May 13, 2021

Obuna Robotdan foydalanish qoidalari v.1

Hamdambek Atajanov

Assalom alaykum, @obunachi_robot Grammar Notes kanali tomonidan taklif etilayotgan kurslarga yozilish, to'lov qilish va to'lov qilmaganda esa tegishli kanaldan foydalanuvchilarni chiqarish vazifasini bajaruvchi bot hisoblanadi.

Botdan foydalanish:

1. Botga kirasiz va 'Start' tugmasini bosasiz.

2. Bot Sizga quyidagi menularni taqdim etadi.

3. Agar taklif etilayotgan kurslarni (kanallarni) ko'rmoqchi bo'lsangiz -> Kanallar ro'yxati tugmasini bosasiz va quyidagidek kurslar paydo bo'ladi.

4. O'zingiz obuna bo'lmoqchi bo'lgan kanalni tanlaysiz -> Kanal haqida umumiy ma'lumotlar va kanalga a'zo bo'lish shartlari, ya'ni tariflar chiqadi.

5. O'zingizga mos kelgan tariflardan birini tanlaysiz va to'lovni amalga oshirish kerakligini haqida quyidagicha xabar chiqadi.

6. Obunani sotib olish tugmasini bosasiz va to'lovni amalga oshirish haqidagi quyidagi xabar chiqadi. To'lov usullaridan o'zingizga qulay birini tanlaysiz.

7.To'lovni amalga oshirish qaysi usulni tanlashingizdan qat'iy nazar butunlay xavfsiz. Biz bu yerda Payme to'lov operatori xizmatidan foydalanib ko'ramiz va quyidagi xabar chiqadi. Ko'rsatkich bilan belgilangan joyni bosamiz.

8. To'lovni amalga oshirish oynasi chiqadi. U yerda Siz o'z karta raqamingiz va uning amal qilish muddatini kiritasiz. Va keyingi sahifaga o'tasiz.

9. To'lov operatori tomonidan Sizning kartangiz ulangan telefonga bir martalik SMS kod keladi va mazkur kodni kiritishingiz kerak bo'ladi.

Diqqat! Mazkur kodni hech kimga bermasligingiz kerak! Pul summasi kiritilmaydi, chunki operatorga sizdan qancha yechib olishi oldindan ma'lum, bu avval qaysi tarif tanlanganingizdan kelib chiqadi.

10. To'lovni amalga oshirganingizdan keyin quyidagidek xabar chiqadi va xabarning tagidagi havolani bosib o'z tanlagan kanalga kirishingiz mumkin bo'ladi.
Diqqat! Havola faqat Siz uchun va bir marta ishlaydi. Agar kanaldan obunda muddati tugamasdan chiqib ketsangiz, qaytib kirish uchun yana to'lov qilish kerak bo'ladi.

11. Obuna muddati tugagishiga ikki kun qolganda Sizga botdan obunani uzaytirish haqida xabarnoma keladi. Obunani uzaytirmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi o'zingizga qulay usullarda to'lovni amalga oshirasiz va obuna tegishli muddatga cho'ziladi. Agar tarifda belgilangan muddat tugaguncha to'lov amalga oshirmasangiz, Bot sizni kanaldan chiqaradi.

Video qo'llanma bu yerda: https://mover.uz/watch/bGFB8lBw