Bilmaydimi? Tushuntira olmaydimi?
Bilish va amalda qo'llay olish. Bu biror sohada mutaxassisligi bor insonlarda uchraydi. O'z sohasida muvaffaqiyatga erishgan. Qilayotgan ishlari taqsinga sazovor. Lekin undan nimani hisobiga bunday deb so'rasangiz "bilmayman" yoki "uzundan uzun sog'lom turmush tarzi" haqida maruza o'qib beradi. (Sog'lom turmush tarziga qarshiligim yo'q)
Shunda bu inson o'zi ishlatgan narsalarni bilmasdan muvaffaqiyatga erishyaptimi? Yo'q, u biladi. Lekin nima aynan u uchun fishka ekanligini aniqlay olmaydi. Doimiy bir xil *process. Bunga misol qilib, hamkasblarni ko'rish mumkin. Har kuni bir xil vaqtda keladi, bir xil ishlarni bajarishadi. Birga tushlik qilishadi, o'yinlarni ham birga o'ynashadi. Deyarli kunning yarmini hamkasbi bilan o'tqazsa ham biri nimadirga erishgan, biri erishmagan.
Biroz boshqa tomonga o'tlab ketib qoldim. Tushuntirish va bilishga qaytamiz.
"Zo'r" biznesmen, o'zi qilgan ishni zo'r yetkazib bera olmasligi mumkin. Lekin qilmagan ishini odamlar miyyasiga quyib qo'yadigan mahorat sohiblari bor.
Hozir, nima haqida gaplashayotganimizni tushunmayotgan bo'lishinzgi mumkin. Aniqlashtirish uchun aytaman: "O'z qilayotgan ishini tushuntira olmasa, u o'z ishini bilmaydi degani emas. U faqat tushuntira olmaydi. A, o'z ishini esa qoyillatib qo'yadi. Boshqa biri esa suv ichgandek oson tushuntiradi-yu, amalda hech nima yo'q"
Sizning fikringiz qanday? O'z sohasini bilsa, uni tushuntira olishi shartmi? Tushuntira olmasa, "infolo'ttiboz" bo'ladimi?