqlaganiga mahliyo bo‘ldi-yu qoldi. U shunchalik gʼazab otiga mingandiki, Jungkook allaqachon buni qurboni bo‘lgandi. O‘ng qo‘lidagi jarohat esa bunga dalil edi.
Shundan keyin uni bo‘yniga qilich keldi.
—tashrifingiz sababini bilsam bo‘ladimi Jeon?- bu Lilyni otasi general edi.
Jungkook sekin ortiga o‘girilib uning sovuqqon ko‘zlariga boqdi. Lilyning nigoxlari nega bunchalik sovuq ekanligini endi bilish mumkin buni otasidan olgani aniq. Lekin Lilyniki idamni muzlatib qo‘yadigan darajada sovuq.
Jk: men... Kelinni ko‘rgani keldim
—endi u qaytib kelib janjalni kattalashtirmasidan ketishing kerak.
Aslida uni Jungkook uchun qayg‘uryotgani ajoyib edi. Jungkook ortiga o‘girilib ketishga shaylandi.
—Jeon, bir narsa uchun menga vaʼda bera olasanmi?
Jk: vaziyatga qarab, agar qoʼlimdan jonim bilan
—men toki aytmagunimcha Lilyni olib ketmaysan. Vaqti kelganda senga oʼzim xabar beraman.
Jk: nima sababdan? Agar bundan xalq xabar topsa...
—boshqalar nima deb o‘ylashi meni qiziqtirmaydi. Vaqti kelganda uni Busanga olib ketasiz, vaʼdami?
Hayollarimni bir joyga yigʼdim. Lekin 4 yil... Oradan 4 yil oʼtdi va uning shaxlo koʼzlari hali ham yodimda. Xuddi kecha meni boʼynimga xanjar tiragandek. Nega haligacha general menga xat yozmagani haqida koʼp oʼyladim. Toʼrt yilni faqat nikox bilan oʼtqazish uchun koʼp vaqt edi.
—bayramdab zavqlanmayapsizmi, General Jeon?- qirolning ovozi meni asliyatga qaytardi.
Jk: yoʼq, zavqlanyapman. Hammasi juda zoʼr.
Garchi tadbir zoʼr boʼlsa ham keni koʼnglimni koʼtaradigan hech narsa yoʼq edi.Raqs tushayotgan qizlar odamlarni xushnud etardi. Lekin men juda zerikkan edim.
—chet eldan raqqosalar keltirdim.- dedi qirol sharobidan hoʼplab
—ular goʼzal manzarani yaratadi.
Ularni menga bir chaqalik qizi yoʼq edi. Meni hayolim doim unda. Jin ursin. Uni atigi ikki marta koʼrdim va birinchi koʼrishdayoq oshiq bo‘ldim. U hatto meni tanimaydi ham. O‘sha kundan beri esa 4 yil o‘tdi.
—Nanping malikasi ham tashrif buyurdi.
Jk: bu yaxshi-. Dedim beparvolik bilan.
—General Jeon, siz allaqachon 25 yoshdasiz, turmush haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
Savol hamma eshitishi uchun baland berilmagan edi. Lekin atrofdagi hamma negadir sokinlashdi. Hattoki musiqachi ham javobni eshitish uchun qo‘shiqni pasaytirdi. Axir u olamga dong‘i ketgan general bo‘lsa albatta uning turmushi barcha uchun qiziq.
Honadagi hammani yuzi yorishib ketdi
—men siz uchun Nanping malikasini keltirganman agar qiziqsangiz biz...
Jk: men kabi oddiy odamlar malikaga loyiq emas, qirolim
—bu nima deganingiz? Siz qiroldan keyingi pog‘onada turasiz o‘zingizni bunchalik pasta urmang.
Jk: men uchun qayg‘uryotganingizni tushunaman. Lekin men boshqasiga vaʼda berganman va uni buzolmayman. Nikox ittifoqi esingizdami? Va men unga hurmatsizlik qilolmayman.
Xonada allaqachon unutilgan nikoh ittifoqi esga olindi. Malikalarni esa qovog‘i solindi. Ittifoq haqida bilganlar esa batamom hayratda edi chunki Jeon general qizi uchun malikalarni rad etayotgandi. Axir uni o‘zining kanizagi, birorta malikani esa asosiy xotini qilib olishi mumkin edi.
—sizni tushunaman, Jeon. Lekin uni kanizak malikani esa xotin qilishingiz mumkin.
