June 17, 2025

Qora kapalak simfoniyasi

Episode 3

Asumi: Siz Jeon Jungkookmisiz?

Jungkook Asumiga yaqin kelidi va undan uni qayerdan tanishini so'radi

Jungkook: Ismimni bilasanmi. Meni qayerdan taniysan.

Jeon Jungkook-29 yoshda.
Nocturne — qora kapalak ramzli sirli orkestrlar uyushmasi rahbari. U tashqaridan aqlli, sokin va hushmuomala ko'rinadi.Ichkaridan esa haqiqiy psixopat. Yillar davomida ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan.U insoniy tuyg‘ularga ishonmaydi.Faqat musiqa uni tinchlantira oladi.

Jeon Jungkook

Flashback: 2 soat oldin. Konservatoriya kutubxonasi. Minji va Asumi suhbati.

Asumi: Minji… men senga bir narsa ko‘rsatmoqchiman. Bu... anchadan beri tinchlik bermayapti.

Asumi unga kelgan barcha xatlarni Minjiga ko'rsatdi.

Minji: Bu nima? Xatlar?.. Nega... qora muhr bilan?

Asumi: Bularni bir necha kundan beri kimdir tashlab ketyabdi. Hatto uyimni ham bilarkan.

Minji xatlardan birini qo‘liga olib diqqat bilan muhrga tikildi. Ko‘zlari katta ochildi.

Minji: Asumi... sen buni bilamaysanmi?

Asumi: Nima? Nimani bilishim kerak?

Minji: Bu "Qora kapalak" muhrini men ilgari ko‘rganman...

Asumi: Qayerda?

Minji: Bu oddiy muhr emas. Bu sirli kompozitorlar guruhi Nocturnening ramzi deyishadi.

Asumi: Nocturne?.. Men ularning nomini eshitmaganman. Kim ular?

Minji: Ular sirli musiqiy guruh. "Qora kapalak” ularning imzosi. Ular hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmaydi. Faqat musiqiy kodlar, eslatmalar, va xatlar orqali muloqot qilishadi.

Asumi: Demak... men tasodifan ularning yo‘lini kesib o‘tganmanmi?

Minji: Yoki sen — ularning ichida nimadirni uyg‘otgan yagona odamsan.

Minji biroz o'ylandi va birdan baqirib ketdi.

Minji: Esladim, ha ha esladim.

Asumi: Minji nima bo'ldi nimani eslading?

Minji yugurib borib kitoblar orasidan eski gazetani qidirdi va izlagan narsasini topdi.

Minji: Mana u. Bu bizga yordam beradi

Asumi: Oddiy gazeta bizga qanday yordam beradi.

Minji: Hoy qiz bu odddiy gazeta emas. Bunda Nocturne guruhi haqida malumot bor?

Asumi: Rostdanmi? Qani ko'rsatchi?

Minji apil-tapil oldinroq ko'rgan sahifasini qidirdi

Minji: Topdim. Qara bu yerdagi muhr va sendagi muhir bir xil

Asumi: To'g'ri lekin tushunolmayabman

Minji

Minji: Qara rasm tagidagi yozuv — "JK-04". Bu oddiy kodga o‘xshamayapti. Balki bu... inson nomining qisqartmasidir?

Asumi: "JK"... Bu kimnidir ismi bosh harflari. Balki kompozitorniki? Yoki... bu Nocturne guruhining asoschilaridan biriniki?

Minji: Balki... Jeon... Jungkook?

Asumi: Jungkook? Kim u?

Minji: Men bir marta professor Namgil bilan shu haqda gaplashganman. U Nocturne haqida juda oz, lekin sirli ma’lumotlar bilardi. Aytishicha guruhning bosh kompozitori juda yosh bo‘lgan ammo o‘ta dahshatli. U hech qachon yuzini ko‘rsatmagan, lekin "JK" deb tanilgan.

Asumi: Demak... bu Jungkook hozir ham yashirincha faol bo‘lgan musiqachimi yoki shunchaki rahbar? Menga kelayotgan xatlar uning tomonidan yuborilganmi?

