July 15, 2025

Asosiy pul shu 37% odamlarda!

[LongRead]

Sabi Subri: Sell Like Crazy

Uzun turdagi postlar yozmaganimga ham ancha bo'lgan ekan. Kecha bitta zo'r insayt olgan edim. Shuni yozib, mixlab qo'ymoqchi edim)

Mavzu: Bilmaslikni bilmaslik

Muntazam kitob o'qishga harakat qilaman. "Jiz" etgan joylarini tagiga chizib, ularni esda tutushga ham. Lekin oxirgi paytlarda negadur o'qiganlarim tez yodimdan ko'tarilganini his qilyabman.

Yangi kitob boshlasam, eskisini doim kimgadur tavsiya qilaman. Eskisini o'qiyotgan odam bilan o'sha kitobni muhokama qilaman desam, darhol esimga kelmaydi. G'alati.

Keyin savol keldi: Men oldin ham ma'lumotlarni eslab qolmaganmanmi? Shuncha o'qigan kitoblarim qayerga ketti? va hokazo...

Va shu joyida men, menda asli bor bo'lgan muammoni bilmagan ekanligimni bilib qoldim. Tabiyki, buni bilmasligimni bilmagan edim.

Marketingda ham shunday!

"Sell Like Crazy" kitobida o'qiganlarim shu joyida asqotdi. Ya'ni 100% bozordagi odamlarning 60%, muammosi borligidan bexabar.

Ularning 20% esa muammosi borligini biladi, lekin nima qilishni bilmaydi, 17% esa muammosi borligidan boxabar va ularni ma'lumot bilan ta'minlash kerak.

Atigi 3% odam "lyuboy" bozorda sotib olishga tayyor bo'ladi. CustDev, SWOT va STP'larsiz bozorga shundoq kirsangiz, sizda shu ko'rsatgichda sotuv qilish ehtimoli bo'ladi (balki bu uch foinzning yarmi raqobatchizniki bo'lishi mumkin).

Men ham eslab qolish bilan muammoim borligini bilmagan paytimda 60% ichida edim. Payqagan paytim esa 20% ga o'tdim. Endi kimdur menga "Supermiya"ni sotaman desa menga ma'lumot kerak (17%) va men sotib olaman – 3%

Xulosa:

60% insonlar uchun muammosi borligini bildiradigan kantent marketing qilish kerak. A 37% "soqqali" auditoriyaga (20% + 17%), bepul kontent va ishonch ustida ishlash kerak. Chunki asosiy pul shularda!

Tushundingizmi?