May 20, 2020

Islomiy axloq. 1-Dars

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu.
Bugun biz sizlar bilan arab tilida "Adab ash-Shar'i" deb tarjima qilinganda "Islom etikasi" deb nomlangan darsimizni boshlaymiz. Avvalo, etika so'zining kelib chiqishiga to'xtalib o'tamiz. So'zning kelib chiqishi yunoncha, ammo bu atama sifatida axloq fanini anglatadi. Uning asoschisi qadimda yunon faylasufi Aristotel bo'lgan. Falsafa ilmi axloqshunoslikni o'rganish bo'limini o'z ichiga oladi. Ushbu atamaning "hulq" va "odob axloq" kabi sinonimi ham mavjud.
Etika fani , shaxsning yoki jamiyatning axloqiy xususiyatlarini o'rganuvchi fan. Agar biz shariat axloqi, Islom axloqi haqida gapiradigan bo'lsak, shubhasiz, bu tushunchalar o'rtasida biroz farq bor. Ammo farq haqida gapirishdan oldin, "axloq" tushunchasi qayerdan, kelib chiqqanligi haqida to'xtalib o'tamiz

Agar o'ylab ko'rsak, sayyoramizdagi turli xil jamiyatlarda turli xil xalqlarda muayyan me'yorlar, xulq-atvor qoidalari, ma'lum bir axloqiy xususiyatlar, maqtovga yoki qorakashga loyiq deb hisoblanadigan muayyan fazilatlar mavjud. Qisqacha aytganda, har bir xalqda har bir millatda «yaxshi» va «yomon» tushunchasi mavjud. Agar biz turli xalqlar o'rtasida ushbu etikaning asosiga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'p jihatdan o'xshashlikni ko'ramiz. Er yuzidagi deyarli barcha xalqlarning ushbu ma'naviy ustuvorligida o'xshashliklarni ko'ramiz. Buning sababi oddiy .
Biz mo'minmiz, biz musulmonmiz va butun dunyo Alloh tomonidan yaratilganligini, unda yashagan barcha mavjudotlar Allohniki ekanligini tushunamiz. Ushbu mavjudotlarning eng yo'qori maqomga ega bo'lgani bu insondir. Uning barcha mavjudotlardan ustun bo'lishiga sabab bo'lgan xususiyati bu unga Alloh tomonidan berilgan aqldir. Shunday qilib, bu aql odamga tanlash huquqini beradi. Va inson - bu sotsial mavjudot. U har doim biron bir jamiyatda yashaydi. Vaqt o'tishi bilan har qanday jamiyat, o'z ichida muayyan xatti-harakatlar qonun qoidalarini joriy etadi. Shu o'rinda savol tug'iladi nega millatlar, xalqlar alohida malum bir joyda yashashlariga qaramasdan ular orasida o'xshashlik mavjud ? Bunga sabab odamning fitratidir.

