H A P P I N E S S OR SECRET HUSBAND
Yigit qo'lidagi ro'molchani qattiqroq siqib :
- Jeon Jungkook. Chet tilidan dars beraman va sening sinf rahbaringman.
-endi esa uyingga ket. Aytgancha ehtiyot bo'l.
-xo'p ustoz. Siz ham tuzalib keting.) deya sariq taxiga minib ketdi.
Jk esa yana universitet tomon yo'l oldi.
25 daqiqadan so'ng
-Huh! Va nihoyat keldim uyga! Oyiii!?) deya atrofga qarab oyimni qidirdim.
-eee ha aytgancha oyim bugun ugda bo'lmayman degandilar. Demak bugun party party yeah qilaman. Axaxax.
Oshxonaga kirdim. Bo'ridek ochman. Qozonni ochdim ovqat yo'q. Kayfiyatim tezda tushdi. Chunki och qolsam kayfiyatim yomon bo'ladi va o'zim bilan o'zim urushaveraman.
-xo'sh nima yesam ekan a?.?) dey o'y surayotganimda bugun oyim pishirgan merimi shirinligini esladim. Borib muzlatgichni ochdim va 2-qavatidagi smarodinali (o'zbekchasiga bu meva nima bo'lishini bilmiman) pishiriqni oldim
- naqadar baxt. Deya hidladim.
Immmm juda xushbo'y hid. Xuddiki o'rmondan yovvoyi mevalarni saralab olingandek. Oyimni baribir qo'llari shirinda..
Yeyishni boshladim. 2 daqiqaga bormay tugatdim va biroz bo'kib qoldim. Muzlatgichdan sovuq suvni ichdim va xonamga chiqdim. Kirib yuvinib chiqqach sochimni tarashni boshladim.
Sochimni tarar ekanman, bugunga nima qilishni rejalashtirayotgan edim. Xayolimni telefon ovozi buzdi. Telefonga qarasam oyim qilayotgan ekanlar.
Mom 📞
-alo eshitaman oyijon
-Yona keldingmi?
-ha oyijon. Qachon uyga kelasiz?
-Yona xonamdan tortmam ichidagi yashil rangli quti bor o'shani menga olib kel.
-xo'p oyi. Ammo manzilni...
-manzil lokatsiyasini tashlab qo'yaman. Aytgancha chiroyliroq kiyinib kel bu kecha bazmga boramiz.
-oyi bilasizku bazmlarni uncha yoqtirmayman. Deb xarxashani boshladim. Ochig'i men introvert qizman. Odam gavjum bo'lgan joy men uchun emas.
-Yona asabimga o'ynayapsan qiz. Bu oddiy bazm emas. Jeon xolang Amerikadan qaytibdi...
-Nima!? Ajoyibkuuu! 5 daqiqada yoningizda bo'laman.... ) deb suhbatni tugatdim va tezda garderobimni ochdim.
Garderobim garchand kiyimga to'la bo'lsada menga baribir kamlik qiladi. Hech qachom chiroyli ko'ylaklar, taqinchoqlar va sumkalardan to'ymayman. Ayniqsa brendoviy baland tuflilardan.
-uff, buni kecha kiygandim. Buni esa o'tgan kun. Bu ko'ylak ochiq, bunisi yopiq) deya har xil rangdagi turli xil kiyimlarni yerga otardim.
-buni rangi to'q. Bunisi juda och. Vlaq buni rangiga ko'nglim aynib ketdi. Bunaqa kiyimni olishga qachon ulgurdim.) deya qo'limdagi yashil rangli ko'ylakni yotog'im ustiga otib yubordim.
-haa aytgancha kecha sotib olgan yangi ko'ylagimni kiyaman. Biroz kalta ammo meni juda chiroyli ko'rsatadi. Jeon xonimga katta bo'lganimni bir ko'rsatib qo'yay) degancha javonim pastidagi "CALVIN KLEIN " brendi nomi yozilgan qutini oldim.
-vah vah bu go'zallikni bir qaranga. Qora rang ham shunchalik chiroyli bo'ladimi a? Jonim o'zimni deya ko'ylagimni quchdim va uni tezda kiyib oldim.
Orqa tomonimni oynaga ko'rsatgan holda ko'ylagim zamokini yopdim. Aylanin oynaga qaradim. Bu qomat, uzun oppoq oyoqlar va juda ham chiroyli yelka. Bu meni juda ham jozibali ko'rsatadi.
