Nima uchun ishlayabsiz?
Shu paytgacha "rasmiy" ishlagan joylarimning barchasida: Men shu kasbda qolaman va karyera qilaman deb hammasida aytganman.
Ammo, lekin, biroq – nuqta, vergul, so'roq.
Meni haligacha kasblarim almashib kelyapti. Bir qarasang ofitsant, quruvchi, yana bir qarasang menejer, o'qituvchi yoki marketolog.
Ko'p ishlagan joylarimda men uchun motivatsiya bu pul edi. Aytilgan vazifani bajarasan, belgilangan (kelishilgan) sana keladi va pulingni olasan. Hammasi oddiy bir xil.
Ba'zan oylik yaxshi chiqamasa, darrov "ketaman" der edim. Mendan oldin kelganlarni suhbatini olishni o'rniga, ularga raqib nazarida qarar edim va chiqisha olmasam, sekin boshqa ish jioyi qidirar edim.
2023-yil esa taqdir taqazosi bilan, hozirgi kompaniyamga – MFaktorga ishga kirib qoldim. Boshida bu yerda ham oldingi "dunyoqarash" bilan ishlab yurdim. Faqat pul, pul va pul. Hasan va Husan Mamasaidov ustozlarim qurib qo'ygan bu imperiya menga uncha qiziqmas edi o'sha paytda ham.
Keyin esa qornim to'ygach: jamoa, undagi meni pozitsiyam, ma'sulyatim, tezligim, chidamliligim haqida sekin-sekin o'ylay boshladim.
Yil boshida tashkil qilgan darslarimizda, siz rasmda ko'rib turgan instrumentga ko'zim tushib qoldi...
Xodimlarning ichki motivatsiya darajalari
Kompaniyadagi xodimlarning ichki motivatsiyasiga qarab, ular qilayotgan ish robotizmdan san'at asarigacha yuksalishi mumkin ekan.
1) Pul – eng past daraja xisoblanib, bu yerda xodim faqat oylik maosh uchun ishlaydi, ishga bo‘lgan ichki qiziqishi yoki bog‘lanishi juda kam.
2) Shaxsiy manfaat — bu ish xodimga asosan shaxsiy foyda, imtiyoz yoki sharoitlar tufayli qiziqarli (abed tekin deyilsa misol uchun).
3) Shaxsiy e’tiqod (printsiplar) — bu yerda xodim kompaniya maqsadlariga o‘zining shaxsiy qadriyatlari mos kelgani uchun ishlaydi.
4) Mas’uliyat tuyg‘usi — xodim ishni o‘zining burchi sifatida qabul qiladi, kompaniya va jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi (Apple'dagilar).
Men deyarli bu tsiklni hammasidan o'tganman va o'ylaymanki hozirda nima uchun ishga borayotganimni his qilaman.