Life
Erta tongda quyosh asta tepaga ko‘tarilmoqda. Bu tong kimlar uchun quvonchli, kimlar uchun esa qayg‘uli bo‘lishi mumkin. Kimlardir yangi orzular bilan ko‘zlarini ochmoqda, kimlardir esa afsuski, bu tongni ko‘ra olmadi. Ba’zilar uchun bugun ham odatdagidek davom etayotgan bo‘lsa, ba’zilar hayoti bugungi kundan boshlab tubdan o‘zgarishi muqarrar.
Sua ham bu tongni oddiy deb o‘ylaganlardan biri edi. Tongning quyosh nurlari uning yuziga mo‘ralab, uni uyg‘otayotgan paytda, u hali ham biroz mudrashga urinardi. Quyosh nurlari uning yuzini yoritib, go‘zalligini yanada oshirib turardi. Ha, Sua chin ma’noda chiroyli va samimiy qiz edi.
Bugun Sua uchun juda muhim kun edi. U katta ko‘rgazma uchun chet elga ketishi kerak edi. Sua universitetdagi eng iste’dodli san’atkorlardan biri bo‘lib, uning rasm chizishdagi mahorati barchaning e’tirofiga sazovor bo‘lgandi. Aynan shuning uchun uning rasmini Canvas Dreams Studio ko‘rgazmaga tanlagan edi.
Sua anchadan beri ushbu rasm ustida ishlagan va natijada mukammal asar yaratgandi. Ko‘rgazmaga olib ketiladigan barcha narsalar, jumladan chamadonini allaqachon tayyorlab qo‘ygan edi. Bugun u ortiqcha shoshilmasdan yuvindi, o‘ziga yarashgan kiyimlarini kiyib, mayin pardoz qildi. Keyin esa qo‘liga telefonini olib, sevgilisi Hyunjinga qo‘ng‘iroq qildi.
Telefon go‘shagi ko‘tarildi:
— Alo, sevgilim hayrli tong
— Sua! Sengaham tayyormisan — dedi u sokin va quvnoq ohangda.
— Ha, tayyorman. Sen hali kelmayapsanmi... Aeraportga o‘zim bormayman, axir seni va’dang bor, — dedi Sua hazilomuz ohangda.
Hyunjin kulib yubordi:
— Albatta, Sua. Men shundoq yo‘ldaman. O‘n daqiqada yetib boraman..
— Hyunjin! Men seni kutib turaman, — dedi Sua jilmayib.
Sua telefonni qo‘yib, chamadoniga bir qarash soldi. Orzulari yaqinlashayotganini his qilardi. Bugun oddiy kun emasdi. Bu uning san’at olamidagi haqiqiy parvozi boshlanadigan kun edi.