Biznes dizayner qanday bo'ladi?
How to Start & Run a Design Business - Biznes dizayner qanday bo'ladi?
Quyidagi ma'lumotlar, dizaynerlar va mijozlar uchun mos tushadi.
Videosida, olgan ma'lumotlarim:
1. To'lov masalasi
— Mijoz bilan suhbatda, hissiyotlarga berilmaslik. Ish boshlashdan, avval, to'lovni 50% olish kerak. (to'lovni mijoz amalga oshirishni o'zi aqlan anglashi kerak). Ishning 3/4 (uchdan to'rt) qismi bitgandan so'ng, qolgan 25% to'lanadi. Oxirgi ya'ni final ishni yuborganda, yana 25% so'rashingiz mumkin. Aniq muddatda to'lov qilish yoki foizlarga bo'lib to'lash kerak. Bu orqali siz, faqat 25%'ni tavakkalda qoldirasiz. Bu asosan, ko'plab dizaynerlarda yuzaga keladi.
2. Hamkorlik masalasi
— Hozir, men ikki hamkor haqida gapiryapman. Ularning hamkorliklari qachondir tugaydi. Va oxirida mojaro bo'lmasligi uchun avvaldan, ish qanday yopilishini qog'ozga tushurib olish zarur. Hech qanday ish abadiy emas. Sherigingizga qanchalik ishonmang, bu ahamiyatsiz.
3. Taklif berish
— Ijrochi Prodyuserlar EP haqida. Turli xil ijrochi prodyuserlar mavjud. Bir turi yangi biznes, biznesni rivojlantirish, sotish uchun ma'sul. Ular haqiqatan mijozlar bilan uchrashadi, potensial mijozlarni, potensialligini oshiradilar va kompaniya xizmatini sotadilar. Ular odatiy xodimlardek, Excel'da o'tirishmaydi. Bu boshqacha mentalitet. Bu odam juda ochiqko'ngil, e'tiborni jalb qila oladigan, jasoratli, ekstravert (odamlar bilan tez chiqishib keta oladigan) bo'ladi. Va bunday odam doim kompaniya uchun kerak.
Yana bir turdagi ijrochi prodyuserlar, sizning kompaniyangizni siz uchun boshqaradi. Ularni odatda, Head of Production deyiladi. Ular buyurtma beradi, qo'ng'iroq qiladi, narsalarni sozlaydi va ishni yopadi (tugatadi). Bu ham kerakli odamlardan hisoblanadi.
Sizda, shu ikki ishni bajara oladigan odam bo'lishi kompaniyaga ko'plab foydalarni olib keladi. Ikkisi bir birini kamchiliklarini yopib ketadi. Va katta bir kuchga aylanadi.
4. Sotuv va marketing
— Kuchli savdo va katta byudet bilan siz har qanday kompaniyani moliyalashtirishingiz mumkin. Uni o'zingiz istaganingizcha boshqarasiz ham, lekin savdolarsiz, pul oqimi kirmasa, qattiq depressiyaga tushib qolishingiz tayin. Bundan kelib chiqib, bu bo'lim ya'ni marketing va sotuv kompaniyani yuragi hisoblanadi. Buni yaxshi shakllantirgan bo'lishingiz kerak.
5. Pul ishlash va uni ishlatish
— Buni 2 xil usuli bor.
1-usul. Yuqori narxni taklif qilish va uni ishlab chiqarish va o'zingiz uchun foyda yaratish.
2-usul. Loyihani ishlab chiqarish uchun kamroq pul sarflashdir.
Ba'zi odamlar ko'proq daromad olishga yalpi daromad olishga e'tibor qaratadi va bu pulni qanday sarflash kerakligini o'ylab ko'rishmaydi. Agar siz million dollarlik ish topsangiz, lekin uni topish uchun 999 999 dollar pul sarf qilsangiz, bu 1 dollarlik ish.
Buni ko'rib biz, 1 mln dollarlik ish qildim deb o'ylaymiz. Aslida, esa uning narxi 1 dollarlik ish bo'ladi.
Aksincha, 100.000 dollarlik ish bajardingiz va uni topish uchun 50.000 dollar sarf qildindingiz. Bu holatda, sizning yalpi daromadingiz 50.000 dollarni tashklil etadi.
6. Muzokara olib borish
— Ba'zida mijozlar byudjetni hisobga olgan holda amalga oshirilish juda qiyin bo'lgan ishlarni talab qilishlari mumkin. Siz ularni oldindan hal qilishingiz kerak. Professionallardek harakat qilishimiz, biznesmenlardek ishga yondashib, bu haqida mijoz bilan yotig'i bilan suhbat qurishimiz kerak.
Mijoz qo'ngiroq qilganda, u haqda o'ylang. Telefonni ko'tarmoqchimisiz? Yoki yuzingizni burishtirib, bu qo'ng'iroqdan qochishga harakat qilyapsizmi? Va bu ko'p hollarda, byudjet bilan bog'liq bo'ladi.
Mijozni qo'ng'iroqlari, ishga bo'lgan fikri va munosabatlaridan o'zingizni yomon his qilasiz. Ko'zingiz yoqmaydi. Sababi siz u ish uchun juda kam haq olgansiz. Ammo, mijoz 1 mln dollar to'lasa, istalgan paytdagi qo'ng'iroq, ishga bo'lgan noto'g'ri fikrlar va injiq munosabatda bo'lishi mumkin. Chunki bularni hal qilish mumkin va bu qiyinchilikka arziydi.
Odatda, past maosh oladigan mijozlar kam haq to'lashga moyil va ular bilan kurashish qiyinroq kechadi. Bu esa juda qiyin va azobli.
7. Biznes dizayner
— Odatda, men mijozlarga ishonchni sotaman. Ya'ni mijoz bilan ishlash davomida, mijozning muammosiga mantiqiy yechimlarni birga izlaymiz. Va bu vaziyatda men ishonch va qadriyatlarni sotaman. Kafolat bu sug'urta emas.
Mening tajribam va qanchalik ishonishiga qarab, bu ishni qila oladimi yoki yo'qmi degan qarorni mijozni o'zi hal qiladi. Shunday qilib sizga hech qanday ish kerak emas, shunchaki ishonch va qadriyat bera oling.
Masalan, ishlaydigan kompaniyamdan ketsam ham, shu jumladan portfolioimni sotib yuborsam ham, boshqa bir ish topa olaman. Chunki, men mijozlarimga ishonch va qadriyatni bera olganman. Shunchaki ish emas.