Arab tilida "Fitra" so'zi
"insonning mohiyati" degan ma'noni anglatadi . Bu insonning yaxshini yomondan, yaxshilikni yomonlikdan ajrata oladigan tug'ma qobiliyati. Shuning uchun biz ko'rib turganimizdek, ko'pchilik zo'ravonlikni, qotillikni maqullashmaydi, hamma joyda qoralangan shafqatsizlikni yoqtirishmaydi. Ular ochko'zlikni, ikkiyuzlamachilikni va shunga o'xshash illatlarni yoqtirmaydilar. Buning sababi shundaki, bizlarning yaratilishimiz bir xil. Ammo, bir tomondan, insonlar orasida ko'plab o'xshash axloqiy fazilatlarni ko'rsak yana bazida ular orasidagi farqni ham ko'ramiz. Albatta bu ko'proq istisno holatlarda.
Ammo baribir tamoyillar, axloqiy me'yorlar, yaxshilik va yomonlik tushunchalari - turli xalqlar o'rtasida bir oz farq qiladi . Bazi hollarda bu farq haddan tashqari oshib ketidi. Ba'zi paytlarda yomonliklar bazi xalqlar tomonidan yaxshilik sifatida qabul qilanadi. Bu darhol ro'y bermaydi, bir qancha vaqtlar o'tgani sayin vujudga keladi. Bu yomonliklar boshida oz moz yoqimsiz holat dek qabul qilina boshlaydi. So'ng vaqtlar o'tishi bilan ba'zi odamlar qilishi mumkun bo'lgan holatga aylanadi. Keyinchalik bu yomonliklarni odat qilib olganlarning bosimi bilan, bu yomonliklar ba'zi xalqlarga tarqaladi. Masalan, bunday buzuqlik va gunohlarga misol tariqasida alkagol ichimliklarini ichish va zinoni keltirishimiz mumkun. Bu gunohlar bazi bir xalqlarda odatiy normal holga aylanib bo'lgan. Va ming afsuski ularda bu gunohlarni qilmaslik bulardan o'zoq yo'rish uyatga loyiq hijolatli sababli xolatga aylanib qolgan. Spirtli ichimliklarni ichmagan yoki nomahram ayollardan o'zini saqlagan erkaklarga zamondan ortda qolgan omadsiz erkakdek qarash odat to'siga kirgan. Xush biz yer yuzidagi barcha odamlar qaysidir xalqlarga odat bo'lib qolgan gunohlarni normal xolat deb qabul qilishimiz kerakmi? Albatta yo'q. Chunki Alloh taolo bizga yaxshilikni yomonlikdan ajratishimiz uchun aql idroq bergan.
Shuni ko'rishiz mumkinki hech qancha vaqt o'tmasdan, yigirma yil, o'ttiz , qirq yil oldin hamma jirkangan buzuqliklar bugungi kunga kelib normal holatga aylanib qolgan.
Shu o'rinda savol tug'iladi: inson o'zi va uni o'rab turgan odamlarning ishlarini yoki xatti xarajatlarini qaysi me'yorlar bilan o'lchashi kerak? Haqiqiy insoniy qadr-qiymat nima
bilan o'lchanadi ? Ushbu ma'lumotni qaysi manbalardan olishimiz kerak?
Ushbu manbalar barcha xalqlar orasida turli xil.
Ba'zi xalqlar falsafiy mulohazalarni haqiqat mezoni sifatida qabul qilishsa. Ba'zilari esa o'zlarining urf-odatlarini haqiqat manbai sifatida qabul qilishadi. Ba'zi odamlar esa jamiyatga ergashishni xohlamaydilar. Ular
Ota-onalariga ergashishadi ya'ni ota-onalaring tutgan yo'lini xaq deb bilishadi. Ba'zilar uchun bu manba jamiyatdir.
Jamiyat qanday yo'l tutsa shunga qarab ish qilishadi.

Biz atrofimizdagi odamlarning qanchalik ota-onalariga o'xshashligini ko'ramiz. Ayniqsa an'analariga sodiq jamiyatda, odamning, atrofdagilar ota onasi , qarindosh urug'kari, quni qushnilari fikriga qanchalik bog'lik ekanligini ko'ramiz. Buni yaxshi tomonlari ham bor lekin jamiyat haqiqat manbai bo'lishi mumkin emas. Turli odamlarning "haqiqat manbai nima?" Degan savoliga biz quyidagilarni tushunamiz: odamlar taxminan bir xil ko'rinishda , taxminan bir xil fiziologik sur'atda , taxminan birdek aqlga ega va ular bu hayotda turli xil qoidalarga amal qila olishmaydilar. Chunki insonning fitratida, tug'ma haqiqat tushunchasi unga bu dunyoda baxtli bo'lishi kerakligini aytadi.

