July 8, 2025
Savdogarlar ustozi | 20 ta iqtibos
- Kimning maqsadi bo’lmasa, maqsadi borlarga hizmat qiladi.
- Omad – omadsizlar qilishni istamagan ishni qilishingda!
- Bergan qo’l, olgan qo’ldan afzaldir.
- Qalbga o’rnashgan narsaning ta’siri a’zolarda seziladi.
- “Savdogarlikni obro’yingni saqlashing, saxiylik qilib ilm ahliga yordam berishing va faqirlar mushkulini oson qilishing uchun kasb qil!”
- Musulmon kishi avval sababini bilib, keyin tadbir qiladi.
- “Boraver, dunyo kez, olim bo’l, o’zingdan iz qoldir, sendan keyin keladiganlarning, hayotlarini yengillashtirish uchun harakat qil!”
- Ammo qalb yaqin bo’lsa, insonlar bir-birini tushunsa, boshqa omillar ikkinchi darajali bo’lib qolaveradi.
- Ilmsizlik bilan qilingan tijorat haromga olib borib qo’yadi.
- Chala qilingan ish boshlanmagan ishdir.
- Ishga sekin, sinab olamiz. Bo’shatsak, norozi qilmaymiz va muddat beramiz.
- “U o’z ehtiyojidan kelib chiqib pul so’radi, men o’z ehtiyojimdan kelib chiqib pul berayapman!”
- Mahoratli tijoratchi haridorni rad etmaydi.
- Hech qachon birovning ilojsizligidan yoki xalqning noilojligidan foydalanib dunyo orttirmang.
- “Chunki men odobni o’ttiz yil, ilmni esa yigirma yil o’rgandim” (Abdulloh ibn Moborak).
- Kam uyqulik agar gunohga, tanani qiynashga va boshqalarni bezovta qilishga sabab bo’lsa – omadsizlikdir
- To’yib yemaslikning o’zi – davo.
- Yaxshilikdan suyunib, yomonlikdan kuyunib ketma.
- Oilaga chaqaloq o’z rizqi bilan kelganidek, hodim ham ish beruvchiga o’z rizqi bilan keladi.
- Chiroyli so’rash – ilmning yarmi.