M A F I A S I B L I N G S EPISODE-8
Havo yomg'ir yog'ayotgani uchun og'ir edi. Yigitlarning ko'zlari ma'yus edi. Hamma yerda yotgan Sugaga achinish hissi ila qarasharkan, qalblaridan nimadir uzilgandek bo'ldi. Guruh lideri Namjoonning bu hodisa g'azabini qaynatdi. Qo'llari musht holatda va tishlarini g'ichirlatardi.
Birdan o'q ovozi eshitildi. Barcha yigitlar orqasiga qo'rquvdanmi yoki hayratdan qarashdi. Namjoon qurolni olib osmonga 3 marta otgan edi.
Namjoon tishlarini g'ichirlatib asabiy tonda:
-qasam ichaman, kim bu ishni qilishga jur'at etgani uchun uni ichiga somon tiqaman va muzeyda saqlayman. Har bir inson jinoiy guruhlar kim bo'lishidan qat'iy nazar Bangtan 💜ᗷᗝƳᔕ⟭⟬💜ga hujum qilish va uning jazosi qanchalar og'ir darajada bo'lishini ko'rishi va bizga yaqinlashish tugul ko'chamizdan o'tolmasligini ta'minlayman.
Yigitlar bir xonada to'planib o'tirisharkan ularning diqqatini Suganing xonasidan qon bo'lgan qo'lini artgancha Elijah chiqib keldi.
Elijah juda sokin ohangda
- Yoongi yaxshi. Xavf ortda qoldi. O'qni olib tashladim. Faqatgina Yoongi charchagani uchun hushiga kelishi biroz vaqtni oladi.
Hamma chuqur nafas olib chiqardi. Go'yo yelkalaridan og'ir yuk ag'darilgandek bo'ldi.
Oradagi sukunatni Jk buzdi
-janob Karinaning ahvoli yaxshimi? Nega u bu ahvolda...
Yigitlar ham birdan Elijahga umid nigohi ila boqishdi.
Elijah tomoq qirib gapirgancha:
-xo'sh nima desam ekan... Uning hozirgi holati barqaror. Ammo u oq qon kasalligiga uchragan.
Hamma nima deganday ko'zlari kattalashib ketdi va Tae gapirishni boshladi:
-o'tgan kuni ta'kidlaganimdek Karinaning kasali og'ir.
Bu gaplarni eshitayotgan Jiminning ichida baland baland binolar qulayotgandek edi. Bexosdan uning ko'zlariga yosh keldi va xonadan chiqib ketdi.
(Izoh: Elijah Karinaning hayoti tugab borayotganini aytdi va agarda vaqti vaqti bilan davolansa kasallik sal ortga chekinishini aytgandi.)
Time skip Kechgi payt
-Dasturxon ustida hamma to'planib yuqoridan juda ohista va mayda qadamlar bilan nozlarib Karina tushib kelardi.
Jin:-ko'z tegmasin.! Anchagina go'zallashib tuzalibsan.
Bu gapni odatdagiday qabul qilgan Karina shunchaki unga siniq tabassum qilishni xohladi.
Jimin zo'rg'a qizdan ko'zini uzib Jinga yuzlandi. Xo'sh tayyomisan ayovsiz jangga qatnashmasam hammmasini o'zim yo"q qilaman.
Yigitlar tushunishdiki, Jin Xeyadan qasos olishni xohlamayapti..
To'g'rida qaysi inson o'z sevganiga yomonlikni ravo ko'radi. Garchand biz sevgan inson bizga yomonlik qilgan bo'lsada unga yomonlik qilishni xohlamaymiz. Bunday qilishga esa yuragimiz tubida qandaydir buyruq bordek...
Jimin Hobiga qarab "b" rejaga o'tishlarini imo ishora bilan aytdi. Hobi va qolgan yigitlar Jindan tashqari hammasi o'rnidan turdi va turli xil bahonalar bilan xonadan chiqa boshlashdi.
Tae va Jungkook:
-mayli yigitlar biz ketdik ishimiz bor edi
Hobi va Rm ham hech nima demasdan chiqib ketishdi. Xonada faqatgina Jin va Jimin qolgan edi. Karina esa xonasida edi. Yoongi esa turli xil moslamalarga ulangan holda chuqur uyquda...
Jimin ham vaqti kelganini bilib o'rnidan turin xonadan endi chiqayotganida Jin uni to'xtatishga muvaffaq bo'ldi,
Jin boshi egilgan holda
-Jimin bilaman sen Xeyadan qasos olishni xohlaysan, ammo u ham o'zidan o'zi bu ishlarni qilmas. O'ylaymanki tafakkuringga va qalbinnga ishonib ish qilasan. Agarda Xeya bu olamni tark etsa, menga ham bu dunyoda joy yo'q. Chunki uni bir marta yo'qotdim va boshqa yo'qotolmayman. Xulosa o'zingdan UKAM... ) deya oxirgi so'ziga urg'u berib Jiminning yelkasidan urib qo'ygancha xonadan chiqib ketdi.
Jimin esa uning gapiga parvo ham qilmasdan xonadan chiqib ketdi. Hozir Jiminning ko'zi qonga to'lgan va hattoki Yoongining jarohatiga va pistirmada qolganiga ham Xeyani aloqador deb o'ylayapti.
Jimin Karinaning xonasi yonida to'xtar ekan, sekin eshikni taqillatdi va eshikni ochib xonaga kirdi. Xonada Karina kitob o'qib o'tirar edi.
Jimin sekin asta qizning yoniga borar ekan yuragida allaqanday hislar g'ujg'on urardi. Qizning oldiga kelib uning qo'llaridan tutdi va uni o'pdi.