Bizning hayotimiz, bizni o'rab turgan barcha narsalarni Xudo guzal qilib yaratgan. U bizni o'zimizni baxtli his qilishimiz uchun kerak bo'lgan his-tuyg'ular bilan ta'minladi: hid bilish, ko'rish hissi, eshitish hissi. Biz hammamiz baxtli bo'lish uchun yaratilganimizni tushunamiz. Va bu dunyoda yashar ekanmiz, dunyo bilan uyg'unlikda yashashimiz keraklini anglatadi. Agar biz baxtga erishish uchun dunyo bilan uyg'unlikda yashashga majbur bo'lsak, bu hamma uchun umumiy bo'lgan ba'zi qoidalar bo'lishi kerakligini anglatadi.
Ha, albatta, har birimizda tanlash erkinligi bor. har bir odamning o'ziga xos fe'l-atvori va mentaliteti bor. Ammo, baribir, insoniyat ehtiroslariga nafsiga ergashgan holda yashay olmaydi. Afsuski, bugungi kunda ko'plab mamlakatlarda bu holat keng tarqalgan. Ko'pgina jamiyatlarda odam va uning xoxishi birinchi o'ringa qo'yilgan. Biror kishi nimani xohlasa, nimani kungli tusasa shu narsa jamiyatda qonun doirasida rasmiylashtirib ruxsat berib qo'ymoqda. Dastlab, bu no'maqul ahloqsiz narsalar, normal holat sifatida tan olinmoqda, keyin esa ularga ruhsat berib quyuvchi qonunlar joriy etilmoqda.

Keling endi, Islom dinimiz va uning axloqiy me'yorlari va dimiz bizdan talab qiluvchi axloqiy qoidalari boshqalardan qanday farq qilishi haqida gaplashamiz. Avvalo shuni aytish kerakki, Islomda axloq qoidalari falsafadan, insonning ehtiroslarini qondirish uchun yozilgan qonun qoidalardan farq qiladi. Bizning islomiy axloqiy me'yorlarimiz (etikamiz) tubman farq qiladi.

Islom axloqi va boshqa barcha axloqiy tushunchalar o'rtasidagi birinchi katta farq shundaki, bizning axloqiy manbamiz ilohiy vahiydir. Bu Qur'oni Karim, Allohning so'zi bo'lib, uni Muhammad payg'ambar ﷺ orqali nozil qilgan. U odamlarga baxt topish uchun yubordi. Bu qonun qoidalar inson qanday ibodat qilish kerakligi inson qanday holatda bo'lishi kerakligi haqidagi qonunlardir. Bu inson uchun, uning axloqiy ko'rinishi uchun talablardir - bularning barchasi insonni bu dunyoda baxtli qilishga qaratilgan.

Ikkinchi asosiy manba - bu Allohning insonga quygan barcha talablarini bajargan inson Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Alloh O'zining hikmati ila Muhammad ﷺni 23 yillik Payg'ambarlik davrida insonni o'z hayot yo'lida duch keladigan deyarli barcha vaziyatlardan o'tkazdi. Zaiflikni boshidan o'tkazdi, xo'rlangan paytlari bo'ldi, sabr-toqat paytlari bo'ldi , mahrum bo'lgan paytlari bo'ldi. Buyuklikka erishdi, uni hamma tan oldi, yuksalishga erishdi, zafarlar qozondi bundan oldin esa mag'lubiyatlarga ham uchragan paytlari bo'ldi. Ya'ni, payg'ambarimiz ﷺ inson hayoti davomida uchrashi mumkun bo'lgan barcha vaziyatlarni boshidan kechirdi va har qanday vaziyatlarda qanday yo'l tutishimiz to'g'ri bo'lishini o'zing hayoti misolida ko'rsatib va o'z tavsiyalarini qoldirib ketdi. Xush buni u ﷺ qaerdan oldi? Biz, musulmonlar , uni Alloh boshqarganini bilamiz va Alloh O'z Kitobida buni tasdiqlab : va "u o'zidan o'ylab topib gapirmaydi, havodan olib gapirmaydi" deb aytdi. Payg'ambarﷺ butun umri davomida Alloh tomonidan boshqarilgan. Shuning uchun axloqimizning, ma'naviyatimizning asosiy manbai Qur'on va payg'ambarimiz Muhammad ﷺ sunnatlaridir.

Islomiy axloqimiz Islomga zid bo'lgan axloqiy me'yorlardan qanday farq qiladi? Uning farqi shundaki, bizning axloqimiz, axloqiy me'yorlarimiz, Islomda talab qilingan axloqiy fazilatlarga intilishimiz ibodat darajasiga ko'tariladi. Ya'ni to'g'ri niyat ila, Allohning nomi bilan samimiy chin kunlikdan taqvodorlikka intilgan kishi, bu hayotda baxtli bo'lishidan tashqari, abadiy hayot boshlanadigan Qiyomat kunida katta mukofot oladi. Allohdan barchamiz ushbu abadiy hayotda payg'ambarlar, solihlar va abadiy jannatga loyiq topilgan insonlar bilan hamroh bo'lishimizni so'rayman. Bu bizning etikamizning boshqalardan ikkinchi farqi edi. Takror aytaman, bizning axloqiy me'yorlarga intilishimiz va hayotimizga tadbiq qilishimiz dinimizda ibodat sanaladi.

