April 18, 2022

H-indexni oshiramiz: Nega ilmiy ish natijalarini ilm hamjamiyatiga e'lon qilishimiz kerak?!

Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning 20-aprel kuni soat 11:00 da "H-indexni oshiramiz: Nega ilmiy ish natijalarini ilm hamjamiyatiga e'lon qilishimiz kerak?!" mavzusida TDYU professor-o'qituvchilari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari uchun seminar trening o'tkaziladi.


Seminar treningda Google scholar bazasida maqolalarni indekslash, ularga iqtibos keltirish, H-indexni oshirish va buning boshqa afzalliklariga oid masalalar ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Manzil: TDYU 3-binosi, 234-xona