Yelkam ochiq bo'lgani uchun sochimni yarmini yig'ishtirib yarmini yoydim. Ozgima make-up qildim. Chunki shu sizam tabiatan go'zal qizman. Oppoq terim, chiroyli yuzim, qop qora bu ko'zlarim, pushti rangli biroz katta lablar... Shunchaki meni tabiatning eng buyuk ne'mati kabi ko'rsatardi. Uzun qora sochlarim esa o'ziga ko'p yigitlarni rom etgan . Sochlarim o'zimga ham yoqadi.
Oyna oldida o'zimga mahliyo bo'lib qarar ekanman yana telefon ovozi meni chalg'itdi.
Mom 📞
-Yona kelyapsanmi!? Axir kechikyapmiz!!!
-oyi hali ertaku. Nega shoshilasiz deya gapira gapira zirakimni taqdim.
-qanaqa erta!!! Senga xabar berganimda soat 3 edi. Sen esa 2 soatdan beri kelmapsan.
Soatimga tezda qaradim. Qarasam beshdan o'nta o'tgan.
- oyijon bilasiz kiyimim yo'q. Shunga tanlashga biroz vaqtim ketdi. Aybga buyurmaysiz) deya gapni olib qochgancha kuldim.
-sen qiz aslo hech narsaga to'yma. Shoshil kechikyapman haydovchini oyga yubordim. Pastda seni kutib turibdi.
-yaxshi hozir chiqaman.
Endi telefonni qo'ymoqchi bo'lganimda yana oyim ismimni aytib chaqirdi.
- haa yana nima oyijonn.
-xonamdan qutini olib kelishni unutma!
-xo'p oyi xo'p) qizil tugmani bosdim.
Atirlarim ichidan eng sarasini qidirdim va o'zimga yoqadigan eng xushbo'y dengiz hidi keladigan atirimni sepdim. Va xonamdan chiqib yuqori qavatdagi dadam va onamni xonalariga kirdim. Shkaf yonidagi tortmadan yashil rangli uncha katta bo'lmagan qutini oldim. Qiziqib ichida nima borligiga endi ochmoqchi bo'lganimda mashina signali chalindi.
-ufff nima balo hamma sabrsiz deb qutini oldimda xonadan keyin esa uydan chiqib ketdim.
Eshik oldida Jimin akam kutib turardi.
Jimin: Yona juda sekin harakat qilasan. Shuni bilasanmi?
-akaaa. Hech bo'lmaganda siz meni tushuning!!
- ha ha bilaman. Kiygani kiyming yo'q edi yoki sumkangni rangi yoqmadi. Balki oyoq kiyimingni pochnasi pastlik qilgandir.
-birinchi variant to'g'ri edi. Xo'sh chiroyli manmi?) Deb bir aylandim.
-juda go'zalsan. Yo'q betakrorsan. Endi esa mashinaga o'tir. Kim xonim kutyaptilar. ) deya eshikni ochdi.
Men mashina yoniga keldim va jilmadim. Jimin aka esa menga qoshini chimirib o'tir deganday ishora qildi. Men esa unga nozik qo'limni berdim.
-ufff jonimni shirin balosi! Kela qol) deya Yonani qo'lidan ushlab mashinaga joylashtirdi.
Oradan o'n daqiqa o'tib katta bir restoran yoniga mashina to'xtadi. Jimin mashinadan tushib orqa o'ng tomonni ochdi va Kim xonimga ta'zim qilgancha kutdi. Oyim ham mashinaga o'tirdilar va yana eshik yopilib Jimin akam o'z o'rnilariga o'tirdilar.
Oyim doimgidek yana meni koyishni boshladilar.
- Yona senga qancha qaytaray senga o'rgataman deb axir o'zimda qolmadi. Madaniyatli insonlar kech qolishmaydi.!!!
-oyi agarda menga gapiradigan bo'lsangiz bazmga kech qolamiz.. Bunga aybdor esa siz bo'lasiz oyijon) deb mashina oynasini tushurdim.
Oyim ham menga gapirishdan foyda yo'qligini bilgancha chuqur nafas oldilar va haydovchiga qarab "Jeonlar xonadoniga " dedilar.
Mashina sekin asta balonlarini yerga ishqalangancha harakatga keldi.
Aniq eslolmayman, taxminan 10 yil oldin Jeonlar uyiga borgandik. O'sha payt atigi 8 yoshli qizcha edim. Jeon xolam juda mehribon ayol edilar. Har borganimda qo'limga shirinlik tutqazardilar.