Uchinchi farq shundaki, axloq, etika va musulmonning axloqiy qiyofasi, boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlardan tashqari, insonning tabiat bilan yoki atrofdagi jonzotlar bilan bo'lgan munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Bundan ham muhimi birinchisi musulmonning o'z Xudosi bilan, osmonu erni yaratgan, buyuk hikmat egasi, har narsani bilguvchi mehribon va rahmli Alloh bilan munosabatidir. Xudo bilan qanday munosabatda bo'lishim kerak?

Ikkinchi qism esa insonlarning payg'ambarimiz Muhammad ﷺ va qolgan barcha payg'ambarlarga qiladigan munosabati. Xush ularga qanday munosabatda bo'lishimiz kerak, munosabatlarimizning o'ziga xos xususiyati nimada? Garchi biz payg'ambarlarimizning zamondoshlari bo'lmagan bo'lsak ham, u yuzlab va minglab asrlar davomida insonlarning ongi orqali bugungi kunda ham yetib kelgan muomala qoidalari mavjud. Ushbu qoidalar saqlanib qoladi va biz ularga nisbatan gapirishimiz yoki qilishimiz mutlaqo taqiqlandan narsalar mavjud. Ularga nisbatan bajarishimiz lozim bo'lgan narsalar ham mavjud.

Uchinchi qism esa insonning mavjudotlar bilan munosabatini o'rganuvchi qismdir. Shunday qilib, bizning odobimizning uchta bo'limi:
1) insonning Xudo bilan munosabati;
2) insonning Muhammad ﷺ payg'ambar va barcha payg'ambarlar bilan munosabatlari;
3) boshqa mavjudotlar bilan munosabatlar (bunga odamlar, hayvonlar, hasharotlar va o'simliklar, shuningdek, bizni o'rab turgan narsalar kiradi)

Ba'zi olimlar odamning o'zi bilan bo'lgan munosabatini hisobga olib, to'rt qismga ajratib ko'rsatishadi. Ammo men o'zimga ushbu uchta bo'limda to'xtalib o'tishni lozim deb topdim. Chunki odamning o'ziga qiladigan munosabati 3- bo'limga "insonning uning atrofidagi dunyo bilan munosabatlari" bo'limiga kiradi deb hisoblayman. Uni o'rab turgan dunyoga, tanasining qobig'idan tashqaridagi mavjudotlardan tashqari, uning qalbi, tanasi, ongi ham shular jumlasidandir

Shu bilan bizning kirish darsimizning birinchi qismi yakunlandi. Keling, ushbu darsda o'rganganlarimizni yodga olsak

Ushbu darsdan nimani eslab, qolishingizni istardim?

Birinchidan, Islom axloqi(etikasi) ning manbalari boshqa xalqlar, dinlar va jamiyatlarning manbalaridan farq qiladi. Axloqimizning manbalari Qur'on va payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.

Ikkinchi farq shundaki, islom dinimiz bizdan talab qiladigan axloqiy fazilatlarga intilish bu biz uchun ibodat darajasidadir. Ya'ni ushbu talablarni bajarilganga katta mukofot bordir.

Uchinchi farq qiluvchi xususiyati shundaki, bizning islomiy odobimiz nafaqat odamlar o'rtasidagi munosabatlar va axloqiy majburiyatlarga, balki Xudo, payg'ambarlar va atrofdagi mavjudotlar bilan bo'lgan munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Ya'ni, Islom axloqining birinchi bo'limi Alloh bik bo'ladigan munosabati, ikkinchi qism insonning Payg'ambar Muhammad ﷺ barcha payg'ambarlarga nisbatan qiladigan munosabatlari, uchinchi qismi esa insonning uni o'rab turuvchi barcha mavjudotlar bilan bo'ladigan munosabati.



Shartli belgilar:
Sollallohu alayhi vasallam- ﷺ