MAFIA SIBLINGS
Jin ,Suga ha degandek bosh irg'ab qo'yishdi
................. ..................................
Nonushtalanib bo'lgan 7 yigit va bir qiz o'z xonalari tomon yo'l olishdi. Ammo Karina va Jimindan tashqari boshqalar Seoul ko'chalarini aylangani chiqishdi. Karinaning boshi og'riyotgani un u qoldi. Unga esa qarab turish un Jiminni qo'yishdi. Chunki Jimin aylanishni xushlamasdi.
Xonasida o'z xayollari bn o'tirgan Jm....
Pov Jm
-Men tushunmayapman....? Nima u turmushga chiqishni xohlaydimi..? Yana tanimagan insonigaya? Ayshhh ! Bo'lmadi...! Borib o'zidan so'ray qolaman....
Karinaning eshigi yoniga kelib endi taqillatmoqchi bo'lib:
- Yaxshisi bezovta qilmasman. Balki u uxlayotgandir..... Uxlamayotgan bo'lsachi?
- Omadimni bir sinab ko'raman.
Taq Taq Taq -xona eshigi 3 marta taqilladi.
Bu paytda Karina yuz massajlarini qilayotgan edi va
-Kiring - deya taklif qildi.
Jimin ham xonaga kirdi. Karina esa hayron qolmadi ham.
Karina: Xo'sh xizmat. Nimadir so'ramoqchimisiz?
Jm : Karina men gapni cho'zishni xohlamayman. Sen hali yoshsan. Endigina 16 yoshga to'lasan va bu yosh sen un turmushga chiqishinga to'g'ri kelmaydi. Yaxshisi undan ko'ra o'qi, karyera qil, sayohat qil va ko'plab davlatlarni ko'rib kel. Turmush bo'ladi ammo o'zingning aynan 16 yoshing qaytib kelmaydi. Bu maslahat men dan senga ham aka ham do'st sifatida....
Jm gapini tugatmasidan birdan deraza sindi va otilgan o'q Jiminning chap qo'liga tegdi. Bu jarohat yurakka yaqin edi. Natijada birdan polga chamasi 80 kg keladigan tana tushdi. Karina bo'lgan voqeadan qotib qoldi. Alllaqachon uning tanasini sovuq ter
qoplab bo'lgandi.
Karina yig'lab Jmning oldiga kelgancha:
Jimin... Jimin.... meni qo'rqitma nima bo'ldi. .... Jimin iltimos faqat o'lmaaa
Jimin yaralangan qo'lini ushlagancha :
To'xta kelma! Shkafing ortidagi qizil tugmani tez bos va vannadagi dush orqasidagi xufiyona kodni och. Kod $_&- Bo'laqol tezroq...
Karina yig'lab Jm aytgan ishlarni qildi. Dush orqasidagi kodni ko'rib ochganidan so'ng dush o'ng tomonga surildi va maxfiy xona eshigi ochildi. Ayni paytda Jm ham yerda yotib vannaxonaga keldi. O'rnidan turib Karinani qo'lidan tortib xonaga kirdi. Dush yana siljib o'z joyiga o'rnashdi. Qop qora xona birdan yorishdi va kod bn sifrlangan yana bir eshik bor edi. Ammo bu xona qulfi qo'l izi va ko'zni skanerlab keyin ochiladigan qulf edi.
Karina nima bo'layotganiga tushunmasdi. U juda qo'rqib ketgan edi va bir so'z ham aytolmasdi. Jimin o'ng qo'li va ko'zini skanerga tutdi. Eshik ochildi. Jimin va Karina xonaga kirishdi. Ular xonaga kirishlari bilanoq :
Xush kelibsiz janob Jimin- deya ovoz keldi.
Karina esa hali ham hayron. Arak sarak qilib har tomonga qarardi. Qo'rqqanidan Jmning qo'lini qattiq siqqandi. Buni sezgan Jmning labiga tabassum yugurdi.
Jimin tezda oshxonadan dori qutisini oldi va divanga o'tirdi. Qora ko'ylagini yechmoqchi bo'lganida jarohati qattiq og'riq berdi. Karinaga qaradi va go'yoki " Kelib yordamlash" deganday .
Karina yig'lab ko'zlaridagi yoshlar bn qo'llari qaltirab ko'ylakni yechardi.
