Tikanli atirgullar
Tong otdi. Jungkook tushdan keyin keladi bu orada men Jiminni yoʼldan ozdirishim kerak. Chunki men Jungkook bilan bir kun ham yashay olmayman. Yoki men yoki u oʼladi. U oʼlishi dargumon. Tinimsiz oʼyladim bu iblisni jannatimizga kirita olmayman.
Jimin: juda mazzali chiqibdi, sevgilim
Nihoyat boshimni koʼtarib tabassum bilan pankeyklarni yeyotgan Jiminni koʼrdim.
Jm: lekin baribir shokoladlisi boshqacha
Tassavur qiling-a men bu yerda iblisga qarshi kurashish haqida oʼylayotgan bir paytimda, uning hayotidagi yagona muammo qaysi pankeyk shirinligini aniqlash boʼlsa.
Men shunday oilada tugʼulganman. Beparvo va boy lekin oʼzim unday emasman. Hammasini yolgʼiz oʼzim bajarganman, hech qachon dadamni pulini ishlatmaganman, Jungkook paydo boʼlguncha hayotim yaxshi edi. Qani onam tirik boʼlganida, qani edi men ham boshqalar kabi onam bialn dugona sirdosh boʼla olganimda. Dadam meni himoya qilmaganda yoki himoya qilishni xohlamaganda meni himoya qilganda edi. Otam yolgʼiz qiziga yaxshi eʼtibor bera olmadi, uga maxluq taxdid qilayotganini sezmadi. Doim ishini birinchi oʼringa qoʼydi. Jungkookni qanday toʼxtataman?!
Jiminning telefoni jiringlashi meni choʼchitib yubordi, u ogʼzini oq salfetka bilan artib joyidan turdi.
Jimin: ha, ha bugungi rejalarni barchasini bekor qil, men bugun uyda boʼlaman.
Shu onda yetti osmonga uchgandek boʼldim. U ishga bormasa Jungkook menga hech narsa qilolmaydi. U kenga tegolmaydi.
Jm: xarid qilishga borishni istaysanmi?
Jm: balki turli tungi kiyimlarni koʼpaytirishimiz kerakdir.- ayyorona jilmayib qoʼydi
Lily: qachondan bu haqida oʼylab qolding?
Jm: bugundan. Aslida sharob va yana bir necha snecklar olmoqchi edim.
Lily: buyurtma qilsak ham boʼlardi.
Jm: shu kunlarda dangasa boʼlih ketyapsan, sevgilim.
Lily: boʼlsa bordir. Lekin mayli bu oʼzimga ham yoqmaydi.
Noiloj oʼrnimdan turdim. Kiyinib pastga tushgach birga shopping uchun joʼnatb ketdik.
Jungkook oyna oldida belida sochiq bilan qarab turarkan bu gaplarni yana oʼziga bir bor eslatdi
Jk: ikki yil. Men shuncha kutdim. Ikki yil oʼtdi endi esa seni oʼzimniki qilaman. Qonuniy ravishda seni oʼzimniki qilaman. Seni birinchi koʼrishdayoq meniki boʼlgansan. Menga duch kelganingni baxtsizliging deb bil jonginam.
Men Jimin ushlab turgan oq ich kiyimga qaradim.
Jm: oppoq tering uchun juda mos.
Lily: qanday qilib ayollarni bunchalik yaxshi bilishing mumkin?
Jm: albatta hazil, shunchaki biz bir yildan beri birgamiz va bir birimizni tushunamiz. Bori shu, endi esa kiyib koʼr
U meni kiyinishxonasiga yubordi agar oq menga shunchalik chiroyli tursa unda tekshirib koʼrishni nima keragi bor. Bu shunchaki vaqtni oladi
Eshikni biroz ochib moʼraladim lekin yaqin atrofda u koʼrinmas edi.
Eshikni yopishim bilan qoʼl ogʼzimni yopdi. Tipirchilay boshladim. Meni devorga tirab nihoyat menga yuzlandi. Kiyikni koʼzini eslatuvchi qora koʼzlariga qaradim. Asabiylashib ketdim, u esa magʼrurlanib jilmayib qoʼydi.
Qoʼlini yuzimdan olib eshikga suyanib qoʼlini choʼntagiga soldi.
U menga qarab mato pachasini otdi. Qizil ich kiyimlar.
Jk: davom et.- qizga zavqlanib qaradi
Ikkisining oʼrtasidagi sukunat har qanday baqiriqdan ham balandroq edi.
Lily: Jungkook, tingla. Meni oilali ayolman
Lily: hech boʼlmasa akangni hurmati uchun bas qil.
Jk: oʼgay akamni.- deb tuzatdi darxol
Men unga tikilib qoldim ovozida oʼzgarish sezdim buni koʼzlaridan oʼqiy olaman deb oʼylagan edim. Lekin koʼzlari hissiz edi. Xuddi ikki yil avval mendan nima xohlayotganini bilmaganimdek hozir ham buni bilolmadim.
Lily: Jungkook, iltimos chegarani kesib oʼtyapsan
U bir oyogʼi bilan eshikni itarib turdi.
Jk: aftidan kimga tegishli ekanligingni unutib qoʼygansan.
U Lilyga yaqinlashib orasidagi masofani yopdi
Shu payt Jimin gapirdi. Lily tezda Jungkookni itarib kiyingach chiqdi.
Jimin: bir eski doʼstim bilan koʼrishib aolib ketdim. Nima boʼldi? Oqarib ketgansan.
Lily: s-shunchaki koʼzim oʼrgimchakga tushdi.
Jimin: jiddiy narsa yoʼq, toʼgʼrimi? Yur bularni pulini toʼlay
Jungkook keladigan vaqt ham kelyapti. Lekin qanchalik urunmay Jiminni fikridan qaytara olmadim
Yana birbor urunib koʼraman.Taslim boʼla olmayman. Jiminni oldiga kelib gap boshlay deb turganimda eshik taqilladi.
Bu kimligi aniq chuqur nafas olib oʼzimni ruhan tayyorladim. Jimin eshikni ochishi bilan Jungkook kulrang kiyimda koʼrindi. Uydagi keksa xizmatkor Jungkookni yuklarinj olib bizni xonadan ancha uzoqroqda boʼlgan xonaga olib kirdi. Taqdirimga laʼnat aytib soxta tabassum bilan uni kutib olish uchun oʼrnimdan turdim.Jismoniy jihatdan menga hech narsa qilolmasa ham koʼzlari buni uddalayotgandek edi. Goʼyo qarashi bilan meni yalang‘ochlayotgandek.
Shu bilan xizmatchi dasturxon tuzagach hamma stol atrofiga yigʼildi.
Jungkook oʼtirayotgan stulga imo qildim. Jimin doim dasturxon boshida oʼtirardi men esa uni yonida nega endi u uning joyini egallashi kerak?
Jimin esa meni qarshimga oʼtirdi. Jin ursin nega u bunchalik mehribon?!
Beparvolik bilan kechlik qilayotganimizda Jimin gap boshladi
Jimin: xoʼsh endi nima qilishni reja qilyapsan?
Jk: oʼzimga tegishli boʼlgan bir narsani qaytarishim kerak
Shu zahoti tomogʼimga ichayotgan suv tiqildi.
Jk: ehtiyot boʼlishingiz kerak, kelinoyi