November 26, 2025

$12,000 lik xato

Oxirgacha o'qing

Kunlardan bir kuni so’z yodlab o’tirgan edim, MLP loyihamiz rahbari kelib taklif berib qoldi:

“Olimjon, bitta kichikroq loyiha bor edi ko’chadan. Zapusk formatida kurs sotmoqchi ekan, shunga nima deysiz? Yo’nalish esa – Fashion illutratsiya (dizaynerlik anjanchasiga). Anchadan beri birga katta zapusklarda ishladik, endi esa to’liq prodyuserli vazifasini bermoqchiman, nima deysiz?”

Ochig’i bunaqa taklifni umuman kutmagan edim, rejamda faqatgina MLP 2026 loyihasiga qatnashish va shundan keyin zapsuk temasidan chiqib ketish edi (sabablar ko’p).

Avgust-Sentabr oyilarida oldimga IELTS olish maqsadini qo’ygan edim va diplomimni olib, magistraturaga chet elga o’qigani ketmoqchi edim.

Taklifdan keyin darhol rozi bo’lmadim, chunki bu soha men uchun umuman boshqa dunyo, tikish-bichish ko’yle-lozim degandek…

Hamma tarafdan qarab o’ylab ko’rdim: xohshim, qadriyatim, vaqtim, bilimim va pulim taraflama.

1-2 kundan keyin esa taklifni ma’qulladim – qarasam vaqtim bor ekan, zapusk qanday qilinishini bilaman, va moddiy tarafdan ham qiziqishim yo’q emas edi.

Shunday qilib loyihani boshladim, spiker bilan tanishdim, auditoriyani o’rgandim, kurslarni ko’rib chiqdim.

BIR O’ZIM

Birinchi bo’lib zapusk qilishdan oldin, kichikroq summa bilan abituriyentlar uchun sotuv qilib ko’rdik, natija yo’q – 0 so’m tushum. 600+ lid olingan lekin, bittayam sotuv yo’q!

Asosiy mavzu qolib ketmasin deb katta zapuskimizga fokus qaratdik: tikuvchilarga dizaynni o’rgatish bo’yicha noldan produkt (kurs) yaratdik. Plan qildik, vebinar kunini belgiladik va oldiga qarab yurishni boshladik

3 oy umrim shu loyiha uchun ketdi. Fashion deb uxladim, eskiz deb uyg’ondim. Husan ustozni loyihasidagi ishlar ham qolib ketdi, faqat shu tikuvchilarni o’ylab kunlarim o’tib ketdi.

Loyihada bir o’zim edim: ssenariy yozish, post yozish, kelishuv qilish, buyurish-tekshirish, strategiya, dizayn, va ba’zan montaj ham. To’g’ri ba’zi ishlarda atrofdagilar yordam berdi, nu lekin opertsionkani katta qismi meni yeb yubordi..

Ssenariy yozdim, syomka qilishni boshladik, montaj ham qilndi va ommaga chiqdik – butun O’zbekistondagi tikuvchi opa-singillarimizga yuzlandik.

11,000 dan ortiq insonni kanalga yig’dik, 10 kun progrev qildim, 10% konversiya bilan 2 kunlik onlayn darsni o’tkazdik, 500 ga yaqin ariza tushgan, odamlar qiziqsh bildirgan, lekin yana sotuv yo’q. Hamma hayron. Sababi kurs tanlangan segment uchun haqiqatdan tashqari qimmat va ular tayyor emas.

Umumiy shu qilingan ishlar uchun taxminan $,12,000 tikildi, lekin 0% ROI. Hamma ishni huddi doimgidek qilgan bo’lsak ham, fail bo’ldi. Ketma-ket 2 ta loyiha omadsiz yakunlanyapti.

Pul tikkan odamlar shunaqa risk borligini bilib ham sarmoya qilishgan edi, lekin shunday bo’lsa ham ancha hijolat bo’lyabman. Ular ham pulni ko’chada darxtni bir tepib yerdan terib olishmagan. Bu summaga yaxshi bitta moshina ham olsa bo’ladi, yokida bitta talabani 4 yillik kontraktini to’lasa bo’ladi.

Meni esa 3 oylik vaqtim isrof bo’ldi, rejadagi ishlar qolib ketdi. Ruhan juda ham charchadim, stressiz o’tkan kun yo’q, rol o’zimni qo’limda bo’lgani uchun qo’shimcha qolib ishlashga ham majbur bo’ldim, uyda ham ish. Eng achinarlisi, shularni hammasi hech narsa uchun bo’lgani. Natijasiz harakatlar.

📌 Jarayon davomida anglab yetganlarim:

  • Hech qachon bir kishi loyihalarda katta natija qila olmaydi, albatta jamoa zarur va hamma o’zini ishini zo’r qilib bjarishi kerak;
  • O’ylagandan ko’proq ko’proq ishlarni qila olaman ekan;
  • Men menejment bo’yicha yana o’rganadigan bilimlarim ko’p ekan. Hozircha derejor emas, katta orkestrda skripkachi bo’lib uni zo’r chalib berish ekan;
  • Hamma ishni biladigan va qila oladigan odam doim “yonib” yuradi;
  • Hali to’liq tanilib ulgurmagan inson birdan opmmaga katta loyiha bilan chiqishligi failga olib boradi;
  • Ba’zi sohalarda mass market minusga ishlaydi;
  • Agar bozor tayyor bo’lmasa u yerga taklif yaratish befoyda;
  • G’oyalarni bu dunyoga kelishi kerak – sinab ko’rish kerak;
  • O’zgacha natija olishni xohlasak, boshqacha harakat qilishimiz kerak;
  • Pul uchun hech qachon rejani chetga surmaslik kerak;
  • va yana hokazolar bor, lekin men shu yerda to’xtaman.

Yozayotib xulosa qilishga juda qiynalaman va erinaman. Qisqasi, yo’qatayotgan vaqtingiz topadigan puliz bilan oqlanishi kerak, unday bo’lmasa maydonga chiqmang.

Ma’sulyat olishni xohlasangiz kattaroq vazifalarga javobgar bo’ling. Istalgan haratingizni oxiri natijasiz bo’lib chiqishiga tayyor turing.

O’xshmasligi ko’proq kafolatlangan ekan!