MAFIA SIBLINGS
Jin ,Suga ha degandek bosh irg'ab qo'yishdi
................. ..................................
Nonushtalanib bo'lgan 7 yigit va bir qiz o'z xonalari tomon yo'l olishdi. Ammo Karina va Jimindan tashqari boshqalar Seoul ko'chalarini aylangani chiqishdi. Karinaning boshi og'riyotgani un u qoldi. Unga esa qarab turish un Jiminni qo'yishdi. Chunki Jimin aylanishni xushlamasdi.
Xonasida o'z xayollari bn o'tirgan Jm....
Pov Jm
-Men tushunmayapman....? Nima u turmushga chiqishni xohlaydimi..? Yana tanimagan insonigaya? Ayshhh ! Bo'lmadi...! Borib o'zidan so'ray qolaman....
Karinaning eshigi yoniga kelib endi taqillatmoqchi bo'lib:
- Yaxshisi bezovta qilmasman. Balki u uxlayotgandir.....
Uxlamayotgan bo'lsachi?
- Omadimni bir sinab ko'raman.
Taq Taq Taq -xona eshigi 3 marta taqilladi.
Bu paytda Karina yuz massajlarini qilayotgan edi va
-Kiring - deya taklif qildi.
Jimin ham xonaga kirdi. Karina esa hayron qolmadi ham.
Karina: Xo'sh xizmat. Nimadir so'ramoqchimisiz?
Jm : Karina men gapni cho'zishni xohlamayman. Sen hali yoshsan endigina 16 yoshga to'lasan va bu yosh sen un turmushga chiqishinga to'g'ri kelmaydi. Yaxshisi undan ko'ra o'qi, karyera qil, sayohat qil va ko'plab davlatlarni ko'rib kel. Turmush bo'ladi ammo o'zingning aynan 16 yoshing qaytib kelmaydi. Bu maslahat mendan senga ham aka ham do'st sifatida....
Jm gapini tugatmasidan birdan deraza sindi va otilgan o'q Jiminning chap qo'liga tegdi. Bu jarohat yurakka yaqin edi. Natijada birdan polga chamasi 80 kg keladigan tana tushdi.
Karina bo'lgan voqeadan qotib qoldi. Alllaqachon uning tanasini sovuq ter
qoplab bo'lgandi.
Karina yig'lab Jmning oldiga kelgancha:
Jimin... Jimin.... meni qo'rqitma nima bo'ldi. .... Jimin iltimos faqat o'lmaaa
Jimin yaralangan qo'lini ushlagancha :
To'xta kelma! Shkafing ortidagi qizil tugmani tez bos va vannadagi dush orqasidagi xufiyona kodni och. Kod $_&- Bo'laqol tezroq...
Karina yig'lab Jm aytgan ishlarni qildi. Dush orqasidagi kodni ko'rib ochganidan so'ng dush o'ng tomonga surildi va maxfiy xona eshigi ochildi. Ayni paytda Jm ham yerda yotib vannaxonaga keldi.
O'rnidan turib Karinani qo'lidan tortib xonaga kirdi. Dush yana siljib o'z joyiga o'rnashdi. Qop qora xona birdan yorishdi va kod bn sifrlangan yana bir eshik bor edi. Ammo bu xona qulfi qo'l izi va ko'zni skanerlab keyin ochiladigan qulf edi.
Karina nima bo'layotganiga tushunmasdi. U juda qo'rqib ketgan edi va bir so'z ham aytolmasdi. Jimin o'ng qo'li va ko'zini skanerga tutdi. Eshik ochildi. Jimin va Karina xonaga kirishdi. Ular xonaga kirishlari bilanoq :
Xush kelibsiz janob Jimin- deya ovoz keldi.
Karina esa hali ham hayron. Arak sarak qilib har tomonga qarardi. Qo'rqqanidan Jmning qo'lini qattiq siqqandi. Buni sezgan Jmning labiga tabassum yugurdi.
Jimin tezda oshxonadan dori qutisini oldi va divanga o'tirdi. Qora ko'ylagini yechmoqchi bo'lganida jarohati qattiq og'riq berdi. Karinaga qaradi va go'yoki " Kelib yordamlash" deganday .
Karina yig'lab ko'zlaridagi yoshlar bn qo'llari qaltirab ko'ylakni yechardi.
Jimin esa unga qarab turardi. Ikki insonning nigohi bir biriga to'qnash keldi. 5 soniya bir biriga qarab turishgan edi ammo Jmning jarohati yana og'riq berdi. Ko'ylakni yechdi. Qo'lidagi o'qni olib idishga soldi. Malham surtdi.
Jm: Balki jarohatimni bog'lashga yordamlasharsan.....
Jarohatni bog'lashdi Jmni esa 2- qavatdagi xonaga yotqizdi. Unga shkafdan boshqa ko'ylak olib berdi. Uni ham kiyishiga ko'maklashdi.
Jimin gapga kirdi. Barchasiga tushunmasdan dovdiragan qizga qaradi.
