October 20, 2020

Iphone 12 va iphone 12 pro smartfonlarini ilk bor qadog‘idan ochib ko‘ramiz.

Iphone 12

Bu ikki smartfon allaqachon do‘konlarga yetkazib berilgan va shu boisdan ularni «jonli» ko‘rsatuvchi ilk videolar ham tarqala boshladi. Shulardan birini mashhur tarmoq informatori – Ice Universe e’lon qilgan. Unda yap-yangi iPhone 12 Pro modelini qutisidan olib, korpusini har tomonidan ko‘rsatishgan:

The real iPhone 12 Pro, unparalleled refinement. pic.twitter.com/QWXZLCN09W

Kupertinolik korporasiya iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining savdosini 23 oktyabrdan boshlaydi.

Bundan tashqari, allaqachon standart model – iPhone 12 smartfonini ham birinchi «jonli» videolavhada ko‘rsatishdi. Bunisida gadjetni har tomonlama yanada batafsil ko‘rishimiz mumkin: vedio 👇

Iphone 12 va iphone 12 pro

Shuningdek, bu ikkinchi rolikda quloqchin va quvvatlagich olib tashlangan iPhone 12 qutisining qanchalik ixchamlashganiga ham guvoh bo‘lyapmiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turkumdagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Appleni ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan.

Iphone 12 pro.

📣 Sardor TEAM - kanalga obuna bo‘ling shunda bizni bir-biridan qiziq ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaysiz.