September 24, 2025

MAFIA SIBLINGS

Mafia siblings { Ep-7}

Jimin xonadan qo'li musht va ko'zi qonga to'lib chiqdi. Yigitlar hammasi o'tirishibdi.

Jm:Suga Karinaga ehtiyot bo'l. Jin sen esa men bilan o'sha Xeyani izlagani borasan.

Suga "yaxshi" degancha boshini qimirlatib qo'ydi. Jin esa o'zini jinnilikga solib bir uyoqqa bir buyoqqa qarardi.

Jmni asab tolalaridan biri uzilgandek bo'ldi:
-Jin meni yaxshi eshitmaganga o'xshaysan. Bo'l tur Xeyani topishimiz kerak!!!

Jin : Jimin ahvoling unchalik yaxshiga o'xshamaydi kel yaxshisi sal kuch to'pla va keyin ishni boshlaymiz.....

Jimin : Hazillashyapsanmi Jin? Yoshing mendan anchagina katta bo'lsada o'z hurmatingni bil bro!

Jin xohlamayotgani aniq bilinib turardi.

Jimin bo'ynini ushlagancha:
Jin menga qara u Karinani xonasiga hujum qildi. Agarda meni o'rnimda Karina bo'lganda undan ayrilib qolardik. Menku shu o'q ta'siridan himoyalanib vaksina olganman va boshqa yigitlar. Lekin u yosh qiz bunaqa narsalar haqida hattoki bilmaydi ham... Sen yana dam olishing kerak deyapsanmi?

Jin : Bitta qizni deb shunchami? Baribir u seni haqiqiy singling emasku!

Jimin g'azabdan quturib borib Jinning yuziga musht tushirdi. Jin ham bo'sh kelmay Jiminning qorniga urdi. Jinning tajribasi kattaligi aniq bilinardi. Uning zarbasidan Jimin qornini ushlagancha devorga urildi va qattiq yo'tala boshladi. Yigitlar kelib ularni ajratishdi.

RM: hoy to'xtanglar! Bu nima qilganingiz? Axir biz birodarlarmiz!!!

Jimin o'rnidan turar ekan:
-mana bu Jin hali ham o'sha xiyonatkor Xeyasini yaxshi ko'radi. Afsuski tushunmaydiki u Jinga xiyonat qilib biz birodarlarmiz va uni sotib ketganini...

Jin og'ziga kelgan haqoratli so'zlar bilan :
Jimin sen kichkinasan va tiling uzun. Bu uzun tiling bir kuni boshingga yetadi. Men bilan o'ynashma bola. Ha men hali hamon Xeyani sevaman va unga bo'lgan sevgim hattoki o'lsam ham o'zgarmaydi. Sen ham tan ol! Karinaga faqatgina singling bo'lgani uchun g'amxo'rlik qilmayapsan. Uni sen sevasan.

Jimin:nimalar deyapsan. Men uchun Karina faqatgina... faqatgina.. singil. Ha singil!

Jin:o'zingni aldasang ham bizni alday olmaysan JIMIN!!!

Tae:eeee bo'ldida... Yosh bola bo'lmang. Jimin seni hali jarohating bitmagan va shuning uchun dam ol. Kechga yo'lga chiqamiz va Xeyani topamiz.

Jungkook:Jin aka siz ham toza havo olib keling. Yaxshisi birga boramiz. Yana kim biz bilan boradi ) deya qo'lini Jinning yelkasidan o'tkazgancha chiqa boshlashdi ularga Hoseok ham hamroh bo'ldi.

Jimin borib xonasida yotar ekan... Jinning aytgan gaplari uni o'yga soldi...

Pov Jimin.
Aslida uni sevmayman deya olmayman ammo sevaman deb ham ayta olmayman.... Lekin uni har ko'rganimda uning chuqur nigohi, qora sochlari hattoki uzun kipriklari e'tiborimni tortadi. Unda meni o'ziga tortuvchi qanaqadir magnit bordek. Undan soniya havotirlanaman. Garchi yosh bo'lsada yapon xonimlari bera olmagan hislarni unga teginmasdan his qila olaman.... Chamasi men Jin aytgandek Karinani sevaman... Va ayni damda bunga iqrorman

Time Skip Erta tong 08:00

Hamma yigitlar yig'ilgan. Bugungi kunni rejalashtirishmoqda. Va nihoyat ular yo'lga otlanishdi. Hoseok va Suga shifokorni aeroportda kutib olgani borishdi. Taehyung va Jungkook Jin bn Jiminni ortidan borishdi. Chunki ular yana tortishishlari mumkin edi.

Oradan 45 daqiqa o'tdi. Suga va Hoseok aeroportga yetib kelishdi.

For fantasy✨💭

Kutish zalida o'tirgan ikki yigit tomon g'irt ingliz bo'ylari baland, salobatli sochlari sariq jigarranglar orasidagi rangda. Juda ko'rkam ja qarimas nu unchalik yoshammas.

Suga: Elijah sizni yana bir bor ko'rganimdan xursandman. Adashmasam oxirgi marta 4 yil oldin Angliyada ko'rishgandik.

Yigitlar qo'llarini keng yougancha ko'rishishardi.

Elijah:Ha shunday eski qadrdonim. Anchagina o'zgaribsan. Xo'sh oldingdagi yigit kim?