Jungkook darrov qirolni rejalarini tushundi. U generalni qizini kanizak qilish orqali sharmanda qilmoqchi edi
Jk: yoʼq janobi oliylari. Men bunday xudbinlik qilolmayman.
—siz malikaga loyiqsiz. Maqomingiz haqida oʼylang
Jungkook mavzuni oʼzgartirmoqchi boʼlganda uning buvisi qoʼshildi. Endi uning og‘zidan har nima chiqishi mumkin.
—uning o‘z malikasi bor eka unga boshqa malikani nima keragi bor?
—u shunchaki generalning qizi.- mehmonlardan biri javob berdi.
—nevaramni bo‘lajak xotinini yerga urishga kimni haddi sig‘di?
Qovog‘ini solgan buvijon mehmonlar orasiga ko‘zini yugurtirdi.
—mening nabiram Jeon generalning qizi Lilyga unashtirilgan va bu nikox xalq uchun qilingan, tinchlik uchun qilingan. Va hech kim buni yerga urolmaydi. Hech kim.- dedi qatiyat bilan.
Buvim yana nimanidir boshlashidan oldin uyimizga qaytdik.
—gapirma, hech kim meni kelinimni yerga urolmaydi.
Jk: u bilan hatto uchrashmagansiz ham.
—agar kimdir xotini olib kelish uchun biroz shoshganda balki allaqachon ko‘rgan bo‘lardim.
Jungkook qo‘lini sochlari orasidan o‘tqazdi. Buvisi doim bu masalada shikoyat qilardi.
Jk: men vaʼda berganman. Vaʼda. General aytmaguncha uni olib kelolmayman.
Va bunga Jungkookni javobi yo‘q edi
—men bugun oʼz kelinimni himoya qildim. Chunki u ayolva hech bir ayol turmush qurish deganda kanizaklikni tushunmaydi. U ham ardoqlanishga sevish va sevilishga loyiq va hech kik buni inkor etolmaydi. Qolaversa u senga yoqishini bilaman.
—unda kimga? Jar safar uyga qaytayotganingdan keyin rasm chizayotganingni ko‘raman. Agar bu ko‘zlar uniki bo‘lmasa unda kimniki?
—seni juda yaxshi bilaman Jungkook. U tez orada keladi faqat biroz kut.
Jungkook buvisini tizzasiga boshini qo‘yib yulduzli osmonga tikildi.
Kutish... Men doim shunday qilib kelganman. Yana qancha kutsam qarshimga kelasan?
Dadam bilan suhbatdan keyin kayfiyatim rasvo edi. U bunchalik oʼjar boʼlmagan oldin. Deyarli hech qachon qarorlarimga qarshi chiqmagan endi boʼlsa Busanga borasan deb oyoq tirab turibdi. Nima u meni endi yaxshi koʼramaydimi? Axir Erika ham bor. U Jeon ni yaxshi koʼradi. Kamiga qizlar nima qilishi kerakligi mendan yaxshi biladi. Nega u emas men? O‘gay singlim va onam bilan munosabatimiz yaxshi bo‘lmagan. Garchi otamni oldida meni suysa ham ichidan qandaydir menga nisbatan yomonligi borligi sezilardi.
U meni jang qilishimni qizlarga nima mumkin bo‘lmasa hammasini qilganimni bilardi. Va buni butun mamlakatga tarqatish niyati bor edi. Lekin otam bunga shunchaki jim qarab yurmaydi. Shu sababli ham u jim. Erika ham xuddi onasini o‘zi, unga o‘xshamay kimga o‘xshasin? Meni pastga urushni xohlardi. Lekin Quyoshni hech narsa to‘solmaydi agar harakat qilsa ham o‘ziga zarar beradi.Zinapoyada o‘tirib nima qilishim haqida o‘ylardim
Boshimni ko‘tarib o‘gay onamni menga istehzoli qarab turganini ko‘rdim Erika esa uni oldida magʼrur turardi. Juda ajoyib. Kunimni yanada yomonlashtirish uchun ularga ehtiyojim bor edi.
—hayratdaman bu paytda uydaligingdan. Nega qilishbozlik uchun qochib ketmading?- menga jirkanish bilan qaradi. To‘g‘ri ustim biroz chang edi lekin jirkanadigan darajada emas.
—agar butun umr ersiz qolishni istasang shunday davom et. Seni bu xaraktering xonimlarga xos emas
—to‘g‘ri, axir opajonim kun boʼyi urush joyida aylanib yuradi qanday qilib er topsin.- qoʼshildi Erika
Qoʼlimda oʼtkir tigʼli xanjarni oʼynatdim.