Xayolimni yana oyim buzdilar.
- Yona Jeon xolangni katta o'g'li 1 yil oldin o'qishdan qaytgan ekan.
-hmmm yaxshikuuu
- Sen o'qiydigan universitetda ustoz bo'lib ishlayotgan ekan. Yana katta "Jeon korparatsiya" ni boshlig'i ekan.
-nahotki o'sha nimjon qiltiriq bolakay shunchalik mustaqil shaxs bo'lgan bo'lsa.
-hoy u sendan katta. Yana borib unga hurmatsizlik qilma! Sen avvalgi 8 yoshli qizcha emassan.
Mart oyi. Sakura daraxti gullagan payt.
Jeon xonim: Yona qizalog'im senga o'g'lim bog'ni ko'rsatadi. Men esa oying bilan suhbatlashaman. Xo'pmi qizalog'im deya qo'limga xo'rozqand berdilar.
Menam xo'p degancha bosh chayqadim.
Jeon xonim: O'g'lim. Bolajonim) deya chaqirdilar
- ha oyiii) deya bog' ichidan bir uzun ozg'in yigit chiqib kelardi.
To'g'ri chiroyli ammo ozg'in ekanligi uchun menga yoqmadi.
Men yosh bo'lsamda anchagina yigitlarni o'raganman. Yoshligimdan sho'x shaddod qiz edim. So'zga chechan tili burro edim.
Jeon xonim: o'g'lim Kim xolang kelibdi. Ko'rishmaysanmi?
? : salom xolajon. Salomatmisiz deb ta'zim qildi.
- yaxshimisan o'g'lim ) deya u yigitni oyim kulib yelkasidan urib qo'ydilar. Bu esa menga yoqmadi. Juda qizg'anchiq rashkchi qiz edim.
Tezda yugirib o'sha yigit bilan oyimni o'rtasiga turib oldim va oyimni qo'lini ushlab oldim. Bu qilig'imga xolam va oyim kuldi. Ammo o'sha yigit menga mensimaganday qaradi.
Jeon xonim: bolajonim Yonani bog'ga olib aylantitib kel. Unga mushukingni ham ko'rsat. Xo'pmi?
- xo'p onajon.
Men mushuk so'zini eshitib xursand bo'ldim. Chunki menga mmushuklar juda yoqadi.
- voyy senda mushuking bormi? Menga ularni ko'rsaaatt!
- men sendan kattaman kichkina. Senlama meni.
Oyim ham menga yomon qarash qildilar men esa qovog'imni o'yib oldim labimni shishirib. Bu holatga Jeon xonim kulgancha o'g'liga ket deb ishora qildi. U yigit esa qo'limdan sudraganga yaqin olib ketdi.
Meni sudrab olib bog'ga kirgizdi va qo'limni qo'yib yubordi.
- boshqa meni senlama.! Aka deb menga murojaat qill! Tushundingmi kichkina! ) deb sochimni to'zg'idi.
-menga qanday gapirishni o'rgatma.) Deb menam unga gap qaytardim.
U yigit esa mening bo'yim qadar egilib ko'zimga qaradi. Men esa unga labimni shishirtirib qaradim.
- unda senga mushugimni ko'rsatmayman.
- yo'q yo'q aka menga mushugungni ko'rsat
-mana bo'larkanku puchuq!) Deb burnimdan chimdib qo'ydi. -ortimdan yur) deb keta boshladi
Men esa burnimni artgancha unga ergashdim.
Jeon xolamni uyiga kirar ekanmiz, hashamatdan ko'zlarim qamashdi. Ichkariga kirar kirmas xolam bizni qarshi oldilar. Onam bilan ko'rishar on xolamning ko'zlari menga tushar ekan
-yooo xudooo dugonajon! Bu men tanigan Yonami!? Haqiqattan seni qizingmi?
Darhol mening yuzimdan o'pa boshladilar.
-Judayam chiroyli shiringina qiz bo'lib ulg'ayibsan Yona. Kechagina kichkina qiz bo'lib uyimizda o'ynab yurarding.
-Rahmat. Jeon xola siz ham haliyam yosh va quvnoqsiz. ) shu suhbatdan so'ng xolam bizni ichkariga tortdilar.