Minji: Ehtimol. Balki u seni tinglagan. Balki... sening musiqang undagi nimadirni uyg‘otgan.

Asumi: U holda bu xatlar tahdid emas... balki chaqiriq?

Minji: Balki. Balki bu sirli guruhga taklifnoma. Yoki ogohlantirish.

Asumi: Men u odamni ko‘rishni istayman. Men... kim bo‘lishidan qat’i nazar bu Jungkook bilan yuzma-yuz gaplashmoqchiman.

Minji: Asumi ehtiyot bo‘l. Nocturne bilan o‘ynashish oson emas. Ularning musiqasi ortida yashirin jinoyatlar, yo‘qotishlar va hatto... o‘limlar bor deyishadi.

Asumi: Qanchalik xavfli bo‘lmasin... men bu "qora kapalak"ning orqasidan boraman. Chunki men haqiqatni bilishga majburman.

Hozirgi vaqt.

Asumi: Siz... Jeon Jungkookmisiz?

Jungkook: Ismimni bilasanmi…
Meni qayerdan taniysan?

Asumi: Men seni tanimayman. Lekin bu xatlar... qora muhr... ularning hammasi Nocturne ko‘rsatyabdi.

Jungkook uning qarshisida to‘xtadi. Ko‘zlarini sal yumdi so‘ng yilt etgancha ochadi.

Jungkook:Tushunarli. Tanimaysan ha... Lekin men seni tanlayman.

Asumi: Nima? Meni qayerdan
taniysiz?

Jungkook sekin orqasiga qarab yuradi so‘ng deraza qarshisida to‘xtab yomg‘irga tikiladi.

Jungkook: Uch yil oldin men oddiy odam emas edim. Shunchaki... bir soyadek mavjud edim. Ruhiy kasalliklar markazidagi yopiq xonada yashardim.

Asumi uning gapidan hayron qoldi. Chunki u ruhiy kasalga o'xshamasdi.

Jungkook:. Har kuni tongda giyoh hidi keladigan sovuq derazadan tashqariga tikilardim. So‘ng bir kun... musiqa eshitildi.
Bu professional emas edi. Lekin qorong‘ilik ichidagi qandaydir yorug‘lik edi.

Asumining ko‘zlari keng ochiladi. Yuragi tez ura boshlaydi.

Jungkook: Bu sen eding. O‘sha yosh qiz. Bu seni ilk topshirig‘ing edi, eslaysanmi? U yerga kelib musiqa chalganingda hech kim tinglamayotgandek tuyulgan bo‘lishi mumkin... lekin men doim seni eshitgan tingladim.

Asumi: Men... o‘sha yerda bo‘lganman. Lekin buni unutganman…

Jungkook unga qaradi. Nigohida nima borligini so‘z bilan aytib bo‘lmasdi.

Jungkook: Menga dorilar yordam bermadi. Hatto psixologlar ham. Lekin sening notalaring... meni tiriltirdi. Sen men uchun birinchi bo‘lib "yashayapman" degan tuyg‘uni uyg‘otgan odamsan.

U cho‘ntagidan qora ipak konvertni chiqaradi va unga tutqazadi.

Jungkook: Shu sababli men seni tanladim. Nocturne seni tanlagani yo‘q. Men tanladim.

Asumi asta konvertni oladi. Ich-ichidan nimadir buzilayotgandek.

Jungkook: Sen tasodif emassan. Uch yil... men har kecha seni yana bir bor eshitishni orzu qilardim. Endi esa... sen shu yerda turibsan. Men seni faqat tinglamoqchi emasman Asumi. Men seni o‘zimniki qilmoqchiman

Asumi: Buni shunchalik oson deb o'ylaysizmi?

Jungkook sekin Asumiga yaqinlashadi. Past ovozda deyarli pichirlab qulog'iga gapirdi

Jungkook: Men hech narsani oson yo‘l bilan olmayman.

Muallif: Kim Asumi

Kanal: Bangtan Tales