Hoseok: Salom janob men Hoseok man. Qisqa qilib Hobi desangiz ham bo'ladi.

Elijah:Yaxshi Hobi. Xo'sh yo'l yo'lakay bemorni ahvolini menga tushuntirib ketasan Yoongi. Bemor tashxis qog'ozi bormi?

SuGa sal xo'rsingancha:
-afsuski yo'q. Chunki u hushidan ketdi va o'zim birinchi yordamni ko'rsatdim.

Hobi, Suga and Elijah

Mashina harakatga keldi va mafialar xonadoniga yo'l olishdi.

Taxminan oradan 1 soat o'tgach Tae Jk Jin Jimin kichik bir o'rmon yoniga kelishdi. Jimin tezda o'rmon ichidagi bir tashlandiq xonaga kirdi. Ortidan yigitlar ham borishdi.

Jimin shoshilib kameralarni ochishni boshladi. Kamerada bo'yi baland novchadan kelgan qiz o'tib ketardi va sal nariroqda esa mototsiklga o'tirgancha mafialar uyidan uncha uzoq bo'lmagan baland binoga kirib ketdi.

Jin: nahotki, ko'zlarimga ishonolmayman. Xeya sen ha sensan. ) deya quvonchi ichiga sig'masdi.

Jimin yov qarash qilib qaragancha:
Qo'lga tushdingmi yaramas hiyonatkor...

Jungkook va Tae ham sal shok holda kamera yozuvlariga qaragancha o'tirishardi.

Doktor va yigitlar mashinada ketishar ekan... birdan mashina baloni yorildi va haydovchi muvozanatni ushlolmasdan yo'l chetiga borin urildi. Mashina ichidagi odamlar biroz jarohatlanishdi.

Suga va Hoseok bir biriga qarashdi va o'q ovozi eshitila boshladi.

Suga: ooooo yo'q. Hoseok sen tezda Elijahni himoya qilib bu yerdan olib ket va yigitlarni tezda ogohlantir.!!!!

Hobi: ammo sen....

Suga: mendan havotirlanma. Men sizlarni himoya qilaman. Bo'l tezroqqqq ) shunday deya ortidan qurolini oldi va otishga shaylandi.

Yana o'qlar ketma ket otildi. Allaqachon mashina oynalari o'qdan yorilgan. Garchi o'q o'tmas oyna bo'lsada.

Mashina orqa tomonidan Hoseok va Elijah egilib qochishar ekan, Hobi yana bir marta Sugaga qaradi va tezda g'oyib bo'lishdi. Bu yerda esa Suga bir o'zi mardlarcha kelayotgan bir to'da yigitlar bilan kurashishni boshladi.

Hobi qochishar ekan cho'ntagidan ratsiyani oldi va :
-yigitlar xavfli vaziyat. Shoshilinglar! Biz pistirmadamiz. Men va shifokor qochyapmiz. Ammo Suga bir o'zi kurashyapti. Shoshilinglar!

Boshqa a'zolar ham bu gapni eshitishar ekan, ko'cha so'kinishlari bilan so'kingancha qurollarini shaylab cho'ntaklariga solib qora katta furgonga minishdi. 4 yigit uyga qaytishgandi va bu ular uchun ayni muddao.

RM: ratsiya. Hobi meni eshityapsanmi?) Ratsiyani og'zig yaqin keltirgancha

Hobi:ha eshityapman. Yo'lga chiqdingizmi? Men Elijahni rohibning eski uyiga qoldirib o'zim Sugani yoniga boryapman.

RM: yaxshi biz ham yo'ldamiz. Taxminan necha daqiqalik yo'l.

Hobi: bilmayman. Menimcha 10 daqiqa bo'lsa kera....) Hobi gapini tugatmasidan uncha uzoq bo'lmagan masofadan o'q ovozi eshitildi.

Paaqqq

RM: Nima bo'ldi bu o'q ovozimi?

Hobi: ha tezroq kelinglar. Shoshilmasam bo'lmaydi. Aloqa tugadi ) deya raysiyani yerga otib yugurib ketdi.

RM: alo alo obbo. Aloqa uzildi. Jungkook tezroq hayda. Chamasi vaziyat yaxshi emas.

Hobi borar ekan, yerda qonga belangan yigitlar va bazo'rg'a oyoqda tik turgan Suga bor edi.
Osmondan esa yomg'ir tomchilay boshlandi. Hobi endi Sugani yoniga yaqinlashaman deganida Sugani ortidan bir yigit turdi va Sugaga o'q uzdi. Hobi ko'ziga yosh olgancha to'pponchasi bilan o'q uzgan yigitga 5 marta o'q uzdi. Suganing esa tanasidan issiq qon oqishni boshladi. Yomg'ir esa uning qonini yuvardi.

Katta yo'l insonlarning qizil qoni bilan to'la edi. Yerda esa Suga yuziga tomchilayotgan yomg'irga qarab turardi.

For fantasy

Hobi tezda kelib tizzasi bilan yerga cho'kkalagancha Sugani boshini oyog'i ustiga oldi va uning yuzini arta boshladi. Bu orada esa qora katta furgon yetib keldi. Ichidan mafia a'zolari birin ketin tushib kelishdi.

.
.
. To be continued...

Ff davomini qachonki reaksiya va fikr to'lsa o'shanda kanalga joylayman.

Muallif : Yona🦋
Kanal : @Bloodly_fanfics