Ichkariga kirishim bilan ko'zlarim viski ichib kulib o'tirgan tanish chehraga tushdi. Bu mening universitetimdagi professorim va xaloskorim Jeon Jungkook edi. Uning ham nigohlari meniki bilan tutashdi.
Darhol o'zimning ko'rinishimga qaradim va ko'ylagim kaltaligidan biroz hijolat tortdim. Xolam meni darhol turtkiladilar.
-qani bor akang bilan ko'rish!
-akam!?) men qotib qoldim
Jeon xonim esa xotirjam
-ha akang mening katta o'g'lim Jungkook. Bor salomlash qizim.
Xohishsiz uning oldiga bordim.
Jungkook menga qarab turar edi hamki birdan gapirdi
- nahotki men tanigan kichkina qizaloq Yona allaqachon universitet talabasi bo'lib va hattoki sening professoring bo'lgan boʻlsam. Hayotning o'yinlari g'alati Yona meni eslaysanmi o'zi
-Janob Jungkook siz? Men sizni bunday ko'rinishda uchrataman deb o'ylamagan edim. Men eslagan akam umuman boshqacha edi va ko'rimsizroq edi.
Birdan Jungkook jiddiylashdi
-KO'RIMSIZROQ??? Hoy kichkina sen ham qolishmasding. Ammo sen hali ham o'zgarmagansan. O'sha o'sha kichkina PUCHUQ!
Mening bu gaplardan kayfiyatim tushib ketdi. Chunki men 2 soat tayyorlangandim va hattoki u nazariga ilmadi.
Men esa burnimni jiyirib oyimni oldilariga qaytdim.
Bu orada bazmga Jungkookning doʻsti eng qalin va yaqin doʻsti ham taklif qilingan edi .
Taehyung bir oʻzi emas edi
Ichkariga magʻrur kirib kelar ekan oʻzi bilan bir hafta oldin uylangani tufayli yosh va nozik qiz uning xotini ham birga kelgan edi
Asia umuman yopiq qora kiyingan . Koʻylak oyoq uchigacha edi . Deyarli makiyaj qilmagan qiz judayam chiroyli koʻrinar edi . Asianing qoʻlini mahkam Taehyung ushlab olgan oʻzidan yiroqlatmas edi
Shu koʻyi ular kirib kelishar ekan
Jungkook oldinga qarab harakatlandi va Taehyung bilan koʻrisha boshladi
Jk: Taehyung koʻrinmay ketding . Bazm bahonasida seni koʻrmasam oxirigi payt yoʻqolib qolding.. yoki uylanish yoqib qoldimi deyman Jk sekin koʻz qisib Taehyungning oldidagi qizga qarar ekan Asia mutlaq jim va boshi egik edi.
Taehyung sekin tomoq qirib qoʻydi.
- hammasi joyida ayrimlar mening qoidalarimni hazil deb oʻyladi. Mayli asosiysi hozir hammasi joyida .
Taehyung yonidagi qizga qarab qoʻyarkan biroz xavfli jilmaydi
Jungkook taranglikni sezdi
-Asia edingiz a , Jungkook qizga gapirar ekan Asia biroz bosh silkib qoʻydi.
- unday boʻlsa xush kelibsizlar.
Marhamat kiringlar.
Taehyung va Asia bazm stoliga oʻtirar ekan Yona baqirib yubordi
- Asiaaaaaa
.....
Asia ham Yonaga qaradi
- ikki qiz bu holda bu bazmda uchrashishi judayam gʻalati tuyulardi
Yona Asiani quchoqlab olar ekan Taehyung biroz orqaga tisarildi
Asia bu yigit kim...
Yona birdan savol berar ekan qiz gapirishdan oldin Taehyung Asiani Yonaning qoʻllaridan tortib oldi
- eri bo'laman . Siz kim boʻlsangiz ham bunday jiddiy bazmlarda emotsiyalaringizni boshqaring kichik xonim. Har qayerdagi ortiqcha shovqin sizni tuzoqqa tushirishi mumkin. Taehyung Yonaga manoli qarab qoʻyib old stulga oʻtirdi. Asiani ham oʻzining yonidagi oʻrindiqqa tortdi.
Shu payt Yona hech kim kutmagan bir ish qildi .
Butun bazmdagilarni eʼtiborini oʻziga tortar ekan hamma hayratga tushib qarab qoldi
2-qism tugadi. Manimcha endi o'zilardan bilib com fikr to'ldirarsila a tekinxo'rlik qimasdan.
Kim Yona
@Bloodly_fanfics kanali uchun