Jm: Karina meni yaxshilab eshit! Biz mafia olamidagi eng kuchli mafia bo'lsakda o'zimizga yarasha do'st va dushmanlarimiz bor. Menga otilgan o'q ham o'sha dushmalarimizdan birining ishi. Sen yashayotgan xona avval bizning yashirin maxfiy xonamiz edi. Bu xonani bizdan tashqari hech kim bilmaydi. Sen bosgan qizil tugma esa ogohlantirish tugmasi va hozir bizni uyimiz qizil rejimda ya'ni xavf ostida. Bu xabar esa barcha a'zolarga yetib boradi.
Jmning gaplarini buzmasdan eshitayotgan Karinaning tanasidagi barcha tuklari tikka bo'lib ketgandi.
Karina: men kinolarda ko'rgan maxfiy xonalar va shunaqa yovuz insonlar ham bor ekanda...
Jm: Qizaloq aslida sen yaxshi deb o'ylagan yigitlar ham boshqalar un ularning ajali bo'lib ko'rinamiz. Bugun bo'lgan ishni kim qilgan bo'lsa ham bu un albatta javob beradi!!! Hozir qolgan yigitlar ham menimcha kelishsa kerak.
Eshik ochildi:
Xush kelibsiz janob Yoongi!
Karina bu ovozni eshitib tezda pastki qavatga tushdi. Pastda esa 6 yigit havotir va tashvish bn hamma yerga qarashardi.
Zinadan tushayotgan Karinani ko'rib sal tinchlanishdi. RM tezda kelib Karinani quchoqladi va unga qarab shikastlanmaganiga ishonch hosil qildi. Chuqur huh tortdi.
Jk: Karina senga zarar yetmaganidan juda xursand bo'ldik. Jimin yaxshimi? Unga hech narsa bo'lmayptimi?
Karina ko'zidagi ko'zyoshlariga erk berib qo'yib yubordi va :
U.. U... U yuqorida. 2-qavatda ... U ja.. ro... hatlangan. Ammo o'qni oldik.
Yoongi : Shib@l!!! Qanaqasiga! - tezda yuqoriga ko'tarildi. Bir oz muddatdan so'ng qolgan a'zolarni tashvishli va xafa ohangda chaqirdi. Hamma yuqoriga ko'tarildi.
Ne ko'zlar bn ko'rishsinki, lablari qurib rangsiz holga kelgan. Holsizlik va madorsizlikdan terlab sochlari yuziga yopishib ketgan Jm o'lim yoqasida edi.....
Tae, Jk, J-Hope :
Jiminnnn....!!!!!!
RM: Yoo xudoyim. Bo'lishi mumkinmas. Jm do'stim sen kuchlisan. Sabr qil! Tuzalib ketasan albatta!
Yigitlar yugurib Jmning yotog'i yoniga yig'ilishdi. Karina esa yana yig'lashni boshlagan va bu safar uning yuragi siqib nafas olishiga yo'l qo'ymayotgandi.
Nafas olishi qiyinlashgan Karinani ko'z oldi sekin asta qorong'ulasha boshladi va polga xuddi jonsiz tana kabi yiqildi.
Bu tomonda esa Jimin.. Yigitlar qaysi biriga yordamlashishni bilmay ikkilanayotgan edilar.
Yoongi Karina va Jmning pulsini o'lchadi va ikkalasi ham og'ir ahvolda, o'lim yoqasida edilar.
Yoongi: Yigitlar ikkalasidan birini qutqara olishimiz mumkin. Ikkisining ham hayot pulslari anchagina sekin urmoqda....
Yigitlar bir ovozdan :
Ikkisiniyam....
RM: chunki biri singil biri esa ham birodarimiz ham aka ukamizdek.
Yoongi: men ham xohlayman ikkisini saqlab qolishni... Ammo buni iloji yo'q.
Jk: yo'q yo'q bo'lishi mumkinmas. Hamma ishni bir yo'li bo'ladi. Tae do'stim sen ham bir urinib ko'r.
Tae chuqur xo'rsinib:
Yo'q. Men yordam berolmayman. O'tgan safardagidek yana uddalolmayman va yana bir insonning o'limiga sababchi bo'laman.
Jin birdan gapga qo'shildi :
Tae unday bo'lmaydi. Biz senga ishonamiz. Xana og'ir jarohatlangan edi axir....
Yoongi :
vaqt kamayib bormoqda. Tezroq harakatni boshlamasak ikkalasidan ham ayrilib qolamiz.
Tae : Yaxshi men roziman. Ammo bu safar men Jiminga qarayman.
Yoongi: Yaxshi. Unda ishni boshladik.
RM Pov :
Yaxshiyam ular meditsinani ( uzbcasini bilmiman)o'rganishgan. Yigitlar ikkingizga ham omad. Men sizlarga ishonaman. !!! Sizlar albatta Jm va Karinani qutqarasizlar.