Jimin esa unga qarab turardi. Ikki insonning nigohi bir biriga to'qnash keldi. 5 soniya bir biriga qarab turishgan edi ammo Jmning jarohati yana og'riq berdi. Ko'ylakni yechdi. Qo'lidagi o'qni olib idishga soldi. Malham surtdi.
Jm: Balki jarohatimni bog'lashga yordamlasharsan.....
Jarohatni bog'lashdi Jmni esa 2- qavatdagi xonaga yotqizdi. Unga shkafdan boshqa ko'ylak olib berdi. Uni ham kiyishiga ko'maklashdi.
Jimin gapga kirdi. Barchasiga tushunmasdan dovdiragan qizga qaradi.
Jm: Karina meni yaxshilab eshit! Biz mafia olamidagi eng kuchli mafia bo'lsakda o'zimizga yarasha do'st va dushmanlarimiz bor. Menga otilgan o'q ham o'sha dushmalarimizdan birining ishi. Sen yashayotgan xona avval bizning yashirin maxfiy xonamiz edi. Bu xonani bizdan tashqari hech kim bilmaydi. Sen bosgan qizil tugma esa ogohlantirish tugmasi va hozir bizni uyimiz qizil rejimda ya'ni xavf ostida. Bu xabar esa barcha a'zolarga yetib boradi.
Jmning gaplarini buzmasdan eshitayotgan Karinaning tanasidagi barcha tuklari tikka bo'lib ketgandi.
Karina: men kinolarda ko'rgan maxfiy xonalar va shunaqa yovuz insonlar ham bor ekanda...
Jm: Qizaloq aslida sen yaxshi deb o'ylagan yigitlar ham boshqalar un ularning ajali bo'lib ko'rinamiz. Bugun bo'lgan ishni kim qilgan bo'lsa ham bu un albatta javob beradi!!! Hozir qolgan yigitlar ham menimcha kelishsa kerak.
Eshik ochildi:
Xush kelibsiz janob Yoongi!
Karina bu ovozni eshitib tezda pastki qavatga tushdi. Pastda esa 6 yigit havotir va tashvish bn hamma yerga qarashardi. Zinadan tushayotgan Karinani ko'rib sal tinchlanishdi. RM tezda kelib Karinani quchoqladi va unga qarab shikastlanmaganiga ishonch hosil qildi. Chuqur huh tortdi.
Jk: Karina senga zarar yetmaganidan juda xursand bo'ldik. Jimin yaxshimi? Unga hech narsa bo'lmayptimi?
Karina ko'zidagi ko'zyoshlariga erk berib qo'yib yubordi va :
U.. U... U yuqorida. 2-qavatda ... U ja.. ro... hatlangan. Ammo o'qni oldik.
Yoongi : Shib@l!!! Qanaqasiga! - tezda yuqoriga ko'tarildi. Bir oz muddatdan so'ng qolgan a'zolarni tashvishli va xafa ohangda chaqirdi. Hamma yuqoriga ko'tarildi.
Ne ko'zlar bn ko'rishsinki, lablari qurib rangsiz holga kelgan. Holsizlik va madorsizlikdan terlab sochlari yuziga yopishib ketgan Jm o'lim yoqasida edi.....
Tae, Jk, J-Hope :
Jiminnnn....!!!!!!
RM: Yoo xudoyim. Bo'lishi mumkinmas. Jm do'stim sen kuchlisan. Sabr qil! Tuzalib ketasan albatta!
Yigitlar yugurib Jmning yotog'i yoniga yig'ilishdi. Karina esa yana yig'lashni boshlagan va bu safar uning yuragi siqib nafas olishiga yo'l qo'ymayotgandi.
Nafas olishi qiyinlashgan Karinani ko'z oldi sekin asta qorong'ulasha boshladi va polga xuddi jonsiz tana kabi yiqildi. Bu tomonda esa Jimin.. Yigitlar qaysi biriga yordamlashishni bilmay ikkilanayotgan edilar.
Yoongi Karina va Jmning pulsini o'lchadi va ikkalasi ham og'ir ahvolda, o'lim yoqasida edilar.
Yoongi: Yigitlar ikkalasidan birini qutqara olishimiz mumkin. Ikkisining ham hayot pulslari anchagina sekin urmoqda....
Yigitlar bir ovozdan: ...........
Mafia siblings ffgi sal kechiktirilgani un uzr so'rayman. Albatta bundan keyin kechiktirmaslikka harakat qilaman. 😊🦋
Albatta qo'llab quvvatlashingizni so'rayman😉
CHANNEL @Bloodly_fanfics