January 2, 2024

Bu mening hikoyam, 5 - sinfgacha nimalar bo'lgan. (1-qism)

Bu rasm 2022 yil olingan.

Mening ismim Sardor familiyam Keldimurodov. Men 2000 - yilda 28 - fevralda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Minglar mahallasiga qarashli Uchtepa qishlog'ida tug'ilgan. Yoshim hozir 23 da yana bir oydan keyin 24 yoshni qarshi olaman. Qisqacha biografiyamni bilib oldiz. Keling hammasi qanday va qayerdan boshlangandi ?
Keling boshiga qaytamiz. 5 - yosh paytlarim xira-shira esimda qolgan. Bobomlarni uyida turardik. Akamlarni xonasida shug'ullanish uchun toshlar bo'lardi. U paytlar uyni devorlariga gilam ilib quyishardi. Meni bitta singlim bor edi. Keyin biz yangi uchastka solib bobomlarni uyidan ko'chib ketdik. 2007 - yil ilk bor maktabga chiqdim. Do'stlarim ko'p edi. Hammasi esimda ustozim 1 - sinfda matematikadan uyga vazifani ishlamaganim uchun 0 baho qo'ygandi. Onam ko'rib qolgandi o'shanda rosa o'rib o'rgatgandilar. Birinchi tenglamani yechishni o'rgatgan inson onam bo'ladilar. Chiroyli yozishni ham onam o'rgatgandilar. Agar xunuk yozsam lineyka bilan o'rardilar. Maktabda yaxshi baholarga o'qiganman shuning uchun. Bizni qishloqda maktab yo'q edi, shuning qo'shni qishloqdagi maktabga borardik. O'sha paytlar hali hamon yodimda. Sinfda bir qiz bor edi ismi Gavhar rosa yaxshi o'qirdi, shu harakat qilsam ham undan o'tolmasdim. Uni sinf rahbarimiz Husnibonu muallim klasskom qilib quygandi. O'sha paytlar bolaligimni ajoyib damlari edi. Sinfda 19 ta bola edik, 11 ta qiz bola, 7 ta o'g'il bola. Eng zo'r o'qigan paytim 2 - sinfda edi. Rosa harakat qilgandim klasskom bo'lishga lekin afsus bo'lolmaganman. Hamma jabxada Gavhardan o'tishga harakat qilardim, faqat bitta chiroyli yozishda o'tib ketolmasdim. Ustoz shuning uchun uni klasskom qilib qo'yar edi. Maktab paytlari ozroq dovdirroq bola edim. Bittada tushunmasdim ko'p narsalarni. Bollarga unchalik qo'shilmasdim. Sinfda o'tiraverardim. 5 - 6 - sinfgacha shunday bo'lganman. Rosa dovdir va ahmoq bo'lganday his qilaman o'zimni. Esimda bir marta klasskomdan tayoq yegandim, mani shundoq polga yiqitib quygandi. Sinfdoshlarim men bilan ko'p hazil qilishardi, bu menga yoqmasdi lekin ularga qarshi ham bormasdim. Buvim rosa tayinlar edi, o'qi Sardor o'qi deya. Sen og'ir mehnatga yaramaysan sen stolda o'tirib pul topadigan inson bo'lishing kerak der edi. Nega bunday der edi deb qiziqiyapsizmi, meni bir oyog'im ikkinchisidan 10-15 sm kaltaroq dunyomizda menga o'xshagan insonlarni ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar, ya'ne bir so'z bilan nogiron inson deb atashadi. Lekin men o'zimni bunday inson his qilmayman. Ko'p narsalarga kuchim yetadi, ba'zi insonlar qilolmagan ishlarni uddalaganman alhamdulillah. 5 - sinfgacha juda yaxshi o'qiganman, keyin sal o'qishim pasaygan. Maktab davrida har yili faxriy yorliq bilan taqdirlanardim sinfda. Eng kami 2 ta insonga berishsa ulardan biri bo'lardim doim sinfda. Gavhar klasskom adashmasam 100 ta yoki 1000 tami she'rni muallifi bilan yodlagandi. Havas qilardim shu qizga. Qoyil ham qolganman bu boradi. Men o'zim yoqtirgan she'rlarni yodlardim ular ham uncha ko'p emas borsa 30 taga borishi mumkun. Sinfda ko'pchilik klasskomni yoqtirardi, bollar meni quymasdi sen ham yoqtirasan deb, men 9 sinfgacha sevgi qandayligini his qilmaganman, hech kimni yoqtirmaganman. Keling qolganini 2 - qismda sizga aytib beraman.

Muallif: Sardor Keldimurodov