Pov Karina
Men kitob o'qiyotgan paytim Jimin qo'limdan ushlab o'ldi. Bu o'pich shunchalar mayin ediki, etim junjikib ketdi. Undan bu holatni hecham kutmagan edim
Jimin ko'zida yosh ila
-men hozir maxsus bir missiya bilan boryapman. U yerdan tirik qaytamanmi yoki yo'q bilmadim ammo sen o'zingni asra va hech kimga ishonma. Har doim o'zingni ehtiyot qil. Sen mening yovvoyi gulimsan...) deya Karinani xuddi so'nggi bor ko'rayotgandek quchoqladi.
Karina esa bu holatda shok holda edi. Nima deyishni ham nima qilishni ham bilmasdi.
Pov Jimin
Uning so'nggi bor ko'ryapmanmi yo'qmi bilmayman ammo unga anchadan beri qilmoqchi bo'lgan ishimni qildim. Uni quchoqladim. Uning kichik jussasini tanamda his qilar ekanman bu menga o'zgacha hisni tuyishimga sababchi bo'ldi.
Karina: Jimin tinchlikmi? Nima bo'layotganiga tushunmayapman ammo ayta oladigan so'zim eson omon qayting men sizni kutaman.
Jimin bu gaplarni eshitar ekan ko'zidan yoshlar oqdi va qizni bag'ridan olib uni sochini silab yurakcha shaklidagi pushti labiga labini bosdi. U shunchalar chuqur bo'sa olar ekan go'yoki bu vidolashuv bo'sasidek edi.
Pov Karina
Labimda issiq taftni his qilar ekanman, bu taftni avval his qilganimni tushundim. Faqatgina bu safargisi avvalgidan farq qilardi. Juda ehtirosli juda mayin edi. Nafas yetishmaganligi uchun tipirchilashni boshladim. 1 daqiqalik bu bo'sa ikkimizni ham chuqur chuqur nafas olishimizga sababchi bo'ldi.
Jimin qizni peshonasidan o'pib
-seni sevaman yovvoyi atirgulim.... O'zingni ehtiyot qil...) deya xonani tark etdi.
Pov Karina
Hozir nima bo'ldi? Nima u meni sevaman dedimi? Menimcha xato eshitdim... Yo'q ammo u aniq qilib aytdi. Tanamga negadir issiqlik yugurishni boshladi. Aniq yuzim qizargan. Ikki yuzim lava kabi qiziyapti. N. Nahotki u meni sevsa... Kulgili.Yo'q bu tentaklik. Ha ha tentaklik. Ammo menga yoqdi. Voy men nima deyapman chamasi narkoz menga boshqacha ta'sir qilyapti. ) deya uyalib kulgancha qo'li bilan yuzini yopdi.
Rm:Nega Jimin kelmayapti? Vaqtni cho'zyapti!!! ) deb norozi ohangda gapirgancha qo'lidagi soatga qaradi.
Jungkook:ana kelyapti. Negadir u homush. Ehh nima bo'lganda ham yaxshilikka bo'lsin) deya gapini tugatdi.
Birozdan so'ng Jimin keldi va ketishlarini aytdi. Hamma mashinaga mindi va ushbu katta saroydan uzoqlashishdi.
Mashinadan yo'l bo'yi rejani tushuntirib ketayotgan Taehyung qurolini sozlab cho'ntagiga solardi. Qolganlar ham uni diqqat bilan tinglab pichoq va qurollarini olishardi. 30 daqiqalik yo'ldan so'ng mashina katta bir tashlandiq bino yonida to'xtadi.
Jungkook birinchi bo'lib mashinadan tushdi va uni ortidan Rm Taehyung va Jimin tushdi. Hobi esa radiatsiyaga qarab bino xaritasini tekshirayotgan edi.
Hobi komyuterdan boshini ko'targancha
- Yigitlar ehtiyot bo'ling. Iloji boricha Xeyani tirik qoldiringlar. Jin akamiz uchun...
Jimin: yaxshi harakat qilamiz. Kettim yyigitlar) deya avtomatini otishga shaylab bino tomon yugurdi. Rm va Taehyung ham yugurdi . Jk esa orqa tomondan ketdi.
Binoga kirishar ekan, buzilgan binoda hech bir so'z sado chiqmasdi. Bu tinchlik qanaqadir shubhali edi.
Namjoon yigitlarga kelinglar deya ishora qilar ekan Jimin va Tae kelishdi.
Rm:Aftidan bu pistirma. Iloji boricha ko'zingizga qarab ish tutinglar. Hech narsaga teginmang.
Tae ham yaxshi degancha 1 qadam bosganida birdan qizil tugma bosildi va bino tomonlariga temir setka to'rlar yopildi. Atrofni tezda qo'lida uzun miltiq (to'pponchani kattasi) bor barzangilar o'rab oldi.
Kim Namjoon :
Tae tez ortga! ) Taehyung hali ortiga o'girilmasidan o'q otildi...
Atrofda qon hidi katta bir barzangi tana yerga yotgan edi. Uning ortidan va peshonasining qoq markazidan issiq qon shiddat bilan oqardi. Ko'zlari ochiq holda jon bergan va tanasidagi qon sekin astalik bilan kamayayotgan edi. ........
Mazza qib o'qila, xayolilani buzmi dib rasm qoymadim ( rasm topish yoqmadi)
Bilaman shuncha yozganimni hech kimga qizig'i yooo 💙
To be continued :
-Jungkook sen men bilan yur!
-Karina yangi barda ishlayotgan ekan.
-Demak u sog'ayibdi.
-Jimin bu nima deganing axir uni sevaman degan edingkuuu.!