Lily: va shu axvolimda men Jeon ga unashtirilganman.
—unda u qayerda nega seni olib ketmadi?
Lily: u keladimi yoʼqmi Erikadan farqli oʼlaroq menda er degan narsa bor. Erikaga keladigan bo‘lsak uni yolgʼiz qolishini xohlamaysizku toʼgʼrimi?
—agar u kelsa ham bu nikoxni bekor qilish uchun boʼlardi. Men bu kunni intiqlik bilan kutaman va general Jeon mening Erikamni tanlashiga ishonaman. Chunki u chiroyliroq, tabiiyroq va nafisroq qizlarni yoqtiradi.- jodugarcha kulib
Shu payt koʼzlarim baxtdan charaqladi. Otam meni Busanga borishimni xohlaydimi unda shunday boʼlsin. U nikoxni berkor qilish uchun bu yerga kelishi shart emas, men oʼzim boraman.
Ertalab xizmatkor yugurib general xonasiga kirdi.
—Lily xonim u yoʼq. Va xat qoldiribdi
Meni qidirib ovora boʼlmang shimol togʼlaridaman. Lily
—lekin nega?- hayron qoldi xizmatchi
—chunii hech qachon borayotgan joyini aytmasdi ayniqsa qochganda.Endi ketishing mumkin
General qizini yacshi bilardi u muammodan qochishga oʼrganmagan balki uni ichiga kirib uni oʼrganardi. Va otasi uni Busanga ketganini aniq biladi. Bundan havotir olishga esa hojat yo‘q chunki Jeon uni avaylashiga toʼliq ishonadi.
Mahalliy uzun arava chang bosgan qishloq yoʼli boʼylab harakatlanardi. Yoʼlning daxshatli ahvoli tufayli yoʼlovchilar vaqti vaqti bilan tebranib turishardi. Oʼzim bilan olib kelgan kichik ovqat paketini ochdim. Nonni olib tishlamoqchi boʼlganimda bir bolakay menga intiqlik bilan qarab turganini payqadim. Koʼrinishidan u juda ochga oʼxshardi.
Lily: istasang olishing mumkin. Bu esa sizga.
—yoʼq siz ham yeyishingiz kerak
Busanga borishga koʼp vaqt ketmasdi. Qolaverse Jeon meni mehmon qilishi kerak shunday emasmi?
Derazadan yam-yashil dalalarga qarab ketishni boshladim.
—biz ham. Yoʼlimiz bir ekan. Meni uyim Busanda
U Busanlik boʼlsa demak Jeon haqida biladi. Men esa uni soʼroq qilishga qaror qildim.
Lily: general Jeon haqida eshitganmisiz?
—u haqida kim bilmaydi? Hatto oʼgʼlim ham uni biladi- deb kuldi
—ha, men katta boʼlganimda unga oʼxshaygan jasur boʼlaman.- dedi bolakay
Lily: nega unga oʼxshamoqchisan?
—chunki u jasur inson. U oʼz vatanini va xalqini segadi. U otamni urushda qutqardi otam esa unga oʼxshagan boʼlishim kerakligini har kuni aytadi.
—toʼgʼri. General Jeon meni turmush oʼrtogʼimni qutgardi.
Oʼylab qoldim agar u shunchalik yaxshi odam boʼlsa nega meni olib ketmadi? Uni deb oilam xalq ichida gʼiybatda qoldi bu uchun uni yomon koʼraman.
—siz uni sevadiganlardan birisiz toʼgʼrimi?
—uni unitishingizni maslahat beraman.- dedi ayol
—u qanchalik kelishgan boʼlsa ham qizlar bialn birga boʼlmagan ularga mehrini koʼrsatmaydi.
Bu nima degani? Erkaklarni yoqtiradimi? Unday boʼlsa ishim yanada oson kechadi.
Lily: nima uchun? U ham tengdoshlari singari foxishaxonalardan zavq olishi aniq
—yʼoq adashyapsiz, xonim. General Jeon hech qachon fohishaxonada boʼlmagan. U xotiniga sodiq
Lily: balki u emasdir? Eshitishimga qaraganda u to‘rt yil oldin nikoxdan keyin qizni olgani kelmagan
—kechagi bazmda u xotini borligini aytib malikalarni rad etdi. Aytishim kerakki u Lily xonimni sevadi.
Lily: agar shunchalik sevsa nega uni haligacha olib ketmadi?
Shu joyda suhbat toʼxtadi. Boshimni derazaga qoʼyib qisqacha uxladim