Pov Author
Oradan 3 soat vaqt o'tdi. Yigitlar o'z ishlarini mukammal bajarishdi. Operatsiya muvaffaqiyatli tugallandi. Karina va Jimin alohida xonalarda vakuum ostida uxlashyapdi. Ular hozir chuqur uyquda ya'nin komada.
Jin, Yoongi va Tae qahva ichishmoqda. RM, Jk va J-hope esa Jimin va Karinaning yonida.
Yoongi: Tae Karinaning bugungi ahvoli juda og'ir edi. U qo'rqsa yoki hayajonlansa bunchalik darajada yomon ahvolga tushmaydi.... Uning yurak klaponi orada yopilib qoldi. Shuning un ham u o'lishiga sal, yo'q sal emas deyarli.... U o'lib bo'lgandi.
Jin: Nima sen aytmoqchisanki, u kasal va buni bizdan yashirgan.. ... Shundaymi....?
Tae: Agarda rostanam sening bu tashxising to'g'ri bo'lsa uni tezro professor shifokorga ko'rsatishimiz kerak...
Yoongi: Men ham shunday deb o'ylayman. Unda ertagayoq Britaniyadan janob Elijahni chaqiraman.
Tae: Ha yana bir gap... Jiminning tanasidan o'q olingan joyi juda katta bo'shliq hosil qilgan. U jarohatni dezinfiksiyalamaganimda undan ayrilgan bo'lardik.... Bu o'q odatiy oddiy o'qlarga o'xshamasdi.... Ancha kattaroq atrofi zaharlangan....
Yoongi: Shoshmachi, demak.. Aytmoqchisanki, biz 7 yil oldin yaratgan maxsus o'qga o'xshaydimi.... ?
Yoongi and Tae:
Yo'q bo'lishi mumkinmas.
Tae: U o'lganiga 4 yil bo'lgan. Qanday qilib endi qaytishi mumkin.
Yoongi ham Taening fikriga qo'shildi.
Jin: Yaxshi, unda ertaga yaqinda o'rnatgan 1000 km chaqrimchadagi kamerani ko'ramiz. Chunki men Xanaga yurakka yaqin qilib otishni o'rgatganman. Bunaqa taktikani esa faqatgina men va u bilamiz......
Yoongi: Agarda shunday bo'lsa Namjoonni va qolgan a'zolarni ogohlantirish kerak.
Yigitlar bu fikrni ma'qullashdi.
Time Skip
Yoongi barcha bo'lib o'tgan suhbatni aytdi. Bir tomondan u tirik qolishganiga xursand. Bir tomondan esa nega u bunday ish qilganiga hayron edilar.
Rm: yigitlar bugun og'ir kun bo'ldi. Ertaroq yotinglar va ertangi kun un kuch to'planglar....Umid qilamanki ertaga Karina va Jimin ham ancha tuzalishadi....Yoongi ertaga Elijah kelganida o'zing kutib ol...
Yoongi "xop" deya bosh silkidi.
Pov author
Hamma uyquga ketdi. Ammo bizni jonsarak Jungkook o'zining yashirin xonasida ertalabga yaqin kompyuter o'yin o'ynab chiqdi. Shu sababdan kech yotdi.
Erta tong. Har bir tong otganida sog' omon nafas olayotganimizga shukur qilishimiz darkror. Bizning mafialar ham bugun anchagina tetik. Hattoki Jiminshii ham.
J-Hope : Jm kecha sendan juda xavotir oldim. .... Birovni yo'qotishdan qo'rqish.... Bu ham katta og'riq ekan.
Jm: Men hali o'lmayman. Mendan osonlikcha qutulolmaysizlar.....
Yigitlar kulishdi.
Jm: ha aytgancha, Karina qani? Hali ham uxlayaptimi ?
Yoongi: yo'q. U ham kecha sen kabi katta jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. So'nggi daqiqalarda Tae yordamga kelmaganida hozir ikkingizdan biringiz bu olamni tark etgan bo'lardingiz.!
Jimin bu gaplarni eshitib Karinaning oldiga qushdek uchib bordi.
Karinani xonasiga kirib ko'rar ekan, ;
Pushti lablar ko'kamtir rangda, avvalgi yuzidan nur sochilib turadigan Karinadan asar ham qolmagan edi. Afsuski...
Jimin pov
Nahotki bularga sababchi men bo'lsam... Meni kechir yovvoyi atirgulim... Seni tuzalishing un qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Hattoki buning un jonim kerak bo'lsada... ) va o'rnidan turib ketdi
Mafia siblings ffgi sal kechiktirilgani un uzr so'rayman. Albatta bundan keyin kechiktirmaslikka harakat qilaman. 😊🦋
Va qo'llab quvvatlashingizni so'rayman😉
Diqqat ❗️❗️❗️
Bu ff aslida mini ff edi. Ammo uni kopro qib yozmoqchiman. Va bu sizlarga manzur keladi degan umiddaman... 💙
AUTHOR YONA 🦋
CHANNEL @Bloodly_fanfics